O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Ijtimoiy tarmoqlarda mutaassiblikni targ‘ib qiluvchi saytlar va guruhlar mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Islomshunoslik fakultetining 1-kurs talabalari uchun o‘tkazilgan tadbirda rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekan o’rinbosari Ramziddin Isakjonov va tyutor Umida Xasanova ishtirok etdi.Davra suhbatida bugungi kunda ijtimoiy tarmoqlar orqali bildirilayotgan turli mutaassib fikrlar, ekstremizmga undovchi chaqiriqlardan ogoh bo‘lish, internetdan foydalanish madaniyati haqida so‘z bordi. Ma’ruzachilar tomonidan bu kabi uchrashuvlar yoshlarning turli yot g‘oyalar: ekstremizm, terrorizm, radikalizm, aqidaparastlik, missionerlik g‘oyalarga qarshi kurashda mafkuraviy immunitetlarini mustahkamlashga xizmat qilib, talabalarda sohaga doir bilim va ko‘nikmalarini yanada takomillashtirishga xizmat qilishi

Batafsil
Akademiyada nomli davlat stipendiyalarga imtihon o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada nomli davlat stipendiyalarga imtihon o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida iqtidorli talabalarni nomli davlat stipendiyalariga tavsiya qilish uchun 1-bosqich imtihoni o‘tkazildi. Unda jami 14 nafar talaba ishtirok etdi. Dastlabki imtihon “O‘zbekiston tarixi” fanidan og‘zaki tarzda bo‘lib o‘tdi. Har bir ishtirokchi bilet asosida savollarga og‘zaki javob berdi. Ikkinchi fan imtihoni “Ingliz tili”dan test uslubida o‘tkazildi. Testlar 50 ta savoldan iborat bo‘lib, har bir savol 2 ballni tashkil etadi. Test uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi.Uchinchi fan imtihoni “Axborot va kommunikatsiya texnologiyalari”dan kompyuterda test topshirish bilan o‘tkazildi.Test yechish uchun 30 daqiqa vaqt ajratildi. Yakunda imtihon umumiy bali jamlandi hamda talabalarning barchasi 2-bosqich uchun yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. 2-bosqichning o‘tkazilish vaqti Akademiya rasmiy telegram tarmog‘i va veb-saytida e’lon qilinadi.

Batafsil
Akademiya talabalari ijrosida yana bir spektakl namoyish qilindi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalari ijrosida yana bir spektakl namoyish qilindi

“Mustaqillik darslari” doirasida bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “O‘lding, aziz bo‘lding!” spektakli namoyish etildi. Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan taqdim etilgan spektaklda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda 1-kurs talabalari ishtirok etdi.Dramaturg Xoliq Xursandovning “O‘lding, aziz bo‘lding!” nomli asari asosida sahnalashtirilgan spektakl tomoshabinni gohida kuldiradi, gohida chuqur mushohadaga undaydi. Bugungi kundagi ota-ona va farzandlar o‘rtasidagi munosabatlar, aka-ukalarning mehr-oqibati, do‘stlik, sof insoniy tuyg‘ular haqida so‘z boradi.Spektakl syujetiga ko‘ra, keksayib qolgan Mavlon ota do‘sti Yo‘ldoshning ta’ziyasiga borib keladi va u yerdagi holatdan juda ta’sirlanadi. Oshnasining yakka-yu yolg‘iz o‘g‘li yetib kelolmay, otaning o‘zgalar tomonidan tuproqqa qo‘yilgani Mavlonni tashvishga soladi. Shu on o‘zining ertasi haqida o‘ylab

Batafsil
“Mustaqillik darslari” davom etmoqda
Yoshlar bilan ishlash

“Mustaqillik darslari” davom etmoqda

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi 1-kurs talabalari uchun “Mustaqillik darslari” doirasida Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i Ilhom Berdiyorov tomonidan ma’ruza darsi tashkil etildi.“O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida bakalavriat va magistratura talabalarining oraliq va yakuniy nazorat turlarini o‘tkazish tartibi” hamda “O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida bakalavriat va magistratura talabalarining bilimini nazorat qilish va baholash tartibi” mavzularidagi ma’ruzalar davomida talabalar uchun foydali bilimlar berildi.O‘z navbatida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Batafsil
Bobur Mirzo: “Anda jonim olib qolgʻan Andijonim qoldi mening…”
Yoshlar bilan ishlash

