Akademiyada tayanch doktorant va maqsadli tayanch doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi
Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2024-yil uchun Oliy ta’limdan keyingi ta’lim bosqichiga qabul qilingan 1-kurs tayanch doktorant va maqsadli tayanch doktorantlari bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur muloqotda Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov hamda Ilmiy bo‘lim xodimlari ishtirok etdi. Uchrashuv davomida ichki-tartib qoidalarga amal qilish, 3-yillik ilmiy faoliyat davrida amalga oshiriladigan ishlar haqida ma’lumot berildi.Shuningdek, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, xususan, “Jaholatga qarshi ma’rifat” tadbirlarida faol bo‘lishga e’tibor qaratildi.
Batafsil
Talaba-qizlar pazandachilikda bellashishdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida talaba-qizlar o‘rtasida pazandachilik musobaqasi bo‘lib o‘tdi.Tadbirdan ko‘zlangan maqsad – talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil qilish, ularda zarur hayotiy ko‘nikmalarni shakllantirish, katta hayotiy tajribaga ega bo‘lgan ustozlar bilan talabalar o‘rtasida erkin muloqot qilish uchun muhit yaratishdir.Bellashuv jarayonida TTJda istiqomat qiluvchi qizlar turli shirinliklar pishirish, salat tayyorlash bo‘yicha o‘z mahoratlarini namoyish qilishdi.Tadbirda qatnashgan professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, tarbiyachi-pedagoglar ham talaba-qizlar bilan birgalikda tansiq taomlar tayyorlab, dasturxon bezatishdi.
Batafsil
Akademiyada rassomchilik ko‘rgazmasi hamda modalar namoyishi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida talaba-qizlarda san’atga bo‘lgan qiziqishni yanada orttirish maqsadida ijod namunalari sifatida rassomchilik ko‘rgazmasi o‘tkazildi.Mazkur tadbir modalar namoyishi bilan davom etdi.Xotin-qizlar maslahat kengashi va TTJ pedagoglari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda talaba-qizlar o‘z ijod namunalarini taqdim etishdi.Ko‘rgazma yakunida milliy liboslar namoyishi bo‘lib o‘tdi.
Batafsil
Talabalar o‘rtasida intellektual tanlov o‘tkazildi
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Falsafa bilimdoni” intellektual tanlovi bo‘lib o‘tdi.“Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan “Yosh faylasuflar” ilmiy-amaliy to‘garagi a’zolari o‘rtasida tashkil etilgan tanlovda talabalar bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.Tanlovni tashkil etishdan asosiy maqsad – talabalarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, bilim va ko‘nikmalarini oshirish hamda falsafa fanidan olgan saboqlarini yanada mustahkamlashdan iborat bo‘ldi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Vatan himoyasi – muqaddas burch
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyi maʼnaviyat xonasida “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida davra suhbati oʻtkazildi.“Vatanparvarlik haftaligi” doirasida tashkiletilgantadbirda Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari “Vatan tayanchi” otryadi rahbari, kapitan Sh.Raximov, “Temurbeklar maktabi” harbiy-akademik litseyi kursantlari, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri professor Z.Qosimova, oʻqituvchi Yu.Doʻsjanova, tyutorlar M.Palvanov, Z.Nabiyeva, U.Xodjayev, tarbiyasi pedagog Z.Bekchonova va talabalar ishtirok etishdi.Davra suhbatida Vatan himoyasi nafaqat harbiylar, balki barcha yurtdoshlarimizning muqaddas burchi ekanligi ta’kidlandi.Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan muroja
Batafsil
Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tyutorlari Maqsud Palvanov va Zilola Nabiyeva tomonidan bir guruh talabalar ishtirokida Oʻzbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyiga ekskursiya tashkil etildi.O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganligining 32 yilligi hamda “14-yanvar – Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatanparvarlik haftaligi” doirasida tashkil etilgan ekskursiyada talabalar Qurolli Kuchlar muzeyidagi tarixiy eksponatlar va oʻsha davr harbiy qurol-aslaha, buyumlari bilan yaqindan tanishib, qimmatli maʼlumotlarga ega boʻlishdi.Talaba-yoshlar ekskursiya davomida tarixiy bilim va koʻnikmalarini oshirib, ajdodlar merosi bilan tanishishdi.
