O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Akademiyada islom ilmlari yo‘nalishidagi loyihalar bo‘yicha muhokama o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada islom ilmlari yo‘nalishidagi loyihalar bo‘yicha muhokama o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Birinchi Renessans davri bo‘limi islom ilmlari yo‘nalishidagi loyihalar bo‘yicha muhokama bo‘lib o‘tdi. Muhokamani loyihaning muvofiqlashtiruvchi kengash koordinatori, professor Zohidjon Islomov olib bordi. Loyihalar nafaqat O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi doirasida, balki FA Tarix instituti, FA Sharqshunoslik instituti hamda Samarqand, Buxoro, Farg‘ona viloyatlari hokimliklari bilan hamkorlikda amalga oshirilishi kelishib olindi. Ko‘rib chiqilgan loyihalar asosan olimlar faoliyati va asarlari bilan bog‘liq. Jumladan, yurtimizda yetishib chiqqan olimlar ziyoratgohlari va ularning eng nodir asarlari hamda dunyoga mashhur qo‘lozma manbalarini faksimile nusxalari va mulyajlarini tayyorlash, mazkur allomalar haqida roliklar va qisqa metrajli hujjatli filmlar tayyorlash bosh maqsad qilib qo‘yildi.

Batafsil
Akademiya talabasi Huawei kompaniyasiga ishga taklif qilindi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabasi Huawei kompaniyasiga ishga taklif qilindi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Axborot xavfsizligni boshqarish” yo‘nalishi 4-kurs talabasi Azizbek Habibov Huawei kompaniyasidan ish taklifini oldi.Bunga eng asosiy sabablardan biri Akademiyaning dasturlash bo‘yicha talabalar jamoasi 2024-yilning 13-15-dekabr kunlari Qozog‘istonning Ostona shahrida bo‘lib o‘tgan The 2024 ICPC Northern Eurasia Finals musobaqasida ishtirok etgani muhim ahamiyatga ega bo‘ldi. Ma’lumki, bu musobaqa dasturlash bo‘yicha jahon chempionatining yarim finali sanaladi.Musobaqa homiylari qatorida Huawei kompaniyasi ham bor edi. Huaweining Belorussiya, Qozog‘iston, O‘zbekiston, Qirg‘iziston, Tojikiston, Turkmaniston va Gruziya bo‘yicha vakili Pavel Rudak o‘z taqdimotida kompaniya tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar va kompaniyaga talantlarni ishga qabul qilish jarayonlari bilan o‘rtoqlashgan edi. Pavel Rudak hamda Azizbek Habibov o‘rtasidagi suhbatlar

Batafsil
Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid
Yoshlar bilan ishlash

Korrupsiya – taraqqiyotga tahdid

Ma’lumki, O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 27-yanvardagi “Aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish to‘g‘risida”gi qarori bilan aholi va davlat xizmatchilarining huquqiy ongi hamda madaniyatini yuksaltirish, jamiyatda korrupsiyaga nisbatan murosasizlik muhitini shakllantirish bo‘yicha 2025-yilga mo‘ljallangan chora-tadbirlar rejasi tasdiqlangan.Qaror ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida turli profilaktik tadbirlar o‘tkazilib kelinmoqda. Jumladan, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan #Stop_Korrupsiya xeshtegi ostida chellenj o‘tkazildi.Mazkur chellenj professor-o‘qituvchilar, xodimlar va talabalar o‘rtasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik madaniyatini shakllantirish

Batafsil
Talabalar uchun Akademiya hududida joylashgan ziyoratgohlarga ekskursiya tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun Akademiya hududida joylashgan ziyoratgohlarga ekskursiya tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Filologiya” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun Shayx Xovand Tohur ziyoratgohiga ekskursiya tashkil etildi.“Ziyoratgohga tashrif” turkumi doirasida o‘tkazilgan ekskursiyada “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Ne’matulla Muhamedov ma’ruza qildi.Professor Ne'matulla Muhamedov ushbu majmua tarixi bo‘yicha so‘z yuritib, o‘tmishda Toshkent shahrining eng gavjum va fayzli joylaridan biri bo‘lgan bu ziyoratgoh hududida o‘nlab me’morchilik yodgorliklari, masjidlar, madrasalar, atrofi baland daraxtlar bilan o‘ralgan shifobaxsh buloqli ariqlar va savdo-sotiq rastalarini bo‘lgani, mamlakatimiz, qolaversa, Markaziy Osiyo xalqlari uchun ham muqaddas ziyoratgoh sifatida ma’lum va mashhurligini aytib o‘tdi. Bu muqaddas ziyoratgoh Toshkent shahri to‘rt dahasining biri hisoblanib, qadimdan Shayx Xovand Tohur dahasi deb aytilgani, shuningd

