Alisher Navoiy haqida film suratga olinmoqda
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK hamda “SPECTRE” studiyasi tomonidan “Alisher Navoiy” tarixiy-hujjatli filmining suratga olish ishlari boshlandi. Bu haqda Agentlik axborot xizmati xabar berdi.Ssenariy muallifi Furqat Usmonov, postanovkachi rejissyor Shohrux Rasulov, postanovkachi operator Jahongir Ibragimov, postanovkachi rassom Shahzod Muhammadiyev, ikkinchi rejissyor Muattar Mirredjabova, prodyuser Davronxoʻja Abdugʻaniyev.“Alisher Navoiy” tarixiy hujjatli filmi Alisher Navoiy tavalludining 580-yilligi munosabati bilan mutafakkir shaxsi va asarlariga yangicha yondashuv asosida ishlanmoqda. Mazkur film “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan 24 qismli turkum filmlardan biri. Filmda tarixiy badiiy rekonstruksiya, kompyuter grafikasi hamda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti v
Batafsil
Qo‘mita raisi Malaka oshirish markazi o‘quvlarida qatnashayotgan imom-xatiblar bilan uchrashdi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi Malaka oshirish markazida 18-30-yanvar kunlari respublikada faoliyat olib borayotgan bosh imom-xatiblar uchun 72 soatlik malaka oshirish o‘quvlari bo‘lib o‘tmoqda. “Yangi O‘zbekiston – yangicha dunyoqarash” yo‘nalishida davom etayotgan mashg‘ulotlarda 214 nafar tinglovchi ishtirok etyapti.Darslarga Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Davlat boshqaruvi akademiyasi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasidan yetakchi professor-o‘qituvchilar va ilmiy tadqiqotchilar jalb etilgan.Bugun Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi Abdug‘ofur Axmedov markazda tashkil etilgan o‘quv jarayonlari, tinglovchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va bosh imom-xatiblar bilan muloqot qilish maqsadida Markazga tashrif buyurdi.Qizg‘in va samimiy muloqotda Abdug‘ofur Axmedov respublikamizda jaholatga qarshi ma’rifat, diniy-ijtimo
Batafsil
Yevroosiyo milliy universiteti bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, xorijlik nufuzli professor-o‘qituvchilarni o‘quv dasturlariga jalb qilish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy arab tilining ijtimoiy-madaniy jihatlari” mavzusida onlayn o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.“O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi hamda Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti “Xalqaro aloqalar” fakulteti “Sharqshunoslik” kafedrasi tomonidan akademik almashinuv doirasida tashkil etilgan seminarda professor Samar Tuyelubayeva mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan davra suhbatida Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Seminar davomida yoshlarga zamonaviy arab tilini o‘qitishda qanday jihatlarga e’tibor berish, mazkur tilning ijtimo
Batafsil
Yilning eng yaxshi ilmiy maqolalari tanlovida Akademiya doktoranti g‘olib deb topildi
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi hamda Yoshlar ishlari agentligi tomonidan “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” deb nomlangan maqolalar tanlovi o‘tkazilgan edi.Quvonarlisi, oliy ta’lim tizimida ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borayotgan iqtidorli talabalar, doktorantlar va mustaqil tadqiqotchilar o‘rtasidagi mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Lola Azimovaning “Til – milliy yuksalish, ma’rifiy takomil asosi” deb nomlangan maqolasi eng yaxshi maqola deb e’tirof etildi.Maqolada o‘zbek tili takomili va bu borada amalga oshirilgan ishlar, qabul qilingan farmonlar va keng ko‘lamli islohotlar misollar asosida yoritilgan. Muallif til sofligini saqlash masalasi dolzarb mavzulardan biri ekanini qayd etadi.Ta’kidlash joizki, joriy yilgi tanlovga talabalar va yosh tadqiqotchilardan 500 dan
