O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Global iqlim o‘zgarishi muammolari va jahon siyosati
Yoshlar bilan ishlash

Global iqlim o‘zgarishi muammolari va jahon siyosati

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Global iqlim o‘zgarishi muammolari va jahon siyosati” mavzusida ilmiy-nazariy seminar bo‘lib o‘tdi. Tadbirda akademiya professor-o‘qituvchilari, xalqaro munosabatlar sohasi bo‘yicha mutaxassislar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar.Seminarda global isishning kuchayishi, cho‘llanishning ortishi, suv taqchilligi, tabiiy ofatlarning ko‘payishi kabi ekologik xavflar insoniyat taraqqiyotiga tobora salbiy ta’sir ko‘rsatayotgani alohida ta’kidlandi. Jahonda ekologik xavfsizlik masalalari davlatlar tashqi siyosatida ustuvor yo‘nalish sifatida shakllanib borayotgani, iqlim diplomatiyasi global muloqotning muhim yo‘nalishiga aylangani qayd etildi.Tadbirni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berdi. O‘z nutqida u mazkur mavzuning ilmiy

Batafsil
Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada “Islom tarixi bilimdoni” intellektual musobaqasi o‘tkazildi

Ilm-ma’rifatli millat hamisha taraqqiyot sari intiladi. O‘zining tarixini, ajdodlari, ota-bobolari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. Yoshlarning ilmga tashnaligi esa mamlakat rivojining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida talaba-yoshlarning nazariy olgan bilimlarini amaliy jarayonlarda mustahkamlash uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.“Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan talabalar o‘rtasida “Islom tarixi bilimdoni” tanlovining tashkil etilishi yaxshi an’anaga aylangan.Bugungi tanlov ham o‘ziga xos tarzda, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.Mazkur musobaqani tashkil etishdan asosiy koʻzlangan maqsad bugungi kunda ayrim mutaassib shaxslar, radikal toifalar tomonidan islom tarixidagi ayrim voqeliklar notoʻgʻri talqin etilib, odamlarni chalgʻit

Batafsil
Ilmiy maqola: metod, tahlil va nashrga tayyorlash
Yoshlar bilan ishlash

Ilmiy maqola: metod, tahlil va nashrga tayyorlash

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Ilmiy maqola: metod, tahlil va nashrga tayyorlash” mavzusida mahorat darsi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va ilmiy-pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi hamda “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi hamkorligida tashkil etildi.Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov, Inha universiteti ilmiy tadqiqotlar va magistratura bo‘limi boshlig‘i Bobir Muratov, Toshkent davlat yuridik universiteti o‘qituvchisi Munisa Rayimova, Ogayo universiteti doktoranti Henri Misa, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Unda ilmiy maqola yozish jarayoni, metod tanlash, tahlil qilish hamda maqolani nashrga tayyorlashning amaliy jihatlari muhokama qilindi.Ma’ruzachilar tomonidan talabalarga mav

Batafsil
Milliy kutubxonada vebinar dars o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Milliy kutubxonada vebinar dars o‘tkazildi

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasida “Ilmiy tadqiqotlar va ularga qo‘yilgan talablar” mavzusida vebinar dars bo‘lib o‘tdi. Mazkur dars O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Axborot xavfsizligi”, “Xalqaro munosabatlar va zamonaviy siyosiy jarayonlar” yo‘nalishi 1-kurs magistrlari uchun “Ilmiy tadqiqot metodologiyasi” fani doirasida o‘tkazildi. Darsni “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi professori, falsafa fanlari doktori Sayyora To‘ychiyeva va kutubxona direktori, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori, dotsent Umida Teshaboyeva olib borishdi.Shuningdek, magistrlar 1991-yildan beri kutubxonada saqlanayotgan dissertatsiyalar bazasi, dissertatsiyalar, avtoreferatlar, ilmiy maqolalar bilan tanishdilar. Ilmiy tadqiqotlarni badiiy jihatdan rasmiylashtirish, adabiyotlardan foydalanish borasida qator savollarga javob berildi.

