O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Vatanga muhabbat – millatni birlashtiruvchi kuch
Yoshlar bilan ishlash

Vatanga muhabbat – millatni birlashtiruvchi kuch

Shu kunlarda yurtimiz bo‘ylab O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 34 yilligi munosabati bilan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida turli ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, targ‘ibot tadbirlari o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etmoqda.Bugun Toshkent viloyati futbol akademiyasida “Vatanga muhabbat – millatni birlashtiruvchi kuch” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Unda Akademiya dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) Rahmatilla Gaipnazarov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi. Tadbir davomida yurtimizda amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyati markazida mehnatsevar xalqimiz, inson va uning qadr-qimmati yotgani alohida ta’kidlandi.

Batafsil
Akademiya talabasi xalqaro qurultoyda qatnashdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabasi xalqaro qurultoyda qatnashdi

Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumanidagi Miraki turizm maskanidagi “Lochin” oromgohida “Yoshlar kelajak bunyodkorlari!” IV ekologiya va turizm xalqaro qurultoyi bo‘lib o‘tdi.O‘zbekiston Respublikasi ekologiya vazirligi O‘zbekiston Respublikasi turizm qo’mitasi Qashqadaryo viloyati hokimligi tomonidan tashkil etilgan qurultoy doirasida “Barqaror kelajak sari: Markaziy Osiyo yoshlariekologiya va turizmni rivojlantirish yo‘lida” xalqaro konferensiyasi ham o‘tkazildi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabasi Abdulvali Yarashev moderator sifatida ishtirok etdi.Qurultoyda respublikamizning 14 hududidan hamda Rossiya Federatsiyasi, Belarus, Qozog‘iston, Qirg’iziston, Tojikiston va Turkmaniston Respublikalaridan kelgan 1000 nafardan ortiq yoshlar qatnashdi.“Biz bir jamoamiz – salom, qurultoy” shiori ostidagi tashrif namoyishida mahalliy va xorijlik yoshlardan ib

Batafsil
Diniy radikallashuvning salbiy oqibatlari
Yoshlar bilan ishlash

Diniy radikallashuvning salbiy oqibatlari

Chirchiq uchuvchilar shaharchasida joylashgan Havo hujumidan Mudofaa Qoʻshinlari va Harbiy havo kuchlari qoʻmondonligi tasarrufidagi harbiy qismlardan birida bir qator jamoat tashkilotlari bilan hamkorlikda “Diniy radikallashuvning salbiy oqibatlari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy profilaktik tadbir oʻtkazildi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Ne’matullo Muhamedov ma’ruza qildi. Tadbir yakunida ishtiroklarni qiziqtirgan savollariga javoblar berildi.

Batafsil
“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport musobaqasi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

“Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida sport musobaqasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tyutori Maqsud Palvanov tomonidan “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” ta’lim yo‘nalishi talabalari va Shayxontohur tumani hududida istiqomat qiluvchi o‘quvchi yoshlar ishtirokida “Sport sog‘lik – garovi” shiori ostida sportning mini futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.Mazkur bellashuv “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talabalarning yozgi ta’til davomida bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, yoshlar o‘rtasida sportni ommalashtirish, ularni sog‘lom turmush tarziga va jismoniy faollikka jalb qilish maqsadida tashkil etildi. Qizg‘in tusda o‘tgan musobaqa orqali talaba-oshlar o‘rtasida sog‘lom raqobat, o‘zaro hurmat va do‘stlik muhiti shakllantirildi.

Batafsil
Akademiya hududidagi muqaddas qadamjolarga ijtimoiy-ko‘makka muhtoj yoshlar bilan bilan ziyorat tashkil qilindi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya hududidagi muqaddas qadamjolarga ijtimoiy-ko‘makka muhtoj yoshlar bilan bilan ziyorat tashkil qilindi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Dolzarb 90 kun” doirasida Shayxontohur tumanida yashovchi boquvchisini yoqotgan ijtimoiy-ko‘makka mujtoj yoshlar bilan uchrashuv tashkil etildi.Tadbirda Akademiyaning Xotin-qizlar bo‘yicha rektor maslahatchisi Nilufar Alibayeva, tyutorUmida Xasanova, Bobur xalqaro fondi xodimi, Islomshunoslik yoʻnalishi 4-kurs talabasi Faxriddin Nosirjonov ishtirok etdi.Tadbir doirasida mehmonlar uchun Akademiya hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralariga ziyorat tashkil etildi.Ekskursiya davomida allomalar hayoti, ilmiy merosi, maqbaraning bugungi kundagi ahamiyati, bu yerga keladigan ziyoratchilar tashrifi toʻgʻrisida maʼlumot berildi.Ziyorat mehmonlarda katta taassurot qoldirib, o‘tganlarning ruhiga Qur’on tilovat qilindi.

Batafsil
Talabalar uchun kutubxonaga ekskursiya uyushtirildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun kutubxonaga ekskursiya uyushtirildi

Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” taʼlim yoʻnalishi 1-kurs talabalari tyutor Yoqubjon Bazarov boshchiligida Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston milliy kutubxonasiga ekskursiya tashkil etildi. “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tashkil etilgan ushbu ekskursiyada kutubxonaga aʼzo boʻlmagan talabalar aʼzolikka qabul qilindi. Shundan soʻng kutubxona xodimlari tomonidan kutubxona faoliyati va oʻquv zallari bilan tanishtirildi.

