O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Ehtiyojmand yoshlarni qo‘llab-quvvatlash ishlari davom etmoqda

Xabaringiz bor, 2023-yilning 11-aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida “Yoshlar siyosati sohasidagi ishlar natijadorligini oshirish hamda ular bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari” yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga Shayxontohur va Olmazor tumanlarida yashovchi 50 nafar ijtimoiy ko‘makka muhtoj yosh biriktirilgan edi.Ushbu yoshlar prorektorlar, dekanlar va kafedra mudirlari o‘rtasida taqsimot qilinib, ularning shart-sharoitlarini o‘rganish ishlari tashkil etildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiga biriktirilgan ehtiyojmand yoshlarda aniqlangan muammolarni o‘rganish, ularning holidan xabar olish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘afurov boshchiligidagi bir guruh Akademiya vakillari poyt

Batafsil
Kamoliddin Behzod – buyuk musavvir
Yoshlar bilan ishlash

Kamoliddin Behzod – buyuk musavvir

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida buyuk musavvir Kamoliddin Behzod hayoti va ijodiga bag‘ishlangan “Kamoliddin Behzod – buyuk musavvir” deb nomlangan davra suhbati bo‘lib o‘tdi.“Chet tillari” kafedrasi tomonidan Talabalar turar joyida tashkil etilgan tadbirda “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 1-kurs talabalari tomonidan taqdimotlar qilindi.Tadbirda buyuk ijodkorning hayot yo‘li hamda uning ijodiy faoliyati haqida yig‘ilganlarga ma’lumot berildi. Ayniqsa, Kamoliddin Behzod qalamiga mansub miniatyura namunalari ishtirokchilarda katta taassurot uyg‘otdi. Tadbir talabalar uchun foydali ma’lumotlarga boy tarzda o‘tdi.

Batafsil
“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

“Talabalar teatr studiyalari” tanlovi o‘tkazildi

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti hamkorligida tashkil etilgan “Talabalar teatr studiyalari” tanlovining 2-hududiy bosqichi o‘tkazildi. Tanlovning mazkur bosqichida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Talabalar teatr studiyasi tomonidan Sirojiddin Salohiddinovning “Oqqushlar” asari namoyish etildi.Asarda Mehribonlik uyi tarbiyalanuvchilari boʻlgan 7 nafar bolalarning taqdiri yoritib beriladi. Asar davomida bolalarning turfa taqdiri, ota-ona mehrisiz ulg‘ayish, dil kechinmalari hikoya qilinadi. Asar yakunida ushbu bolalar jamiyatning turli sohalarida yetuk mutaxassis sifatida xizmat koʻrsatayotganligi aks ettiriladi. Spektaklning asosiy maqsadi bugungi kundagi jamiyatimizda oilaviy nizolar, turli munosabatlar sabab begunoh bolalarning Mehribonlik uylariga topshirilishi, ularni ota-ona, aka-uka, opa-singil mehriga zor

Batafsil
Millat oydinlarini yod etib
Yoshlar bilan ishlash

Millat oydinlarini yod etib

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD G’ayrat Rasulov hamda Gulnoza Axmadjonova boshchiligida “Tarix (islom tarixi va manbashunosligi)” va “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi talabalari uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi. Mashg‘ulot doirasida talabalar Qatag‘on qurbonlari xotirasi davlat muzeyida bo‘ldilar.“O‘zbekistonning eng yangi tarixi” fanining “Sovet hokimiyatining O‘zbekistonda o‘rnatilishi va mustabid tuzumning qatag‘onlik siyosati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda o‘qituvchilar tomonidan ma’lumotlar taqdim qilindi. Majmua tarixi va bugungi kundagi ahamiyati haqida fikr bildirildi.Seminar-mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Batafsil
Dolzarb mavzuda davra suhbati tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Dolzarb mavzuda davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlarni radikalizm va ekstremizm g‘oyalaridan asrash – barqarorlik omili!” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Islomshunoslik fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilazatsiyasini o’rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti Durbek Rahimjonov, fakultet dekan o‘rinbosari G‘ayrat Rasulov, tyutor Umida Xasanova hamda talabalar ishtirok etdilar.Tadbirda yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta ekani qayd etildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar.

Batafsil
Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Lazizaxon Alidjanova va Nurulloh Turambetov boshchiligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun seminar mashg‘uloti doirasida Yevangel xristian baptistlar cherkovida sayyor dars tashkil etildi.“O‘zbekistondagi noislomiy konfessiyalar” fani “Yevangel xristian baptistlar cherkovi faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda cherkov pastori tomonidan cherkov tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.Seminar-mashgʻuloti savol-javob shaklida va qiziqarli fikr-mulohazalarga boy tarzda bo‘lib o‘tdi.

