O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Yangi O‘zbekistonda dinshunoslik tadqiqotlari: tarix va zamonaviylik uyg‘unligi
Yoshlar bilan ishlash

Yangi O‘zbekistonda dinshunoslik tadqiqotlari: tarix va zamonaviylik uyg‘unligi

Kecha O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yangi O‘zbekistonda dinshunoslik tadqiqotlari: tarix va zamonaviylik uyg‘unligi” mavzusida magistrant talabalar ilmiy seminari turkumining ilk yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.Mazkur ilmiy seminar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2026-yil 24-fevral kuni yoshlar bilan o‘tkazgan ochiq muloqotida ilgari surilgan, yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, zamonaviy tafakkur va tarixiy meros uyg‘unligini ta’minlash, ilm-fan va innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash borasidagi ustuvor vazifalar bilan hamohang tarzda tashkil etildi.Seminar davomida Akademiyaning “Qiyosiy dinshunoslik” mutaxassisligi 2-bosqich magistrantlari o‘z magistrlik dissertatsiya mavzulari doirasida olib borayotgan ilmiy izlanishlari, erishilgan natijalar va tadqiqot istiqbollari yuzasidan ma’ruza qildilar. Taqdimotlarda dinlararo mulo

Batafsil
Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy – avlodlar e’tirofida
Yoshlar bilan ishlash

Buyuk ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiy – avlodlar e’tirofida

Yurtimiz tarixida g‘oyat murakkab va sinovli davr bo‘lgan XX asr boshida maydonga chiqqan Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidlik harakatining asoschisi hisoblanadi. XX asr oʻzbek adabiyoti va sanʼati, ijtimoiy-siyosiy jarayonlarida faol ishtirok etgan, millat maʼrifati, ozodligi, hurligi yoʻlida mardonavor kurashgan bu ulugʻ allomaning sermashaqqat va sermahsul faoliyati tarix sahifalaridan mangu oʻrin egalladi, avlodlar uchun ibrat maktabi boʻlib qoldi.Keyingi yillarda Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shu maqsadda bugun Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-oʻqituvchilari hamda xodimlari Adiblar xiyobonida Mahmudxoʻja Behbudiy xotirasini yod etishdi.Allomaning haykali yonidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvda oʻzbek jadidchilik harak

Batafsil
Maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari davom etmoqda

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Milliy yuksalishning yangi O‘zbekiston modeli” nomli maxsus kurs o‘quv mashg‘ulotlari boshlandi.Mazkur darslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2025-yil 26-dekabrdagi Oliy Majlis va O‘zbekiston xalqiga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilangan ustuvor vazifalarga bag‘ishlab o‘tkazilmoqda.Bugungi ma’ruzalar Akademiya professor-o‘qituvchilari – Farhod Karimov hamda Bektosh Berdiyev tomonidan olib borildi. Unda “Mahalla infratuzilmasini yanada yaxshilash, ularga Yangi O‘zbekiston qiyofasini olib kirish” hamda “Iqtisodiyotni texnologik va innovatsion o‘sish modeliga o‘tkazish” kabi ma’ruza darslari tashkil etildi.Darslarda davlatimiz rahbarining Oliy Majlis va xalqimizga Murojaatnomasi mazmun-mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, unda ilgari surilgan fikrlar, iqtisodiy va ijtimoiy sohalarda amalga o

Batafsil
Talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual tanlovi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar o‘rtasida “Zakovat” intellektual tanlovi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida onlayn “Zakovat” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir Akademiya talabalari oʻrtasida 2025-2026-oʻquv yilining qishki taʼtil davrini mazmunli va samarali o‘tkazishlari uchun tashkil etildi.Tanlov Islomshunoslik fakulteti hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy oʻrganish UNESCO” kafedrasi hamkorligida o‘tkazildi. Intellektual tanlovda 11 ta jamoa ishtirok etdi. Talabalar tanlov davomida o‘zlarining bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.Tanlov ikki bosqichda olib borildi. Birinchi bosqichda jamoalar “Quizziz” platformasida tuzilgan test savollari orqali saralab olindi. Birinchi bosqichdan asosiy bosqichga “Islomshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs talabalaridan iborat “G-8” jamoasi yo‘l oldi. Asosiy bosqichda hisob 6:5 bo‘lib, yakunda tomoshabinlar g‘alaba qozonishdi.

