O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Saylov mening nigohimda
Yoshlar bilan ishlash

Saylov mening nigohimda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-yoshlar o‘rtasida “Saylov mening nigohimda” nomli tanlov bo‘lib o‘tdi.Yetuk malakali huquqshunos kadrlarni tayyorlash, ularni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, intellektual salohiyati va bilim darajasini yuksaltirish, tanlagan kasbiga bo‘lgan muhabbatini yanada oshirish maqsadida tashkil etilgan tanlovda Akademiya talabalari faol ishtirok etdi.Tanov quyidagi “Tanishtiruv”, “Blits” (tezkor savol-javob), “Ijodiy chiqish” kabi uch shartdan iborat bo‘lib, tanlovni professor-o‘qituvchilar, huquqshunos mutaxassislardan iborat hakamlar hay’ati baholab borishdi.Yakunda talaba-yoshlardan tashkil topgan Mumtoz Sharq filologiyasi fakultetining “Yuksak ma’naviyatli avlod” jamoasi uchinchi, Islomshunoslik fakultetining “Targ‘ibot” jamoasi ikkinchi hamda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “Taraqqiyot” jamoasi birinchi o‘ringa loyiq de

Batafsil
Sportsevar yoshlar maydonda bellashmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Sportsevar yoshlar maydonda bellashmoqda

Akademiya talabalari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining jismoniy tarbiya va sportga doimiy jalb qilish, sog‘lom turmush tarzini takomillashtirish, talabalar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish, bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida tashkil etilayotgan musobaqada sportsevar talaba-yoshlar g‘oliblik uchun kurash olib borishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Akademiya bilimdon talabalari zakovat intellektual o‘yinlarida bellashmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya bilimdon talabalari zakovat intellektual o‘yinlarida bellashmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti faollari bilan hamkorlikda talabalar o‘rtasida zakovat intellektual o‘yinlari o‘tkazilmoqda.Dastlab talabalar tomonidan “Ishonch”, “Pragmatik”, “Zakovat yulduzlari”, “Insight”, “Irfon”, “Ansor”, “Afrosiyob”, “Alif”, “Zaytun” kabi 15 ga yaqin jamoalar shakllangan bo‘lib, zakovat intellektual o‘yinlarida guruhlarga bo‘lingan holda bahsga kirishishdi.Mazkur intellektual o‘yinlar 2022-yilning may oyiga qadar o‘tkazilib boriladi va Akademiya talaba-yoshlari ichidan saralab olingan eng namunali jamoa vakillari oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan musobaqalarda ishtirok etishadi.Bugun bo‘lib o‘tgan zakovat o‘yinlarda turli ma’naviy-ma’rifiy, ijtimoiy-siyosiy va keng qamrovli mavzular yuzasidan tuzilgan savollarda jamoalar

Batafsil
Misr-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi talabalar bilan uchrashdi
Yoshlar bilan ishlash

Misr-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi talabalar bilan uchrashdi

Saylov – 2021Xabar berganimizdek, 24-oktabr — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentligiga saylovining demokratik talablar asosida o‘tkazilishi xalqaro kuzatuvchilarning ham diqqat-e’tiborida. Saylov jarayonlari arafasida yurtimizga kelgan nufuzli mehmonlar mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishib, aholi va yoshlar bilan samimiy suhbat qurmoqda. Bugun xalqaro kuzatuvchi, Misr-O‘zbekiston do‘stlik jamiyati raisi, professor Magdi Zaabal O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talaba-yoshlari bilan uchrashdi. Tadbirni Akademiyaning Xalqaro hamkorlik bo‘limi boshlig‘i Bahodir Xo‘jayev va “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi mudiri Akbar Kazakbayev olib bordi. Uchrashuvda O‘zbekiston va Misr davlatlari o‘rtasidagi hamkorlik aloqalari, tarixiy jarayonlar, ayni paytdagi o‘zaro aloqalarning yangi istiqbollari haqida fikr almashildi. Xususan, har ikki mamlakatda ha

Batafsil
O‘zbek tili bayrami “Ziyo-zukko” maktabida ham nishonlandi
Yoshlar bilan ishlash

