Yangi nashr
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi iqtisodiyot fanlari doktori, akademik Nurislom Tuxliyev va Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti Turizm (Ziyorat turizmi) 3-kurs talabasi Shahlo Maksudovaning “Turizmda raqamlashtirish” nomli monografiyasi nashrdan chiqdi.“Turizmda raqamlashtirish” nomli monografiya O‘zbekistonda raqamli turizm muammosiga bag‘ishlangan. Unda raqamli texnologiyalarda virtual turizm bozori, turizmda raqamli innovatsiyalarni amalga oshirish masalalari yoritilgan. Turizmni raqamlashtirish yo‘lidagi muammolar va to‘siqlar, raqamli turizmni rivojlantirishda davlat va xususiy sektorning roli hamkorligi, raqamli turizm sektori uchun kadrlar tayyorlash masalalariga e’tibor qaratilgan. Monografiyadan doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar, talabalar, shuningdek turizm sohasining raqobatbardoshligi masalalari bilan qiziquvchi kitobxonlar monografiya sifatida foyda
Batafsil
Talabalar kurs ishi himoyasi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalarining “Din psixologiyasi” fanidan kurs ishi himoyasi o‘tkazildi. Kafedra dotsenti v.b. Azamat Nazarov rahbarligida “Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs talabalarining kurs ishi himoyasida bir guruh professor-o‘qituvchilar – N.G‘ayibova, M.Akramov, N.Rasulova, M.Nasimdjanova, M.Safarov va Yu.Dostjanovalar ishtirok etib, kurs ishini yozish, rasmiylashtirish va mavzularni yoritilishiga oid savollar va tushunchalar berib bordilar.Ma’lumki, kurs ishi yozish va uni himoya qilish talabalarning bitiruv malakaviy ishi oldidan tayyorgarligining muhim bir bosqichi hisoblanadi. Kurs ishi himoyasida talabalar faol ishtirok etib, o‘zlari tanlagan mavzular bo‘yicha ikmiy adabiyotlar tahliliga katta e’tibor qaratganlar. Himoya qil
Batafsil
Akademiyada “Falsafa bilimdoni” tanlovi o‘tkazildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi qoshidagi “Yosh faylasuflar” ilmiy-amaliy toʻgaragi doirasida “Falsafa bilimdoni” nomli tanlov boʻlib oʻtdi. Tanlovni kafedra mudiri Nigora Yusupova, dotsent Botir Valiyev, dotsent Shuxrat Rajabov hamda oʻqituvchi Moxira Jumaniyazovalar olib borishdi. Tanlovda Akademiyaning ‘Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar”, “Axborot xavfsizligini boshqarish”, “Turizm va mehmondo‘stlik”, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” 2-kurs talabalari ishtirok etishdi. “Falsafa bilimdoni” nomli ko’rik tanlov 3 ta shart asosida o’tkazildi. Tanlov soʻnggida talabalarga qo’yilgan ballar e'lon qilinib, jamoalar “Eng faol jamoa”, “Eng bilimdon jamoa” va “Eng namunali jamoa” nomli diplom va esdalik sovgʻalar taqdirlandilar.
Batafsil
Ekologiyani asrash – sog‘lom kelajak garovidir
Joriy yil 19-dekabr kuni Toshkent davlat iqtisodiyot universitetida tashkil etilayotgan “Ekologiyani asrash – sog‘lom kelajak garovidir” nomli respublika konferensiyasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi 2-kurs talaba-yoshlari faol ishtirok etdi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston Ekologik partiyaning raisi Abdushukur Xamzayev, “Ekologiya va salomatlik” ayollar klubi rahbarlari, “Yosh ekologlar” qanoti raislari hamda boshqa tashkilot rahbarlari spiker sifatida qatnashmoqda. Yurtimizning har qarich yeri oltinga teng. Uning go‘zal tabiati, musaffo havosi, ziloldek tiniq va shifobaxsh suvlari har qanday kishini o‘ziga maftun etadi. Mana shunday betakror go‘zallikni asrab-avaylash, kelajak avlodga yetkazish har birimizning burchimizdir.
