O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Xotira muqaddas, inson qadri aziz
Yoshlar bilan ishlash

Xotira muqaddas, inson qadri aziz

Yoshlarning qalbida vatanparvarlik tuyg‘usini uyg‘otish, tarixiy xotirani mustahkamlash, ajdodlarimizning qahramonlik yo‘lidan faxrlanish hissini shakllantirish har birimizning muqaddas burchimiz bo‘lishi zarur.Aynan shunday ezgu maqsadni ko‘zlagan holda 9-may – Xotira va qadrlash kuni munosabati bilan Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari uchun poytaxtimizdagi “G‘alaba bog‘i” yodgorlik majmuasi hamda “Shon-sharaf” davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.Sayohat davomida talabalarga majmuadagi okoplar, blindajlar va dala oshxonalari kompozitsiyalari, temir yo‘l vokzali, eski kutubxonalar va tibbiyot punktlari aks ettirilgan noyob hududlar bilan tanishtirildi.Akademiya tyutori Maqsud Palvanov tomonidan Ikkinchi jahon urushi qatnashchilarining mardlik va jasorati, front ortida matonat hamda insonparvarlik namunalarini ko‘rsatgan yurtdoshlarimiz haqida ma’lumot b

Batafsil
O‘zbek ma’rifatparvarlari tarix zarvaraqlarida
Yoshlar bilan ishlash

O‘zbek ma’rifatparvarlari tarix zarvaraqlarida

Milliy o‘zlikni anglash va boy tariximizni tiklash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgan bugungi davrda shavqatsiz qatag‘on siyosatining qurbonlari bo‘lgan davlat va jamoat arboblari, ilm-fan, madaniyat va san'at namoyondalarining nomlari va xotiralarini abadiylashtirish, ularning jasorati va matonati misolida yosh avlodni Vatanga va xalqimizga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalash dolzarb vazifa hisoblanadi.Shu maqsadda O‘zbekistonda Shanxay hamkorlik tashkilotining Xalq diplomatiyasi markazida Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyi bilan hamkorlikda “O‘zbek ma’rifatparvarlari tarix zarvaraqlarida” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi.Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 19-iyuldagi “Siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan yurtdoshlarimiz hayoti va faoliyatini o‘rganish, targ‘ib etish hamda ularning xotirasini abadiylashtirish borasid

Batafsil
Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talaba-qizlar uchun tanlov o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talaba-qizlari o‘rtasida 28-aprel – xalqaro axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi qizlar kuni munosabati bilan tanlov o‘tkazildi.Mazkur musobaqa Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi hamda Akademiya Xotin-qizlar maslahat kengashi hamkorligida tashkil etildi.Unda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “IT TOUR”, Mumtoz sharq filologiyasi fakultetining “Digital girl” hamda Islomshunoslik fakultetining “Tafakkur” jamoalari o‘zaro bellashishdi.Ushbu tanlov AKT sohasidagi talaba-qizlar orasida iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi.Musobaqani Akademiyaning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektori Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berib, ishtirokchilarga omad tilad

Batafsil
Talaba-qizlar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talaba-qizlar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazildi

Akademiya talaba-qizlar o‘rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ‘ib etish, yoshlarda sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, barkamol avlodni voyaga yetkazish, shuningdek ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazishga ko‘maklashish maqsadida birqancha ishlar amalga oshirilib kelmoqda.Xususan, Akademiya Talabalar turar joyida istiqomat qiluvchi talaba-qizlar o‘rtasida ham sportning voleybol, gandbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.Faol talaba-qizlar tomonidan mazkur musobaqalarning 1-bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Batafsil
Akademiyada talabalar uchun trening mashg‘uloti o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada talabalar uchun trening mashg‘uloti o‘tkazildi

Shu kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi bilan hamkorlikda “Global Money Week” (“Umumjahon pul haftaligi”) o‘tkazilmoqda.2020-yildan buyon har yili an’anaviy o‘tkaziladigan mazkur haftalik doirasida talabalar uchun moliyaviy savodxonlikni oshirish bo‘yicha o‘quv tadbirlari va loyihalar tashkil etiladi.Bugun esa haftalik doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Ertangi moliyaviy imkoniyatlaringiz bugungi qarorlaringizdan boshlanadi” mavzusida amaliy-trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Treningda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida Markaziy bank masʼul xodimlari tomonidan mavzu yuzasidan amaliy ko‘nikmalar berildi.

Batafsil
Akademiya talabalari uchun Rishton xalqaro kulolchilik markaziga ekskursiya tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalari uchun Rishton xalqaro kulolchilik markaziga ekskursiya tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati tomonidan bir guruh professor-o‘qituvchilar hamda talabalar uchun Farg‘ona viloyatining Rishton tumanida joylashgan xalqaro kulolchilik markaziga ekskursiya tashkil qilindi. Ekskursiya avvalida talabalarga Rishton xalqaro kulolchilik markazida joylashgan usta hunarmandlarning ustaxonalari va butun dunyoda dovrug‘ qozongan galereyalari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlar berildi hamda ular bilan yaqindan tanishish maqsadida press-tur tashkil etildi. Talabalar ekskursiya davomida usta kulollar yaratgan san’at asarlari, sirlangan sopol buyumlar hamda qalampir nusxali naqshlarga boy bo‘lgan jimjimador idishlar bilan ham yaqindan tanishdilar. Shuningdek, ekskursiyada talabalar rishtonlik kulollar tomonidan loydan kulolchilik mahsulotlarini qanday qilib yasalishi hamda ularga naqsh berish jarayonlarini bevosita kuzatish imkoniyatiga ham ega bo‘ldi

