O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Ayollar huquqlari qonun himoyasida
Yoshlar bilan ishlash

Ayollar huquqlari qonun himoyasida

So‘nggi yillarda yurtimizda xotin-qizlarning haq-huquqlari, qonuniy manfaatlarini ta’minlash, qobiliyat va imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarish, jamiyatning teng huquqli, faol a’zosiga aylantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.Aynan shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ayollar huquqlari qonun himoyasida” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Akademiyaning Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bo‘lim prokurori Sanobarxon Mansurova, Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Chinniyeva, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, yuridik fanlari doktori Nigora Yusupova, Akademiya o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Uchrashuvni Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov ochib berdi. Mamlakatimiz siyosiy hayoti, davlat va jamiyat boshqaruvi, iqtisodiyotimizning

Batafsil
Birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Birinchi bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari “Islomshunoslik” fakulteti 1-bosqich talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Tadbirda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, “Islomshunoslik” fakulteti dekani Zokir Ro‘ziyev, Iqtidorli talabalarning ilmiy tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i D.Turdiyeva, “Islomshunoslik” fakulteti dekani o‘rinbosari G‘ayrat Rasulov, professor-o‘qituvchilar, guruh murabbiylari hamda talabalar ishtirok etdi.Uchrashuvda talaba-yoshlarning o‘quv jarayonlariga moslashib olganliklari, o‘z iqtidorlarini namoyon etishda Akademiyada barcha sharoitlar yaratilgani, jumladan, tashkil etilgan to‘garaklarda faol ishtirok etishlari aytib o‘tildi.Shuningdek, o‘tkazilayotgan tanlovlarda qatnashib, yuqori marralarni qo‘lga kiritish, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda faol ishtirok etish, ko‘proq kitob mutolaa qilish kabi ta

Batafsil
Adiblar xiyobonida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi aks etgan tarixiy-badiiy film premyerasi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Adiblar xiyobonida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi aks etgan tarixiy-badiiy film premyerasi o‘tkazildi

Mahmudxo‘ja Behbudiy – Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, mutafakkir alloma, yozuvchi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisidir. Ta’kidlash kerak, so‘nggi yillarda ma’rifatparvarning hayoti va ijodini o‘rganish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ilmiy konferensiyalar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, O‘zbekiston Respublikasi Kinematografiya agentligi bilan hamkorlikda tashkil etildi. “BRAND PRO MEDIA” studiyasi tomonidan o‘zbek teatr dramaturgiyasining asoschisi Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodi haqida tarixiy-badiiy film namoyishi o‘tkazildi. Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, olimlar, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etishdi.Uchrashuvni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi I

Batafsil
Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asari taqdimoti o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asari taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamkorlikda Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asari taqdimoti o‘tkazildi. Unda Akademiya professor-o‘qituvchilari, ilmiy tadqiqotchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida XII asr oxiri va XIII asr birinchi yarmida Movarounnahrning Ustrushana vohasida tavallud topib, ustozi Burhoniddin Marg‘inoniyning ma’naviy xazinasidan chuqur bahramand bo‘lgan alloma, sharqning buyuk mutafakkiri, olim – Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning yangidan nashrga tayyorlangan “Jomi’ ahkom as-sig‘or”, ya’ni “Bola huquqlari kodeksi” asari yig‘ilganlar e'tiboriga havola etildi.– “Jomi’ ahkom as-sig‘or” jahon sivilizatsiyasi tarixidagi benazir asarlardan biri hisoblanadi, – deydi siyosiy fanlar doktori, professor Zohidullo Munavvarov. – Mazkur asar bola huquqlariga doi

Batafsil
Akademiya xodimlari 22-sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kun aksiyasida ishtirok etishdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya xodimlari 22-sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kun aksiyasida ishtirok etishdi

22-sentabr – Xalqaro avtomobilsiz kun sifatida butun dunyoda e’tirof etiladi. Bu kunda dunyodagi avtomobil va motosikl haydovchilariga kun davomida transport vositalaridan foydalanmaslik tavsiya etiladi. Ko‘plab mamlakatlarda piyoda yurish, velosiped yoki jamoat transportlaridan foydalanishni targ‘ib qiluvchi aksiyalar, tadbirlar o‘tkaziladi.Yurtimizda ham davlatimiz rahbarining 2020-yil 30-oktabrdagi “Sog‘lom turmush tarzini keng tatbiq etish va ommaviy sportni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 19-noyabrdagi “Aholining sog‘lom turmush tarzini qo‘llab-quvvatlash va jismoniy faolligini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq, har yili 22-sentabr “Avtomobilsiz kun” sifatida e’lon qilingan.Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari sh

Batafsil
Huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Huquqiy targ‘ibot tadbiri tashkil etildi

Joriy yilning 20-sentabr kuni Din ishlari bo‘yicha qo‘mita majlislar zalida yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyatiga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi Feruz Rashidov o‘z ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.Dastlab, huquqiy targ‘ibot tadbirida O‘zbekistonda vijdon erkinligini ta’minlash va fuqarolarning e’tiqodiy ehtiyojlarini to‘la-to‘kis qondirish borasida olib borilgan faoliyatning mazmun-mohiyati va huquqiy asoslari to‘liq va tahliliy tushuntirib berildi.Shuningdek, yangi tahrirda qabul qilingan “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi Qonunning mazmun-mohiyati, undagi yangilik va o‘zgarishlar haqida batafsil ma’lumot berildi.O‘z navbatida, vijdon erkinligini ta’minlash bugungi kunda yurtimizdagi eng ustuvor vazifalardan biri ekani, yangi qo