Batafsil
Akademiyada dolzarb mavzuda tadbir o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada dolzarb mavzuda tadbir o‘tkazildi

Har yili 25-noyabr – Xotin-qizlarga nisbatan zo‘ravonlikka barham berish xalqaro kuni sifatida dunyo miqyosida keng nishonlanadi. Ushbu sana BMT tashabbusi bilan joriy qilingan bo‘lib, ayollarni tahqirlash, kamsitish, jinsiy, iqtisodiy, psixologik yoki jismoniy zo‘ravonlikka qarshi kurashning ramziga aylangan.Shu maqsadda bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlik – zamonaviy tahdidlar va himoyalanish yo‘llari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Toshkent shahar “Jayhun o‘g‘loni” advokatlik byurosi rahbari, advokat Xudoyor Masharipov, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etishdi.Davra suhbatini “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi dotsenti Mavluda Xodjayeva ochib berdi. Tadbirda xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikda

Batafsil
Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik
Yoshlar bilan ishlash

Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Xotin-qizlarga nisbatan raqamli zo‘ravonlikka barham berish uchun birlashaylik” mavzusida tadbir o‘tkazildi.Unda “Tazyiqqa qarshimiz”, “Farzandingizga raqamli madaniyatni siz o‘rgating”, “Raqamli zo‘ravonlik o‘zi nima” shiorlari ostida targ‘ibot tadbirlari o‘tkazildi.

Batafsil
Akademiyada “Kuzgi psixologik maktab” tadbirlari yakunlandi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada “Kuzgi psixologik maktab” tadbirlari yakunlandi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Kuzgi psixologik maktab” tadbirlari o‘tkazilayotgan edi.Uch kun davom etgan tadbirlarda soha mutaxassislari, professor-o‘qituvchilar tomonidan seminar-treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, ma’ruza darslari olib borildi. Bu orqali boʻlajak psixologlar oʻz bilim, koʻnikma va malakalarini yanada rivojlantirib, psixologik kompetentliklarini oshirdilar.Bugun ushbu tadbirlarning yakuniga bag‘ishlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya talabalari “Treningda tranzakt tahlil usullaridan foydalanish” hamda “Geshtalt terapiyadan foydalangan holda trening mashg‘ulotlari tashkil etish” kabi mavzularda seminar o‘tkazishdi.Yakunda ishtirokchilar taqdirlandi.

Batafsil
Ham ma’rifat, ham ziyorat
Yoshlar bilan ishlash

Ham ma’rifat, ham ziyorat

Ichki turizmni rivojlantirish bugungi kunda mamlakatimizda ustuvor yo‘nalishlardan biri sifatida belgilangan. Chunki ichki turizm faqat iqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga emas, balki aholi, ayniqsa, yosh avlodning dunyoqarashi va madaniy saviyasini oshirishga beqiyos hissa qo‘shadi. Yurtimizdagi tarixiy shaharlar, qadimiy me’moriy yodgorliklar, tabiiy go‘zal maskanlar va zamonaviy turistik infratuzilma ichki sayyohlar uchun keng imkoniyat yaratayotir. Turli hududlarga amalga oshirilayotgan sayohatlar xalqimizga yurt tarixini yanada chuqurroq o‘rganish, milliy qadriyatlar va an’analarimizni yaqindan his qilish, mamlakatimizdagi madaniy rang-baranglik va konfessiyalararo totuvlik muhitini teran anglash imkonini beradi. Samarqand shahrida bo‘lib o‘tgan “Konfessiyalararo muloqot klubi”ning navbatdagi yig‘ilishida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabalari faol ishtirok etdi.