Batafsil
Sun’iy intellekt turlari va platformalaridan samarali foydalanish usullari
Yoshlar bilan ishlash

Sun’iy intellekt turlari va platformalaridan samarali foydalanish usullari

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari oʻrtasida 2025-2026-oʻquv yilining qishki taʼtil davrida maʼnaviy-maʼrifiy tadbirlar, tanlovlar hamda davra suhbatlari olib borilmoqda.Shu maqsadda bugun Akademiya magistrantlari uchun Zoom platformasi orqali “Sun’iy intellekt turlari va platformalaridan samarali foydalanish usullari” mavzusida onlayn dars bo‘lib o‘tdi.Mazkur dars “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov, Magistratura bo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda “Axborot xavfsizligi” magistratura mutaxassisligi yo‘nalishi 2-bosqich magistri Rahmonjon Obiddinov tomonidan tashkil etildi.Unda sun’iy intellektning asosiy turlari, zamonaviy AI platformalari hamda ularni ta’lim va ilmiy faoliyatda samarali qo‘llash usullari haqida amaliy misollar orqali ma’lumotlar berildi.

Batafsil
Talabalar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar o‘rtasida ko‘rik-tanlov o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Intellektual ring” deb nomlangan “Ingliz tili bilimdoni” ko‘rik-tanlovining 1-bosqichi o‘tkazildi. “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda 14 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar “Jahon tarixi”, “Ingliz adabiyoti”, “Ingliz tili grammatikasi”, “Jahon va o‘zbek filmlari” , “Fan va texnologiya” kabi mavzular asosidagi savollarga javob berdilar.Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.

Batafsil
Akademiyada TANAL C1 sertifikati bo‘yicha natijalar e’lon qilindi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada TANAL C1 sertifikati bo‘yicha natijalar e’lon qilindi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida arab tili bo‘yicha TANAL C1 daraja sertifikatini qo‘lga kiritgan talabalarni taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Mazkur natijalar talabalar tomonidan til sohasida olib borilgan izchil tayyorgarlik va bilim darajasining samarali ifodasi sifatida e’tirof etildi.Ushbu yutuqlar "Arab tili va adabiyot al-Azhar"kafedrasi mudiri Roziya Matibayeva hamda dekan o‘rinbosari Nigina Ruzimova tomonidan alohida e’tirof etildi.TANAL C1 darajasiga erishgan “Filologiya” yo‘nalishi 3-kurs talabalari Odina Xolmuhammedova, Muxlisa Mirzaxonova, Muhsina Nusratullayeva, Shahzoda Nodirshoyeva hamda Mirjalol Sadullayev taqdirlandi.

Batafsil
Talabalar turar joyidagi yoshlar bilan muloqot qilindi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar turar joyidagi yoshlar bilan muloqot qilindi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi mas’ullari tomonidan 1-talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talabalarning yashash sharoitlarini o‘rganish, mavjud kamchilik va muammolarni bartaraf etish maqsadida tashrif tashkil etildi.Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev boshchiligidagi mas’ullar Akademiya hududida joylashgan talabalar turar joyini ko‘zdan kechirishdi.O‘rganish davomida Akademiya mas’ullari talabalarning yashash sharoiti, o‘quv va dam olish imkoniyatlari bilan tanishib, ularning fikr va takliflarini eshitishdi.Talabalar turar joyi xonalari, kutubxona va oshxonalarning holati o‘rganilib, bu yerdagi sharoitlarni yanada yaxshilash bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.Yotoqxonadagi isitish jihozlarining sozligi, bartaraf etilishi zarur bo‘lgan kamchiliklar aniqlanib, mutasaddilarga tegishli topshiriqlar b