Batafsil
“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

“Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” kitobining taqdimoti o‘tkazildi

Yoshlarni ilm-fan sohasiga keng jalb etish va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularga ilmiy-tadqiqot ishlarini olib borishlari uchun zarur shart-sharoitlar yaratish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi hamda qator tashkilotlar hamkorligida “Yangi O‘zbekistonning isteʼdodli yoshlari” nomli maqolalar tanlovi o‘tkazib kelinmoqda.Mustaqillik bayrami arafasida turli sohada faoliyat olib borayotgan iqtidorli talabalar, doktorant va tadqiqotchilar o‘rtasida tanlov o‘tkazilib, g‘oliblarning maqolalari chop etilgan uchinchi kitob nashrdan chiqarildi. Ayni paytda joylarda mazkur kitobning taqdimotlari o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Yangi O‘zbekistonning iste’dodli yoshlari” nomli kitob taqdimoti o‘tkazildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etgan tadbirni “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Ashirali Abdi

Batafsil
Talabalar bilan uchrashuv
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar bilan uchrashuv

Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi jamoasi O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 1-kursga qabul qilingan talabalari bilan uchrashuv o‘tkazdi.Uchrashuvda talabalar Markaz faoliyati bilan yaqindan tanishtirildi. Shu bilan birga, Markaz ilmiy jamoasi tomonidan nashr etilgan kitoblar taqdimoti ham o‘tkazildi.Uchrashuv talabalar hamda Markaz ilmiy xodimlarining o‘zaro qizg‘in muloqotiga boy bo‘ldi. Tadbirda talabalar Markaz faoliyati yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollarga batafsil javob oldilar.

Batafsil
Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston Strategiyasi" nomli kitobi chop etildi
Yoshlar bilan ishlash

Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston Strategiyasi" nomli kitobi chop etildi

Prezident Shavkat Mirziyoyevning "Yangi O‘zbekiston Strategiyasi" nomli kitobi chop etildi. Unda Yangi O‘zbekiston va Uchinchi Renessansni qurish bo‘yicha qilinayotgan ishlar va milliy taraqqiyot istiqbollari haqida fikr yuritiladi.Kitob muqaddima, 7 bo‘lim va xotimadan iborat.Bo‘limlar quyidagicha nomlangan:🔹"Yangi O‘zbekiston strategiyasi";🔹"Xalqparvar davlat";🔹"Milliy iqtisodiyotni rivojlantirish";🔹"Adolatli ijtimoiy siyosat";🔹"Ma’naviy taraqqiyot";🔹"Xavfsizlik va tashqi siyosat";🔹"O‘zbekiston va umumbashariy muammolar".

Batafsil
Akademiya talabasining she’rlari xorijda chop etildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabasining she’rlari xorijda chop etildi

Turkiyada yurtimizning bir guruh ijodkorlarining she’r hamda adabiy maqolalari to‘plam shaklida chop etildi. Quvonarlisi, mazkur kitobda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Xalqaro munosabatlar yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Sabina Xudoyqulovaning “Uyg‘onish”, “Jimjitlik”, “Isyon”, “Tong”, “Sizsizlik” kabi she’rlari ham o‘rin olgan.“Ata yurdun ruzgari” (“Ota yurt shamoli”) deb nomlangan antologiyada Vatan, ota-ona, san’at, insoniy tuyg‘ular, adabiy jarayonlar kabi mavzular qalamga olingan.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi yosh ijodkorni mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Sabina Xudoyqulovaga ijodiy barkamollik, o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilab qoladi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Guliston shahrida “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Guliston shahrida “Jomi’ ahkom as-sig‘or” asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti o‘tkazildi

Guliston shahrida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan musulmon huquqshunosi, Ustrushana – hozirgi Jizzax hududidan yetishib chiqqan buyuk alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning “Jomi’ ahkom as-sig‘or” (Bola huquqlari kodeksi) asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Viloyat kasaba uyushmasi majlislar zalida bo‘lib o‘tgan anjumanda Sirdaryo Davlat universiteti professor-o‘qituvchilari, talabalar, viloyat yozuvchilar uyushmasi a’zolari, faxriylar, mahalla faollari hamda jurnalistlar ishtirok etishdi.Taqdimotga tashrif buyurgan markaz matbuot xizmati rahbari F.Muhammadiyev, “Bola huquqlari kodeksi” asari tarjimoni va uni nashrga tayyorlagan olim M.Atayev hamda “Fan ziyosi” nashriyoti muharriri M.Polvonov mazkur asarning beqiyos ilmiy ahamiyati va uning bola huquqlari sohasida barcha huquqshunoslar hamda t

Batafsil
Talabalar bilan audio muloqot
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar bilan audio muloqot

Ayni daqiqalarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi prorektori Mavlonov Shavkat Murtazayevich, Qabul komissiyasi mas’ul kotibi Ro‘ziyev Zokir Xoshimovich bilan talabalarning to‘g‘ridan-to‘g‘ri audio muloqoti bo‘lib o‘tmoqda.Talaba yoshlar turar joy va ijaraga joylashishdagi imtiyozlar to‘g‘risida ma’lumotga ega bo‘lyaptilar.

Batafsil
Ko'rinish