Yangi saylov tizimi haqida targ‘ibot tadbiri oʻtkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Maʼrifat darslari” doirasida “Oʻzbekistonning yangi saylov tizimi” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi. “Xalqaro munosabatlar” kafedrasi dotsenti Nuriddin Qolqanov va tyutor Maqsud Palvanov tomonidan tashkil etilgan mazkur tadbirda “Axborot xavfsizligini boshqarish” va “Kompyuter injiniringi” yoʻnalishi 3-bosqich talabalari ishtirok etdi.Davra suhbati davomida talabalarga Oʻzbekistonda saylov qonunchiligining mazmuni va soʻngi yillarda kiritilgan oʻzgartish va qoʻshimchalar, ayniqsa, 2024-yil 27-oktabrdagi ilk marotaba Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari saylovini aralash saylov tizimi (majoritar va proporsional) asosida oʻtkazishning oʻziga xos jihatlari batafsil tushuntirildi. Talabalar oʻzlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.
Batafsil
Akademiya talabalar turar joyida seminar-trening o‘tkazildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar turar joyida tasdiqlangan reja jadval asosida “Talabalarning maʼnaviy-axloqiy holatiga salbiy taʼsir koʻrsatuvchi huquqbuzarlik, giyohvandlik, axloqsizlik kabi muammolarni bartaraf etishning samarali yoʻllari” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy davra suhbati boʻlib oʻtdi.Davra suhbatini “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi professor-oʻqituvchilari Azamat Nazarov, Mirmuhsin Akramovlar olib bordi.Tadbir qizgʻin ruhda olib borilib, savol-javoblarga boy boʻldi va seminar-trening yakunida talabalar esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.
Batafsil
Teatr bu – ibratxonadir
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari tyutorlar Umidjon Xodjayev, Yoqubjon Bazarov va Sardorbek Qosimov hamrohligida Oʻzbek milliy akademik drama teatrida namoyish etilgan “Adolat fasli” nomli spektaklga tashrif buyurdilar.Mazkur spektakl temuriylar uygʻonish davri yaratuvchisi, ilm-fan, meʼmorchilik, sanʼat va adabiyot homiysi buyuk davlat arbobi ulug’ sarkarda Amir Temur haqida hikoya qiladi. O‘zbekiston xalq shoiri Usmon Azimning asari asosida sahnalashtirilgan spektaklda bosh qahramon – Amir Temur obrazini O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti Yodgor Sa’diyev gavdalantirgan. Shuningdek, spektaklda O‘zbekistonda va Qoraqalpog‘istonda xizmat ko‘rsatgan artist Dilnoza Kubayeva, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Hamid Toshpo‘latov, Farhod Abdullayev, Qahramon Abdurahimov, Behzod Muhammadkarimov ham rol ijro etishgan. Sahna asari talabalarda katta taassurot qoldi
BatafsilAkademiyada 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni keng nishonlandi
BMT Bosh Assambleyasining 2011-yil 19-dekabrdagi rezolyutsiyasiga asosan, 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni deb e’lon qilingan. Bu sana har yili jahon bo'ylab turli davlatlarda qizlarning kamsitilishi, ularning ijtimoiy muammolariga e’tibor qaratish maqsadida nishonlanib kelinmoqda. Bu muammolarga majburiy nikoh, ularning ta’lim va sog‘liqni saqlash xizmatlaridan foydalanishlarini ta’minlash kabi holatlar kiradi.BMTga a’zo davlatlar, xalqaro tashkilotlar, fuqarolik jamiyatining turli tuzilmalariga ushbu kunni keng miqyosda nishonlash, shuningdek, butun dunyoda qizlarning hayot tarzi, yashash sharoitlari, huquq va erkinliklari bilan bog'liq holatlarni o'rganish tavsiya etiladi. Qizlar oila, jamiyat, butun millatni o‘zgartirishga qodir kuch.11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni hamda 15-oktabr – Xalqaro qishloq ayollari kuni munosabati bilan Akademiyaning Islomshunoslik fakulteti talaba-qizlari h
Batafsil
Talaba qizlar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 11-oktabr – Xalqaro qizlar kuni munosabati bilan talaba qizlar o‘rtasida sport musobaqalari o‘tkazildi.Bellashuvlar “Sening tashabbusing – sening kelajaging!” shiori ostida talaba qizlar orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etish va ularni ommaviy sportga keng jalb etish maqsadida tashkil etildi.Ishtirokchilar mini futbol, voleybol, shaxmat-shashka, arqon tortish, “Quvnoq estafeta” kabi sport turlari bo‘yicha bellashdilar.
Batafsil
Talabalar “Turon axborot-kutubxona markazi”ga tashrif buyurishdi
Talaba yoshlar orasida kitobxonlikni keng targʻib qilish maqsadida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tyutorlari M.Palvanov, S.Qosimov Axborot-resurs markazi xodimlari bilan hamkorlikda “Turon axborot-kutubxona markazi”ga tashrif buyurishdi.Mazkur tashrif “Xalqaro jurnalistika” yo‘nalishi 3-kurs talabalari hamda “Turizm va mehmondoʻstlik” yoʻnalishi 1-kurs talabalari uchun tashkil etildi.Tashrif davomida talabalar 400 mingdan ziyod kitob fondiga ega “Turon” kutubxonasi va Axborot-resurs markazining ish faoliyati hamda yangi kitoblar bilan tanishib, kutubxonaga aʼzo boʻlishdi. Tashrif talabalarda katta taassurot qoldirdi.
