O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Akademiyada “Talabalar xavfsizligi kuni” oʻtkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada “Talabalar xavfsizligi kuni” oʻtkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Ichki ishlar vazirligining “Oliy taʼlim muassasalarida huquqbuzarliklar profilaktikasini amalga oshirilishini yanada takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq, haftaning har payshanba kuni “Talabalar xavfsizligi kuni” oʻtkazilishi belgilangan.Shu munosabat bilan bugun Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida profilaktika katta inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov, fakultet dekanlari, tyutorlar va Akademiya talabalaridan iborat “Qalqon” jamoatchilik tuzilmasi vakillaridan tomonidan “Tigʻ” maxsus profilaktik tadbiri oʻtkazildi.Maxsus tadbir davomida noqonuniy boʻlgan predmet va narsalar aniqlanmadi.

Batafsil
“Olam va odam, din va ilm” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

“Olam va odam, din va ilm” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Turli madaniyatga mansub aholi vakillari o‘zaro ahil-inoq yashab kelayotgan yurtimizda milliy va diniy bag‘rikenglik hukm surmoqda. Bag‘rikenglik turli millat va elatga daxldor kishilarning, turli xil diniy e’tiqodli insonlarning bir zamin, yagona Vatan, bir yurtda, bir hududda oliyjanob g‘oya, orzu-umid, maqsad va niyatlar yo‘lida hamkor, hamfikr va hamjihat bo‘lib yashashni anglatadi.Shu maqsadda bugun Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida “Olam va odam, din va ilm” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi katta o‘qituvchisi Mo‘minmirzo Abdupattayev ma'ruzasi bilan ishtirok etdi. Akademiya vakili yurtimizda turli dinlarga mansub qadriyatlarni asrab-avaylash, barcha fuqarolarga o‘z e’tiqodini amalga oshirish uchun zarur sharoitlarni yaratib berish, dinlar va millatlararo hamjihatlikni yanada mustahkamlashga alohida

Batafsil
Akademiya vakili tomonidan psixologik trening o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya vakili tomonidan psixologik trening o‘tkazildi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tashabbusi bilan Oʻzbekiston milliy universiteti talaba-qizlari uchun psixologik trening o‘tkazildi. 22-noyabr Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan “Baxt formulasi” nomli mazkur treningda 60 dan ortiq talaba-qizlar qatnashdi.Treningda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “O‘zbek va xorijiy tillar” kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Nargiza Shoaliyeva mavzuga oid savollarga javob berdi.Ushbu psixologik haftalik xotin-qizlarning psixologik salomatligini muhofaza qilish, ularning barqaror ijtimoiy va intellektual rivojlanishini taʼminlash, ijtimoiy reabilitatsiya qilish, turli xil zoʻravonlik koʻrinishlarining oldini olish, oʻz joniga qasd qilish holatlarini barvaqt aniqlash va ularga ijtimoiy-psixologik yordam koʻrsatib bartaraf qilish maqsad qilingan. Tadbirda boshqa OTMlarning soha mutaxassislari ham qatnashdi

Batafsil
O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor
Yoshlar bilan ishlash

O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi 3-bosqich talabalariga “O‘zbekiston – bag‘rikeng diyor” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat-ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Rahmatilla Gaipnazarov, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Raziya Matibayeva, Akademiya profilaktika inspektori Muhriddin Hikmatov va guruh tyutori Nigina Ruzimovalar ishtirok etishdi.Davra suhbati O‘zbekistonning bag‘rikengligi, madaniyatlararo muloqot va jamiyatimizdagi ijtimoiy tenglik kabi muhim masalalarni yoritishda muhim ahamiyat kasb etdi. Tadbirda ishtirok etgan spikerlar har biri o‘z sohalariga oid boy tajriba va bilimlarini talabalar bilan bo‘lishdi. Xususan, R.Gaipnazarov ajdodlarimiz asarlarida ijtimoiy bag‘rikenglikning talqinlarini ochib berdi, bu esa talabalar uchun tarixiy v

Batafsil
Talabalar uchun sayyor dars
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun sayyor dars

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yoʻnalishi 3-kurs talabalariga professor-o‘qituvchilar N.Qolqanov va B.Soipovlar tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitada “Siyosiy-mafkuraviy jarayonlarning tizimli tahlili” fanidan sayyor mashg‘ulot tashkil etildi.Sayyor mashg‘ulotda Diniy-ma’rifiy tashkilotlar va ilmiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi E.Alimqulov, Axborot tahlil va targ‘ibot ishlarini tashkil etish boshqarmasi mutaxassisi N.Shomirzayev va Xalqaro hamkorlik va reytinglar bo‘limi mutaxassisi A.Samandarovlar tomonidan ma’lumotlar berdilar.Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollarga atroflicha javob olishga muvaffaq bo‘ldi.

Batafsil
Akademiya talabalari teatrga tashrif buyurdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalari teatrga tashrif buyurdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari Oʻzbek milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan “Choʻlpon” (“Kunduzsiz kechalar”) spektaklini tomosha qildilar.Spektakl Oʻzbekiston xalq shoiri Usmon Azim asari asosida sahnalashtirilgan.Mazkur tashrif talaba-yoshlarning darsdan bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, ularni milliy qahramonlarimiz, jadidlar hayoti bilan yaqindan tanishtirish orqali vatanga bo‘lgan muhabbatini yuksaltirish maqsadida tashkil etildi.Spektakl talabalarga manzur keldi.

