Toshkent yoshlari milliylikni sevadi
Bugun Toshkent shahri Olmazor tumanida joylashgan Talabalar shaharchasida “Milliy hunarmandchilik, milliy o‘yinlar, kuyqo‘shiq va raqslar – milliy qadriyatlarning uzviy qismi” shiori ostida “Toshkent yoshlari milliylikni sevadi” festivali o‘tkazildi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talaba qizlari, tyutorlar Nigina Ruzimova va Umida Xasanova ishtirok etdi.Tadbirdan ko‘zlangan maqsad talaba-yoshlarning o‘qishdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, shuningdek, ularni milliy va umum insoniy, ijtimoiy axloqiy, madaniy va ma’naviy qadriyatlarimiz, an’ana, urf-odat, san’atimiz bilan yaqindan tanishtirish, yurtimizning tarixi va bugungi kuni hozirgi kunda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlardan xabardor qilish, jadidlarimiz hayotini chuqur o‘rganish, ertamiz egalarining tarixiy tafakkurini oshirish orqali oliy ta’lim muassasalarida olib borilayotgan madaniy-ma’r
BatafsilBiz bir oila farzandlarimiz!
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari “Orol dengiziga poyezd” aksiyasi doirasida Qoraqalpoq davlat universitetida bo‘lib o‘tgan mazkur ma’naviy-ma’rifiy tadbirda ishtirok etishdi. Tadbir doirasida turli millat va elat vakillari bir sahnada chiqish qilib, yurtimizdagi totuvlik va hamjihatlik muhitini yana bir bor aks ettirishdi.Dastur davomida talabalar tomonidan sahna chiqishlari, do‘stlik va birdamlik haqida sahna ko‘rinishlari, milliy kuy-qo‘shiqlar ijro etildi.“Biz bir oila farzandlarimiz!” shiori ostidagi ushbu tadbir yurtimiz yoshlari o‘rtasida do‘stlik, mehr-oqibat va o‘zaro hurmat tuyg‘ularini yanada mustahkamladi.Tadbir yakunida talabalarning "Orol dengiziga poyezd" loyihasi davomida tayyorlangan mamlakatimiz turizm salohiyatini targ'ib qilish, milliy merosimizni asrash g'oyalarini targ'ib qilivchi kontentlar, shuningdek, Orolbo‘yida daraxtzorlarni tashkil eti
Batafsil
Kitobga mehr – ma’naviyatga, ma’rifatga mehr!
Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalar turar joyida “Kitobga mehr – ma’naviyatga, ma’rifatga mehr!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Yoshlar qalbida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, ma’naviy-ma’rifiy qadriyatlarni targ‘ib qilish hamda intellektual salohiyatni oshirish maqsadida o‘tkazilgan tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti Ilyos Mirziyotov, “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etishdi.Davra suhbatida O‘zR FA O‘zbek tili va adabiyoti va folklori instituti ilmiy xodimlari Zohida Muqimova hamda Muxlisaxon Saydaliyeva mehmon ma’ruzachi sifatida qatnashishdi.Tadbir davomida so‘z olganlar tomonidan yoshlarning hayotida kitobning alohida o‘rni borligi, yaxshi kitob insonda Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat tuyg‘ularini yuksaltirib, yaxs
Batafsil
Talabalar uchun muzeylarga ekskursiya tashkil etildi
1977-yilning 18-may kunidan boshlab dunyoda Xalqaro muzeylar kuni nishonlanib kelinadi. 18-may – Xalqaro muzeylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Nuriddin Qolqanov tomonidan “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan “Temuriylar tarixi davlat muzeyi”ga tashrif uyushtirildi.Tashrif davomida talabalarga dastlab Temuriylar tarixi davlat muzeyi — madaniy va tarixiy merosining haqiqiy xazinasi ekanligi, u 1996-yilda Amir Temurning 660 yilligi sharafiga ochilganligi, buyuk sarkarda va hukmdorning merosiga bag‘ishlanganligi haqida ma’lumotlar berildi.So‘ngra Amir Temur va temuriylar tarixi, davlat boshqaruvi va xalqaro aloqalari, ilm-fanni rivojlantirishdagi jonbozliklari tushuntirib berildi.Talabalarga muzeydagi eksponatlarning tarixiy ahamiyatini anglatgan holda Amir Temur nafaqat davlat arbobi
Batafsil
Akademiya vakillari Adiblar xiyobonidagi tadbirlarda ishtirok etdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining tegishli buyrug‘iga muvofiq, “Ijodkor yoshlar”, “Yosh sportchilar”, “Yosh dasturchilar”, “Yosh kitobxonlar” klublari, “Chevar qizlar” to‘garagida tayyorlangan ishlanmalarning respublika ko‘rgazma-taqdimotini yuqori saviyada o‘tkazish vazifasi belgilangan.Shu munosabat bilan O’zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Toshkent shahrida joylashgan Adiblar xiyobonida o’tkazilgan respublika ko‘rgazma-taqdimotida oliy ta’lim tashkilotining klub va to‘garaklarida tayyorlangan ishlanmalar bilan faol ishtirok etdi.
Batafsil
Akademiya Intellektual terma jamoasi respublika bosqichida ishtirok etadi
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasining Intellektual terma jamoasi respublika oliy ta'lim muassasalari o‘rtasida kechadigan "Intellektual haftalik" musobaqasiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Akademiyamiz vakillari Toshkent shahrida joylashgan eng kuchli oliy ta'lim dargohlari qatorida haftalikning respublika bosqichida ishtirok etadi. Mazkur musobaqada talabalarimizga omad tilaymiz.