Batafsil
Akademiyada “Tafakkur egalari” intellektual bellashuvi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada “Tafakkur egalari” intellektual bellashuvi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Tafakkur egalari” intellektual bellashuvi o‘tkazildi. “Oltin davrim” shiori ostida “Talabalar oyligi” doirasida tashkil etilgan kitobxonlik bahsida jamoalar Mixail Lermontovning “Zamonamiz qahramoni”, Shuhratning “Oltin zanglamas” hamda Anton Chexovning “Garov” asari bo‘yicha o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdi.Mazkur musobaqa “Ijtimoiy fanlar va huquq kafedrasi”, O‘zbeksiton yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti hamda Akademiya tyutorlar jamoasi hamkorligida tashkil etildi. Tanlovning asosiy maqsadi – yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, intellektual salohiyatni oshirish, tanqidiy va mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirish, diniy-ma’rifiy va badiiy adabiyotlar orqali tafakkur doirasini kengaytirishdan iborat.Intellektual o‘yin 2 ta shartdan iborat bo‘lib, talabalar dastlab mazkur kitob haqid

Batafsil
Akademiyada hamkorlikda binar dars o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada hamkorlikda binar dars o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Din niqobidagi tahdidlarga qarshi immunitet shakllantirish asoslari” fani doirasida “Ekstremistik g‘oyalar ta’siriga tushgan shaxslarni ijtimoiy reablitatsiya qilish masalalari” mavzusida binar dars o‘tkazildi. Mazkur dars Al-Farobiy nomidagi Qozoq milliy universiteti dotsenti Ruslan Sarsembayev hamda “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi dotsenti Mohira Abdullayeva va kafedra o‘qituvchisi Saidumarxon Burgutxonov tomonidan o‘tkazildi. Ma’lumot uchun aytish joiz, Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universiteti Qozog‘istondagi eng qadimiy universitetlardan biridir. Universitet 1934-yil tashkil topgan bo‘lib, 1991-yil 23-oktabrda universitetga Sharqning buyuk allomasi, mutafakkiri, qomusiy olimi, “Jahonning ikkinchi muallimi” Abu Nasr Forobiy nomi berilgan. Ushbu universitet mamlakatning davlatga tegishli b

Batafsil
Ijarada yashayotgan talabalarning sharoiti o‘rganildi
Yoshlar bilan ishlash

Ijarada yashayotgan talabalarning sharoiti o‘rganildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, dekan o'rinbosari Ramz Isoqjonov va tyutor Botir Majidov tomonidan ijarada yashayotgan talabalarning xonadonlariga tashriflar amalga oshirildi.Ijaradagi xonadonlarda issiqlik tizimining ishlash holati, xavfsizlik talablari hamda gigiyena sharoitlari o‘rganildi.Shuningdek, talabalar bilan suhbatlar o‘tkazilib, energiya resurslaridan oqilona foydalanish, is gazining oldini olish, xavfsizlik qoidalariga rioya etish bo‘yicha muhim tavsiyalar berildi.

Batafsil
“Kelajak soati”da millatlar va dinlararo do‘stlik rishtalari muhokama qilindi
Yoshlar bilan ishlash

“Kelajak soati”da millatlar va dinlararo do‘stlik rishtalari muhokama qilindi

16-noyabr – Xalqaro bag‘rikenglik kuni munosabati bilan yurtimizda “Bag‘rikenglik haftaligi” o‘tkazilmoqda.Mazkur sanaga bag‘ishlab, bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Kelajak soati” loyihasi doirasida “Bag‘rikenglik” mavzusida ma’rifiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Ushbu mashgʻulot talabalarda bag‘rikenglik, insonparvarlik, millatlararo totuvlik va o‘zaro hurmat madaniyatini shakllantirish, ularni turli fikr, millat, din va madaniyatlarga nisbatan ochiq va toqatli munosabatda bo‘lishga o‘rgatishga qaratilgan. Tadbirda Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i Abdulatif Alloqulov, katta ilmiy xodim Ulug‘bek Jo‘rayev, tyutorlar hamda talabalar faol ishtirok etishdi.So‘zga chiqqanlar tomonidan Buyuk ipak yo‘li chorrahasida joylashgan O‘zbekiston azaldan turli millat, elat va din vakillarining tinch-totuv, o‘zaro hurmat va hamjihatlik muhitida hayot kechir

Batafsil
Ko'rinish