O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Konstitutsiya – farovon hayot poydevori
Yoshlar bilan ishlash

Konstitutsiya – farovon hayot poydevori

Olmazor tumanidagi Respublika Dori vositalarini standartlashtirish markazida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Olmazor tumani Ma’naviyat va ma’rifat bo‘linmasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Saidafzal Saidjalolov ishtirok etdi.Tadbirda ishtirokchilarga yangi tahrirdagi konstitutsiya mazmun-mohiyati haqida tushunchalar berildi.Akademiya dotsenti Bosh qomusimizning hayotimizdagi ahamiyati, unda keltirilgan va ulug‘langan qadriyatlar, xususan inson manfaatlari va uning farovon hayoti xususida batafsil ma’lumot berdi.

Batafsil
Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi
Yoshlar bilan ishlash

Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi uyg‘onish davri – kitob va kutubxonadan boshlanadi” shiori ostida o‘zaro kitob almashish marosimi o‘tkazildi.Mazkur tadbir “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti v.b. Azamat Nazarov murabbiylik guruhi bo‘lgan “Psixologiya (Dinsotsiopsixologiyasi)” yo‘nalishi 3-kurs kechki ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etildi.Bir piyola choy ustida tashkil etilgan ushbu kitobxonlik targ‘ibot-tadbirida guruhining barcha talabalari faol qatnashib, mutaxassislik, badiiy va diniy-ma’rifiy yo‘nalishdagi asarlarni o‘zaro bir-birlariga sovg‘a qildi. Kitoblarda ijobiy tilaklar ham o‘z o‘rnini oldi. Tadbirga mehmon sifatida Akademiya psixologi, “Din psixologiyasi va dedagogika” kafedrasi professori v.b. Mirmuhsin Akramov ishtirok etdi.Guruh kelgusida bu kabi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillash

Batafsil
Ekstremizm va terrorizm – insoniyatga tahdid
Yoshlar bilan ishlash

Ekstremizm va terrorizm – insoniyatga tahdid

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Filologiya va tillarni o‘qitish: arab tili” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Ekstremizm va terrorizm – insoniyatga tahdid” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha dekan o‘rinbosari Anvar Yo‘ldoshev va fakultet tyutori Nigina Ruzimovalar ishtirok etishdi. Davra suhbatida ekstremizm va terrorizmning kelib chiqishi sabablari, buzg‘unchi oqimlarning maqsadlari haqida batafsil ma’lumot berildi.Muloqot davomida yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, kóproq kitob óqishning ahamiyati katta ekani qayd etildi.

Batafsil
Maktab o‘quvchilariga Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan spektakl namoyish etildi
Yoshlar bilan ishlash

Maktab o‘quvchilariga Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan spektakl namoyish etildi

Milestone International Schoolda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar teatr studiyasi jamoasi tomonidan dramaturg Nasrullo Qobilning “Toʻda” asari asosida sahnalashtirilgan “Adashganlar” spektakli namoyish etildi.Asar maktab va kollej oʻquvchilarining notinch va noqobil oila muhiti tufayli ayrim toʻdalarga qoʻshilib asr vabosi boʻlgan giyohvandlikka ruju qoʻyishgani, giyohvandlik balosi esa oxir-oqibatda fojiali yakun topishi haqida hikoya qiladi.Spektakl yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan har bir rol o‘quvchilarning olqishlariga sazovor bo‘ldi.Spektakldan so‘ng maktab rahbariyati tomonidan Akademiya talabalar teatr studiyasiga tashakkurnoma topshirilib, o‘zaro hamkorlik uchun minnatdorlik bildirildi.

Batafsil
Talabalar uchun ochiq dars o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun ochiq dars o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Obid Tangirov tomonidan Arxeologiya fani doirasida “Tarix” yoʻnalishi 1-kurs talabalari uchun “Oʻrta Osiyoda antik davr arxeologiyasi” mavzusida ochiq dars oʻtkazdi. Dars yakunida mavzuni mustahkamlash uchun test imtihoni oʻtkazildi. Shuningdek to‘rt yoʻnalishda tanlov gʻoliblari eʼlon qilindi.

Batafsil
Akademiya vakillari mehnat va ta’lim yarmarkasida ishtirok etdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya vakillari mehnat va ta’lim yarmarkasida ishtirok etdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 11-sentabrda qabul qilingan “O‘zbekiston – 2030” strategiyasida yoshlar o‘rtasida IT sohasini yanada ommalashtirish, sohada xizmatlar eksportini oshirish hamda ushbu maqsadlarga erishish uchun IT sohasida 300 ming nafar yoshlarni ish bilan ta’minlash va maktab o‘quvchilarini xalqaro IT bozorida talab yuqori bo‘lgan zamonaviy kasblarga o‘rgatish vazifalari belgilangan.Mazkur vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Raqamli texnologiyalar vazirligi huzuridagi Raqamli ta’limni rivojlantirish markazi tomonidan axborot texnologiyalari yo‘nalishidagi OTMlari talabalari, umumta’lim maktablari bitiruvchilari hamda IT sohasiga qiziquvchi barcha yoshlar uchun “Mehnat va ta’lim yarmarkasi” o‘tkazildi.Ushbu yarmarkada mahalliy va xalqaro IT kompaniyalar, ta’lim muassasalari va boshqa tegishli tashkilotlar bilan bir qatorda O‘zbekiston xalqaro islom aka