Batafsil
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari bilan uchrashuv oʻtkazildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida tahsil olayotgan, muddatli harbiy xizmatni oʻtagan hamda oʻz xohishiga koʻra “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzoligiga qabul qilingan yoshlar yangi oʻquv yilidagi oʻz faoliyatlarini boshladi.Maʼlumot oʻrnida aytish joizki, Akademiya talabalari orasidan saralab olingan “Qalqon” guruhining koʻngilli yoshlari Akademiya va yotoqxona hududida jamoat tartibini saqlash, huquqbuzarliklar profilaktikasi va jinoyatchilikka qarshi kurashish, ijtimoiy-maʼnaviy muhitni barqarorlashtirishda profilaktika inspektorlariga yaqindan yordam berishadi.Jamoatchilik guruhi faoliyati Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi,Mudofaa vazirligi, Ichki ishlar vazirligi, Milliy gvardiya hamda Yoshlar siyosati va sport vazirligi huzurida tashkil etilgan “Qalqon” jamoatchilik guruhlari faoliyatini muvofiqlashtirish boʻyicha Respublika Ishchi guruhi tomonidan muvofiqlashtirilad
Batafsil
Talabalar teatrga tashrif buyurdi
Inson maʼnaviy olamini yuksaltirishda, ong va tafakkurini teranlashtirishda teatr sanʼatining oʻrni beqiyos. Zero, sanʼat odamlarni ezgulikka chorlaydi, yaxshilikka undaydi, eng goʻzal his-tuygʻularni inʼom etadi. Teatr shunchaki oddiy tomoshaxona emas, balki tarbiya, madaniyat, maʼnaviyat va maʼrifat maskanidir.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti 1-bosqich talabalari fakultet tyutori Yoqubjon Bazarov hamrohligida Oʻzbek milliy akademik drama teatrida namoyish etiladigan “Oʻzbekcha raqs” nomli spektaklga tashrif buyurdilar.“O‘zbekcha raqs” asari muallif Nurilla Abbosxon qalamiga mansub bo‘lib, spektakl oʻzbek yigitini yaxshi koʻrib qolgan rus qizini taqdiri haqida boʻlib, turmush oʻrtogʻini, qaynonasini mehribonchiliklari bilan qiyinchiliklarni bosib oʻtib, oʻzbek urf-odatlarini oʻrganib oʻzbek ayoliga aylanadi. Spektaklda umuminsoniy gʻoyalar ulug
Batafsil
Talabalar turar joyidagi sharoitlar o‘rganilishi davom etmoqda
Poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining yangi 400 o‘rinli, yetti qavatli talabalar turar joyi talabalar ixtiyoriga topshirilgan.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari Nigina Ro‘zimova va Dilxush Abduvaliyev mazkur TTJda bo‘ldilar.Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, turar joyning ichki tartib-intizom qoidalariga to‘liq rioya etish holatlari o‘rganildi. Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalarning muammolarini aniqlash va bartaraf etish, talaba-qizlarning o‘z iqtidorlari bo‘yicha turli xil to‘garaklarga jalb etishga alohida urg‘u berildi.Bundan tashqari, mutaxassisliklari boʻyicha puxta bilim olishlari, koʻproq kitob oʻqishlari, fakultetda hamda TTJ da tashkil etilgan to‘garaklarda faollikni oshirib, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishlari kerakligi bo‘yicha
Batafsil
Akademiya talabasi O‘zbekiston chempioni bo‘ldi
Kuni kecha Samarqand viloyatida sportning Turon yakka kurashi bo‘yicha O‘zbekiston chempionati bo‘lib o‘tdi.Mazkur musobaqada sportchilar turli toifalar bo‘yicha g‘oliblik uchun bahs olib borishdi.Ahamiyatlisi, ushbu chempionatda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 3-bosqich talabasi Mumtoz Ubaydullayev 75 kilogramm vaznda muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Yakunda Akademiya talabasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, O‘zbekiston chempionga aylandi.Shu munosabat bilan bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida chempionni qutlash uchun davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviy va ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov hamda talabalar ishtirok etdilar.Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar Akademiya talabasining mazkur yutug‘i bilan tabrikladilar.O‘z navbatida Akademiya talabasi mazkur sport turi haqida
Batafsil
Akademiya mas’ullari tomonidan talabalar uchun “Ma’rifat soat”lari o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik” yo‘nalishi 2-kurs, “Dinshunsolik” yo‘nalishi 1-kurs, “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yo‘nalishi 1-kurs hamda “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun “Ma’rifat soat”lari tashkil etildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i R.Gaipnazarov ishtirok etdi.Uchrashuvlar doirasida Akademiya ichki tartib-qoidalari, talabalik guvohnomasidan foydalanish tartibi va boshqalar haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, talabalarning taklif-mulohazalari hamda tashabbuslari o‘rganildi.
Batafsil
Akademiyada “Zakovat” intellektual o‘yinlarining yangi mavsumi boshlandi
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zakovat” intellektual o‘yinlarini o‘tkazish muntazamlik kasb etgan. Bugun ham “Zakovat” intellektual o‘yinlarining joriy yilgi mavsumining ochilish bahslari o‘tkazildi.Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti tomonidan tashkil etilgan bilim bellashuvida so‘zga chiqqanlar tomonidan keyingi yillarda “Zakovat” intellektual o‘yini aholi, ayniqsa, yoshlar orasida tobora ommalashib borayotgani e’tirof etildi.Darhaqiqat, davlatimiz rahbari tomonidan 2022-yilning 20-yanvarida “Zakovat” intellektual o‘yinini aholi o‘rtasida ommaviy-ma’rifiy harakatga aylantirish va boshqa intellektual o‘yinlarni rivojlantirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori imzolangan edi.Mazkur qaror asosida aholi, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida intellektual oʻyinlarga qiziqish tobora ortib borm
Batafsil