Akademiya talabalari uchun amaliy-trening o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik” mutaxassisligi 2-kurs tayanch doktoranti Shahzoda Abduraimova “O‘zbekiston – Germaniya veb-saytlaridagi diniy mediakontentning o‘ziga xos xususiyatlari” mavzusida ma’ruza qildi. Ma’ruzaning asosiy qismda “Ilmiy faoliyatda mnemonika metodlarining o‘rni” mavzusida taqdimot o‘tkazdi.Ushbu treningda tyutor Umida Xasanova, “Dinshunoslik” va “Islomshunoslik” yo‘nalishi magistratura va bakalavr talabalari faol qatnashdi. Taqdimot davomida ilmiy faoliyatdagilar uchun xotirani yaxshilash, diqqatni jamlash borasida maslahatlar, qolaversa, ma’lumotlarni eslab qolishdagi, ayniqsa, xorijiy tilni o‘rganishdagi mnemonika metodlari interaktiv usuldagi o'yinlar bilan yoritib berildi.Tadbir yakunida Shahzoda Abduraimovaning “Mnemonika” kitobi talabalarga va kutubxonaga sovg‘a sifatida taqdim etildi. “Supercard” deb nomlangan ingliz tili+mnemonika
Batafsil
Akademik litseyda oʻquv jarayoni sifati va samaradorligi tubdan oshiriladi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi akademik litseyga Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlari bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov hamda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chinniyeva muassasa o‘quv faoliyatini o‘rganish maqsadida tashrif buyurdilar.Tashrif davomida akademik litseyda yaratilgan shart-sharoitlar, o‘quv jarayonlari, dars mashg‘ulotlarining sifati va tartibi, o‘quv adabiyotlarining holati kabi dolzarb masalalar tahlil etildi. Shuningdek, o‘quvchi-yoshlarning ma’naviy-ma’rifiy salohiyatini oshirish, yurtimizda yoshlarga berilayotgan imkoniyatlardan oqilona foydalanish borasida fikr-mulohazalar bildirildi.Ma’lumot o‘rnida aytish kerak, bugungi kunda akademik litseyda 280 nafar o‘quvchiga 28 nafar asosiy shtatdagi malakali pedagog o‘qituvchi saboq berib kelmoqda.Darslar bir smenada tashkil etilgan bo‘lib, davlat ta’lim standartl
Batafsil
Akademiya tayanch doktoranti tomonidan seminar-trening mashg‘uloti o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazida “Yosh olimlar uchun xalqaro grant va stipendiyalar” mavzusida seminar-trening bo‘lib o‘tdi. Unda Dinshunoslik mutaxassisligi 2-kurs tayanch doktoranti Shahzoda Abduraimova mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Taqdimot davomida xalqaro grant va stipendiyalar haqida umumiy tushuncha, hujjat to‘ldirish jarayonlari, qolaversa, Pivot-RP grantlar veb-sayti haqida ma’lumot berildi.Qolaversa, taqdimotchi grant yutishda o‘zining shaxsiy tajribalari bilan o‘rtoqlashdi. “Yosh olimlarni ilmiy stajirovkaga yuborish”, “ICESCO stipendiyasi”, ilmiy konferensiyalar va yozgi maktablar borasida savol-javoblar o‘tkazildi.
Batafsil
Yong‘in xavfsizligi qoidalariga amal qiling!