Batafsil
Shoir Ogahiy haqida film yaratiladi
“Oʻzbekkino” Milliy agentligi buyurtmasiga binoan “Hujjatli va xronikal filmlar kinostudiyasi” DUK tomonidan shoir, tarixchi va tarjimon Muhammadrizo Erniyozbek oʻgʻli Ogahiy haqida hujjatli film suratga olinadi.“Ogahiy” filmi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil Adiblar xiyoboniga tashrifi davomida berilgan topshiriqlari yuzasidan suratga olinmoqda. Mazkur kinokartina “Xalq yuragi” nomi ostida suratga olinayotgan 24 qismli turkum filmlardan biri. Ssenariy muallifi Goʻzaloy Matyoqubova, postanovkachi rejissyor Murodjon Odilov.Hozirgi kunda film ijodkorlari tayyorgarlik jarayonlari uchun Xorazm viloyati Xiva shahriga safar qilishgan. Ijodiy guruh ishni Ogahiy qabrini ziyorat qilishdan boshlashdi.“Oʻzbekkino” Milliy agentligi Axborot xizmati
Batafsil
"O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari" nomli majmuaning navbatdagi jildlari nashr etildi
O‘zbekiston Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tomonidan "O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari" nomli 100 jildlik majmuaning navbatdagi 16-17-18-jildlari nashr etildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA muxbiri.Fanlar akademiyasi maʼlumotiga ko‘ra, hozirgi kunda 19-20 jildlar nashrdan chiqish arafasida.Ushbu nashrning 59 jildi dostonlar, 10 jildi xalq qo‘shiqlari, 12 jildi ertaklar, qolgan jildlar esa terma, afsona, rivoyat, naql, maqol, topishmoq, askiya, lof, latifa, og‘zaki drama, bolalar folklori va boshqa janrlarni o‘z ichiga oladi.O‘zbek folklorshunosligi tarixida ilk bor nashrga tayyorlanayotgan ushbu 100 jildlik nashr keng kitobxonlar ommasiga manzur bo‘ladi. Va yana ming asrlar davomida kelajak avlod tarixiy qadriyatlarimiz, o‘lmas maʼnaviyatimiz haqida to‘la tasavvur va bilimga ega bo‘lishiga muhim manba bo‘lib xizmat qiladi.
Batafsil
Yevroosiyo milliy universiteti bilan hamkorlikda o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi
So‘nggi yillarda oliy ta’lim tizimiga ilg‘or xorijiy tajribalarini joriy etish, xorijlik nufuzli professor-o‘qituvchilarni o‘quv dasturlariga jalb qilish borasida sezilarli ishlar amalga oshirilmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy arab tilining ijtimoiy-madaniy jihatlari” mavzusida onlayn o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi.“O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi hamda Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti “Xalqaro aloqalar” fakulteti “Sharqshunoslik” kafedrasi tomonidan akademik almashinuv doirasida tashkil etilgan seminarda professor Samar Tuyelubayeva mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan davra suhbatida Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Seminar davomida yoshlarga zamonaviy arab tilini o‘qitishda qanday jihatlarga e’tibor berish, mazkur tilning ijtimo
Batafsil
Davra suhbati mazmunli o‘tdi
Davlatimiz rahbarining 2020-yilning 29-dekabr kuni Oliy Majlisga yo‘llagan Murojaatnomasida aks etgan asosiy g‘oya va takliflari hamda 2017–2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalishi bo‘yicha Harakatlar strategiyasida belgilangan asosiy vazifalar asosida “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” Davlat dasturi ishlab chiqildi. Shu maqsadda joylarda jamoatchilik vakillari ishtirokida turli davra suhbatlari, bahs-munozaralar, ochiq muloqotlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi “Taraqqiyot strategiyasi” markazi bilan hamkorlikda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil etildi.ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda “Islomshunoslik” fakulteti talabalari ishtirok etdi.Mazkur dastur loyihasi 276 ta banddan i