Batafsil
Talabalar “Turon” kutubxonasidagi ijodiy kechada qatnashdi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar “Turon” kutubxonasidagi ijodiy kechada qatnashdi

Kitob – hayot hikmatlarini o‘rgatuvchi javohirlar sandig‘i. U insonda ota-onaga mehr-muhabbat, el-yurtga sadoqat, Vatanga muhabbatni singdiradi.Shu bois, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti 1-bosqich talabalari tyutor Yoqubjon Bazarov hamrohligida “Turon” axborot-kutubxona markazida o‘tkazilgan ijodiy kechada qatnashdi.“Qalbi otash zot” deb nomlagan mazkur tadbir qishloq xo‘jalik fanlari doktori, professor, Turon fanlar akademiyasining akademigi Ne’matillo Xudoyberganovga bag‘ishlandi.

Batafsil
Ekologik madaniyat – bugun va kelajak
Yoshlar bilan ishlash

Ekologik madaniyat – bugun va kelajak

O’zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo’limi boshlig’i Rahmatilla Gaipnazarov, fakultet tyutori Umida Xasanova hamkorlikda “Islomshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari uchun “Tabiatni asrang!” shiori ostida “Ekologik madaniyat – bugun va kelajak” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Suhbat davomida talabalarga Ekologik ma’rifat, ta’lim va tarbiya, ekologik madaniyatni shakllantirish yuzasidan ma’lumot va tavsiyalar berildi. Insoniyatning ekologik dunyoqarashi – Ekologik madaniyat, insoniyatning ekologik tushunchalarini o‘z ichiga oladi, masalan, amaliy ekologik harakatlarning ahamiyatini, insoniyatning tabiat bilan o‘zaro munosabatlarini, tabiatni himoya qilish va muhitni qo‘llab-quvvatlashning muhimligini anglashni talab qiladi.Talabalarga O’zbekiston Respublikasi ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo’mitasi bilan hamko

Batafsil
Akademiya “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan bellashuvlarga mezbonlik qildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilgan bellashuvlarga mezbonlik qildi

Ayni paytda yurtimiz boʻylab oliy taʼlim muassasalari talabalarini sogʻlom turmush tarziga boʻlgan ijobiy munosabatni rivojlantirish maqsadida hududlarda sportning yengil atletika, voleybol, mini futbol, stol tennisi, stritbol kabi turlari bo‘yicha musobaqalar oʻtkazilmoqda. “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oʻtkazilayotgan bellashuvlarning Toshkent shahar bosqichi “B” guruhi ishtirokchilarining bahslariga Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi mezbonlik qildi.Sportning stritbol turi boʻyicha oʻtkazilgan bellashuvlarda Mirzo Ulugʻbek nomidagi Oʻzbekiston Milliy universiteti, Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti, Toshkent kimyo-texnologiya instituti, Toshkent tibbiyot akademiyasi hamda “Millat umidi” universiteti talaba qizlari bahs olib bordilar.Bellashuvda talaba qizlar o‘z mahoratlarini namoyish etishdi. Yakunda Oʻzbekiston davlat jahon tillari universiteti jamoasi keyingi

Batafsil
Akademiyada dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlarni radikalizm va ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!” mavzusida davra suhbati о‘tkazildii. “Ma’rifat soati” doirasida tashkil etilgan tadbirda Akademiya profilaktika inspektori Muhriddin Hikmatov, “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti M.Ismoilov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ssayyora Chiniyeva, tyutor Nigina Ruzimova va “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 3-kurs talabalari ishtirok etdilar.Tadbirda yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, odob-axloq qoidalariga rioya qilishlari lozimligi qayd etildi.Davra suhbati yakunida talabalar radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashish borasida o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.

Batafsil
Talabalar uchun hamkorlikda dars mashgʻulotlari o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun hamkorlikda dars mashgʻulotlari o‘tkazildi

Mumtoz sharq filologiyasi “Psixologiya (din sotsiopsixologiyasi)” taʼlim yoʻnalishi 3-kurs rus guruhi talabalari professor Zebo Kasimova boshchiligida M.V.Lomonosov nomidagi Moskva davlat universitetining Toshkent shahri filialiga tashrif buyurdilar. Tashrif chogʻida Moskva davlat universiteti “Psixosemantik tadqiqotlar” laboratoriyasi katta ilmiy xodimi, psixologiya fanlari nomzodi Olga Mitina tomonidan psixodiagnostika fani boʻyicha dars mashgʻulotlarida ishtirok etildi. Din psixologiyasi va pedagogika kafedrasi tomonidan amalga oshirilayotgan mazkur tadbir talabalar akademik mobilligi doirasida bir oy muddat oʻtkazishga moʻljallangan boʻlib, ushbu davrda talabalar psixodiagnostika moduli boʻyicha kasbiy kompetensiyalarga, laboratoriya ishlariga doir bilim, koʻnikma va malakalarini filial bazasida tashkil etilgan psixologik laboratoriyalarda sinab koʻrish imkoniyatiga ega boʻladilar. S

Batafsil
“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining Akademiya bosqichi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

“Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining Akademiya bosqichi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kitob – mening do‘stim” respublika ko‘rik-tanlovining oliy ta'lim muassasasi bosqichi o'tkazildi. Unda 14 nafar kitobxonlikka qiziquvchi yosh ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilari “Bilimdon kitobxon” sharti doirasida test savollari, “Annotatsiya mahorati” hamda “Kitobxonlik va mutolaa madaniyatini keng targ‘ib etish” shartlari bo'yicha bellashdilar.Eng yuqori natijani qo‘lga kiritgan talaba tanlovning keyingi bosqichiga yo‘llanmani qo'lga kiritdi.

Batafsil
Ko'rinish