Batafsil
Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi
Bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli taloto‘plar, nizolar, g‘oyaviy xurujlar har birimizni har daqiqa ogohlikka undashi zarur. Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Kasaba uyushmalari federatsiyasi malaka oshirish institutida o‘tkazildi. “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusidagi targ‘ibot tadbirida “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professori Ne’matulla Muhamedov “Yoshlarni internetda radikalizm va ekstremizm g‘oyalari targ‘ibotidan asrash” mavzusida ma’ruza qildi.Davra suhbatida Akademiya professori bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimizni sog‘lom e’tiqod ruhida ta
Batafsil
Bitiruvchilarning bandligini ta’minlash – ustuvor maqsad
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Talabalar amaliyotini tashkil etish va bitiruvchi talabalarni kadrlarning asosiy iste’molchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlardagi mavjud ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” ta’lim yo‘nalishi bitiruvchi bosqich hamda magistratura talabalari uchun uchrashuv tashkil etildi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti vakili Ibrohim Usmonov, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi mudiri Roziya Matibayeva va kafedra professor-o‘qituvchilari, Marketing va talabalar amaliyoti boʻlimi boshligʻi Gulyuz To‘rayeva, bo‘lim bosh mutaxassisi Sirojiddin Salaxov, tyutor Nigina Ruzimova hamda talabalar ishtirok etdilar.Tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi. O‘zlari uchun f
BatafsilTalabalar uchun ekskursiya tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi’ kafedrasi professor-o‘qituvchilari Olim Astanakulov, O‘ktam Jiyanov va Kamoliddin Jahongirovlar boshchiligidagi “Turizm (ziyorat turizmi)” 2-kurs talabalari Toshkent viloyati Parkent tumanidagi "Hazrat Ali buva" ziyoratgohiga ekskursiya uyushtirishdi. Ekskursiya “Free guide” to‘garagi doirasida tashkil etilgan bo'lib, unga “Turizm (ziyorat turizmi)” 2-kurs talabalari S.Egamov, G.Alisherova va T.To'rayevlar ekskursavodlik qilishdi. Tashrif davomida talabalarga “Hazrat Ali buva” ziyoratgohi tarixi, uning mahalliy aholi va boshqa ziyortachilar uchun ahamiyati, Kumushkon turizm qishlog'ining ichki turizm rivojlantirishdagi o‘rni haqida ma’lumotlar berildi. Ekskursiya talabalarni dars mashg‘ulotlarida olgan bilimlarini amaliy mustahkamlash, shuningdek, ularni mamlakatimiz tarixiy va madaniy merosi bilan ya
Batafsil
Akademiyada talaba-qizlar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” musobaqasi o‘tkazildi
Yurtimizda aholining kompyuter savodxonligini oshirish, axborot texnologiyalariga qiziqqan yigit-qizlarni malakali mutaxassis darajasiga olib chiqish borasida keng ko‘lamli ishlar qilinmoqda. Yoshlar, ayniqsa, qizlarning mazkur sohaga qizishishini yanada oshirish maqsadida “1 million dasturchi” loyihasiga start berildi. Bu esa qizlar orasida raqamli texnologiyalar sohasiga qiziqishning ortishiga xizmat qilmoqda.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-qizlar o‘rtasida “Eng yaxshi dasturchi” loyihasi doirasida musobaqa o‘tkazildi. Musobaqani Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi, Akademiya xotin-qizlar kengashi raisi Nilufar Alibayeva so‘zga chiqib, jamoalarga omad tiladilar. Akademiya xotin-qizlar maslahat ke
Batafsil
Talabalar uchun inson huquqlariga bag‘ishlangan dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi
Soʻnggi yillarda inson huquqlarini himoya qilishning qonunchilik va tashkiliy-huquqiy bazasini mustahkamlash, inson huquqlari boʻyicha xalqaro standartlarni milliy qonunchilikka implementatsiya qilish va xalqaro majburiyatlarni bajarish, shuningdek, inson huquqlarini himoya qilish masalalari yuzasidan xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni faollashtirishga doir tizimli ishlar olib borilmoqda.Hozirgi vaqtda Oʻzbekiston Respublikasi inson huquqlari boʻyicha 80 dan ortiq xalqaro hujjatlarga, jumladan Birlashgan Millatlar Tashkilotining 6 ta asosiy shartnomasi va 4 ta fakultativ protokoliga qoʻshilgan boʻlib, ularning amalga oshirilishi yuzasidan BMTning Inson huquqlari boʻyicha kengashi va shartnomaviy qoʻmitalariga muntazam ravishda milliy maʼruzalarni taqdim etib kelishmoqda. Bundan tashqari, milliy qonunchilikni inson huquqlari sohasidagi xalqaro-huquqiy standartlar bilan uygʻunlashtiris
Batafsil
Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Azamat Nazarov tomonidan “Diniy aqidaparastlik, ekstremizm va terrorizmga qarshi kurashning ma’naviy-ma’rifiy asoslari” fani doirasida “Din asosida radikallashuv va uni oldini olishning ijtimoiy-psixologik metodlari” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universiteti bir guruh professsor-o‘qituvchilari va kursantlari uchun tashkil etilgan darsda mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, jamiyatda mutaassiblashuv, radikallashish, yot g‘oyalar, internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqatilayotgan mafkuraviy xavf-xatarlar va ularning oldini olish masalalarning ijtimoiy-psixologik jihatlari haqida ma’lumot berildi.Shuningdek,
Batafsil
Akademiya talabalari uchun “Yoshlar marafoni” o‘tkazildi
Bugun “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilayotgan “Yoshlar oyligi” doirasida “Navro‘z” istirohat bog‘idagi Anhor bo‘yida “Yoshlar marafoni” o‘tkazildi.Mazkur sport tadbirida Akademiya talabalari bellashdi.Ko‘tarinki kayfiyatda o‘tgan marafon yakunida g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.G‘oliblar “Yoshlar oyligi” yakunlariga bag‘ishlangan tadbirda diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi.
Batafsil
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yosh faylasuflar” ilmiy-amaliy to‘garagi doirasida “Islomshunoslik” va “Dinshunoslik” yo‘nalishi 1-kurs talabalari bilan “Yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning nazariy-falsafiy asoslari’ mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Davra suhbatida “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi dotsenti Botir Valiyev hamda Shuxrat Rajabov, o‘qituvchi Moxira Jumaniyazova o‘zlarining fikrlari orqali bosh qomusimizning nazariy-falsafiy asoslariga e’tibor qaratdilar. Muloqot davomida yangi tahrirdagi Konsitutsiyamizning mazmun-mohiyatini anglash nechog‘lik zarur ekani, bugungi yoshlarda huquqiy ong va huquqiy madaniyatning shakllanishida uning ahamiyati to‘g‘risidagi fikr-mulohazalar bilan tahlil etildi. Talabalar tomonidan bosh qomusimizga tegishli ma’lumotlar ham tinglandi. Suhbat so‘ngida ustozlar va talabalar tomonidan bildirilgan savolar-javoblar orqali mavzu yanad
Batafsil