Talabalar uchun seminar-trening o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Teach for Uzbekistan kompaniyasining rekruter bo‘limi boshlig‘i Nigina Rahmonova ishtirokida pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha seminar-trening o‘tkazildi.Unda Marketing va talabalar amaliyoti boʼlimi boshligʻi Gulyuz To‘rayeva, bosh mutaxassis Sirojiddin Salaxov hamda Islomshunoslik fakulteti 4-bosqich talabalari qatnashdi.Seminarda ma’ruzachi tomonidan pedagogik faoliyatni yo‘lga qo‘yish tartibi, kasb odobi, etikasi, ish faoliyatiga oid misollar orqali tushuntirishlar berildi.
Batafsil
Bitiruvchi talabalar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalar amaliyotini tashkil etish va bitiruvchi talabalarni kadrlarning asosiy iste’molchilari bo‘lgan korxona va tashkilotlardagi mavjud ish o‘rinlari bilan tanishtirish maqsadida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasining Diniy-ma’rifiy tashkilotlar va ilmiy markazlar faoliyatini muvofiqlashtirish boshqarmasi bosh mutaxassisi Muhammadodil Inomjonov, Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi boshlig‘i Gulyuz To‘rayeva, “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi mudiri Mahfuza Alimova hamda talabalar ishtirok etdilar. Uchrashuvda talabalarni korxona va tashkilotlarga ishga joylashishlarining tartib-qoidalari haqida ma’lumot berildi. Shu bilan birga, Din ishlari bo‘yicha qo‘mitasi bosh mutaxassisi Muhammadodil Inomjonov Qo‘mita faoliyati va bo‘lajak kadrlardan talab etila
Batafsil
Sayyor dars diniy tashkilotda
“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Laziza Alidjanova rahbarligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun ma'ruza mashg‘uloti Buddaviylik ibodatxonasida sayyor dars sifatida tashkil etildi.“Buddaviylik ibodatxonasi faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda ibodatxona monaxi tomonidan konfessiya tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.Ma'ruza mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Batafsil
Sport – salomatlik garovi
Bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, yoshlar, ayniqsa, xotin-qizlarni sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun keng imkoniyatlar yaratib berishga alohida e’tibor qaratilmoqda.Shu maqsadda bugun poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da magistrlar ishtirokida sport bellashuvlari o‘tkazildi.Magistraturabo‘limi boshlig‘i Ashirali Abdirashidov hamda magistrlar sportning voleybol, arqon tortish, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish etishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
“Ma’rifat” g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan talabalar o‘rtasida “Ma’rifat maydoni” respublika ko‘rik-tanlovining 2-hududiy saralash bosqichi o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining “Ma’rifat” jamoasi muvaffaqiyatli ishtirok etdi. 3 ta shart asosida tashkil etilgan bellashuvda Akademiya jamoasi Geologiya fanlar universiteti, Gubkin nomidagi Rossiya davlat neft va gaz universitetining Toshkent shahridagi flliali hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti talabalari jamoalarini ortda qoldirib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Ushbu g‘alaba tufayli Akademiyaning “Ma’rifat” jamoasi tanlovning 3-mintaqaviy bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbatiyati va jamoasi “Ma’rifat” jamoasiga kelgusi bosqichlarda ham muvaffaqiyat tilaydi.
Batafsil
“Adiblar xiyoboni”da ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi professor-oʻqituvchilari tomonidan poytaxtimizdagi “Adiblar xiyoboni”da maʼrifiy tadbir tashkil etildi.Navro‘z bayrami munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Islomshunoslik fakulteti “Tarix (Islom tarixi va manbashunosligi)” 1-bosqich talabalari qatnashdi.Adabiy uchrashuvda “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Tohir Xatamov hamda katta oʻqituvchi Ziyodilla Zinatullayev oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etishdi.Tadbir davomida talabalarga Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy faoliyati, jadidchilik harakati haqida ma’lumot berildi.
