Doktorantlar tomonidan davra suhbati tashkil etildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida "Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA" kafedrasi doktorantlari – Xulkar Usmanova, Farida Abzalova, E’zoza Mirdjalalova hamda Maxzuna Sobirova tashabbusi bilan "Ilmiy maqola yozish texnikasi: Tadqiqotdan nashrga qadar" mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Mazkur tadbirda Akademiyaning Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirok etdilar. Davra suhbati davomida ilmiy maqola yozishda qo‘llaniladigan zamonaviy usullar, xalqaro standartlarga muvofiq maqola yozishning o‘ziga xos jihatlari, maqolalarni ilmiy jurnallarda chop etish jarayonlari haqida atroflicha maʼlumotlar berildi.Tadbir ishtirokchilari o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Shuningdek, doktorantlar oʻzlari tadqiq qilayotgan ilmiy ishlarga ham toʻxtalib, ilmiy faoliyatni samarali olib borish borasida qimmatli tavsiyalar berdilar.Bu kabi davra suhbatlari talabalarning il
Batafsil
Konstitutsiya – erkin va farovon hayot garovi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining mazmun-mohiyati” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan “Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Islomshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs talabalari ishtirok etdi.Dars davomida 2023-yil 30-aprelda yangi tahrirda qabul qilingan Konstitutsiyaga kiritilgan oʻzgarishlarning muhim jihatlarini aks ettirgan taqdimot namoyish etildi. Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar ekspertlar tomonidan yangilangan Konstitutsiya mamlakat, millat va xalq sifatida keyingi qadamlarimizni aniqlab olishimiz uchun gʻoyat ahamiyatli masala, adolatli jamiyat qurish yoʻlidagi ulkan qadam ekani ta’kidlandi.Taqdimotni sharhlashda ishtirok etgan dotsent v.b. Saidafzal Saidjalolov, dotsent Dilafruz Karimova, dotsent Mirodil Haydarov
Batafsil
Talabalar uchun tanlov o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Umumiy o‘rta, o‘rta maxsus, professional va oliy ta’lim tashkilotlarida Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiadasi”ning Akademiya bosqichi o‘tkazildi.“Ijtimoiy fanlar va huquq” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tanlov davlatimiz rahbarining 2024-yil 17-oktabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi kuni bayramiga tayyorgarlik ko’rish va uni o’tkazish to’g’risida”gi farmoyishi bilan tasdiqlangan dasturga muvofiq o‘tkazildi.
Batafsil
Xalqaro darajadagi sayyor dars
19-noyabrdan Mumtoz sharq filologiya fakulteti “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasida “QS World University Rankings 2025” reytingida 321-o‘rindagi L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti “Din psixologiyasi” magistratura mutaxassisligi 2-kurs talabalari xalqaro stajirovka o‘tamoqda.Akademiya 2-kurs “Psixologiya (din psixologiyasi)” hamda Akademiyada mehmon bo‘lib turgan L.N.Gumilyov nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti (Qozog‘iston) 2-kurs “Din psixologiyasi” mutaxassislik magistratura talabalarini Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazida "Din psixologiyasi va pedagogika" kafedrasi dotsentlari Azamat Feruza Rasulova “Sotsial psixologik reabilitatsiya” va “Ochiq axborot tizimlarida psixologik xavfsizlik” fanlaridan sayyor darsda ishtirok etdilar. Markazning yetakchi mutaxassisi Nazokat Babayeva talabalarga markaz hayoti va faoliyat yo‘nalishlari xaqida keng ma
Batafsil
Akademiya vakillari xalqaro ta’lim ko‘rgazmasida qatnashmoqda
Shu kunlarda poytaxtimizda Allterra Education xalqaro ta’lim agentligi tomonidan “Toshkent IV xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi” o‘tkazilmoqda. Unda 12 davlatdan 25 dan ziyod ta’lim muassasalari vakillari ishtirok etmoqda. Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi xodimlari ham qatnashmoqda.Akademiya vakillari ko‘rgazmada hamkor tashkilotlar bilan uchrashib, ta’lim muassasalarida talabalar amaliyoti tizimi qanday yo‘lga qo‘yilgani, bu boradagi xalqaro tajribalar xususida muloqotlar o‘tkazdi.
Batafsil
Akademiyada “Trenerlar maktabi” loyihasi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilayotgan talabalar oyligiga bag‘ishlangan “Trenerlar maktabi” loyihasi tashkil etildi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Qozog‘iston Respublikasi L.N.Gumilyev nomidagi Yevroosiyo milliy universiteti, Islom Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti hamda Oriental universiteti talabalari ishtirok etdi. Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, “Trenerlar maktabi” loyihasi Yulduz Dosjanova kirish so‘zi bilan ochib berdilar.Ishtirokchilar “Do‘ngpeshona”, “Marshmello”, “O‘chirg‘ich”, “Jadvali topshiriq”, “Keys vaziyat” hamda “Art-terapiy
Batafsil
Akademiya vakili ishtirokida mahorat darsi o‘tkazildi
O‘zbekiston Respublikasi Jamoat xavfsizligi universitetida “Dinshunoslik” fani doirasida mahorat darsi tashkil qilindi. Mazkur dars O‘zbekiston xalqaro Islom akademiyasi dotsenti, siyosiy fanlar falsafa doktori Jahongir Akramov tomonidan olib borildi. Mahorat darsi davomida kursantlarga dunyoning diniy konfession manzarasi, mintaqaviy va xalqaro mojarolar va ularni bartaraf etish borasidagi tendensiyalar yoritib berildi.