Batafsil
“Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bilimli yoshlarni birlashtirdi
Yoshlar bilan ishlash

“Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bilimli yoshlarni birlashtirdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Bilimdon dinshunos” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi. “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan mazkur tanlov talaba-yoshlar o‘rtasida diniy bag‘rikenglikni qaror toptirish, o‘zga e’tiqod va millat vakillariga nisbatan tolerant munosabatda bo‘lishni targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi. Tadbirda Akademiya prorektori Zokirjon Ro‘ziyev, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Odiljon Ernazarov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdilar.Tanlovda jami 11 ta jamoa qatnashdi.Akademiya prorektori Zokirjon Ro‘ziyev tanlovni ochib berarkan, bu kabi intellektual tanlovlar yoshlarning bugungi globallashuv davrida mutaxassisliklarini o‘rganishlari uchun muhim maydon bo‘lishini qayd et

Batafsil
Talabalar uchun foydali seminar
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun foydali seminar

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Yordamchi eslatmalar rus tilini chet tili sifatida o‘qitish jarayonida lingvistik kompetensiyani oshirish usuli sifatida” mavzusida seminar o‘tkazildi. Mazkur tadbir “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan Toshkent xalqaro kimyo texnologiyalari universiteti “Rus tili” kafedrasi bilan hamkorlikda tashkil etildi.Unda Akademiya katta o‘qituvchisi Sayyora Jalolova hamda Toshkent xalqaro kimyo texnologiyalari universiteti vakili F.Yakubova tomonidan ma’ruza qilindi.Seminar o‘z kasbiy mahoratini oshirish, uslubiy bilimini kengaytirish va o‘quv jarayoni sifatini oshirishga intilayotgan har bir kishi uchun foydali bo‘ldi.

Batafsil
Zo‘ravonliksiz hayot – har bir ayolning huquqi
Yoshlar bilan ishlash

Zo‘ravonliksiz hayot – har bir ayolning huquqi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Zo‘ravonliksiz hayot – har bir ayolning huquqi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiyaning xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahat kengashi raisi Dilafruz Turdiyeva mavzu doirasida xotin-qizlarga qarshi zo'ravonlik va unga qarshi kurash omillari haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, “Iqtidorli qizlar bilan ishlash” yo‘nalishi koordinatori Nigora Xakimova ham zo‘ravonlikka qarshi kurash masalasining bugungi kundagi ahamiyati haqida so‘z yuritdi.Tadbirning asosiy spikeri sifatida O‘zbekistondagi BMT Taraqqiyot Dasturining Strategik rejalashtirish va integratsiya bo‘lim boshlig‘i Muhabbat Turkmenova raqamli zo‘ravonlik, gender tenglik va xalqaro tajribaga asoslangan himoya mexanizmlari haqida ma’ruza qildi.Mutaxassis chiqishidan so‘ng savol-javob sessiyasi o‘tkazildi. Ishtirokchilar mavzu bo‘yicha o‘zlarida mavjud savollarga

Batafsil
Yoshlar radikallashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar
Yoshlar bilan ishlash

Yoshlar radikallashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar

Xabaringiz bor, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Radikallashuv va yot g‘oyalarga qarshi kurashish hamda axborot iste’moli madaniyatini shakllantirish” o‘nkunligi loyihasi o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi to‘g‘risida”gi farmoni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan mazkur tadbir “Soxta salafiylik: tarixi, g‘oyasi, belgisi, xatarlari” hamda “Radikallashuvni oldini olishda jamiyatning axborot madaniyati va jamoatchilik ishtirokini oshirish” kabi mavzularda bo‘lib o‘tdi. Bugungi tadbir esa “Yoshlar radikallashuviga ta’sir etuvchi ijtimoiy psixologik omillar” mavzusiga bag‘ishlandi.Tadbir avvalida O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi qabul qilinganligining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangradi.Ushbu oʻnkunlik tadbirlaridan maqsad – yoshlarni radikalizm, terrorizm, ekst

Batafsil
Ko'rinish