Mustaqil O‘zbekiston: tarix, istiqlol va yangi ufqlar
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri G‘ayrat Rasulov boshchiligidagi “Xalqaro munosabatlar” ta’lim yo‘nalishi talabalari Islom Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasida bo‘ldilar.Mazkur tashrif “O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanidan mavzu mazmunini talabalarga yetkazib berish maqsadida ochiq dars mashg‘uloti tarzida tashkil etildi. Sayyor dars davomida talabalarga mustaqil O‘zbekiston Respublikasi tashkil topishining tarixiy ahamiyati majmuadagi fotosuratlar, hujjatlar va smart ekranlardagi videoroliklar orqali tushuntirib berildi. Shuningdek, talabalar majmuaga tashrifi davomida O‘zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimovning hayoti va faoliyatiga tegishli kolleksiya va turli eksponatlar bilan tanishishdi. Majmua tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr bildirildi.Ma’lumot o‘rnida aytish
Batafsil
Akademiyada dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlarni radikalizm va ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda fakulteti dekani Jahongir Tohirov, dekan o‘rinbosari Ramziddin Isoqjonov, “Islomshunoslik va islom sivilazatsiyasini o’rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti v.b. Nigora Xakimova, “Ijtimoy fanlar va huquq” kafedtasi dotsenti v.b. Saidafzal Saidjalolov, tyutor Umida Xasanova hamda talabalar ishtirok etdilar.Tadbirda yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta ekani qayd etildi.Tadbir yakunida talabalar radikalizm va ekstremizmga qarshi kurashish yo‘llari bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi va o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.
Batafsil
Ma’rifatli jamiyat – jaholatni qoralaydi
Bugungi globallashuv davrida dunyoda sodir bo‘layotgan turli taloto‘plar, nizolar, g‘oyaviy xurujlar har birimizni har daqiqa ogohlikka undashi zarur. Buning oldini olish maqsadida joylarda “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida soha mutaxassislari, ekspertlar ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda. Ana shunday tadbirlardan biri Qo‘qon shahrida o‘tkazildi. Qo‘qon davlat pedagogika instituti hamda 46-umumta’lim maktabida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida targ‘ibot tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi o‘qituvchisi Jasurbek Abduqodirov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Davra suhbatida Akademiya o‘qituvchisi Jasurbek Abduqodirov bugungi kunda muqaddas islom dinimizning insonparvarlik g‘oyalarini targ‘ib etish, “Jaholatga qarshi – ma’rifat” tamoyili asosida unib-o‘sib kelayotgan yoshlarimiz
Batafsil
Akademiyada “Mushoira” klubi tomonidan tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mushoira” klubining ilk davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda akademiya ustozlari, klub a’zolari va mehmonlar ishtirok etdilar.Dastlab, loyiha rahbari Lola Azimova talabalarni “Mushoira” klubining maqsadi, vazifalari va faoliyati bilan tanishtirib o‘tdi.Tadbir davomida ijodkor talabalar o‘z she’rlari va hikoyalari hamda ifodali o‘qishlari bilan barchani bahramand etdilar.Klub a’zolari orasidan loyiha koordinatori etib Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti 2-bosqich talabasi Moxlaroyim Quqonboyeva tanlab olindi.Shuningdek, “Mushoira" klubini kelajakdagi istiqbolli rejalari belgilab olindi.
Batafsil
Yoshlarning porloq kelajagi uchun ovoz berdim
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi hamda mahalliy Kengashlar deputatligiga saylovlar Andijon viloyatining barcha tuman va shaharlarida qizg‘in davom etmoqda. Andijonliklar saylovda ko‘tarinki kayfiyat va faollik bilan ishtirok etmoqda. Saylovlar jarayonini kuzatib, ayrim yurtdoshlarimizning saylovdagi ishtiroki va saylovlar xususidagi fikr-mulohazalari bilan tanishdik.Husniyabonu Jonibekova, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi magistri, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindori: – Men Xo‘jaobod tumanidagi o‘zim yashaydigan “Gara Guri” mahalla fuqarolar yig‘ini idorasida joylashgan 752-saylov uchastkasiga kelib, o‘zim munosib deb bilgan nomzodlarga ovoz berdim. Saylov uchastkasida saylovchilar uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mamlakatimizda yoshlarning o‘z iqtidor va salohiyatlarini to‘laqonli namoyon etishlari, yaratib berilgan keng imkoniyatlar samarasi o‘l
Batafsil
Akademiya vakillari taniqli ijodkor Yayra Sa’dullayeva xonadonida bo‘ldilar
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Habibullo Sagdiyev, Muhabbatxon Agzamova, Nigora Xakimova hamda Nilufar Toʻychiyeva “Gulxan” va “Gʻuncha” jurnallarida qariyb ellik yil davomida bosh muharrir lavozimida ishlagan jurnalist Yayra Sa’dullayeva xonadoniga tashrif buyurdilar. Yayra Sa’dullayeva Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan madaniyat xodimi unvoni, 2-darajali “Sogʻlom avlod uchun” ordeni bilan mukofotlangan. Yayra Sa’dullayeva mehnat faoliyatini 1958-yilda “Yosh leninchi” gazetasida boshlagan. 1959-1960-yillarda Yoshlar Ittifoqi Markaziy qoʻmitasi matbuot kotibi, 1961-1963-yillarda “Yosh leninchi” gazetasida muharrir oʻrinbosari sifatida faoliyat yuritgan. 1964-1972-yillarda “Gulxan” jurnali bosh muharriri sifatida yoshlar tarbiyasiga hissa qoʻshish bilan birga, ularning iqtidorini yuzaga ch
Batafsil
Akademiyaning 6 ta jamoasi “ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasining keyingi bosqichiga yo‘l oldi
Kuni kecha “ICPC Uzbekistan” Respublika talabalar olimpiadasining hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalaridan iborat 6 ta jamoa Respublika bosqichiga yo‘lllanmani qo‘lga kiritdi.Respublika bosqichi joriy yilning 17-noyabrida Toshkent shahrida bo‘lib o‘tadi. Respublika bosqichida yuqori natijalarga ega bo‘lgan jamoalar 2024-yilning 13-15 dekabr kunlari Sankt-Peterburg, Novosibirsk, Astana va Tbilisi shaharlarida bo‘lib o‘tadigan Shimoliy Yevroosiyo finalida ishtirok etadilar.Shu fursatdan foydalanib, Akademiya jamoalariga kelgusi bosqichlarda omad tilaymiz.