Batafsil
Memorandum doirasida sayyor amaliy mashg‘ulot tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Memorandum doirasida sayyor amaliy mashg‘ulot tashkil etildi

2024-yilning 27-dekabrida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi o‘rtasida imzolangan o‘zaro hamkorlik memorandumi doirasida sayyor amaliy mashg‘ulot tashkil etildi.Sayyor amaliy mashg‘ulot Ichki ishlar vazirligi Akademiyasining “Raqamli texnologiyalar va axborot xavfsizligi” va “Kriminalistik ekspertizalar” kafedralari professor-o‘qituvchilari kompyuter kriminalistikasi sohasida akademiyada amalga oshirilayotgan ishlar, kriminalistika sohasida tayyorlanayotgan kadrlar va ularga bo‘lgan talablar haqida ma’lumot berdilar.Sayyor amaliy mashg‘ulotda ijtimoiy muhandislik, teskari muhandislik, kibermakonda sodir bo‘layotgan jinoyatlarni ochish jarayonlari va unda ishlatiladigan dasturiy ta’minotlar, cloun saytlar bilan ishash hamda Telegram orqali kelayotgan .apk fayllar bilan ishlash jarayonlari aniq misollar asosida ko‘rsatib ber

Batafsil
Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni
Yoshlar bilan ishlash

Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi tashabbusi bilan mahorat darsi tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasi raisi Rasuljon Mirzaaxmedov tomonidan chitgarlik bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi.Tadbirda Akademiya prorektorlari Ilyos Mirziyotov, Zohidjon Islomov, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva hamda kafedraning professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar ishtirok etdi.Chitgarlik (yoki naqshli hunarmandchilik) O‘zbekistonning boy madaniy merosida o‘ziga xos o‘ringa ega bo‘lib, bu sohada ilg‘or texnikalar va yangi yondoshuvlar doimiy ravishda joriy etilishi zarur. Tadbirda hunarmandlar tomonidan naqshli chitlar yaratilishi, albatta, milliy san’atning va amaliy madaniyatning rivojlanishiga hissa qo‘shadi. Bu kabi tadbirlar nafaqat ilmiy sohalarda, balki madaniyat va san’atni rivojlantirishda ham ahamiyatlidir. Shuningd

Batafsil
Navroʻz – qadriyatlar beshigi
Yoshlar bilan ishlash

Navroʻz – qadriyatlar beshigi

Yurtimizda milliy va maʼnaviy qadriyatlarni asrab-avaylash, ularni yoshlar orasida keng targʻib qilish hamda anʼanaviy bayramlarni yuqori saviyada nishonlash maqsadida oliy taʼlim muassasalarida joriy yilning 12-19-mart kunlari “Navroʻz – qadriyatlar beshigi” nomli ma’naviy-ma’rifiy haftalik o‘tkazilmoqda.Haftalikda milliy va maʼnaviy qadriyatlarni rivojlantirish, Navroʻz bayramining tarixiy va madaniy ahamiyatini yoshlarga yetkazish, talaba-qizlar oʻrtasida ijtimoiy faollikni oshirish, talaba-qizlarning milliy libosga boʻlgan mehrini oshirishga qaratilgan treninglar tashkil etilmoqda.Jumladan, bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Navroʻz – qadriyatlar beshigi” nomli davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Unda “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva mavzu doirasidagi ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Davra suhbatida Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi, Akademiya xotin-

