O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Saylov qonunchiligi bo‘yicha tadbir tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Saylov qonunchiligi bo‘yicha tadbir tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘z kelajaging uchun ovoz ber!” mavzusida saylov qonunchiligi bo‘yicha tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda Akademiya o‘qituvchilari va xodimlari, saylov qonunchiligi bo‘yicha malakali mutaxassislar, Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirok etdi.Tadbirda O‘zbekiston Respublikasi Saylov kodeksiga asosan O‘zbekiston Respublikasida saylov umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish orqali o‘tkazilishi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Qonunchilik palatasi deputatlari va mahalliy Kengashlar deputatlari saylovlari umumiyligi haqida ma’lumot berildi.Saylov qonunchiligi bo‘yicha malakali mutaxassislar tomonidan talaba-yoshlarga o‘n sakkiz yoshga to‘lgan O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari saylash huquqiga egaligi, fuqarolar jinsi, irqiy va milliy mansubligi, tili, dinga munosabati, ijtimoiy kelib chiqishi, e’tiqodi, shaxsiy v

Batafsil
“Psixologga savolingiz bormi?” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

“Psixologga savolingiz bormi?” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi hamda Akademiya psixologi, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent Shoira Do‘smuhamedova bilan hamkorlikda “Psixologga savolingiz bormi?” mavzusida onlayn davra suhbati o‘tkazildi. ZOOM platformasi orqali tashkil etilgan muloqotda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi. Mazkur tadbirni o‘tkazishdan asosiy maqsad talaba-yoshlarni qiynayotgan savollarga javob berish, o‘zi va boshqalarni bilishga yordam berish, shaxsiy tushunchalarni rivojlantirishga yordam berishdan iborat. Davra suhbati yoshlarga kelajakda tanlagan sohalari orqali jamiyatga kerakli inson bo‘lib yetishlariga ko‘mak berishini ta’kidlashdi.Tadbirda talabalarni qiziqtirgan savollarga Shoira Do‘smuhamedova va kafedra psixologlari tomonidan javoblar hamda amaliy tavsiyalar berildi. Yakunda psixologik viktorina o‘tkazilib,

Batafsil
Vaksina – pandemiyani yengishda yagona chora
Yoshlar bilan ishlash

Vaksina – pandemiyani yengishda yagona chora

Koronavirus infeksiyasining yanada keng tarqalishi hamda epidemiologik vaziyat og‘irlashuvining oldini olishda eng samarali yo‘li — aholining tez fursatda vaksina qabul qilishi hisoblanadi.Shu maqsadda aholining bu jarayonda faol ishtirok etishi, o‘z sog‘lig‘ini xavf ostiga qo‘ymay, kasallanishdan himoyalanish zarurligi tegishli mutasaddilar bilan joylarda o‘tkazilayotgan uchrashuvlarda muntazam ta’kidlab kelinmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham koronavirus infeksiyasining tarqalib ketmasligi, o‘qituvchilar, xodimlar va talabalarning to‘liq vaksina olishlari kerakligi bo‘yicha zarur chora-tadbirlar amalga oshirilyapti.Bugun Akademiyada mutasaddilar hamda talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan uchrashuvda ham aynan shu jihatga e’tibor qaratildi. Jumladan, COVID-19 koronavirus infeksiyasiga qarshi kurashish va uni tarqalishini oldini olishning eng samarali va moliyaviy tomondan

Batafsil
Kitob – insonni kamolotga yetaklaydi
Yoshlar bilan ishlash

Kitob – insonni kamolotga yetaklaydi

Yurtimizda yosh avlodning ma’naviy-intellektual salohiyati, ong-u tafakkuri va dunyoqarashini yuksaltirish, ona Vataniga muhabbat va sadoqat tuyg‘usi bilan yashaydigan barkamol shaxsni tarbiyalashda beqiyos ahamiyatga ega bo‘lgan kitobxonlik madaniyatini oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shu maqsadda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan o‘quvchi-yoshlar orasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, mutolaa madaniyatini shakllantirish maqsadida bir qator tadbirlar o‘tkazib kelinmoqda.Ana shunday xayriya tadbirlaridan biri sifatida mutasaddilar tomonidan Shayxontohur tumanidagi 37-imkoniyati cheklangan bolalar uchun ixtisoslashtirilgan umumta’lim maktabi kutubxonasiga kitoblar to‘plami, o‘quv qurollari sovg‘a qilindi.Unda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Axborot resurslari hamda xorijiy adabiyotlar monitorin

