O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

“Yosh ma’rifatparvar tarixchi” to‘garagining darsi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

“Yosh ma’rifatparvar tarixchi” to‘garagining darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi Talabalar turar joyida “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori, tarix fanlari doktori Saidakbar Agzamxodjayev tomonidan “Yosh ma’rifatparvar tarixchi” to‘garagi tashkil etildi.Tadbirda Akademiya professori mazkur to‘garakning maqsad va vazifalari haqida tushuntirish berib oʻtdi.Talabalarning ilmiy faoliyatini tashkil etishda manbashunoslik, tarixnavislikning ahamiyati haqida so‘z yuritildi, talabalar bilan to’garakning faoliyati bo‘yicha taklif va mulohazalar tinglanib, o‘zaro fikr almashildi.

Batafsil
Jaholatga qarshi ma’rifat
Yoshlar bilan ishlash

Jaholatga qarshi ma’rifat

Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Xorijiy filologiya fakultetida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda talabalarda ma’naviy immunitetni kuchaytirish, ularni yot g‘oyalardan asrash, ma’rifat va ezgulik g‘oyalariga sadoqat ruhida tarbiyalash masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Davra suhbatida Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti Talaba-yoshlar o‘rtasida ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligini ta’minlash bo‘yicha rektor maslahatchisi Jahongir Jabborov, O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi mudiri Bektosh Berdiyev ishtirok etib, yoshlar bilan ma’naviyat, ma’rifat va ezgulik yo‘lida harakat qilish zarurati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirdi.Tadbir davomida professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan yoshlarning ongi va tafakkurini boyituvchi ma’ruzalar, chiq

Batafsil
Xadichai Kubro ayol-qizlar islom ta’lim muassasasida davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Xadichai Kubro ayol-qizlar islom ta’lim muassasasida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchi Firuz Rashidov tomonidan Xadichai Kubro ayol-qizlar islom ta’lim muassasasida davra suhbati o‘tkazildi.Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi 80-yubiley sessiyasidagi nutqi mazmun-mohiyatini yoritishga bag‘ishlandi. Davra suhbatida davlatimiz rahbarining global xavfsizlik, inson huquqlari, barqaror rivojlanish, ta’lim va yoshlar masalalarida ilgari surgan tashabbuslari hamda ularning dolzarbligi batafsil muhokama etildi.Tadbir ishtirokchilari nutqda belgilangan strategik vazifalarning ijtimoiy-siyosiy ahamiyati, jahon hamjamiyatida mamlakatimiz nufuzini oshirishdagi o‘rni, shuningdek, BMT minbarida ilgari surilgan g‘oyalarning milliy islohotlar jarayoni bilan uzviy bog‘liqligi yuzasidan

Batafsil
Huquqni muhofaza qilish akademiyasida sayyor dars tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Huquqni muhofaza qilish akademiyasida sayyor dars tashkil etildi

O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida “Jinoyatni sodir etish bosqichlari” mavzusida sayyor binar mashg‘ulot o‘tkazildi.Mazkur dars O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi “Yurisprudensiya” yo‘nalishi 3-kurs talabalari dotsent vazifasini bajaruvchi Feruz Rashidov rahbarligida tashkil etildi.Mashg‘ulotda Huquqni muhofaza qilish akademiyasi o‘qituvchisi A.Azimov ishtirok etdi va talabalar bilan birgalikda jinoyatlarning tayyorgarlik bosqichi, suiqasd va tamom bo‘lgan jinoyat tushunchalari, ularning huquqiy kvalifikatsiyasi hamda amaliyotdagi dolzarb masalalar keng muhokama qilindi. Mashg‘ulot jarayonida “Street Law” innovasion guruhi a’zolari bo‘lgan 4-kurs talabalari ham faol ishtirok etishdi. Ular keys-study va case-timeline usullaridan foydalangan holda amaliyotdagi misollar orqali mavzudagi bilimlarni mustahkamladilar.Binar mashg‘ulot davomida tezkor-terg

Batafsil
Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi
Yoshlar bilan ishlash

Milliy qadriyatlar – millat ma’naviyatining ko‘zgusi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talaba-qizlari Milliy liboslar ko‘rgazmasiga tashrif buyurdi.Ko‘rgazmada talaba-qizlar o‘zbek xalqining boy milliy merosini aks ettiruvchi liboslar, bezaklar va hunarmandchilik buyumlari bilan yaqindan tanishdilar. Tadbir davomida ishtirokchilar milliy liboslarning yaratilish tarixi, ularning ramziy ma’nosi hamda zamonaviy modadagi o‘rni haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.Shuningdek, ko‘rgazma jarayonida turli viloyatlarga xos milliy kiyimlar, ipak matolar, kashtalar va bosh kiyimlar namoyish etildi. Har bir libosda o‘ziga xos rang uyg‘unligi, bezak naqshlari va milliy ruh mujassam edi.Bu kabi tadbirlar nafaqat estetik zavq bag‘ishlaydi, balki yoshlarni o‘z tarixiga, madaniyatiga va milliy o‘zligiga hurmat bilan qarashga chorlaydi.

