O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Hazrat Navoiyni xotirlab…
Yoshlar bilan ishlash

Hazrat Navoiyni xotirlab…

Joriy yilda Hazrat Alisher Navoiy tavalludiga 584 yil to‘ladi. Joylarda sana munosabati bilan turli davra suhbatlari, ilmiy-amaliy seminarlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida bo‘lib o‘tdi.O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi tomonidan “Navoiy ijodi: makon va zamon o‘rtasida” mavzusida o‘tkazilgan adabiy kechada Markaz direktori Qobiljon Sobirov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti Shoislom Akmalov, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, Belarus milliy-madaniy markazi, Toshkent shahar “Barkamol avlod” bolalar maktabining iqtidorli o‘quvchilari hamda Akademiya talabalari ishtirok etishdi.Akademiya dotsenti Shoislom Akmalov tadbirda so‘z olar ekan, buyuk shoir va mutafakkir, atoqli davlat va jamoat arbobi Alisher Navoiyning bebaho ijodiy-ilmiy merosi nafaqat xalqimiz, balki jahon

Batafsil
Akademiya magistranti “Rahbar ayollar maktabi”da ishtirok etmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya magistranti “Rahbar ayollar maktabi”da ishtirok etmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 7-martdagi “Oila va xotin-qizlarni tizimli qo‘llab-quvvatlashga doir ishlarni yanada jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmonida Milliy kadrlar zahirasidan rahbarlik lavozimlariga nomzodlarni tavsiya etishda xotin-qizlarni inobatga olish tizimini joriy etish vazifasi belgilangan. Mazkur farmonga asosan tashkil etilgan “Rahbar ayollar maktabi” 4-mavsumida 100 nafar xotin-qizlar qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining magistranti Muhabbat Yoqubova ham saralanib olinib, o‘quv jarayonlarini boshladi. Muhabbat Yoqubova darslarda zamonaviy boshqaruv tamoyillari hamda gender tengligi bo‘yicha muhim bilimlarni egallamoqda. Uning “Rahbar ayollar maktabi”da olgan bilimlari kelajakda mamlakat taraqqiyotiga hissa qo‘shuvchi yetuk rahbar, ijtimoiy loyihalar tashabbuskori bo‘lishida muhim omil bo‘lib xizmat qiladi.

Batafsil
Sport – salomatlik garovi
Yoshlar bilan ishlash

Sport – salomatlik garovi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang’ich tashkiloti tomonidan kechki hamda sirtqi ta'lim shaklida tahsil oluvchi talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, ular orasida do‘stona muhitni shakllantirish hamda talabalar salomatligini mustahkamlash maqsadida sportning futbol hamda stol tennisi turlari bo’yicha musobaqalari tashkil etildi. Murosasiz va ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan bellashuv natijalariga ko‘ra Islomshunoslik 3-kurs kechki talabalar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

Batafsil
Akademiyа mas’uli tomonidan ma’rifat darsi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyа mas’uli tomonidan ma’rifat darsi o‘tkazildi

Bugun Toshkent shahri Olmazor tumani 119-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori (PhD), dotsent Rahmatilla Gʻoyibnazarov tomonidan ma’ruza qilindi.Mazkur davra suhbati o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhitni sog‘lomlashtirish, o‘quvchilarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlarni tashkil etish maqsadida o‘tkazildi.Qiziqarli o‘tgan dars davomida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga javob oldilar.

Batafsil
Talabalar uchun davra suhbati
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun davra suhbati

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Men qaysi kasb egasi bo‘laman?” mavzusida “Dinshunoslik” 4-kurs talabalari bilan uchrashuv o'tkazildi.Mazkur tadbir “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etildi.Uchrashuvda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi dotsenti Davron Kamilov, Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bosh mutaxassisi Ma’murjon Otaqo‘ziyev ishtirok etdi.Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar mehnat faoliyatini boshlashda nimalarga ahamiyat berilishi, kasbiy mutaxassislik borasidagi o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashishdi.

Batafsil
Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yo‘nalish va fakultet koordinatorlari saylovi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yo‘nalish va fakultet koordinatorlari saylovi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yo‘nalish va fakultet koordinatorlari saylovi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev hamda talabalar ishtirok etdi. Saylov jarayonlaridan avval Akademiya prorektori Ilyos Mirziyotov so‘z olib, barcha nomzodlarga omad tiladi. Koordinatorlar zimmasidagi maqsad va vazifalariga to‘xtalib o‘tdi.Shundan so‘ng Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarovning tashkilot faoliyati, istiqboldagi rejalari haqidagi hisoboti tinglandi. Shuningdek, yo‘nalishlar hamda fakultet koordinatorlari uchun bo‘lib o‘tadigan saylov jarayonlari to‘g‘risida ma’lumot berib o‘tdi.Saylov davomida

Batafsil
Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti boshlandi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun malakaviy amaliyot boshlandi. Ayni paytda Akademiya talabalari malakaviy amaliyotini respublikamizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida o‘tamoqda. Xususan, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazi, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti, “Xadichai Kubro” ayol-qizlar o‘rta maxsus islom ta’lim muassasasi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instututi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi Davlat adabiyoti muzeyi, Toshkent shahar iqtisodiy ishlari sudlov hay’ati, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazi, “Ziyo” media markazi, “Asia Alliance bank”, “Alfa life” sug‘urta tashkiloti, “Wise Resolvere” MChJ, “DataPrizma” konsalting firmas

Batafsil
Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Shu kunlarda Toshkent shahrida “Xavfsiz va sog‘lom poytaxt” oyligi doirasida tezkor-profilaktik tadbirlar o‘tkazilmoqda. Oylik davomida joylarda huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikda giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan targ‘ibot tadbirlari tashkil etilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham o‘tkazildi.Unda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Shayxontohur tumani IIO FMB boshlig‘i polkovnik O.Jamolov, tuman ichki ishlar organi vakillari, Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbati avvalida mazkur oylikning mazmun-mohiyati haqida talabalarga tushuncha berildi. Profilaktik tadbirlar davomida internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali giyohvand moddalarn

Batafsil
Akademiyа mas’ullari tomonidan ma’rifat darsi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyа mas’ullari tomonidan ma’rifat darsi o‘tkazildi

Bugungi tezkor asrimiz har bir sohada yetuk va malakali, yuksak salohiyatli kadrlarni talab etmoqda. Ertamiz egalari bo‘lgan yosh avlodning ta’lim va tarbiya olishiga katta e’tibor qaratilayotgani ham bejiz emas. Zero, kelajak bugundan boshlanadi, poydevori mustahkam imorat uncha-munchaga zavol topmaydi. Muhtaram Prezidentimiz “Najot ta’limda, najot tarbiyada, najot bilimda”, deb ta’kidlaganlaridek, zimmasiga yangi O‘zbekistonning yangi avlodini tarbiyalash yuklatilgan har bir ta’lim muassasasi, har bir inson bu ishga o‘ta katta mas’uliyat bilan yondashmog‘i kerak.Bugun shu maqsadda Toshkent shahri Olmazor tumani 119-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Ezgulik shiorimiz – ma’rifat qurolimiz” shiori ostida ma’naviyat va ma’rifat darsi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, manaviyat va ma’rifat bo'limi boshlig‘i, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa

Batafsil
Akademiyada talabalar uchun maʼnaviy-maʼrifiy, intellektual tadbir o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada talabalar uchun maʼnaviy-maʼrifiy, intellektual tadbir o‘tkazildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Rus tilini oʻrganamiz” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy, intellektual tadbir oʻtkazildi.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Oʻzbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Akademiya prorektorlari – Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva ochib berdi.Unda Akademiya talabalari semestr davomida rus tilidan olgan bilimlarini bellashuvda salomlashish, so‘zlardan gaplash tuzish, masal aytish, erkin mavzu kabi konkurs shartlarini bajarishda namoyon etdilar.Tadbirda ishtirokchilar rus tili fanidan berilgan shartlarni bajarish bilan bir qatorda qiziqarli videoroliklar, sahna koʻrinishlari, musiqali chiqishlar bilan tomoshabinlarda katta taassurot qoldirishdi.Bundan tashqari, tadbirda rus milliy taomlari koʻrgazmasi ham boʻlib oʻtdi.Yakunda 3-oʻrin “Psixologiya” jamoasiga, 2-oʻrin esa “Jahon iqtisodiyoti va x

Batafsil
“Allo, sizga yordam berishimiz mumkin!..”
Yoshlar bilan ishlash

“Allo, sizga yordam berishimiz mumkin!..”

Keyingi vaqtlarda yurtimiz fuqarolariga notanish raqamlardan qo‘ng‘iroqlar ko‘payib, o‘zini bank yoki mas’ul tashkilot xodimi sifatida tanishtirib, hakkerlar bank hisobingizni buzib kirgani, buning oldini olish uchun shaxsiy ma’lumotlaringiz, telefoningizga yuborilgan parolni so‘rab, murojaat qiluvchi shaxslar ko‘paydi. Bundaylar kiberfiribgarlar bo‘lib, afsuski, ular bank kartangizdagi pullarni o‘zlashtirib olishga harakat qilmoqda.Axborot texnologiyalarining keng miqyosda rivojlanishi bir vaqtning o‘zida ko‘p turdagi kiberjinoyatlar sodir etilishiga imkon yaratmoqda. Bu, o‘z navbatida, ushbu turdagi jinoyatlarni aniqlash va ular oldini olishda yuqori bilim va kasbiy tayyorgarlikni talab qilayotir.Yoshlarga kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda tushunchalar berish, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlardan ogoh etish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar

Batafsil
Biz zo‘ravonlikka qarshimiz
Yoshlar bilan ishlash

Biz zo‘ravonlikka qarshimiz

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar turar joyida Shayxontohur tumani IIO FMB XPB XKMB katta inspektorlari, podpolkovnik G.Ishonxonova, Kiber jinoyat xavfsizlik bo‘limi leytenanti Sh.Damirova bilan hamkorlikda “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz” deb nomlangan tadbir tashkil etildi.Davra suhbatida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, dekan maslahatchisi Sh.Akbarova, tyutorlar, talaba-yoshlar ishtirok etdi.Mutaxassislar tomonidan talabalarga “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi qonunning mazmun mohiyati, shuningdek, oila-turmush doirasida bo‘layotgan ko‘ngilsiz holatlar, ularga sabab bo‘layotgan vaziyatlar, ajrimlar, tazyiq va zo‘ravonlikka uchrayotgan xotin-qizlar to‘g‘risida tushunchalar berildi.

Batafsil
Ko'rinish