Kunlar qisqarib, havo sovib borishi sayin isitish moslamalariga ehtiyoj ortib boradi. Bu davrda tabiiy gaz yoki muqobil yoqilg‘i mahsulotlaridan foydalanish hajmi keskin oshadi. Buning natijasida bu kabi texnik vositalardan foydalanish chog‘ida ehtiyot choralariga amal qilmaslik holatlari ko‘p uchraydi. Natijada yong‘in xavfi kelib chiqish ehtimoli ortadi. Shu kabi favqulodda vaziyatlarning oldini olish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Unda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktika katta inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov, Toshkent shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi Shayxontohur tumani vakillari, katta leytenantlar – Xojiakbar Saydaliyev, Rasul Mamasonov, kichik serjant Shukurillo Nishonboyev, Akademiya Texnik-foydala
Batafsil
Akademiya mas’ullari tomonidan talabalar turar joyidagi sharoitlar o‘rganildi
Xabaringiz bor, 2024-2025-o‘quv yilida poytaxtimizning Mirzo Ulug‘bek tumanida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining yangi 400 o‘rinli, yetti qavatli talabalar turar joyi talabalar ixtiyoriga topshirildi.Bugun “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Sayyora Chinniyeva, “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi mudiri Roziya Matibayeva hamda tyutor Nigina Ro‘zimova mazkur TTJda bo‘ldilar.Tashrif davomida talabalarning yashash sharoitlari, turar joyning ichki tartib-intizom qoidalariga to‘liq rioya etish holatlari o‘rganildi. Texnika xavfsizligi qoidalariga amal qilish haqida tushuntirish ishlari olib borildi. Shuningdek, talabalarning muammolarini aniqlash va bartaraf etish yo‘llarini izlash, talaba-qizlarning o‘z iqtidorlari bo‘yicha turli xil to‘garaklarga jalb etishga alohida urg‘u berildi.
Batafsil
Ilmning sehrli olamiga sayohat
Kitob insoniyat tarixidagi eng ajoyib mo‘jizadir. Kutubxona esa insonlar uchun ajoyib dunyolar, tarix, madaniyat va bilimlar eshiklarini ochib beradi.Joriy yilning 23-sentabr kuni Toshkent shahar “Bilim” axborot-kutubxona markaziga O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi o‘qituvchilari va talabalari uchun ekskursiya tashkil etildi. “Ilmning sehrli olamiga sayohat” mavzusidagi ekskursiya kutubxonaga sayohat ishtirokchilar uchun bilimlar olamiga haqiqiy sayohatga aylandi. Ekskursiya davomida kutubxonaning imkoniyatlari hamda undagi barcha adabiyotlar bilan tanishib, o‘zlarni qiziqtirgan savollarga javob oldilar.
Batafsil
Jaloliddin Manguberdi – mardlik va jasorat timsoli
Toshkent viloyati Ichki ishlar bosh boshqarmasi shaxsiy tarkibi uchun navbatdagi maʼnaviy-maʼrifiy dars soati boʻlib oʻtdi.Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, “Ma’rifat” targ‘ibotchilar jamiyati a’zosi Ra’no O‘razova “Jaloliddin Manguberdi – mardlik va jasorat timsoli” mavzusida ma’ruza qildi. Akademiya vakili yurt ozodligi yo‘lida jonini fido qilgan dovyurak kurashchi, milliy qahramon, jahon xalqlari tarixida o‘chmas iz qoldirgan Jaloliddin Manguberdining vatanparvarlik borasidagi xizmatlarini tarixiy ma’lumotlar bilan yodga oldi.Hurriyat yo‘lida mardlarcha kurashib, jonini fido qilgan dovyurak sarkarda Jaloliddin Manguberdi tarixda o‘chmas iz qoldirgan milliy qahramon ekanini e’tirof etdi.Chindan ham Jaloliddin Manguberdi boshiga ne bir musibat tushmasin, faqat va faqat Vatan, istiqlol, istiqbolini o‘ylagan mard va jasur shaxs. Jasorat va mardlik timsoli, qahramon
Batafsil
Yangi O‘zbekiston: ma’naviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar
Bugun Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi huzuridagi Ijtimoiy-ma’naviy tadqiqotlar instituti tomonidan “Yangi O‘zbekiston: ma’naviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘tkazildi.Mazkur konferensiyada respublika oliy taʼlim muassasalarining Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar boʻyicha birinchi prorektorlari hamda boʻlim boshliqlari ishtirok etdi.Anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar bilan ishlash, maʼnaviyat va maʼrifat boʻlimi boshligʻi, pedagogika fanlari boʻyicha falsafa doktori Rahmatilla Gʻoyibnazarov “Yoshlarni mafkuraviy tahdidlar xavfidan saqlash – tarbiyaning muhim omili” mavzusidagi maʼruzasi bilan qatnashdi.Аnjumanda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan qo‘yilgan muammolar va taklif etilgan yechimlar, ma’naviy jarayonlar va mafkuraviy tahdidlar bo‘yicha tajriba almashinuvlar, nazariy xulosala
BatafsilAkademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan dolzarb mavzudagi spektakl namoyish etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Najot – taʼlimda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostida “Mustaqillik darslari” doirasida talabalar teatr studiyasi tomonidan dramaturg Nasrullo Qobilning “To‘da” asari asosida “Adashganlar” spektakli taqdim etildi.Mazkur spektakl talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.Asar maktab va kollej oʻquvchilarining notinch va noqobil oila muhiti tufayli ayrim toʻdalarga qoʻshilib asr vabosi boʻlgan giyohvandlikka roʻju qoʻyishgani, giyohvandlik balosi esa oxir-oqibatda fojiali yakun topishi haqida hikoya qiladi.Spektakl yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.Spektakl namoyishida
Batafsil
“Mahmudxo‘ja Behbudiy” hujjatli filmi namoyish etildi
Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, ma’rifarparvar alloma, yozuvchi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi hisoblanadi. So‘nggi yillarda mutafakkirning hayoti va ijodini o‘rganish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ilmiy konferensiyalar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” doirasida 1-bosqich talabalari uchun “Mahmudxo‘ja Behbudiy” hujjatli filmi namoyish etildi.Film Kinematografiya agentligi hamda “BRAND PRO MEDIA” studiyasi hamkorligida “Xalq yuragi” turkumi ostida tayyorlangan. Film ssenariysi “Ziyo” media markazi direktori Abduhamid Muxtorov qalamiga mansub. Eslatib o‘tamiz, mazkur film O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning 2020-yil
Batafsil
Akademiyada “Mustaqillik darslari” davom etmoqda
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda” shiori ostidagi “Mustaqillik darslari” doirasida 1-bosqich talabalari uchun Iqtidorli talabalar ilmiy faoliyatini tashkil etish bo‘limi tomonidan davlat yoki maxsus stipendiyalar to‘g‘risida ma’lumotlar berildi.Uchrashuvda Iqtidorli talabalar ilmiy faoliyatini tashkil etish bo‘limi muhandisi Xusniddin Xolmatov davlat yoki maxsus stipendiyalar haqida talabalarga atroflicha ma’lumot berdi.Shuningdek, tadbirda Shayxontohur tumani 3-sonli ichki ishlar bo‘limi huquqbuzarlik profilaktika katta inspektori, kapitan Muhriddin Hikmatov tomonidan profilaktik tushuntirish ishlari olib borildi.
Batafsil
Akademiyada mahalla yoshlari uchun sport bellashuvlari o‘tkazildi
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti rahbarligida 2024-yil 28-iyun kuni faol va tashabbuskor yoshlar bilan oʻtkazilgan uchrashuv videoselektor yigʻilishining 31-sonli bayonida belgilangan vazifalarning ijrosi hamda Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 22-iyul 3/15-31-2024-26-son xati ijrosini taʼminlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida sport bellashuvlari o‘tkazildi.Ushbu bellashuvlar yoz mavsumida mahalla yoshlarining boʻsh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida tashkil etildi.Unda Shayxontohur tumanida joylashgan “Jangoh”, “Labzak” va “O‘rda” mahalla fuqarolar yig‘inlari yoshlari sportning futbol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha bellashdi.Musobaqalarni Akademiya birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov ochib berdi. 10 yoshdan 15 yoshgacha bo'lgan yoshlar o‘rtasidagi futbol musobaqalarida “Labzak” MFY yoshlari g‘alaba qozongan bo‘lsa,
Batafsil