Batafsil
Akademik litsey o‘quvchisi kurash sport turida 1-o‘rinni egalladi
Respublika ixtisoslashtirilgan olimpiya zaxiralari maktab-internatida sportning milliy kurash boʻyicha “Barkamol avlod-2023” sport o‘yinlarining Toshkent shahar bosqichi oʻtkazildi. Mazkur bellashuvda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyi 2-bosqich oʻquvchisi Muxlisa Rustamova ham o‘z vazn toifasida muvaffaqiyatli ishtirok etib, faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritdi.Mazkur yutuq bilan Akademiya rahbariyati va jamoasi Akademik litsey o‘quvchisini muborakbod etib, uning kelgusidagi o‘qish va ishlariga muvaffaqiyat tilaydi.
Batafsil
Akademiya jamoasi “Zakovat” intellektual oʻyinlarida faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida Oʻzbekiston xalq demokratik partiyasi tomonidan “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.Mazkur bellashuvda respublikamizdagi 13 ta eng nufuzli oliy ta’lim muassasalarining talabalaridan iborat jamoalar qatorida Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasining “Zakovat klubi” jamoasi ham ishtirok etdi. Qizg‘in kechgan bahslar yakunida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi faxrli 2-oʻrinni egalladi. Yakunda g‘olib va sovrindorlarga badiiy kitoblar jamlamasi, faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Batafsil
Talabalar uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi katta oʻqituvchisi Saidafzal Saidjalolov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tyutorlari Zilola Nabiyeva va Javohir Sobirov tomonidan “Filologiya” va “Matnshunoslik” yoʻnalishi talabalari ishtirokida davra suhbati oʻtkazildi.Axborot va murabbiylik soati doirasidagi davra suhbati “Internetda radikalizm va ekstremizm gʻoyalari targʻibotidan ehtiyot boʻling” mavzusiga bag‘ishlandi. Tadbir davomida talabalarga ijtimoiy tarmoqlardaga radikalizm va ekstremizm gʻoyalaridan ehtiyot boʻlish, har qanday maʼlumotlarni manbasiga ahamiyat berish va diniy mazmundagi maʼlumotlarni faqat rasmiy kanallar orqali olish boʻyicha tegishli koʻrsatma va tavsiyalar berib oʻtildi. Talaba yoshlar mavzu yuzasidan oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.
Batafsil
Ta’lim va ishlab chiqarish integratsiyasi amalda
“Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturi ijrosi doirasida “REALTEX” o‘zbek-turk qo‘shma korxonasida tadbirkorlar va soha mutaxassislari bilan uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova, kafedra dotsenti Mirmuxsin Akramov va Gulruh G‘anievalar rahbarligida Din sotsiopsixologiyasi yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.Professor-o‘qituvchi va talabalar korxonaning ichki psixologik muhiti va ishlab chiqarish faoliyati bilan yaqindan tanishdi.Uchrashuv savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Batafsil
Sayyor dars diniy tashkilotda
“Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD L.Alidjanova va N.Turambetov rahbarligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun seminar mashg‘uloti To'liq Yevangel xristianlar cherkovida sayyor dars sifatida tashkil etildi.“To'liq Yevangel xristianlar cherkovi faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda cherkov pastori tomonidan cherkov tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.Seminar-mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.
Batafsil
Shoira Zulfiyaxonim tavalludiga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida betakror shoira Zulfiyaxonim tavallud topgan sana munosabati bilan “O‘zbek adabiyotshunosligida Zulfiyaxonim ijodiy merosining o‘rni” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Zulfiya Isroilova – taniqli va iqtidorli o‘zbek shoirasi. Yorqin rassom, oddiy inson qalbini o‘tkir his qilgan – mehnatkash, Sharq ayolining jamiyatdagi teng huquqi uchun mardonavor kurashgan ayol.Islomshunoslik fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilazatsiyasini o’rganish ICESCO” kafedrasi professori, DSc Ilhom Bekmirzayev, Xotin-qizlar bilan ishlash bo’limi uslubchisi Dildora Nishonova, Islomshunoslik fakulteti dekani o‘rinbosari G‘ayrat Rasulov, tyutor Umida Xasanova hamda Islomshunoslik 2-kurs talabalari ishtirok etdilar.Tadbirda talabalar bilan mushoira o’tkazilib, esdalik sovg’alari va kitoblar bi
Batafsil