Batafsil
Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga sayohat
Yoshlar bilan ishlash

Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga sayohat

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islomshunoslik fakulteti tyutori Umida Xasanova tomonidan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida talaba-yoshlar bilan birgalikda bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazib, ularga ma’rifat ulashish maqsadida Abdulla Qodiriy uy-muzeyiga sayohat tashkil etildi.Abdulla Qodiriy uy-muzeyi 2019-yil dekabr sanasida Toshkent shahri Shayxontohur tumani “Samarqand darvoza” koʻchasida yashagan yozuvchi Abdulla Qodiriy uyida ochilgan.Ayni shu muzeyda yozuvchining oʻzi ijodidan, oʻzbek va jahon adabiyoti durdonalari namunalaridan kutubxona vujudga kelgan. Hovli sahni devorlariga oʻzbek va jahon yozuvchi-shoirlarning A.Qodiriy ijodi haqidagi fikrlari qayd etilgan. Xona devorlariga ilingan adibning asl qiyofasini aks ettiruvchi fotosuratlar Qodiriy ijodini yaqindan tanishtiradi.Muzey hovlisida haykaltarosh Bahrom Norboyev tomonidan mukammal ishlangan yozuvchi haykali

Batafsil
Akademiyada 1-bosqich talabalari uchun Malakaviy amaliyot boshlandi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada 1-bosqich talabalari uchun Malakaviy amaliyot boshlandi

Joriy yilning 16-iyunidan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 1-kurs talabalari uchun Malakaviy amaliyot boshlandi. Amaliyotning dastlabki kunida Akademiya mas’ullari, amaliyot rahbarlari uchun trening tashkil qilindi. Unda so‘zga chiqqanlar tomonidan davlat va jamoat tashkilotlarida amaliyot o‘tashning ahamiyati, mohiyati va e’tibor qilish kerak bo‘lgan asosiy jihatlar haqida so‘z yuritildi. Har bir talabaga ta’til davomida e’tibor berishi kerak bo‘lgan masalalarni aks ettirgan tezislar tarqatildi. Shundan so‘ng Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida amaliyotchi talabalar uchun “Dolzarb 90 kunlik” doirasida belgilangan vazifalardan kelib chiqqan holda binar dars tashkil qilindi. Unda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita bosh mutaxassisi N.Nodirov, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tashkil topish tarixi, fuqarolarning vijdon va e’tiqod erkinligini ta’minlashdagi o‘rni, davlat va d

Batafsil
Talabalar uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun “Kelajakka qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari katta o‘qituvchi Uktam Jiyanov hamda Talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva hamrohligida O‘zmilliybankda bo‘lishdi.Ushbu tashrif O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarorini ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etildi.Tashrif davomida O‘zmilliybank Markaziy amaliyot BXM boshqaruvchisi A.Xolisboyev va dasturga masul xodim M.Ortiqov ishtirokida “Kelajakka qadam” dasturi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbir davomida talabalar dastur imkoniyatlari bilan tanishtirildi, shuningdek, “Kelajakka qadam” dasturining amaliy afzalliklari va moliyaviy qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari batafsil muhokama qilindi.Davra suhbati yoshlarning moliyaviy savodxonligini oshirish va ularni kelajakdagi loyihalarini amalga oshirishda qo‘llab-quvv

Batafsil
Haftalik doirasida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Haftalik doirasida Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida davra suhbati o‘tkazildi

Ichki ishlar vazirligi Akademiyasida “Vijdon erkinligi boʻyicha inson huquqlari haftaligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatidan oldin Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi faoliyati bilan tanishish maqsadida “Zamonaviy AKT” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talabalari uchun sayyor tur tashkil qilindi.Davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Axborot-tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi Bosh mutaxassisi Jahongir Meliqo‘ziyev, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmanov, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi shaxsiy tarkibi va kursantlari hamda Akademiya professor-o'qituvchilari va talabalari ishtirok etishdi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulte

Batafsil
Haftalik doirasida Toshkent davlat yuridik universitetida davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Haftalik doirasida Toshkent davlat yuridik universitetida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun Toshkent davlat yuridik universitetida “Vijdon erkinligi boʻyicha inson huquqlari haftaligi” doirasida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov, “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Bektosh Berdiyev, TDYU “Xalqaro huquq va inson huquqlari” kafedrasi professori A.Raxmonov, Akademiya va universitet professor-o‘qituvchilari, tyutorlar va talabalar ishtirok etishdi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda “Dunyoviy davlatda umumjamiyat manfaatlari va vijdon erkinligini uyg‘un ravishda ta’minlash mexanizmlari”, “Islom huquqi va hozirgi zamon”, “Fuqarolik millatini shakllantirish va uning milliy davlatchilik tizimi uchun ahamiyati” kabi mavzularda ma’ruzalar tinglandi.Tadbir qiziqarli

Batafsil
Talabalar uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga sayyor targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga sayyor targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

“Oʻzbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini taʼminlash va diniy sohadagi davlat siyosati Konsepsiyasi”ning mazmun-mohiyatini keng jamoatchilik oʻrtasida keng targʻib qilish maqsadida Akademiya tomonidan o‘tkazilayotgan “Vijdon erkinligi boʻyicha inson huquqlari haftaligi” doirasida professor-o‘qituvchi va talabalar uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga sayyor targ‘ibot tadbiri tashkil etildi. Mazkur davra suhbatida ma’ruzachi sifatida qonun bilan tasdiqlangan Konsepsiya loyihasi ishlab chiqilishida bevosita ishtirok etgan deputatlar, xususan, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Demokratik institutlar va fuqarolik jamiyatini rivojlantirish masalalari qo‘mitasi raisi Gulrux Agzamova hamda Xalqaro ishlar, mudofaa va xavfsizlik masalalari qo‘mitasi raisi Ulug‘bek Shermatov tomonidan ma’ruzalar o‘tildi.Ekspertlar tomonida

Batafsil
Ko'rinish