Batafsil
Joylarda “Jaholatga qarshi maʼrifat” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Joylarda “Jaholatga qarshi maʼrifat” targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi

Yosh avlodni ezgulik va maʼrifat, ona Vatanga muhabbat, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalash, “Jaholatga qarshi maʼrifat” ulug‘vor g‘oya asosida dinning asl insonparvarlik mohiyatini keng tushuntirish, milliy va diniy qadriyatlarimizga yot bo‘lgan g‘oyalarga nisbatan toqatsizlik muhitini shakllantirish muhim hisoblanadi.Shu maqsadda poytaxtimizning Chilonzor tumanidagi 131- hamda 232-sonli maktabida “Jaholatga qarshi maʼrifat” shiori ostida targ‘ibot tadbirlari boʻlib oʻtdi. Tadbirlar doirasida 2025-yil 25-fevralda yurtimizda fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida qabul qilingan “O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” haqida ma’lumot berildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kaf

Batafsil
O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi mazmun-mohiyati
Yoshlar bilan ishlash

O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi mazmun-mohiyati

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Filologiya” yo‘nalishi talabalari uchun “O‘zbekiston Respublikasida fuqarolarning vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirni fakultet dekani Ilyos Mirziyotov ochib berdi. Davra suhbatini “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi v.b dotsenti Jahongir Akramov olib bordi.Davra suhbatida fuqarolarning vijdon erkinligi, O‘zbekistonda diniy sohadagi davlat siyosati prinsiplari, milliy qadriyatlarning ahamiyati yo‘nalishlariga alohida e'tibor qaratildi.Suhbatda talabalar mamlakatda diniy tolerantlikni mustahkamlash, vijdon erkinligiga to‘sqinlik qiluvchi omillarning salbiy oqibatlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.

Batafsil
Volontyorlik bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Volontyorlik bo‘yicha davra suhbati o‘tkazildi

Yurtimizda volontyorlik faoliyatini amalga oshirishning huquqiy asoslari yaratilishi munosabati bilan ushbu faoliyatni rivojlantirishga qaratilgan tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.2024-yilda esa Mustaqil davlatlar hamdo‘stligiga a’zo davlatlarda “Volontyorlar yili” deb e’lon qilingani ham mazkur harakat tom ma’noda rivojlanib borayotganidan dalolat beradi.Volontyorlik fransuzcha “volontaire” so‘zidan olingan bo‘lib, “ko‘ngilli”, “o‘z xohishiga ko‘ra ish qiluvchi”, degan ma’nolarni anglatadi. Soddaroq aytganda, har qanday masala bo‘yicha beminnat xizmat qiladigan, atrofdagi insonlarga, jamiyatga astoydil va hech qanday moddiy manfaatlarsiz yordam beruvchilar volontyor deb ataladi.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar orasida volontyorlik madaniyatini shakllantirish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti

Batafsil
“Akademiya ligasi” start oldi
Yoshlar bilan ishlash

“Akademiya ligasi” start oldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida futbol bo‘yicha “Akademiya ligasi” boshlandi. Musobaqada jami 14 ta jamoa qatnashyapti.Bellashuvlar davom etmoqda.

Batafsil
Kiberjinoyatchilar o‘ljasiga aylanmang!
Yoshlar bilan ishlash

Kiberjinoyatchilar o‘ljasiga aylanmang!

Keyingi vaqtlarda axborot texnologiyalarining keng miqyosda rivojlanishi bir vaqtning o‘zida ko‘p turdagi kiberjinoyatlar sodir etilishiga imkon yaratmoqda. Bu, o‘z navbatida, ushbu turdagi jinoyatlarni aniqlash va ular oldini olishda yuqori bilim va kasbiy tayyorgarlikni talab qilayotir.Yoshlarga kiberjinoyatlarga qarshi kurashishda tushunchalar berish, axborot texnologiyalari sohasidagi jinoyatlardan ogoh etish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi bilan hamkorlikda “Kiberjinoyatchilar o‘ljasiga aylanmang!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Farhod Karimov hamda Shayxontohur tumani IIBB vakili Shahzod Islomov mavzu yuzasidan ma’ruza qildilar.Davra suhbatida kafedra mudi

Batafsil
Akademiya boshlang‘ich tashkilotining Kengaytirilgan yig'ilishi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya boshlang‘ich tashkilotining Kengaytirilgan yig'ilishi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Akademiya boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari, guruh sardorlari va faol talabalar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbirda rektor maslahatchi O‘tkir Hasanboyev, Akademiya profilaktika katta inspektori Muhriddin Xikmatov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov hamda tyutorlar ishtirok etdi. Akademiya yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov tashkilot faoliyati, yo‘nalishlar hamda fakultet koordinatorlari tashabbuslari haqida ma’lumot berib o‘tdi.Yig‘ilish davomida Boshlang‘ich tashkilot qoshidagi klublar, loyihalar va to‘garaklar faoliyati tahlil qilindi. Yangi loyiha va tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash, ularni tizimli ravishda shakllantirish masalalari yoritildi. Shuningdek, rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev so'z olib, Akademiyadagi ijtimoiy muhitni sog'lomlashtirish, talabalarni har tomonlama faollikka chaqirishda koordinat

Batafsil
Ko'rinish