Batafsil
Akademik litsey o‘quvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademik litsey o‘quvchilari uchun seminar-trening o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti, Akademiya psixologi Shoira Do‘smuhamedova tomonidan “Men tanlagan kasb – muammolar va yechimlar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi.O‘quvchi-yoshlarning o‘z kasblarini topishga yordamlashish, maqsad sari rivojlantirish, kelajakda tanlagan sohalari orqali jamiyatga kerakli inson bo‘lib yetishishlariga ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan tadbirda litsey psixologi Oliya Miryakubova, Yoshlar ittifoqi yetakchisi Nilufar Jonibekova hamda guruh rahbarlari ishtirok etdi.Uchrashuv davomida bir qancha psixologik metodikalar yordamida o‘quvchilarning qiziqishlari, dunyoqarashlari hamda xarakterlariga mos kasblar aniqlandi. Ularga har tomonlama faol bo‘lishlari uchun psixologik ko‘mak va tavsiyalar berildi.Mahorat darsi yakunida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga mutaxass

Batafsil
Bugun tug‘ilgan kun – Abduhamid Muxtorov
Yoshlar bilan ishlash

Bugun tug‘ilgan kun – Abduhamid Muxtorov

Bugun O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo” media markazi direktori, taniqli jurnalist, yozuvchi va publitsist Abduhamid Muxtorov tavallud topgan kun.Muxtorov Abduhamid Abduahadovich 1979-yili Jizzax viloyatining Forish tumani Bolg‘ali qishlog‘ida tug‘ilgan. 1996-yili Bolg‘ali qishlog‘idagi 67-umumta’lim o‘rta maktabini tugallab, 1998-2002-yili Toshkent davlat Universiteti (hozirgi O‘zMU)ning Falsafa fakulteti, 2004-2008-yillarda Oliy jurnalistika kursida o‘qigan.A.Muxtorov respublika “Ma’rifat”, “O‘zbekiston adabiyoti va san’ati” gazetalari hamda “Bolalar sporti”, “Til va adabiyot ta’limi” jurnallari, “Media nashr”, “Tafakkur” kabi nashriyotlarda turli yillarda samarali faoliyat olib borgan.Yozuvchining “So‘ngi qo‘ng‘iroqdan keyin...” publitsistik to‘plami, “Mening tasavvurim” nomli hikoyalar to‘plami nashr etilgan. “Haydarko‘l

Batafsil
Akademiyada “Mehnati elda aziz ustozim!” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada “Mehnati elda aziz ustozim!” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Ustozlik – dunyodagi eng e’zozli, ehtirom va e’tiborga loyiq, qalblarga yaxshilik, ezgulik, komillik olib kiruvchi muborak kasb sanaladi. U har bir insonning kelajagi uchun tamal toshini qo‘yishda muhim rol o‘ynaydi. Shuning uchun ham xalqimizning “ustoz otangdek ulug‘”, degan ibratli o‘giti zamirida o‘qituvchi va murabbiylarga bo‘lgan samimiy ehtiromi mujassamdir.Darhaqiqat, jamiyatning buguni va kelajagi, uning madaniy-ma’rifiy va ma’naviy salohiyati ta’lim tizimining qay darajada rivojlanganligi bilan belgilanadi. Ta’lim-tarbiya tizimidagi islohotlarning muvaffaqiyati ko‘p jihatdan o‘qituvchi va murabbiylarga bog‘liq. Shu sababli mamlakatimizda o‘qituvchilar mehnatini qadrlashga, ularga har jihatdan g‘amxo‘rlik ko‘rsatishga harakat qilinmoqda.Jumladan, yurtimizda har yili 1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni keng miqyosda nishonlanadi. Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab bayram tan

Batafsil
“Akademiya kubogi” sport o‘yinlarining sovrindorlari taqdirlandi
Yoshlar bilan ishlash

“Akademiya kubogi” sport o‘yinlarining sovrindorlari taqdirlandi

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Akademiya kubogi” sport o‘yinlarining sovrindorlari taqdirlandi.

Batafsil
Ustozga ehtirom
Yoshlar bilan ishlash

Ustozga ehtirom

Tantanali marosimda ko‘p yillik samarali mehnati, kasbiga fidoiyligi va intelektual qobiliyati bilan yuksak hurmat va ehtiromga sazovor bo‘lgan bir guruh ustoz va murabbiylar, pedagog xodimlarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil
1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda
Yoshlar bilan ishlash

1-oktabr – O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tmoqda

1

Batafsil
"Ziyo-zukko” maktabida ham bayram shukuhi
Yoshlar bilan ishlash

"Ziyo-zukko” maktabida ham bayram shukuhi

Batafsil
Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Ustozlar!
Yoshlar bilan ishlash

Bayramingiz muborak bo‘lsin, aziz Ustozlar!

Batafsil
Ko'rinish