Bobur Mirzo: “Anda jonim olib qolgʻan Andijonim qoldi mening…”

Zahiriddin Muhammad Bobur. O‘zbek mumtoz adabiyotining yirik vakili, ulug‘ shoir, tarixchi, geograf, davlat arbobi, iste’dodli sarkarda, boburiylar sulolasi asoschisi, temuriy shahzoda Zahiriddin Muhammad Bobur millatimizning eng yorqin vakillaridan biridir.Yoshlar o‘rtasida Bobur Mirzoning boy ilmiy ijodi, ma’naviy mahzanlari bilan tanishtirish, asarlarini mutolaa qilishga undash bugungi kunning muhim jarayoni hisoblanadi.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Zahiriddin Muhammad Bobur” musiqali spektakli namoyish etildi.“Mustaqillik darslari” doirasida Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan taqdim qilingan spektaklda Bobur Mirzoning bolalik chog‘ida taxtga o‘tirishi, davlat boshqaruvi, jang-u jadallari, iztirobli onlari, Vatan sog‘inchi kabi damlari aks etgan. Spektakl davomida Bobur hazratla

Batafsil
Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi yod etildi
Yoshlar bilan ishlash

Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasi yod etildi

Keyingi yillarda Turkiston jadidlik harakatining asoschisi, atoqli adib va jamoat arbobi, noshir va pedagog Mahmudxo‘ja Behbudiy xotirasini abadiylashtirish, hayoti va faoliyatini chuqur tadqiq qilish, ilmiy va badiiy asarlarini keng ommalashtirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Joriy yilda jadid mutafakkirimiz tavalludining 150 yilligi keng nishonlanayotir.“Mustaqillik darslari” doirasida Islomshunoslik fakultetining 1-kurs talabalari Adiblar xiyobonida Mahmudxoʻja Behbudiy xotirasini yod etishdi.Allomaning haykali yonidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvda Islomshunoslik fakulteti dekan o‘rinbosari, dotsent Ramziddin Isoqjonov oʻzbek jadidchilik harakati yetakchisining hayoti va ijodi, jadidchilik harakati haqida soʻz yuritildi.Tadbirda Behbudiyning Turkiston jadidchiligida tutgan o‘rni, uning bu harakat g‘oya va fikrlarining yoyilishida, ijtimoiy-siyosiy sohaning turli jabhalarida islohot

Batafsil
Akademiyaning faol talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyaning faol talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Mamlakatimizda har bir sohada keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilib, jamiyatdagi dolzarb muammolarni bartaraf etish borasidagi ishlar jadal olib borilmoqda. Yoshlarning har tomonlama barkamol bo‘lib voyaga yetishi va ta’lim-tarbiya olishlari uchun shart-sharoit yaratish, yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida O‘zbekiston yoshlar ittifoqining oliy ta’lim muassalaridagi boshlang‘ich tashkilotlarining o‘rni ahamiyatga molikdir. Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Mustaqillik darslari” doirasida 1-kurs talabalari va Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti a’zolari o‘rtasida uchrashuv o‘tkazildi.Davra suhbatida Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov tashkilot faoliyatiga to‘xtalib o‘tdi.Ayni paytda Tashkilot “Zakovat” intellektual turniri, “Talabalar teatr studiyasi”, “Tafakkur egalari” kitobxonlik klubi, “Munozara” klubi, “Ekovo

Batafsil
Islom sivilizatsiyasi markazi – milliy o‘zligimiz, ilm-fan, ta’lim va madaniyat timsoli
Yoshlar bilan ishlash

Islom sivilizatsiyasi markazi – milliy o‘zligimiz, ilm-fan, ta’lim va madaniyat timsoli

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun “Mustaqillik darslari” doirasida turli uchrashuvlar, mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, shahrimizning madaniy obyektlariga ekskursiyalar tashkil etilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri Islom sivilizatsiyasi markazida bo‘ldi. Mazkur ulkan va noyob loyiha O‘zbekiston Prezidentining 2017-yil 23-iyundagi qaroriga binoan boshlanib, 2018-yilgi Ramazon hayiti kuni unga poydevor qo‘yilgan edi. Bugungi kunda bunyodkorlik ishlari yakuniy bosqichga kirgan.Mahobatli inshoot qadimgi me’moriy obidalarimiz shaklida bunyod etilmoqda. Milliy gumbaz va peshtoqlar, naqshlarning ajoyib uyg‘unligi unga alohida ko‘rk bag‘ishlagan. Majmuaning to‘rt tomonida balandligi 34 metrli peshtoqlar, o‘rtada 65 metrli gumbaz qurilgan.Tashrif davomida talabalarga yurtimizda yashab o‘tgan olimlar olimlarning dunyo tamadduniga q

