Talabalar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida sportning stol tennisi va shaxmat-shashka bo‘yicha sport musobaqasi o‘tkazildi.Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqaning dastlabki qismida Akademiya fakultetlari talabalaridan jamoalar shakllantirilib, har bir fakultet kesimida saralash o‘yinlari o‘tkazildi.Fakultetlar bosqichida g‘alaba qozongan talaba-sportchilar g‘oliblik uchun bellashdi.
Batafsil
Bitiruvchi kurs talabalarining malakaviy amaliyoti bo‘yicha hisobot tinglandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar" kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Xalqaro munosabatlar” 4-kurs talabalarining 2 haftalik malakaviy amaliyoti hisoboti bo‘lib o‘tdi.Hisobotda talabalar amaliyot davomida bajargan ishlari haqida ma’lumot berishdi. Amaliyot rahbarlari va o‘qituvchilar tomonidan talabalarning amaliyot davridagi yutuq va kamchiliklari muhokama etildi.
Batafsil
Talabalar uchun oʻquv-tanishuv amaliyoti davom etmoqda
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti “Yurisprudensiya” yoʻnalishi 1-kurs talabalari uchun oʻquv-tanishuv amaliyoti oʻtkazildi. Talabalar Toshkent tumanlararo mamuriy sudiga va Jinoyat ishlari bo‘yicha Shayxontohur tuman sudi, Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markaziga va Fanlar akademiyasi tasarrufidagi Davlat va huquq institutiga tashrif buyurdilar.Tashrif davomida talabalarga muassasalar faoliyati haqida maʼlumot berildi.
Batafsil
Talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bahslari o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar oyligi” doirasida sportning voleybol turi bo‘yicha fakultetlararo musobaqa bo‘lib o‘tdi. Mazkur musobaqada Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti qizlari jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Jamoa a’zolari “Rektor kubogi” sovrindori bo‘ldi.
Batafsil
O‘quv-tanishuv amaliyoti talabalar uchun samarali o‘tmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-bosqich talabalarining o‘quv-tanishuv amaliyoti bo‘lib o‘tmoqda.Akademiya talabalari amaliyot jarayonida poytaxtimizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxonalarga tashrif buyurib, muassasa faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.Jumladan, talabalar tanishuv amaliyoti davomida O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Oʻzbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston musulmonlari idorasi, Hazrati Imom majmuasi, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, O‘zbekiston tarixi davlat muzeyi, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi, Temuriylar tarixi davlat muzeyi hamda Respublika bolalar ijtimoiy moslashuv markazi kabi muassasalarga tashrif buyurdilar.Talabalar tashrif davomida tashkilotlarning faoliyati bilan yaqindan tanishdilar.
BatafsilO‘quv-tanishuv amaliyoti davom etmoqda
Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-bosqich talabalarining o‘quv-tanishuv amaliyoti bo‘lib o‘tmoqda. Akademiya talabalari amaliyot jarayonida poytaxtimizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxonalarga tashrif buyurib, muassasa faoliyati haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘lmoqdalar.“Islom iqtisodiyoti va moliyasi”, “Turizm (ziyorat turizmi)” hamda “Jahon iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari amaliyot rahbarlari bilan birgalikda Toshkentdagi Japan digital universitetiga tashrif buyurishdi. Talabalar tashrif chog‘ida universitetdagi mavjud ta’lim sohalari, shart-sharoitlar, o‘qitish tizimi hamda kutubxona fondi bilan tanishdilar.Shuningdek, universitet rektori Ravshan Mamajonov bilan talabalarning qiziqarli suhbati ham amalga oshdi. Universitet rektori talabalarga Yalpi ichki mahsulot bo‘yicha dunyo yetakchilaridan biri bo‘lgan Yaponiy
Batafsil
Talabalar uchun sayyor dars
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Xalqaro jurnalistika” ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun Toshkent shahar sudiga sayyor dars tashkil etildi.“Jurnalistika huquqi va etikasi” fani doirasida “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi Sadoqat Maxsumova boshchiligida o‘tkazilgan sayyor darsga Toshkent shahar sudi Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar bo‘yicha bosh maslahatchisi Zokirjon Qo‘ziboyev hamrohlik qildi.Talabalar odil sudlovni amalga oshirish jarayonlari, inson qadri, huquq va manfaatlarini himoya qilish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishdilar.Darslarda olgan nazariy bilimlarni amaliyotda qo‘llashda bu kabi sayyor dars talabalar uchun manfaatli bo‘ldi.Umida MURODXONOVA,O'zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi
Batafsil
Talabalar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi
Choy barchamizning sevimli ichimligimiz bo‘lib, tarixi uzoq ming yilliklarga borib taqaladi. Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasi butun dunyoda choyning uzoq tarixi, chuqur madaniy va iqtisodiy ahamiyatini e’tirof etib, xalqaro choy kunini nishonlashni taklif etgan.Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro choy kuni” hamda “Atlas va adras sayli”ga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda talabalar ishtirok etdilar.Tadbir davomida talabalar tomonidan choyning inson organizmiga foydali jihatlari, choy turlari, shifobaxsh xususiyatlari haqida ma’lumot berildi. Xalqimiz uchun sevimli bo‘lgan “Suyunchi” filmidagi Anzirat buvining sovchilikka borgandagi choy epizodi talabalar tomonidan ijro etildi.Shu
BatafsilSog‘lom va xavfsiz hayot sari
Kashandalik inson salomatligi uchun o‘ta xavfli ekani allaqachon isbotlanganiga qaramasdan, aksariyat odamlar bu illatdan hamon voz kecholmayapti.Shu bois, 1988-yilda Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti tomonidan “31-may – Xalqaro kashandalikka qarshi kurash kuni” deb e’lon qilingan. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Shayxontohur tuman 48-oilaviy poliklinika hamda Fuqaro muhofazasi instituti bilan hamkorlikda “Inson hayotida kashandalik va cho‘milish havzalaridan noto‘gri foydalanishning mudhish oqibatlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Tadbirni Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov ochib berdi. Tadbirda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib etishga qaratilgan, kashandalikning salbiy oqibatlari to‘g‘risida ma’lumot berildi.Shayxontohur tuman 48-oilaviy poliklinika shifokori Sevara Kenjayeva talabalarga tamaki mahsulotlarini ist
Batafsil
Talabalar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazildi
Aholi oʻrtasida sogʻlom turmush tarzini keng targʻib qilishni tizimli yoʻlga qoʻyish, jamiyatda sogʻlom turmush tarzi tamoyillarini yanada kuchaytirish, oʻsib kelayotgan yosh avlodni zararli odatlardan asrash borasidagi ishlar yangi va qizgʻin bosqichga chiqqan desak mubolagʻa boʻlmaydi.Oʻz navbatida aholini ommaviy sport mashgʻulotlari bilan shugʻullanishlari uchun qulay va zarur shart-sharoitlarni yaratish borasida ham bir qator ijobiy ishlar amalga oshirilmoqda.Ayniqsa, yoshlarni sportga qiziqtirish, ularni qoʻllab-quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan maqsadli va manzilli ishlar olib borilmoqda.Shu maqsadda bugun Akademiya sport zalida sport bellashuvlari oʻtkazildi. Musobaqalar shaxmat-shashka, stol tennisi, arqonda sakrash, turnikda tortilish, qo‘l yordamida yotib-turish, tosh ko‘tarish, trenajor mashqlar boʻyicha oʻtkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom
Batafsil
Diniy tashkilotlarda sayyor darslar davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Lazizaxon Alidjanova rahbarligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ma’ruza mashg‘uloti O‘zbekistondagi Bibliya jamiyatida sayyor dars sifatida tashkil etildi.“O‘zbekiston Bibliya jamiyati faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda jamiyat ijrochi direktori Yegor Popov tomonidan jamiyat tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.Ma’ruza mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
BatafsilOdob-axloq – inson ziynati
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining 2-kurs talabalariga Akademiyaning “Odob-axloq kodeksi” yana bir bora tushuntirildi.Tadbirda Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi Akademiya Boshlang‘ich tashkiloti yoshlar yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, fakultet dekani o‘rinbosari Otabek Rasulov hamda talabalar ishtirok etdilar.Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar tomonidan oliy ta’lim muassasasidagi odob-axloq qoidalari, ichki tartib-intizom haqida so‘z yuritildi. Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalarning ta’lim-tarbiya jarayonidagi o‘zaro munosabatlari, majburiyatlari bo‘yicha batafsil ma’lumot berib o‘tildi. Shu bilan birga, bugungi kunda Akademiyada olib borilayotgan t
Batafsil