Batafsil
Talabalar uchun amaliy binar dars tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oʻzbekiston Respublikasida diplomatik xizmatning rivojlanish bosqichlari” mavzusida amaliy binar dars tashkil etildi.Mazkur dars “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti vazifasini bajaruvchisi Bektosh Berdiyev hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti dotsenti, professional va amaliyotchi diplomat Adham Rasulov ishtirokida “Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi talabalari uchun o‘tkazildi.“Xalqaro munosabatlar” yoʻnalishi talabalari uchun bugungi kun diplomatiyasi va uning yoʻnalishlarini, rivojlanish bosqichlarini, diplomatik protokol va etiket qoidalarini chuqur oʻrganish nihoyatda muhim. Zero, boʻlajak diplomatlarning asosiy bilimlari – ularning asosiy “quroli” ekanligi hech kimga sir emas. Mazkur darsda ma’ruzachi tomonidan talabalarni diplomatiya sohasidagi zamonaviy bilimlar bilan qurollantirishga, sohaning nozik s
Batafsil
Akademik litsey o‘quvchilari muvaffaqiyat qozonmoqda
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi akademik litseyining 2-bosqich oʻquvchisi Husniddin Nuriddinov Malayziyadagi Xiamen universitetiga 100 foizlik grantni qoʻlga kiritib, muddatidan avval oʻqishga qabul qilindi.Maʼlumot oʻrnida aytish mumkinki, mazkur universitet Xitoy va Malayziya hamkorligida ochilgan janubiy-sharqiy Osiyoning nufuzli oliygohi hisoblanadi.Mazkur ta'lim muassasasi QS World University Rankings reytingida 392-o‘rinda qayd etilgan.Shuningdek, Akademik litseyning yana bir o‘quvchisi Shahrizoda Raimova sportning kikboksing turi boʻyicha Oʻzbekiston kubogi musobaqasida muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Fargʻona shahrida oʻtkazilgan musobaqada Shahrizoda Raimova 60 kilogramm vazn toifasida 1-oʻrinni egalladi.
Batafsil
Talabalar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” mavzusida bellashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Zarifa Mamazova rahbarligida 1-kurs “Yurisprudensiya (Islom huquqi)” yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Huquq bilimdoni” mavzusida bellashuv o‘tkazildi.Unda talabalar jamoalarga bo‘lingan holda o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlandi.
Batafsil
Hamkorlikda binar dars o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi dotsenti Dilafruz Karimova hamda Oʻzbekiston islom sivilizatsiyasi markazi Ilmiy tadqiqotlar bo‘limi boshlig‘i Gulnora G‘aniyeva hamkorligida binar dars tashkil etildi.“Qiyosiy huquqshunoslik” fanidan “Hozirgi zamon qiyosiy huquqshunoslik rivoji” mavzusidagi binar darsda “Islom huquqi” mutaxassisligi magistrantlari ishtirok etdi.Binar mashg‘uloti vaqt hajmiga ko‘ra professor o‘qituvchilar o‘rtasida teng taqsimlangan xolda, auditoriyada ishtirok etayotgan talabalarni faollashtirish orqali amalga oshirildi. Zamonaviy pedagogik texnologiyalar, shaxsga yo‘naltirilgan ta’lim texnologiyalari va interfaol usullardan samarali foydalanildi.Ma’ruza mavzusi bugungi kunda qiyosiy huquqshunoslik doirasida ilmiy tadqiqotlar rivojiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda ma’ruzachilar tomonidan hozirgi zamon huquqiy tizimlar
Batafsil
Akademiya talabalari ta’lim ko‘rgazmasida ishtirok etishdi
Joriy yilning 11-dekabr kuni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi INNOTEXNOPARK binosida Xitoy universitetlari ko‘rgazmasi tashkil etildi. Ko‘rgazmada Xitoy Xalq Respublikasi universitetlarining o‘qish tartibi, ta’lim yo‘nalishlari va mutaxassisliklari, o‘qish muddatlari va shart-sharoitlari haqida ma’lumot berildi.Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari ham ishtirok etdi.
Batafsil
“Islom ma’rifati” talabalar gazetasi nashr etilmoqda
YANGI NASHROʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari “Islom ma’rifati” nomida oʻzlarining elektron gazetasini nashr etishni boshladi.Ilgʻor fikr va gʻoyalar ilmiy-maʼrifiy davralardagi munozaralarda yaraladi. Zero, kichik bir tashabbusning quvvat olishi uchun oʻziga xos ragʻbat va qoʻshimcha koʻmak lozim boʻladi. Bunda esa ommaviy axborot vositalarining oʻrini va ahamiyati juda muhim. Binobarin, ilm-maʼrifat yoʻlida izlanayotgan yosh talabaning oʻrganayotgan bilimlaridan zavqlanib, yangi bir quvvat, oʻziga xos fikrga ega boʻlishi va uni tengdoshlariga yetkazish, hamfikr boʻlish ishtiyoqiga yoʻl ochish ulkan ilmiy kashfiyotlarga turtki berishi shubhasiz. Shu maʼnoda, Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uygʻun Gʻafurovning tashabbusi bilan yangidan nashr etilishni boshlagan talaba-yoshlarning “Islom ma’rifati” elektron gazetasi yangidan-yangi fikr, maʼnaviy-maʼrifiy suhbat
Batafsil