O‘zbek tili bayrami “Ziyo-zukko” maktabida ham nishonlandi

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan joylarda ona tili rivoji, uni yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida ma’rifiy tadbirlar, ilmiy anjumanlar tashkil etilmoqda. Sana munosabati bilan “Ziyo-zukko” maktabida ma’rifiy bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan tadbir davomida maktab o‘quvchilari tomonidan ona tilini madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar, she’rlar ijro etildi. O‘quvchilarning raqs tomoshalari, o‘zbek tilida yangragan she’rlar, teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Akademiyada “Til bor ekan millat barhayot” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada “Til bor ekan millat barhayot” nomli bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi

Ona tili har bir millatning ruhiyatini, kelajak istiqbolini o‘zida aks ettirib, xalqning mavjudligining asosiy belgisidir. Hazrat Alisher Navoiy bobomiz bejiz: “Tilga ixtiyorsiz — elga e’tiborsiz”, deya ta’kidlamagan. Darhaqiqat, til — millat ko‘zgusi. Har bir millatning qadrli boyligi, ma’naviy qiyofasi, madaniyati, ichki dunyosini aks ettiruvchi muhim vosita. Tilning davomiyligi, umrboqiyligini shu tilda so‘zlovchilarning milliy g‘ururi, kuch-qudrati, adabiyoti va san’ati belgilaydi, deyish mumkin. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 21-oktabr – “O‘zbek tili bayrami” kuni munosabati bilan “Til bor ekan millat barhayot” shiori ostida adabiy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi.Tadbirda professor-o‘qituvchilar, adabiyotshunos va tilshunos olimlar, ijodkorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Davlat madhiyasi bilan boshlangan tadbirni O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘m

Batafsil
Akademiya vakillari Respublika konferensiyasida ishtirok etmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya vakillari Respublika konferensiyasida ishtirok etmoqda

Ayni daqiqalarda Toshkent shahridagi "Wyndham Tashkent" mehmonxonasida bo‘lib o‘tayotgan "Yangi O'zbekiston saylovlari yoshlar nigohida" ilmiy-amaliy Respublika konferensiyasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari ishtirok etmoqda.Anjuman Respublika yosh olimlar Kengashi, O'zbekiston Yoshlar Ittifoqi va Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorlikda o‘tkazilmoqda.Konferensiya mamlakatimiz olimlari va yoshlari hayotida saylovning ahamiyatini ochib berish hamda yoshlarning ilmiy faoliyatlari orqali yangi ma'lumotlar va natijalarni hayotga tatbiq etish maqsadida tashkil etilmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Millat ko‘zgusiga hurmat
Yoshlar bilan ishlash

Millat ko‘zgusiga hurmat

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan joylarda ona tili rivoji, uni yoshlar orasida targ‘ib qilish maqsadida ma’rifiy tadbirlar, ilmiy anjumanlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy bog‘ida joylashgan Adiblar xiyobonida tashkil etildi.Tadbirda Akademiya Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekaniI.Mirziyotov, O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi mudiri M.Nosirova, professor-o‘qituvchilar, adabiyotshunos olimlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Tadbirni Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan boshlab, barchani 21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni bilan tabrikladi.Shundan so‘ng, adabiyotshunos olimlar tomonidan bayram munosabati bilan Mahmudxo‘ja Behbudiyning “Til masalasi” nomli maqolasi mazmun-mohiyati, unda adabiy tilni shakllantirish va taraqqiy ettirish g‘oy

Batafsil
Ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevori
Yoshlar bilan ishlash