Batafsil
“Inson qalbiga yo‘l” mavzusida trening o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islomshunoslik” fakulteti talaba-qizlari ishtirokida “Inson qalbiga yo‘l” mavzusida seminar trening tashkil etildi.Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi hamda “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan seminarda kafedra mudiri Hamida To‘ychiyeva, kafedra professor-o‘qituvchilari Matluba Qahhorova, Fazilat Qo‘ysinova ishtirok etdi.Treningda so‘zga chiqqanlar yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalari haqida so‘z yuritdi.Tadbir davomida talaba-yoshlar bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Akademiya qoshida ochilgan to‘garaklarga a’zo bo‘lishdi. Yakunda turli interfaol o‘yinlar va qiziqarli savol-javoblar o‘tkazildi.O‘zbek
Batafsil
Talaba-qizlar sport o‘yinlarida bellashdi
Bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 29 yilligi hamda Vatan himoyachilari kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba hamda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi kursant qizlari o‘rtasida sport bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.“Sport – mardlik va salomatlik garovi” mavzusida tashkil etilgan musobaqada ishtirokchilar sportning mini futbol, voleybol, stol tennis, shaxmat-shashka hamda arqon tortish kabi turlari bo‘yicha kuch sinashdi.Murosasiz va qizg‘in kechgan o‘yinlar yakuniga ko‘ra, stol tennisi, voleybol hamda shaxmat o‘yinlarida O‘zbekiston xalqaro islom
Batafsil
Jadidchilik harakati yetakchilaridan biri, yangi davr o‘zbek madaniyatiga asos solgan alloma
Vatanimiz tarixidagi 19-yanvar sanasi bilan bog‘liq ayrim voqealar bayoni.1391-yil (bundan 630 yil oldin) – Oltin O‘rda hukmdori To‘xtamishga qarshi yurish boshlagan Amir Temur qo‘shini Toshkentdan Oltin O‘rda sari yo‘lga tushdi. 1390-yil oxirlarida Amir Temur To‘xtamishga qarshi birinchi asosiy yurishga tayyorgarlik ko‘rgan edi. O‘sha yil oxirida Toshkentga kelgach, Temur qirq kun betob yotdi. Sog‘aygach, 1391-yil 19-yanvarda yo‘lga chiqdi.Sohibqironning qirq kun davom etgan bu xastaligi haqida fansuz tarixchisi Lyusen Keren quyidagicha qayd etgan: “Shaharda (Toshkentda) Temur qattiq og‘rib qoldi: yoshligida oyog‘iga yetkazilgan jarohatning oqibati bo‘lmish suyak-tomir xastaligining dastlabki xuruji tufayli u qirq kechayu kunduz o‘rnidan tura olmadi. Uning o‘rnida boshqa har qanday odam ham avval bahorga mo‘ljallangan xatarli safarda ishtirok etishdan voz kechgan bo‘lardi”.1875-yil (bun
Batafsil
Abdulla Qodiriy uy-muzeyi hamda ijod maktabiga sayohat
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi magistrlari Abdulla Qodiriy uy-muzeyi hamda Abdulla Qodiriy ijod maktabiga sayohat qilishdi.Millat ravnaqi, yurt ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan ajdodlarimizning porloq xotirasini yosh avlod qalbiga singdirish, ularda vatanga bo‘lgan muhabbat va sadoqat, ajdodlarimizning ma’naviy merosi bilan faxrlanish tuyg‘ularini yuksaltirish maqsadida tashkil etilgan sayohat davomida talabalar o‘zlari uchun kerakli bo‘lgan foydali bilimlarga ega bo‘lishdi.Ekskursiya davomida talabalarga atoqli o‘zbek yozuvchisi Abdulla Qodiriy hayoti va ijodi, uning milliy adabiyotimizga bo‘lgan katta ta’siri haqida ma’lumot berildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil