O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Talabalar yosh robot ixtirochilari koʻrgazmasida ishtirok etdilar
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar yosh robot ixtirochilari koʻrgazmasida ishtirok etdilar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tyutori Maqsud Palvanov, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmonov va yaponiyalik volontyor oʻqituvchi Mori Yasyuki hamkorligida “Axborot xavfsizligini boshqarish” yoʻnalishi 1-bosqich talabalari ishtirokida Toshkent politexnika muzeyiga tashrif buyurildi. Muzeyda dastlabki odamsimon robot ixtirochisi fransiyalik Jak De Vokanson tavalludiga bagʻishlangan “Android robot-2024” deb nomlangan yosh robot ixtirochilari koʻrgazmasida ishtirok etildi. Tashrif davomida talabalar muzeydagi nodir eksponatlar va koʻrgazmadagi yangi robot ixtirolari bilan tanishib, Axborot texnologiyalari sohasi mutaxassislari bilan muloqot jarayonida qiziqarli maʼlumotlarga ega boʻldilar.

Batafsil
Talabalar “Zakovat” intellektual o‘yinlarida bellashishdi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar “Zakovat” intellektual o‘yinlarida bellashishdi

Oriental universitetida talabalar orasida bilim olish, kitobxonlik, zakovatni keng targ‘ib qilish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish maqsadida Zakovat klubi jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Mazkur bellashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, Toshkent davlat yuridik universiteti hamda Oriental universitetining Zakovat klubi jamoalari ishtirok etdilar. Murosasiz kechgan bahslardan so‘ng ishtirokchilarga esdalik sovg‘alari va tashakkurnoma topshirildi.

Batafsil
Talabalar turar joyida “Boburxonlik kechasi” tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar turar joyida “Boburxonlik kechasi” tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 541 yilligi munosabati bilan “Boburxonlik kechasi” tashkil etildi.“Chet tillari” kafedrasi hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” 1-kurs talabalari ishtirokida o‘tkazilgan tadbirda buyuk shoh va shoir Bobur ijodidan namunalar o‘qilib, hayotiga oid qiziqarli ma’lumotlar berildi. Qiziqarli viktorina va musiqiy o‘yinlar tashkil etildi. G‘oliblar sovg‘alar bilan taqdirlandi. Jumladan, “Qo‘shiqni toping” musiqali o‘yini talabalarda katta taassurot uyg‘otdi.

Batafsil
Akademiya rektori talabalar turar joyidagi yoshlar holidan xabar oldi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya rektori talabalar turar joyidagi yoshlar holidan xabar oldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G'afurov talabalar sharoitini oʻrganish maqsadida talabalar turar joyiga tashrif buyurdi.Akademiya rektori talabalar turar joyida o‘g‘il-qizlar uchun yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, yoshlarning boʻsh vaqtlarini qanday oʻtkazayotganlarini koʻzdan kechirdi. Bugungi kunda Akademiya talabalar turar joyida 247 nafar talaba istiqomat qilmoqda. Muassasada barcha sharoitlarga ega yotoqxona, dars tayyorlash xonasi, “Maʼnaviyat xonasi”, oshxona, kir yuvish xonalari mavjud. Ular zarur buyumlar bilan taʼminlangan.Shu bilan birga, talabalar turar joyida yoshlarning bo‘sh vaqtlarini samarali va mazmunli tashkil etish uchun sport, pazandalik, hunarmandchilik to‘garaklari faoliyat yuritmoqda.Talabalar bilan samimiy oʻtgan muloqotda yigit-qizlar yurtimizda yoshlarga qaratilgan eʼtibor, ularning iqtidorini namoyon etish uchun berilayotgan imkoniya

Batafsil
Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, PhD Laziza Alidjanova boshchiligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun ma’ruza mashg‘uloti doirasida Arman apostollik cherkovida sayyor dars tashkil etildi.“O‘zbekistondagi noislomiy konfessiyalar” fani “Arman apostol cherkovi faoliyati” mavzusiga bag‘ishlangan mashg‘ulotda konfessiya rahbari Avanes Grigoryan tomonidan cherkov tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi.Taqdimotdan so‘ng talabalarning savollariga batafsil javob berildi.

Batafsil
Mening sevimli kitobim
Yoshlar bilan ishlash

Mening sevimli kitobim

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mening sevimli kitobim” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Mazkur tadbir Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti Xotin-qizlar boʻyicha maslahatchisi, dotsent Mavluda Xodjayevaning tashabbusi hamda fakultet professor-oʻqituvchilari – Gulnora Gʻulomova va Nilufar Botirovalar bilan birgalikda tashkil etildi.Davra suhbatida Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi Nargiza Shoaliyeva, Xotin-qizlar boʻlimi uslubchisi Dildora Nishanova, tyutorlar hamda fakultetning ayol professor-oʻqituvchilari ishtirok etdi.Tadbirda o‘qituvchilar kitob oʻqish madaniyati va hayotimizda kitobning oʻrni haqida talaba qizlarga soʻzlab berishdi. Shuningdek, fakultet qizlari oʻzlarining sevimli kitoblari hamda ushbu kitobdan olgan foydalari haqida oʻrtoqlashishdi.Davra suhbati yakunida qizlar bilan savol-javob tarzida “Kitobxonlik” boʻyicha musobaqa oʻtkazildi.