Batafsil
Bitiruvchilar talabalar hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Bitiruvchilar talabalar hamda hamkor tashkilotlar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida bitiruvchi talabalar hamda hamkor tashkilot vakillari ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Makroiqtisodiy va hududiy tadqiqotlar institutining Inson resurslarini rivojlantirish boʻlimi bosh mutaxassisi Ikrombek Raximov, ilmiy xodim Odiljon Nazarov, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi oʻquv ishlari boʻyicha prorektor Zokirjon Roʻziyev, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi mudiri Farhod Karimov, Marketing va talabalar amaliyoti boʼlimi boshligʻi Gulyuz Turayeva, bosh mutaxassis Sirojiddin Salaxov hamda talabalar ishtirok etdilar.Davra suhbatida mehmonlar so‘zga chiqib, muassasa haqida ma’lumot berdilar.Shu bilan birga, Akademiya vakillari ham oliy ta’lim dargohi, ilmiy faoliyati, bitiruvchi talabalar haqida batafsil ma’lumot berishdi. Akademiyada yaratilgan sha

Batafsil
Talabalar o‘rtasida ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar o‘rtasida ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Intellectual ring” deb nomlangan ingliz tili bilimdoni ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi. “Chet tillari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tanlovda 7 ta jamoa ishtirok etdi. Jamoalar “Dunyo tarixi”, “Ingliz adabiyoti”, “Ingliz tili grammatikasi” kabi mavzular asosidagi savollarga javob topdilar.Bellashuv yakunida g‘oliblar pul mukofoti bilan taqdirlandi.

Batafsil
Talabalarga robototexnika bo‘yicha ko‘nikmalar berildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalarga robototexnika bo‘yicha ko‘nikmalar berildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasining o‘qituvchisi, JICA volontyori Mori Yasyuki ishtirokida amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi.“Robototexnika” to‘garagi doirasida o‘tkazilgan darsda Mori Yasyuki tomonidan talabalarga masofadan boshqariluvchi robotni yig‘ish, kontrollerni mikrokompyuter bilan almashtirish hamda robotni avtomatik ravishda boshqaradigan SI dasturni yaratish kabi ko‘nikmalar berildi.Mashg‘ulot talabalar uchun foydali bo‘ldi.

Batafsil
Yoshlarni radikal g‘oyalardan asrash – barqarorlik omili
Yoshlar bilan ishlash

Yoshlarni radikal g‘oyalardan asrash – barqarorlik omili

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlarni radikal g‘oyalardan asrash – barqarorlik omili” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talabalari uchun tashkil etilgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektor maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdilar.Uchrashuvda so‘z olganlar yoshlarni turli buzg‘unchi g‘oya va radikal guruhlarga qo‘shilishini oldini olishning aniq mexanizmlarini amalga oshirish kerakligini qayd etdilar. Yoshlar ma’naviyati, odob-axloqi, bilim va ko‘nikmasini yanada oshirish borasida so‘z yuritildi. Yoshlarni turli yot g‘oyalardan asrash, ularning zamonaviy ta’lim-tarbiya olishi, komil inson bo‘lib voyaga yetishida bu kabi tadbirlarning ahamiyati katta ekani qayd etildi. Tadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qil

Batafsil
Akademiya xodimlari va talabalari o‘rtasida sport bellashuvi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya xodimlari va talabalari o‘rtasida sport bellashuvi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 351-sonli buyrug‘ining 41-bandining ijrosini ta’minlash maqsadida talaba-qizlar o‘rtasida sport musobaqasi o‘tkazildi. Voleybol va basketbol bo‘yicha o‘tkazilgan musobaqada Islomshunoslik va Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti jamoalari qatnashdilar. Islomshunoslik jamoasi 21:19 natija bilan g‘olib deb topildi. Shuningdek, sportning stol tennisi, badminton, shaxmat va shashka o‘yinlari bo‘yicha ham bellashildi. Talaba-qizlardan tashqari Akademiyaning pedagog-ustozlari ham faol qatnashdilar.

Batafsil
Sog‘lom ovqatlanish – salomatlik garovi
Yoshlar bilan ishlash

Sog‘lom ovqatlanish – salomatlik garovi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi va “Ziyo-zukko” nodavlat ta’lim muassasasi bilan hamkorlikda Talabalar turar joyida talaba-qizlar uchun “Sog‘lom ovqatlanish – salomatlik garovi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.Tadbirda to‘g‘ri ovqatlanish borasida ko‘plab nazariyalar mavjudligi va deyarli har kuni yangi ma’lumotlar paydo bo‘layotgani, eng muhimi, parhez bilan to‘g‘ri ovqatlanishni ajrata bilish kerakligi haqida so‘z bordi. Inson organizmiga eng kerakli modda bo‘lmish oqsillar, vitaminlar, uglerodlar iste’mol qilayotgan ovqat rasionida bo‘lishi kerakligi haqida suhbat qilindi. Inson tanasining normal ishlashi uchun ham go‘sht, ham sabzavotli taomlarni yetkazib berish va to‘g‘ri ovqatlanish qoidalarini bilish juda muhim ekanligi haqida fikr yuritildi. Tadbir davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar. Talabalik davrida shoshilinch tamaddi qilish asn

Batafsil
Ko'rinish