Batafsil
Akademiya dotsenti Mudofaa vazirligi tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kurslarida ma’ruza qildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya dotsenti Mudofaa vazirligi tizimi xodimlari uchun malaka oshirish kurslarida ma’ruza qildi

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universitetida O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida xizmat qilayotgan ofitserlar hamda hududiy bo‘linmalarda ma’naviy-ma’rifiy ishlar bilan shug‘ullanayotgan mutaxassislar uchun malaka oshirish kurslari o‘tkazildi.Ushbu darslar O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlari harbiy xizmatchilarining ma’naviy-ma’rifiy saviyasini oshirish tizimini tubdan takomillashtirish to‘g‘risida” qarori hamda “O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tizimida ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish konsepsiyasi”da belgilangan vazifalarni amalga oshirish maqsadida tashkil etildi.14 kunga mo‘ljallangan mazkur kursda tinglovchilar tarbiyaviy va mafkuraviy jarayonlarning tashkiliy hamda metodologik asoslari bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash darslari bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston x

Batafsil
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
Yoshlar bilan ishlash

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi litseyida o‘quvchilar ishtirokida korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot suhbati o‘tkazildi.Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida olib borilayotgan islohotlar haqida so‘z bordi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-apreldagi “Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish bo‘yicha belgilangan ustuvor vazifalar ijrosini samarali tashkil etishga doir chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmoni hamda “Davlat organlari va tashkilotlarining korrupsiyaga qarshi ichki nazorat bo‘linmalari mustaqilligini ta’minlash hamda faoliyati samaradorligini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori yuzasidan batafsil tushuntirish berildi.Davra suhbati yakun

Batafsil
Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!
Yoshlar bilan ishlash

Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!

Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni deb e’lon qilingan. E’tirof etish kerak, so‘nggi yillarda yurtimizda ham qizlarga bo‘lgan e’tibor, ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash masalasi ustuvorlik kasb etmoqda. Qizlarni ta’lim olish va kasb-hunar o‘rganish imkoniyatlarini kengaytirish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy faolligini oshirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni keng targ‘ib etish, yuksak axloqli, ma’rifatli va milliy qadriyatlarga hamda ona Vatanga sodiq sifatida tarbiyalar ustuvor maqsad hisoblanadi.Shu bois, joriy yilning 6-11-oktabr kunlari “Xalqaro qizlar kuni” munosabati bilan yurtimiz bo‘ylab “Dunyoni tinchlik va ezgulikka ilhomlantiramiz!” shiori ostida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.Sana munosabati bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida

Batafsil
Akademiya talabasi ilmiy maqolalar tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabasi ilmiy maqolalar tanlovida 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi

Joriy yilning 4-5-oktabr kunlari Samarqand davlat universitetida “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiya bo‘lib o‘tgan edi.O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-martdagi “Imom Moturidiy tavalludining 1155 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosiga muvofiq, tashkil etilgan anjuman doirasida talabalar o‘rtasida maqolalar tanlovi e’lon qilindi.Mazkur tanlovda 10 nafar ishtirokchi o‘z maqolasi bilan qatnashdi. Ularning orasidan Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi talabasi Dildora Poʻlatova “Moturidiylik ta’limoti va hozirgi zamon” nomli maqolasi bilan 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida talabani taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Unda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi d

Batafsil
Yosh olimlar uchun attestatsiya jarayonlari o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Yosh olimlar uchun attestatsiya jarayonlari o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 309-sonli Qarori ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida tayanch doktorant, doktorant, stajyor-tadqiqotchi va mustaqil izlanuvchilarining 2025-yil 3-chorak hisoboti yuzasidan attestatsiya jarayonlari o‘tkazildi.Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Irgash Daminov boshchiligidagi mutasaddilar yosh olimlarning hisobotlarini eshitishdi.Unda yosh olimlar “Islom tarixi va manbashunoslik”, “Dinshunoslik”, “Qur’onshunoslik. Hadisshunoslik”, “Fiqh, kalom ilmi. Ilohiyot”, “Mumtoz sharq adabiyoti va manbashunosligi” hamda “Din psixologiyasi” bo‘yicha o‘z hisobotlarini taqdim etishdi.Mutasaddilar hisobotlar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalari, tavsiyalarini berib o‘tishdi.

Batafsil
Ta’zim sizga, aziz ustozlar
Yoshlar bilan ishlash

Ta’zim sizga, aziz ustozlar

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida “Ta’zim sizga, aziz ustozlar” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Tohirov, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori Mirsodiq Is’hoqov, kafedra mudiri Odil Ernazarov, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etishdi. Davra suhbatida аtoqli olim, tarix fanlari doktori, professor, Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi professori Mirsodiq Is’hoqovning ilmiy faoliyati haqida so‘z yuritildi. Tadbir davomida ustozning ilm yo‘lidagi samarali mehnati, yosh kadrlarga bergan bilim va tarbiyasi, shuningdek, ilmiy-pedagogik faoliyatidagi unutilmas lahzalar haqida o‘rtoqlashildi.Bunday uchrashuvlar yoshla

Batafsil
Milliy liboslar – millat qiyofasi
Yoshlar bilan ishlash

Milliy liboslar – millat qiyofasi

Azaliy qadriyatlarimizni o‘zida ifoda etgan atlas-u adraslarda xalqimizning uzoq hamda shonli o‘tmishi, qadimiy an’analari, estetik dunyoqarashi va o‘ziga xos xususiyatlari mujassamdir. Bugungi kunda mana shu uzoq tarixni bosib oʻtgan, ajdodlarimiz mafkurasi va dunyoqarashi haqida soʻzlaydigan milliy liboslarimizni saqlab qolish va targʻib etish milliyligimizni saqlab qolish demakdir.Shu kunlarda mamlakatimizdagi oliy ta’lim tashkilotlarida “Xon atlas” oyligi doirasida bir qator tadbirlar tashkil etilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri bugun O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida ham o‘tkazildi.Unda professor-o‘qituvchilar hamda talabalar atlas-u adrasdan tikilgan milliy liboslarimizda ishtirok etdilar. Mazkur tadbir qizlar orasida xon atlas va adrasni targ‘ib qilish, milliy qadriyatlarga hurmat tuyg‘usini mustahkamlash, shuningdek, talaba qizlarning ijodiy va estetik salohiyat

Batafsil
Ko'rinish