Batafsil
Ham ziyorat, ham ma’rifat
Yoshlar bilan ishlash

Ham ziyorat, ham ma’rifat

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qabul qilingan 1-kurs talabalari uchun “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostida “Mustaqillik darslari” doirasida turli uchrashuvlar, mutaxassislar ishtirokida davra suhbatlari, shahrimizning madaniy obyektlariga ekskursiyalar tashkil etilmoqda.Bugun talabalar Akademiya faoliyati bilan yaqindan tanishishdi. Muassasa hududida joylashgan muqaddas qadamjolar – Yunusxon, Shayx Xovandi Tohur hamda To‘labiy (Qaldirg‘ochbiy) maqbaralariga ziyorat uyushtirildi.Mazkur ekskursiya talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va madaniy hordiq chiqarishlariga ko‘maklashish, ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida tashkil etildi.Tashrif davomida yoshlarga allomalar hayoti, ilmiy merosi, maqbaraning bugungi kundagi ahamiyati, bu yerga keladigan ziyoratchilar tashrifi toʻgʻrisida maʼlumot beri

Batafsil
Talabalar uchun “Yangi Oʻzbekiston” bog‘iga sayohat tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun “Yangi Oʻzbekiston” bog‘iga sayohat tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” yuqori kayfiyatda davom etmoqda.Islomshunoslik fakultetining 1-kurs talabalari uchun “Yangi Oʻzbekiston” bogʻiga ekskursiya tashkil etildi.Ushbu sayohatning tashkil qilishdan asosiy maqsad yurtimizning diqqatga sazovor tarixiy obidalari, boy tarixiy manzilgohlarni oʻrganish hamda yurtimizda olib borilayotgan keng qamrovli ijtimoiy-iqtisodiy islohotlarni koʻrsatish va talabalar qalbida vatanparvarlik, milliy gʻurur va iftixor hissini yanada rivojlantirishdir.Talabalar dastlab “Yangi Oʻzbekiston” bogʻidagi “Istiqlol” majmuasi bilan yaqindan tanishib, Uchinchi Renessansning poydevori boʻlgan majmua haqida bilimlarga ega bo‘lishdi.

Batafsil
Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida so‘z yuritildi
Yoshlar bilan ishlash

Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosi haqida so‘z yuritildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida o‘tkazilayotgan “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” doirasida poytaxtimizdagi Adiblar xiyoboni majmuasiga sayohat tashkil etildi.Ushbu tashrif talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish va madaniy hordiq chiqarishlariga ko‘maklashish, ularda Vatanga muhabbat, milliy qadriyatlarga hurmat hissini kuchaytirish maqsadida o‘tkazildi.Unda ma’rifatparvar bobomiz “Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’rifiy merosi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Allomaning haykali yonidagi maʼnaviy-maʼrifiy uchrashuvda oʻzbek jadidchilik harakati yetakchisining hayoti va ijodi, jadidchilik harakati haqida soʻz yuritildi.Soʻzga chiqqanlar tomonidan talaba-yoshlarga adib hayoti va ijodi, ilmiy-maʼnaviy faoliyati haqida qiziqarli maʼlumotlar berildi.

Batafsil
“Mustaqillik darslari” davom etmoqda
Yoshlar bilan ishlash

“Mustaqillik darslari” davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Vatan uchun, millat uchun, xalq uchun!” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” davom etmoqda.Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar ishtirok etishmoqda.Mazkur darslarda ma’ruzachilar tomonidan yigit-qizlarga davlatimiz rahbari tashabbusi bilan boshlangan Uchinchi renessansning mazmun-mohiyati, so‘nggi yillarda amalga oshirilgan islohotlar natijasida erishilgan yutuq va marralar dunyo hamjamiyati tomonidan keng e’tirof etilayotgani hayotiy misollar vositasida singdirildi. Bundan tashqari, Akademiyaning ichki tartib-qoidalari, iqtidorli talabalar bilan ishlash tizimi, faol talabalarning erishgan yutuqlari va shu kabi zaruriy axborotlar haqida batafsil ma’lumot berildi.

Batafsil
Ko'rinish