O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

1-OKTABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI
Yoshlar bilan ishlash

1-OKTABR – O‘QITUVCHI VA MURABBIYLAR KUNI

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni respublikamiz bo‘ylab keng miqyosda nishonlanib, bayram tantanalari davom etmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham 1-oktabr – Ustoz va murabbiylar kuni munosabati bilan talabalar jonkuyar ustoz-murabbiylarini bayramona kayfiyatda kutib olishdi. Ayni paytda bayram tadbirlari davom etmoqda.

Batafsil
Sizga doim ta’zimdamiz, aziz, Ustozlar!
Yoshlar bilan ishlash

Sizga doim ta’zimdamiz, aziz, Ustozlar!

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” umumxalq bayrami munosabati bilan “Sizga doim ta’zimdamiz, aziz, Ustozlar!” mavzusida bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov, Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning Diniy ta’lim muassasalari va ilmiy-tadqiqot markazlari bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Bobomurod Rustamov, taniqli san’atkorlar, litsey ustoz va murabbiylari, o‘quvchi-yoshlar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.Bayram tadbiri avvalida Bobomurod Rustamov Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning 1-oktabr – “O‘qituvchi va murabbiylar kuni” munosabati bilan Akademik litsey ustoz va murabbiylariga yo‘llaga

Batafsil
Malaka oshirish kurslari tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Malaka oshirish kurslari tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Turizm va sport vazirligi, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamkorligida malaka oshirish kurslari tashkil etildi.Onlayn tarzda o‘tkazilayotgan kurslarda Turizm va sport vazirligi xodimlari, turizm sohasida faoliyat yuritayotgan mutaxassislar, tarjimon va gid-mutaxassislar hamda vazirlikning hududiy boshqarmalari xodimlari ishtirok etishmoqda.Yurtimizda faoliyat yurituvchi ziyorat turizm yo‘nalishi xodimlarining ziyorat turizmini tashkil etish, ziyorat obyektlari va ularning tasnifi, turli din vakillari bilan ishlash xususiyatlari, ziyorat odoblari bo‘yicha bilimlarini rivojlantirish va kasbiy kompetentligini oshirish maqsadida ushbu malaka oshirish kurslari o‘tkazilmoqda.Bu borada O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-fevraldagi “O‘zbekiston Respublikasida ichki va ziyorat turizmini yanada rivojlantirish chora-

Batafsil
“Akademiya kubogi” futbol bahslari yakunlandi
Yoshlar bilan ishlash

“Akademiya kubogi” futbol bahslari yakunlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Akademiya kubogi” sport o‘yinlarining futbol bellashuvlari yakuniga yetdi.Shiddatli, keskin kurashlarga boy o‘tgan final o‘yinida “Rektorat” jamoasi “Ziyo-zukko” jamoasini mag‘lub etib, musobaqa g‘olibligini qo‘lga kiritdi.3-o‘rin uchun kechgan bahsda “Mumtoz sharq filologiyasi” jamoasi “Malaka oshirish” jamoasi ustidan zafar quchib, sovrindorlar safidan joy oldi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Akademiya talabalari “Aloqa tarixi muzeyi”da bo‘ldi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalari “Aloqa tarixi muzeyi”da bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida poytaxtimizdagi “Aloqa tarixi muzeyi”ga sayohat tashkil etildi.Unda “Аxborot xavfsizligini boshqarish” hamda “Ziyorat turizmi” yo‘nalishi talabalari muzeydagi sohaga taalluqli eksponatlar, muhim ma’lumotlar bilan yaqindan tanishishdi.“Aloqa tarixi muzeyi” 2009-yil 24-oktabrdan boshlab o‘z faoliyatini yuritib kelmoqda. Muzey yurtimiz aloqa sohasining rivojlanish bosqichlarini ekspozitsiyalarda gavdalantirgan. Majmua pochta aloqasining rivojlanishi, telegraf, telefon aloqasi, radio va televideniye, mobil aloqa va sohaning mustaqillik yillaridagi rivojlanishi kabi bo‘limlardan iborat.Uchrashuv davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga muzey xodimlari tomonidan batafsil javob olishdi. O‘zbek

Batafsil
Hamkorlikda nodir kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Hamkorlikda nodir kitoblar ko‘rgazmasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda “Markaz fondida saqlanayotgan 100 ta nodir kitob” mavzusida kitoblar taqdimoti o‘tkazildi.Ko‘rgazmada O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari Shayx Abdulaziz Mansur, O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi direktori o‘rinbosari Firdavs Halimov, markaz xodimlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom instituti professor-o‘qituvchilari, talabalar hamda ilmiy tadqiqotchilar ishtirok etdi.Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi faoliyatini keng jamoatchilikka y

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida yangi o‘quv yili boshlandi
Yoshlar bilan ishlash