Batafsil
Tarixiy asarlar – islom tarixi manbalari sifatida
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsent v.b. Saidahmadxon G‘aybullayev “Islomshunoslik” yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun “Tarixiy asarlar – islom tarixi manbalari sifatida” mavzusida binar darsi o‘tkazildi. “Islom manbashunosligi” fanidan o‘tkazilgan mashg‘ulotda O’zbekiston Milliy Arxivi katta ilmiy xodimi, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Nasriddin Mirzayev ma’ruza qildi. Dars mashg‘ulotini Akademiya o‘qituvchisi mavzuga kirish bilan boshlab berdi va tarixiy manbalarning islom manbashunosligidagi o‘rni, ularning qamrovi, mavzularni berish tartibi, o‘ziga xos xususiyatlari haqida to‘xtalib o‘tdi. So‘ngra mehmon ma’ruzachi Nasriddin Mirzayev tarixiy manbalarning muhim qismi hisoblangan arxiv hujjatlari va tarixiy hujjatlarga haqida olib bordi. Ma’ruza davomida “Arxivlarda saqlanayotgan hujjatlarning mavzular hamda
BatafsilAjdodlarimiz merosi – kelajak poydevori
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi katta o‘qituvchisi O‘ktam Jiyanov tomonidan “Turizm (ziyorat turizmi)” 2-kurs talabalari uchun “Shahidlar xotirasi” yodgorlik majmui va Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi. “Free guide” to‘garagi doirasida tahkil etilgan ekskursiya davomida talabalarga majmuaning tarixi, uning bugungi kundagi mazmun-mohiyati, qatag‘on qurbonlari haqida ma’lumotlar berildi. Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyiga tashrif davomida muzeyning ilmiy xodimlarining majmuada joylashgan har bir eksponat va ular bilan bog‘liq tarixiy ma’lumotlari talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Batafsil
Seminar-trening tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi
O‘zbekiston xalaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi tashabbusi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita hamkorligida “Qadriyatlar. Global olam. Ijtimoiy muammolar” mavzusida ilmiy-amaliy seminar bo‘lib o‘tdi.Xotin-qizlar va yoshlar o‘rtasida turli salbiy oqibatlarni oldini olishga qaratilgan seminarda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Azamat Nazarov “Ochiq axborot tizimlarida axborot-psixologik xavfsizlik” mavzusida ma’ruza qildi.Seminar-trening tinglovchilar tomonidan iliq kutib olindi va alohida minnatdorchilik bildirildi.
Batafsil
Vatan bayrogʻi – gʻurur, umid va ishonch timsoli
O‘zbekistonning davlat ramzlari xalqimizning shon-sharafi, tarixiy xotirasi va intilishlarini o‘zida mujassam etib, shu yurtda yashovchi har bir fuqaroga g‘urur, faxr va iftixor bag‘ishlaydi. Shu bois, bayrog‘imiz yoki gerbimizga nazar solganimizda yoki madhiyamiz yangraganda biz ruhan jo‘shqinlikni, azmu shijoatimiz oshganini, qalbimizda g‘urur va buyuk istiqbolga ishonch tuyg‘usini his etamiz.Oʼzbekiston Respublikasi davlat bayrogʼi qabul qilinganining 33 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bayroq – milliy g‘urur va birlik ramzi!” nomli davra suhbati o‘tkazildi. Davra suhbatida “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor-o‘qituvchilari G‘.Rasulov, T.Xatamov, N.Nasrullayev, H.Lutfullayev, tyutor B.Majidov hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Davra suhbatida davlat ramzlariga oid qiziqarli ma'lumotlar berildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan s
Batafsil
Talabalar innovatsion ko‘rgazmada ishtirok etdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmonov va tyutor Maqsud Palvanovlar “Axborot xavfsizligini boshqarish” yoʻnalishi talabalari bilan birgalikda poytaxtimizdagi OʻzEkspoMarkazda oʻtkazilayotgan “InnoWeek.Uz-2024” xalqaro innovatsion gʻoyalar haftaligi koʻrgazmasida ishtirok etishdi.Mazkur sayohat Akademiya talabalarining olayotgan bilimlarini amaliy ahamiyati mohiyatini targʻib qilish, axborot texnologiyalari yangiliklari bilan yaqindan tanishtirish va soha mutaxassislari bilan bevosita muloqotini tashkil etish maqsadida uyushtirildi.Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan tashkil etilgan mazkur ko‘rgazmada talabalar soha mutaxassislari bilan boʻlgan muloqotda oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Batafsil