Ona tili – millat ma’naviyatining mustahkam poydevori

Til — millat ko‘zgusi. Shu bois, ma’rifatparvar adib Abdulla Avloniy “Har bir millatning dunyoda borlig‘ini ko‘rsatadurgan oyinai hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur”, deya xitob qilishi bejiz emas edi. Zero, ma’naviyatning ko‘zgusi bo‘lgan ona tiliga bo‘lgan munosabat shaxsning ma’naviyatga bo‘lgan munosabatini ham belgilaydi. Murg‘ak qalb ona tili vositasida ma’naviyatga oshno bo‘ladi. Yosh avlodga tilga e’tibor va ehtirom ko‘rsatib, unga davlat tili sifatida qarashning mas’uliyati kabi tuyg‘ularni singdirish va mustahkamlab borish muhim vazifadir. Bu xususda ko‘p va xo‘p gapirilgan bo‘lishiga qaramay, muammo hamon dolzarbligicha qolmoqda.Milliy qadriyatlarimizning asosiy ustuni bo‘lgan ona tilimizga 1989-yil 21-oktabr kuni davlat maqomi berildi. O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili to‘g‘risida”gi qonuni qabul qilindi. Konstitutsiyamiz

Batafsil
Jilosi-yu jozibasi dilga orom ona tilim!
Yoshlar bilan ishlash

Jilosi-yu jozibasi dilga orom ona tilim!

21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni Alla aytay, jonim bolam, quloq solgin alla.Shirin allam tinglab asta, uxlab qolgin alla.Dunyoga kelganimizdanoq onalarimizning sehrli allalari ohangi ila qulog‘imizga, ruhimizga singib ketgan ona tilimiz – o‘zbek tili o‘zining jozibasi, go‘zalligi, ohangiyu tarovati bilan yuragimizdan chuqur joy olgan. Ilk bor aytgan so‘zlarimiz ham shu tilda baralla yangragan – ona, ota, non kabi aziz va mukarram bo‘lgan, biyron tillarimizda aylangan bu so‘zlar o‘zbek tili ohangida taralgan. Shundan bo‘lsa kerak, ona tili tug‘ilganimizdan boshlab bir umr qalbimizga, butun borlig‘imizga, ruhiyatimizga juda-juda yaqin va unga bo‘lgan mehrimiz ham o‘zgacha.O‘zbek tilining bor jilosiyu jozibasi, tarovati nafaqat onalarimiz allasida, balki qadimiy bitiktoshlarda, ming yillik dostonlarimizda, o‘lmas maqomlarimizda, shoirlarimizning jo‘shqin she’rlarida, baxshi va hofizlarn

Batafsil
Taqdimot
Yoshlar bilan ishlash

Taqdimot

Toshkent davlat sharqshunoslik universitetida O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan musulmon xuquqshunosi, Ustrushana - hozirgi Jizzaxdan yetishib chiqqan buyuk alloma Muhammad ibn Mahmud Ustrushaniyning "Jomi’ ahkom as-sig‘or" (Bola huquqlari kodeksi) asarining o‘zbek tilidagi ilk nashri taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Taqdimot O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Sharqshunoslik universiteti bilan hamkorlikda tashkil etildi. Unda Markaz va Xalqaro islom akademiyasi olimlari, Sharqshunoslik universitteti rahbariyati, professor-o‘qituvchilari va talabalari, yosh tadqiqotchilar hamda OAV xodimlari ishtirok etishdi.Taqdimot tadbirida so‘zga chiqqan Sharqshunoslik universiteti rektori G.Rixsiyeva, Markaz matbuot xizmati rahbari F.Muhammadiyev, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi profe

Batafsil
O‘z kelajaging uchun ovoz ber!
Yoshlar bilan ishlash

O‘z kelajaging uchun ovoz ber!

Saylov – mamlakatning siyosiy-ijtimoiy hayotidagi eng muhim siyosiy jarayonlardan biri. Har bir saylovchining ovozi zamirida mamlakatning ertasi, avlodlar kelajagi va fuqarolarning ijtimoiy-siyosiy haq-huquqlari mujassam.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘z kelajaging uchun ovoz ber!” mavzusida saylov qonunchiligi bo‘yicha navbatdagi tadbir bo‘lib o‘tdi. Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti Psixologiya yo‘nalishi 1-kurs talabalariga saylov jarayonida qonunchilikda belgilangan tartib-mezonlarni tushuntirish maqsadida Toshkent davlat yuridik universitetining targ‘ibot guruhi taklif qilindi.Dastlab Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Chinniyeva tadbirni ochib berib, har bir fuqarodan saylov jarayonlarida yuksak mulohazakorlik va mamlakatda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarga daxldorlik tu

Batafsil
Ko'rinish