Batafsil
Oila – muqaddas qo‘rg‘on
Oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi. Oila qanchalik mustahkam bo‘lsa, jamiyat shu qadar farovon va barqaror bo‘ladi. Jamiyat, oila va shaxs bir-birisiz mukammal, baxtiyor bo‘la olmasligi hayotiy haqiqat. Shu ma’noda, oilaning jamiyatdagi o‘rni va rolini oshirish, mustahkamligini ta’minlash muhim ahamiyat kasb etadi.Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida 15-may – Xalqaro oila kuni munosabati bilan “Oila – muqaddas qo‘rg‘on” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gaipnazarov, kafedra mudiri Zebo Kasimova, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Ma’lumki, BMT Bosh Assambleyasining 1993-yil 20-sentabrdagi yalpi yig‘ilishida 1994-yildan boshlab
Batafsil
Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi
Bugun Alisher Navoiy nomidagi Oʻzbekiston Milliy bogʻida barpo etilgan Adiblar xiyobonida “Milliy qadriyatlar sayli” adabiy-maʼrifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari ham faol ishtirok etishdi.Tadbirda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi atoqli adib va jamoat arbobi Mahmudxo‘ja Behbudiy haykali yonida tashkil etilgan tadbirda ulug‘ alloma yod etildi. Sayil doirasida o‘tkazilgan “Besh muhim tashabbus” festivalida voleybol, shaxmat-shashka sport turlari bilan bir qatorda arqon tortish kabi milliy o‘yinlar ham bo‘lib o‘tdi. Akademiya talabalari o‘rtasida “Milliy qadriyatlar” mavzusiga bag‘ishlangan “Zakovat” intellektual bellashuvi qizg‘in va murosasiz ruhda kechdi. 3 ta jamoa ishtirok etgan bahsda “Psixologiya” ta’lim yo‘nalishi talabalari jamoasi 1-o‘rinni egalladi.
Batafsil
Xotira abadiy, qadriyat muqaddas
Mardlik va sadoqat timsoliga aylangan 9-may – Xotira va qadrlash kuni yurtimizda har yili yuksak ehtirom bilan keng nishonlanadi.Mazkur sana xalqimizning Vatan ravnaqi, tinchlik va osoyishtalik yo‘lida jon fido qilgan ajdodlarimiz xotirasini e’zozlash, ularning bebaho xizmatlarini yodga olish va bugungi farovon hayotimizni qadrlash ramzi sifatida alohida ahamiyat kasb etadi.Bu kun tarix sahifalarida o‘chmas iz qoldirgan, faxriylarimizga chuqur hurmat-ehtirom ko‘rsatish, maqsadida “Minor” qabristonida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekanati “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professor-o’qituvchilar va talabalar ishtirokida xotirlash va obodonlashtirish ishlari olib borildi.Ustoz Abduxafiz Abdujabborov nomi yod etilib, yoshlarga ularning hayot yoʻli haqida maʼlumot berildi.
Batafsil
O‘tganlarni xotirlash ulug‘ amallardandir
Har yili 9-may sanasi mamlakatimizda Xotira va qadrlash kuni sifatida keng nishonlanadi. Bu sana Vatan ozodligi va mustaqilligi yo‘lida jonini fido qilgan mard va jasur yurtdoshlarimizni xotirlash, ulug‘lash, shu bilan birga, tiriklarga urush va mehnat faxriylariga chuqur hurmat ko‘rsatish kunidir. Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi magistrlari “Kamolon” qabristoni hududida obodonlashtirish va hashar ishlarini amalga oshirishdi. Ular qabristondagi tarixiy maqbaralar atrofini tozalash, daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, hududni ozoda saqlash bo‘yicha ishlarda faol ishtirok etishdi. Ushbu tadbir yoshlarning Vatanga, uning tarixi va milliy qadriyatlariga bo‘lgan hurmatini yanada mustahkamlashga xizmat qildi. Xotira kuni munosabati bilan amalga oshirilgan ushbu amaliy ishlar talabalarning ma’naviy tarbiyasida muhim o‘rin tutib, ularni yanada jipslashtiri
Batafsil
Nomingiz dillarda mangu yashaydi
Poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i”da 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ijtimoiy fanfar va huquq” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Street law” innovatsion guruhi volontyor talabalari ishtirokida “Nomingiz dillarda mangu yashaydi” mavzusida ijodiy tashrif uyushtirildi.Mazkur sayohat Ikkinchi jahon urushida g‘alabaga O'zbekiston xalgining qo‘shgan munosib hissasini ilmiy o‘rganish maqsadida tashkil etildi.Tadbirda “Ijtimoiy fanfar va huquq” kafedrasi professori Ilhomjon Bekmirzayev, kafedra professor-o'qituvchilari Feruz Rashidov, Shuhrat Rajabovlar talabalarga tinchlik ne’mati, Ikkinchi jahon urushining kelib chiqish sabablari, uning mudhish oqibatlari, frontda va front ortida g'alabaga hissasini qo'shgan o'tganlarni yodga olish, ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirish barchamizning insoniylik burchimiz ekanligi haqida ilm
Batafsil
Akademiyada “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Talabalar turar joyida “Uch avlod uchrashuvi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi hamda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan mazkur tadbir keksa avlod vakillarining boy tajribasini o‘rganish, ezgu fazilatlarini ibrat sifatida ko‘rsatish, ta’lim-tarbiya ishlari samaradorligini oshirish, ularning mehnatini e’zozlash maqsadida tashkil etildi.Unda Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gaipnazarov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professorlari – Ahadjon Hasanov, Ne’matullo Muhamedov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.Uchrashuvda mamlakatimizda inson omiliga yuksak e’tibor berilayotgani, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan jamiyatim
Batafsil