Batafsil
Akademiya talabalari uchun sarguzashtli intellektual tanlovi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalari uchun sarguzashtli intellektual tanlovi o‘tkazildi

O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti va Toshkent davlat yuridik universiteti bilan hamkorlikda “QUEST STEP BY STEP” sarguzashtli intellektual tanlovi o‘tkazildi.Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonidan “Yoshlar oyligi” doirasida tashkil etilgan bellashuvda Akademiya talabalari faol ishtirok etdi.

Batafsil
Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Diniy mazmundagi materiallarni tar­qatish maqsadida qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash va tarqatish ta'qiqlanadi” mavzusida profilaktik tadbir o‘tkazildi.Mazkur tadbir Akademiya profilaktika inspektori, kapitan Muhiddin Hikmatov va tyutor Yoqubjon Bazarov bilan hamkorligida tashkil etildi.Tadbirda internet tarmog‘idagi sayt va guruhlar mazmuni, ijtimoiy tarmoqlardagi axborotlarni tahlil etish va tarqatish madaniyati, diniy ma’lumotlarni rasmiy saytlardan olish, tushunarsiz tarmoqlardan saqlanish kabi masalalarda ma’lumotlar yetkazildi.

Batafsil
Akademik litsey faoliyati o‘rganildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademik litsey faoliyati o‘rganildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining akademik litseyiga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chinniyeva hamda Yoshlar masalalari, ma'naviyat va ma'rifat bo‘limi boshlig‘i R.Gaipnazarov muassasaning o‘quv faoliyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdi.Akademiya mas'ullari tomonidan litseydagi o‘quv jarayonlari, yaratilgan shart-sharoitlar, dars mashg‘ulotlarining sifati, o‘quv adabiyotlarining holati va boshqa dolzarb masalalar tahlil qilindi. O‘rganish jarayonida akademik litseyning ish faoliyatini yaxshilash, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirishga qaratilgan masalalar bo‘yicha fikr almashildi.

Batafsil
Akademiya vakillari respublika ilmiy-amaliy seminarida ishtirok etdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya vakillari respublika ilmiy-amaliy seminarida ishtirok etdi

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasid “Yurisprudensiya” yo’nalishi talabalari O‘zbekiston Respublikasi Huquqni muhofaza qilish akademiyasida respublika ilmiy-amaliy seminarida ishtirok etishdi.“Zamonaviy tergov amaliyotida inson huquqlariga oid yangi yondoshuvlar” mavzusidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari ishtirokida o‘tkazilgan respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida “Islom huquqi” mutaxassisligi 1-bosqich talabasi Shahrizoda Shukurova ma’ruza bilan ishtirok etdi.

Batafsil
“Intellectual ring” musobaqasining 1-bosqichi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

“Intellectual ring” musobaqasining 1-bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi tomonidan “Intellectual ring” an’anaviy musobaqasining 1-bosqichi o‘tkazildi. Ushbu musobaqada ertalabki va kechki ta'lim talabalaridan iborat jamoalar 5 ta yo‘nalish bo'yicha tuzilgan ingliz tilidagi savollarga javob berib, g'oliblik uchun kurashdilar. Musobaqa yakunida Islomshunoslik yo'nalishi talabalaridan iborat bo'lgan "Yosh jadidlar" jamoasi 3-o'rinni, "Clevers" jamoasi 2-o'rinni va xalqaro munosabatlar yo'nalishi talabalaridan tashkil topgan "Process" jamoasi faxrli 1-o'rinni egalladi. Musobaqa ko'tarinki ruhda o'tdi va uning yakunida g'oliblarga bestseller kitoblardan iborat to'plamlar topshirildi.

Batafsil
Teatr bu – ibratxonadir
Yoshlar bilan ishlash

Teatr bu – ibratxonadir

Sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng go‘zal his-tuyg‘ularni inʼom etadi. Teatr esa oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.Talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda ularni sanʼatga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi 2-kurs talabalari hamda xorijiy talabalardan iborat bir guruh yoshlar Oʻzbek Milliy akademik drama teatrida bo‘ldilar. Mazkur teatrda O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azim qalamiga mansub “Adolat fasli” spektakli namoyish etildi.Spektakl talabalarda katta taassurot qoldirdi.

Batafsil
Ko'rinish