Batafsil
Alisher Navoiy shaxsidagi zamonaviy siyosatshunoslik
Yoshlar bilan ishlash

Alisher Navoiy shaxsidagi zamonaviy siyosatshunoslik

So‘z mulkining sultoni, balki yurt va xalq tashvishini chekkan, uning manfaatini o‘ylagan, doimo ezgulikni tarannum qilgan Alisher Navoiy tavalludining 583 yilligi yurtimizda katta tantana bilan kutib olinmoqda. Shu maqsadda Tadbirkorlar va ishbilarmonlar harakati – O‘zbekiston Liberal-demokratik partiyasi tomonidan “Alisher Navoiy shaxsidagi zamonaviy siyosatshunoslik” mavzusida ilmiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston Milliy kutubxonasida tashkil etilgan mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan bir qatorda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, O‘zbekiston Milliy universiteti, Alfraganus universiteti hamda Toshkent shahridagi Amiti universiteti talabalari ishtirok etdilar.Tadbirda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan hazrat Alisher Navoiyning yaratgan o‘chmas asarlari, ularning inson kamolotidagi ahami

Batafsil
Oʻquv adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

Oʻquv adabiyotlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazida “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professor-oʻqituvchilarining darslik, monografiya, oʻquv, oʻquv-uslubiy adabiyotlari taqdimoti boʻlib oʻtdi.Tadbirni mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva ochib berdi. Tadbirda Akademiya Axborot-resurs markazi rahbari Mohinur Xasanova soʻzga chiqib, markazdagi oʻzbek, rus, arab, fors tillaridagi oʻquv adabiyotlarni talabalar tomonidan muntazam ravishda foydalanilayotgani, ularga har doimgidan koʻra katta talab mavjudligi haqida so‘z yuritdi.Unda soʻzga chiqqan “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi mudiri Z.Oripova, kafedra dotsentlari N.Djumayeva, N.Sayidiraximova, F.Nizamova, N.Shoaliyeva, D.Sagʻdullayeva, katta oʻqituvchilar S.Djalalova, L.Azimova, oʻqituvchilar Z.Orifjanov, V.Myakotalar ham yangi chiqqan oʻquv darsliklari, oʻquv qoʻllanmal

Batafsil
Sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Sirtqi ta’lim shakli talabalari uchun davra suhbati tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Sirtqi ta'lim shaklida tahsil olayotgan 1-2-kurs talabalari bilan Akademiyada tashkil etilgan ta’lim jarayoni, shuningdek, o‘rnatilgan ichki tartib, odob-axloq qoidalari, kiyinish odobi va muomala madaniyati mavzularini o‘z ichiga olgan davra suhbati tashkil etildi.Sirtqi bo‘lim rahbariyati tomonidan o‘tkazilgan suhbat jarayonida talabalar kredit-modul tizimi, imtihonlarga nisbatan qo‘yilgan talablar va akademiya hayotiga doir turli xil savollarga javob oldilar.

Batafsil
Sirtqi ta’lim shakli talabalari Toshkent shahridagi tarixiy majmualarda bo‘ldilar
Yoshlar bilan ishlash

Sirtqi ta’lim shakli talabalari Toshkent shahridagi tarixiy majmualarda bo‘ldilar

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Sirtqi ta’lim shakli talabalari Toshkent shahridagi Mo‘yi Muborak madrasasida bo‘ldilar.Tashrif davomida madrasaning qimmatbaho boyligi kutubxonada saqlanayotgan eng bebaho qo‘lyozma yodgorlik – Usmon Qur’oni va uning yurtimizga kelib qolishi tarixi bilan yaqindan tanishdilar.Shuningdek, talabalar bilan Toshkent shahrida joylashgan Hazrati imom (Hastimom) majmuasiga ham sayohat qilishdi.Majmuaning tarixi bilan tanishish jarayonida talabalarga Abu Bakr Muhammad ibn Ali Ismoil ash-Qaffol Shoshiy, Baroqxon madrasasi, keyinroq Qaffol Shoshiy maqbarasi, XVI asr oxirlarida Suyunchxoʻjaxon va nomaʼlum maqbara, shuningdek, 1579-yilda Abdullaxon II mablag’iga qoʻsh uslubida Shayx Bobohoji maqbarasi qurilgani, ammo bu maqbara hozirgi kunga qadar saqlanib qolinmagani haqida ma’lumotlar berildi.

Batafsil
Talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun mahorat darsi o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “IT kelajagi va tadbirkorlik” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda “SAP” kompaniyasining O‘zbekistondagi sotuv direktori, “Top-contact”, “Bookcafe” hamda “Dalatek” asoschisi Laziz Adhamov talabalarga ma’ruza qildi.Tadbirni fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev kirish so‘zi bilan ochib berdi.Shundan so‘ng Laziz Adhamov talabalarga biznes boshlash uchun qanday bilim va ko‘nikmalarga ega bo’lish lozimligi, shaxsiy rivojlanish va kelajak kasblari haqida ma’lumot berdi.Umida Murodxonova,O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiIslom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti 2-bosqich talabasi

Batafsil
“Street Law” klubining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

“Street Law” klubining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Street Law” klubining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi. Unda klub doirasida normativ-huquqiy hujjatlar bilan ishlash mahoratini oshirishga bag‘ishlangan amaliy mashg‘ulot o‘tkazildi. Klub a’zolari O‘zbekiston Respublikasining “Normativ-huquqiy hujjatlar to‘g‘risida”gi qonunining maqsadi, normativ-huquqiy hujjatlar tushunchasi, turlari, ushbu hujjatlarning o‘zaro yuridik kuchi va nisbati qanday belgilangani, shuningdek, ularni rejalashtirish, tashabbus qilish, tayyorlash, ekspertizadan o‘tkazish, kelishish, qabul qilish, e’lon qilish, ularning ijrosini tashkil etishni ta’minlash sohasidagi munosabatlarni tartibga qanday solinishi bilan tanishib chiqdilar.Yakunda faol ishtirokchilar taqdirlandi.

Batafsil
Ko'rinish