Batafsil
Doktorantlar tomonidan ma’ruza darsi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida “Ilmiy tadqiqot ishida obyekt va predmet tushunchalari” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Unda “Dinshunoslik” ixtisosligi 1-kurs tayanch doktorantlari Dilfuza Mirzaxonova va Nozima Agzamova mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.Davra suhbatida Xotin-qizlar bo'limi uslubchisi Nilufar Aliboyeva, tyutorlar Umida Xasanova, Javohir Sobirov hamda TTJ talabalari ishtirok etdilar.Taqdimot davomida ma’ruzachilar o'z ilmiy tadqiqotlari doirasida obyekt va predmet tushunchalari haqida umumiy ma'lumot berishdi hamda ularni ilmiy ishda qo'llay olish malakasini shakllantirishdi.Talabalar tomonidan mavzu doirasida o’zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar va kelgusi tadbir mavzusi va rejalari haqida kelishib olindi.
Batafsil
Akademiya talabalari uchun Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga ekskursiya tashkil etildi
O‘zbekiston Respublikasining birinchi Prezidenti Islom Abdug‘aniyevich Karimov nomidagi ilmiy-ma’rifiy yodgorlik majmuasi muzeyiga “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi dotsenti, iqtisodiyot fanlari nomzodi Gulnora Gulyamova, o‘qituvchi Kamoliddin Jahongirov tomonidan “Turizm (ziyorat turizmi)” ta’lim yo‘nalishlari 3-kurs talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi.Tashrif davomida talabalar Islom Karimovning serqirra faoliyati, oliyjanob insoniy fazilatlari bilan Vatanimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgani, Prezident sifatidagi butun hayoti va faoliyatini yurtimizda yangi davlat, yangi jamiyat barpo etish, mustaqilligimizni mustahkamlash, o‘zbek nomini, O‘zbekiston nomini butun dunyoga tarannum etishdek ulug‘ maqsadga bag‘ishlaganligi va istiqlol yillarida mamlakatimizda amalga oshirgan ulkan o‘zgarishlari haqida qiziqarli ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.
Batafsil
Saylov – demokratiya ko‘zgusi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari va talabalar ishtirokida “Saylov – demokratiya ko‘zgusi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi. Suhbat davomida talabalarga O‘zbekistonda saylov qonunchiligining mazmuni, shuningdek, so‘nggi yillarda saylov tizimiga kiritilgan o‘zgarishlar va qo‘shimchalar to‘g‘risida batafsil ma’lumot berildi. Yoshlarga saylov jarayonlarida faol ishtirok etish va tashkil etiladigan siyosiy jarayonlarga befarq bo‘lmaslik muhimligi haqida tushunchalar berildi. Muloqot yakunida talabalar o‘z fikr va takliflarini bildirishdi, bu esa fikr almashish hamda muhokama uchun yangi imkoniyatlar yaratdi.
Batafsil
21-oktabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Akademiyada “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari o‘rtasida Vazirlar Mahkamasining 24/1-595-sonli topshirig‘iga muvofiq, o‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganining 35 yilligi munosabati bilan “Ommaviy diktant” aksiyasi o‘tkazildi.Ushbu tadbirning maqsadi savodxonlikni oshirish va madaniy hayotning barcha sohalarida milliy boyligimiz bo'lgan o'zbek tilining rolini kuchaytirishdir.Aksiya jarayonida talabalarning o'zbek tilidagi bilimlari sinovdan o'tkazilib, ularning savodxonligini oshirishga qaratilgan qiziqarli faoliyatlar o'tkazildi. Bu kabi tadbirlar o'zbek tilini rivojlantirish va uning ahamiyatini yanada oshirishda muhim o'rin tutadi.
Batafsil
Akademiya doktoranti tomonidan taqdimot tadbiri o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ilmiy faoliyatda mnemonika metodlarining o‘rni” mavzusida tadbir o‘tkazildi.Unda “Dinshunoslik” mutaxassisligi 2-kurs tayanch doktoranti Shahzoda Abduraimova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Tadbirda Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz Turayeva, bosh mutaxassis Sirojiddin Salaxov, tyutor Maqsud Palvanov hamda talabalar ishtirok etdilar.Davra suhbatida yosh olimlar uchun xalqaro stipendiya va grantlar va tadqiqot ishining muhimligi borasida so‘z yuritildi.
Batafsil