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida yangi o‘quv yili boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litseyida yangi 2021/2022-o‘quv yili boshlanishi munosabati bilan kirish imtihonlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan 9-sinf bitiruvchilari, Akademik litseyning xorijiy filologiya (arab tili) yo‘nalishiga o‘quvchilar safiga qabul qilinishi bo'yicha tantanali tadbir o‘tkazildi. Tantanali marosimda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi O‘quv ishlar bo‘yicha prorektori, Akademik litsey direktori Ibrohim Usmonov so‘zga chiqib, Akademik litseyga qabul qilingan o‘quvchilarni yangi o‘quv yili bilan tabrikladi.Shundan so‘ng, so‘zga chiqqanlar tomonidan dars jarayonlari va mashg‘ulotlar to‘g‘risida qisqacha ma’lumot berib o‘tildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
“Akademiya kubogi”ning futbol bahslarida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi
Yoshlar bilan ishlash

“Akademiya kubogi”ning futbol bahslarida finalchilar nomi ma’lum bo‘ldi

Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari o‘rtasida o‘tkazilayotgan sport o‘yinlari o‘zining qizg‘in pallasiga kirib bormoqda.Jumladan, futbol bo‘yicha yarim final bahslari shiddatli tarzda davom etdi. Dastlab guruh bosqichini muvaffaqiyatli o‘tkazib, yarim finalga yo‘l olgan “Malaka oshirish” hamda “Ziyo-zukko” jamoasi final yo‘llanmasi uchun bahs olib bordi. Yakunda “Ziyo-zukko” jamoasi musobaqani davom ettiradigan bo‘ldi.Ikkinchi yarim finalda “Rektorat” jamoasi “Mumtoz sharq filologiyasi”ga hech qanday imkoniyat qoldirmadi. Eslatib o‘tamiz, “Rektorat” hamda “Ziyo-zukko” jamoalari guruh bosqichida ham o‘zaro to‘qnash kelishgan, unda “Rektorat” jamoasining 3:1 hisobida qo‘li baland kelgandi. Demak, bugun bo‘lib o‘tadigan final o‘yini revansh bahsiga aylanishi kutilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Munosiblar saralanmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Munosiblar saralanmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan o‘tkazilayotgan “Akademiya kubogi” sport o‘yinlari davom etmoqda. Musobaqalarning uchinchi kunida bo‘lib o‘tgan futbol bahslaridan so‘ng yarim finalning to‘rt ishtirokchisining nomi ma’lum bo‘ldi.Eslatib o‘tamiz, yarim final bellashuvlari 27-sentabr kuni o‘tkaziladi.Musobaqa haqidagi so‘nggi yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy iiau.uz sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Sport bellashuvlari qizg‘in pallaga kirdi
Yoshlar bilan ishlash

Sport bellashuvlari qizg‘in pallaga kirdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan boshlangan “Akademiya kubogi” sport o‘yinlari davom etmoqda.Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari sportning futbol, voleybol, shaxmat-shashka hamda stol tennisi turlari bo‘yicha bahslarida faol ishtirok etishyapti. Musobaqalar davomida sportning shaxmat-shashka, stol tennisi hamda voleybol bahslari o‘tkazildi. Shuningdek, erkaklar o‘rtasida futbol bellashuvlari murosasiz kurashlar ostida kechdi.Sport o‘yinlari davom etmoqda.

Batafsil
Jizzax shahrida yangi nashr taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

Jizzax shahrida yangi nashr taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Jizzax politexnika institutida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorligida musulmon olami huquqshunosi, Ustrushana – hozirgi Jizzax hududidan yetishib chiqqan buyuk alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomi’ ahkom as-sig‘or” (Bola huquqlari kodeksi) asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Anjumanda institut professor-o‘qituvchilari, talabalar, viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari, faxriylar hamda mahalla faollari qatnashdi.Tadbirda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi matbuot xizmati rahbari F.Muhammadiyev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professori Z.Munavvarov, asar tarjimoni va noshiri M.Atayev, Imom Buxoriy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi direktori Sh.Ziyodov, direktorning ilmiy maslahatchisi professor B.To‘rayev, yozuvchi va noshir M.Narziqulov o‘z ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi

Batafsil
Akademiyada sport bellashuvlari boshlandi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada sport bellashuvlari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan “Akademiya kubogi” sport o‘yinlariga start berildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari sportning futbol, voleybol, shaxmat-shashka hamda stol tennis bo‘yicha bahslarda ishtirok etishmoqda.Akademiya xodimlari o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilayotgan sport bahslari erkaklar o‘rtasidagi futbol bellashuvlari bilan boshlandi. Musobaqa reglamentiga ko‘ra sakkiz jamoa ikki guruhga bo‘lingan holda guruh bosqichi o‘yinlarini o‘tkazishadi.Ertaga 2-tur o‘yinlari o‘tkaziladi. Eslatib o‘tamiz, bellashuvlar 29-sentabrga qadar davom etadi.Musobaqa haqidagi so‘nggi yangiliklar bilan Akademiyaning rasmiy iiau.uz sayti orqali tanishib borishingiz mumkin.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Ko'rinish