O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Akademiyada “Baxtli bo‘lish sirlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada “Baxtli bo‘lish sirlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi

Yurtimizda inson huquq va erkinliklari, qonuniy manfaatlarini ta’minlashga ustuvor ahamiyat qaratilayotgani natijasida oila, ayollarga bo‘lgan munosabat tubdan o‘zgarmoqda. Ularga hurmat-ehtirom ko‘rsatish hayotimizning ma’no-mazmuni, asosiy maqsadiga aylandi. Xotin-qizlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish, ularning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida to‘laqonli ishtirok etishiga erishish, gender tenglik va reproduktiv salomatlikni ta’minlash bo‘yicha ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilyapti.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Baxtli bo‘lish sirlari” mavzusida seminar o‘tkazildi. “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, Akademiya psixologi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Shoira Do‘stmuhamedova, kafedra mudiri Zebo Qosimova, kafedra prof

Batafsil
Buyuk ajdodlarga ehtirom
Yoshlar bilan ishlash

Buyuk ajdodlarga ehtirom

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti tashabbusi bilan poytaxtimizdagi Abdulla Qodiriy nomidagi madaniyat va istirohat bog‘ida barpo etilgan “Turon” kutubxonasi va muzeyiga sayohat tashkil etildi.“Vatanparvarlik” oyligi doirasidagi sayohatda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar dastlab muzey faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Adibning hayoti va ijod yillari xronologiyasi, qatag‘on yillari eksponatlari hamda mustaqillik yillarida yozuvchiga ko‘rsatilgan ehtirom aks etgan ekspozitsiyalar, turli yillarni o‘zida aks ettirgan fotosuratlar va tasviriy san’at namunalari orqali tarixiy haqiqatlarning guvohi bo‘lishdi.Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalarining sayohati ularda bir olam taassurot qoldirdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
O‘zaro hamkorlik taraqqiyotga yetaklaydi
Yoshlar bilan ishlash

O‘zaro hamkorlik taraqqiyotga yetaklaydi

Jamiyat taraqqiyoti, millat farovonligi hamisha yosh avlodning ta’lim-tarbiyasi, zamonaviy bilimlarni chuqur egallagan yangi kadrlar, ularning yuksak malakasi bilan bog‘liq bo‘lib kelgan. Shu boisdan ham so‘nggi yillarda yurtimizda yosh avlodni tarbiyalash davlat siyosati darajasiga ko‘tarildi.Ayniqsa, bu borada oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida uzviy hamkorlik qilish, talabalar o‘rtasida do‘stona, sog‘lom raqobatga asoslangan muhitni shakllantirish muhim. Shu bois O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi ayol o‘qituvchi-xodimlari hamda talabalarini ma’naviy rag‘batlantirish, yurtimizda ichki turizmni rivojlantirish maqsadida joriy yilning 23-24 yanvar kunlari Samarqand shahriga sayohati tashkil etildi.Dastlab O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh talaba-qizlari, ayol o‘qituvchi-xodimlari Samarqand davlat chet tillar institutida bo‘lishdi. Bu yerda talabalar uchun yaratilgan

Batafsil
Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi
Yoshlar bilan ishlash

Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi

Yoshlar ishlari agentligi tomonidan beshta muhim tashabbus doirasida Alisher Navoiyning boy merosini oʻrganishni keng targʻib etish maqsadida Alisher Navoiy asarlarining mobil ilovalarini yaratish boʻyicha tanlov eʼlon qilindi.Tanlovda 30 yoshgacha boʻlgan, dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar ishtirok etishi mumkin.Yaratilgan mobil ilova (android) quyidagi talablarga javob berishi lozim:sifatli, yoshlarbop UI/UX dizayn;Alisher Navoiy ijodi namunalari: Xamsa, dostonlar, gʻazallar (lotin yozuviga asoslangan oʻzbek tilida).Tanlovda ishtirok etishni istagan dasturchilar 2021-yil 5-fevralgacha jamoa aʼzolari, bogʻlanish uchun telefon raqam, mobil ilova va mobil ilova haqida 200 soʻzdan oshmagan maʼlumotlarni tanlovlar@yoshlar.gov.uz manziliga yuborishlari zarur.Tanlov gʻoliblari hakamlar hayʼati tomonidan munosib baholanadi hamda gʻoliblar Apple MacBook Air 13 va diplom bilan mukofotlanadi

Batafsil
Innovatsion texnologiyalar parkiga sayohat
Yoshlar bilan ishlash

Innovatsion texnologiyalar parkiga sayohat

Yoshlar orasida innovatsion texnologiyalarga bo‘lgan qiziqishni oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tashabbusi bilan IT parkiga sayohat tashkil etildi.Kafedra professor-o‘qituvchilari hamda “Informatika va axborot texnologiyalari” yo‘nalishi 4-bosqich talaba-yoshlari ishtirokidagi sayohatda innovatsion texnologiyalar sohasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishib chiqildi.Sir emaski, barcha sohalarda axborot texnologiyalaridan foydalanish tobora kengayib bormoqda. Bugungi kun va kelajagimizni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari va sohaning yetuk kadrlarisiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Innovatsion texnologilar esa iqtisodiyot va eksportni rivojlantirishning eng qisqa va samarali yo‘li hisoblanadi.Sayohat davomida IT park mutaxassislari tomonidan sohada e’tibor berilishi kerak bo‘lgan muhim ji

Batafsil
Akademiya talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘ldi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyida bo‘ldi

“Vatanparvarlik oyligi” doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetining “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari Temuriylar tarixi davlat muzeyiga tashrif buyurishdi.Sayohat davomida yoshlarga yurtimizda mustaqillik yillarida tariximiz hamda buyuk ajdodlarimiz nomini tiklash, buning yorqin namunasi sifatida bunyod etilgan mazkur muhtasham muzey haqida batafsil ma’lumot berildi.Buyuk Sohibqiron Amir Temur bobomizning sarkardalik mahorati, Vatanimiz tarixi xususida so‘zlovchi eksponatlar, qadimiy osori-atiqalar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Talabalar bilan ijodiy uchrashuv
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar bilan ijodiy uchrashuv

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan qator ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, taniqli olimlar bilan uchrashuvlar tashkil etilmoqda.Navbatdagi tadbirlardan biri Akademiya talabalar turar joyida “Vatanimga xizmat qilaman!” shiori ostida bo‘lib o‘tdi. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan davra suhbatida kafedra mudiri, yuridik fanlar nomzodi, dotsent Hamida To‘ychiyeva, kafedra professor o‘qituvchilari Matluba Qahhorova, Mo‘minjon Xo‘jayev, Fazilat Qo‘ysinova hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Uchrashuvda shoir, adabiyotshunos olim Ja’far Muhammad yig‘ilganlarni bayram bilan muborakbod etib, ona yurtimiz sarhadlarini himoya qilish har bir vatandoshimizning sharafli burchi ekanini ta’kidladi. Shoir tomonidan o‘qilgan yurtni madh etuvchi, mardlik va jasurlikni ulug‘lovchi she’rlar yig‘ilganlarga ka

Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 653,7 ming kishiga oshdi
Yoshlar bilan ishlash

Oʻzbekiston Respublikasining doimiy aholisi soni 653,7 ming kishiga oshdi

2020-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga oshgan.Davlat statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2021-yilning 1-yanvar holatiga koʻra, respublikaning doimiy aholisi soni 34,5 mln. kishini tashkil etmoqda.Aholi soni oʻtgan yilning shu davriga nisbatan 653,7 ming kishiga koʻpaygan. Doimiy aholining oʻsish surʼati 101,9 % ga teng. Mamlakatimiz aholisi har oyda oʻrtacha 54,5 ming kishiga koʻpaygan.2020-yilning har bir kunida doimiy aholi soni oʻrtacha 1,8 ming kishiga oshgan.

Batafsil
Akademiyada shoira Zulfiya Mo‘minova bilan uchrashuv o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada shoira Zulfiya Mo‘minova bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, tadbirlar bo‘lib o‘tmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri “Islomshunoslik” fakulteti tomonidan tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiya Mo‘minova bilan Akademiya talaba-yoshlari o‘rtasida ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, fakultet dekani Zokir Ro‘ziyev, fakultet tarkibidagi professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.“Mehnat shuhrati”, “Do‘stlik” ordenlari sohibasi, elimiz suygan ijodkor Zulfiya Mo‘minova tadbirda so‘z olarkan, talabalarni bugungi bayram bilan muborakbod etdi. So‘nggi yillarda yurtimizda harbiy sohada olib borilayotgan islohotlar yangi bosqichga ko‘tarilgani, yoshlarning ta’lim olishi uchun barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidladi.

Batafsil
Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi tashkil etiladi
Yoshlar bilan ishlash

Samarqandda Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyi tashkil etiladi

Vazirlar Mahkamasining “Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.Bu haqda daryo.uz sayti xabar bermoqda.Xabarda keltirilishicha, Loyiha bilan Madaniyat vazirligi, Yozuvchilar uyushmasi, Respublika ma’naviyat va ma’rifat markazi, Samarqand viloyati hokimligining Samarqand shahri, Mirsaid Baraka ko‘chasi, 47-uy manzilida ulug‘ alloma va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy uy-muzeyini Samarqand davlat muzey-qo‘riqxonasi filiali sifatida tashkil etish to‘g‘risidagi taklifi ma’qullanishi mumkin.Samarqand viloyati hokimligi muzey binosini ta’mirlashi va tegishli hududini obodonlashtirishi, muzeyni (tekin foydalanish huquqi asosida) ushbu binoga joylashtirilishini ta’minlashi lozim.Shuningdek, Madaniyat vazirligi hamda tegishli vazirlik va idoralar bilan birgalikda muzeyni malakali kadrlar bilan to‘ldirilishini ta’minlash choralarini ko‘rishi, m

Batafsil
Poytaxtimizda "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali boshlandi
Yoshlar bilan ishlash

Poytaxtimizda "Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!" shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali boshlandi

Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan Toshkent shahridagi «Xalqlar do‘stligi» sanʼat saroyi oldidagi maydonda «Kim Vatanga sodiq bo‘lsa, mendirman o‘sha!» shiori ostida harbiy-vatanparvarlik festivali boshlandi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.O‘zbekiston Mudofaa vazirligi maʼlumotiga ko‘ra, mazkur tadbir poytaxtimiz mehmonlari, aholisi va o‘quvchi yoshlarni qamrab olmoqda. Dastlab milliy armiyamiz tarixi, kuch-qudrati, salohiyati haqida yig‘ilganlarga maʼlumotlar berildi. Jangovar texnikalar, qurol-aslahalar, aloqa vositalari ko‘rgazmasi tashkil etildi.Tadbirda ayniqsa, kichkintoylarning ko‘zlarida harbiy akalariga nisbatan havas ifodalarini ko‘rish mumkin. Barchada bayram kayfiyati. Tadbirning badiiy qismida harbiylar, el suygan sanʼatkorlar tomonidan ijro etilgan Vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar ishtirokchilarga ko‘tarinki kayfiyat ulashmoqda.Tadbir dasturidan O‘zbekiston

Batafsil
Akademiyada vatanparvarlik oyligi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada vatanparvarlik oyligi doirasida tadbirlar o‘tkazilmoqda

14-yanvar – mamlakatimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi, yorug‘ istiqboli yo‘lida matonat va g‘urur bilan mehnat qilayotgan har bir yurtdoshimiz uchun ulug‘ bayram desak mubolag‘a bo‘lmaydi.Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kunini nishonlashga tayyorgarlik ko‘rish va o‘tkazish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoyishi ijrosini ta’minlash maqsadida targ‘ibot tadbirlar tashkil etilyapti.Shu munosabat bilan 2021-yilning yanvar oyida “Vatanimga xizmat qilaman!” shiori ostida vatanparvarlik oyligi o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham fakultetlar o‘rtasida turli tadbirlar, sport musobaqalari tashkil etilyapti.Bugun Akademiyada harbiy sohada ko‘plab yutuqlarga erishgan, davlat mukofoti sovrindorla

Batafsil
Ko'rinish