Batafsil
Akademiyada notiqlik mahorati bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada notiqlik mahorati bo‘yicha mahorat darsi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida notiqlik mahorati bo‘yicha master-klass o‘tkazildi.Davra suhbatida O‘zbekiston milliy teleradiokompaniyasi jurnalisti va boshlovchisi Shohjahon Karimov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi mudiri Nigora Yusupova, kafedra professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.Uchrashuvda jurnalist va boshlovchi Shohjahon Karimov bugungi kunda notiqlik mahorati barcha uchun kerakligini qayd etib, talabalarga nutq mahorati, ovoz ishlatish ko‘nikmasi bo‘yicha tavsiyalarini ulashdi.Ma’lumki, notiqlik san’ati – amaliy jihatdan chiroyli nutq tuzishning qonuniyatlari, sirlari, til meʼyorlari, nutqning sifatlari, nutq uslublarini o‘rganuvchi va o‘rgatuvchi hamda nutqda uchrashi mumkin boʻlgan nuqsonlar, talaffuzga doir muammolarni hal etish yuzasidan bahs yurituvchi fan bo‘lib, bugungi kunda ijtimoi

Batafsil
Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi
Yoshlar bilan ishlash

Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi

O‘zbekiston jahon tamadduniga beshik bo‘lgan yurtdir. Buyuk ajdodlarimizdan Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Imom Moturidiy, Abul Muin Nasafiy, Najmiddin Kubro, Abdulxoliq Gʻijduvoniy, Bahouddin Naqshband, Qaffol Shoshiy, Burhoniddin Marg‘inoniy, Xoja Ahror Valiy kabi buyuk va moʻtabar zotlar islom dini rivoji yo‘lidagi xizmatlari beqiyosdir. Xalqimiz ham ilm ahllarini qadrlagan, ardoqlagan va har tomonlama ilmiy merosini asrab-avaylash, komil shaxslarni tarbiyalashda butun dunyoga namuna bo‘lib kelgan. Mazkur ezgu ishlarni mantiqiy davom ettirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi hamda Islomshunoslik fakulteti tyutorlari bilan hamkorlikda “Buyuk ajdodlar merosi – Uchinchi Renessans asosi!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Davra suhbatida kafedra professor-o‘qituvchilari yurtimizdan yetishib chiq

Batafsil
Akademiya doktorantlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya doktorantlari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi Hadis ilmi maktabida “O‘zbekiston Respublikasi fuqarolarining vijdon erkinligini ta’minlash va diniy sohadagi davlat siyosati konsepsiyasi” mazmun-mohiyatini talabalarga yetkazish, mamlakatda diniy erkinlik va e’tiqod masalalarida olib borilayotgan siyosat bilan tanishtirish maqsadida davra suhbati tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi maqsadli tayanch doktorantlari Abdug‘ulom Meliboyev hamda Mahmud Abdurahmanov ishtirok etdi.Tadbirda ma’ruzachilar talabalarga konsepsiyaning huquqiy asoslari va ahamiyatini tushuntirdi. O‘zbekiston Respublikasida vijdon erkinligini ta’minlash bo‘yicha olib borilayotgan islohotlar, davlat va din munosabatlarini tartibga soluvchi qonunlar, xususan, “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning yangi tahriri haqida ma’lumot berib o‘tdi. Taqdimot davomida O‘zbekiston Respubl

Batafsil
Talabalar ishtirokida munozara debati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar ishtirokida munozara debati o‘tkazildi

Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish muhim hisoblanadi. Globallashuv davrida bu zamon talabi bo‘lib qolmoqda. E’tirof etish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarni xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun mahorat darslari, o‘quv kurslari, turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Shu maqsadda Akademiyada “Xorijiy tillarni o‘rganish hozirgi kunda dolzarbmi?” mavzusida munoraza debati o‘tkazildi.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan debatda fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, kafedra mudiri Roziya Matibayeva, Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi Rahmatilla Gaipnazarov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Qizg‘in muloqot davomida talabalar arab tilida o‘zlari erishgan yutuqlar haqida ma’lumot be

Batafsil
Akademiyaning sobiq bitiruvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyaning sobiq bitiruvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bitiruvchilar forumi” doirasida “Kelajak yoshlar qo‘lida” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Unda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva, professor Jo‘raboy Toshqulov, Din ishlari bo‘yicha xodimlari – Yahyobek Hayitaliyev, Nurmuhammad Sayidaliyev hamda talabalar ishtirok etdi. Davra suhbati davomida so‘zga chiqqanlar talabalik paytlari, ish faoliyatini boshlashda nimalarga ahamiyat berilishi, bu boradagi tushunchalari haqida o‘z bilim va ko‘nikmalari bilan o‘rtoqlashishdi.O‘z navbatida talabalar ham o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi.

Batafsil
Ko'rinish