O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Konstitutsiya – inson qadri kafolati
Yoshlar bilan ishlash

Konstitutsiya – inson qadri kafolati

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yangi O‘zbekiston – inson huquqlari” umummilliy hamda “O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi mazmun-mohiyati” maxsus kurslari doirasida talabalar uchun dars mashg‘ulotlari o‘tkazildi.Unda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchilari – Dilafro‘z Karimova hamda Shoira Avazova mavzu yuzasidan ma’ruza qilishdi.Davra suhbatida yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati ekanini ta’kidlandi.Bundan tashqari, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilib kelayotgan mazkur hujjatni haqiqiy xalqchil hujjatga aylantirish ishlari izchil amalga oshiralayotgani qayd etildi.O‘zaro savol-javob, samimiy tarzda o‘tgan tadbirda ishtirokchilar o‘zlari uchun

Batafsil
Doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Doktorantlar bilan uchrashuv o‘tkazildi

Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida 9-dekabr – Xalqaro korrupsiyaga qarshi kurashish kuni munosabati bilan tadbir oʻtkazildi. Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Korrupsiyaga qarshi kurashish “Kompleans nazorat” tizimini boshqarish boʻlimi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov hamda doktorantlar qatnashdi.Tadbir davomida Akademiya faoliyatida ochiqlikni taʼminlash, korrupsion xavflarning oldini olish va bartaraf etish, sohada zamonaviy antikorrupsion tizimlarni joriy etish boʻyicha amalga oshirilayotgan ishlar toʻgʻrisida maʼlumotlar maʼlumotlar berildi. Doktorantlar orasida “Korrupsiyasiz oliygoh” loyihasi doirasida anonim soʻrovnoma oʻtkazildi. Akademiya maslahatchisi “Jaholatga qarshi maʼrifat” chora-tadbirlari doirasida oliy taʼlimdan keyingi taʼlim bosqichida faoliyat koʻrsatayotgan doktorantlarning jonbozli

Batafsil
Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Laziza Alidjanova boshchiligida “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalariga Yevangel-lyuteran kirxasida sayyor dars tashkil etildi.Ma’ruza mashg‘uloti “O‘zbekistondagi noislomiy konfessiyalar” fani doirasida “Nemis Yevangel-lyuteran cherkovi faoliyati” mavzusiga bag‘ishlandi.Mashg‘ulot davomida konfessiya rahbari L.Shmidt tomonidan kirxa tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi. Taqdimotdan so‘ng talabalarning savollariga batafsil javob berildi.

Batafsil
Navbatdagi binar dars tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Navbatdagi binar dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kriptografiya va kriptoanaliz usullari” fani doirasida navbatdagi binar dars tashkil etildi.Mazkur dars “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professori X.Nigmatov tomonidan 3-kurs “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi talabalari uchun o‘tkazildi.Binar darsda “Kiberxavfsizlik markazi” DUK kiberxavfsizlik xodimi Baxtiyor Salimov o‘z amaliy ma’ruzasi bilan qatnashdi.Binar dars fan doirasidagi “Axborot xavfsizligini ta’minlashning kriptografik usullari” mavzusida tashkil etildi. Ushbu darsda kriptografiya fanining kelib chiqish, uning asosiy masalalari, fanning matematik asoslari, bugungi kunga qadar yaratilgan shifrlash algoritmlaridan DES, AES, ГОСТ 28147-89, IDEA, FEAL, LOCI, Khufu, Blowfish, CAST to‘g‘risida keng ma’lumot berildi.Bundan tashqari, zamonaviy kriptografiyaning rivojlanish bosqichlari, kriptografiya tiz

Batafsil
Konstitutsiya – baxtimiz kafolati
Yoshlar bilan ishlash

Konstitutsiya – baxtimiz kafolati

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida yangilangan Konstitutsiyamiz mazmun-mohiyati va “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbati o‘tkazildi.Tadbir Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi hamda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tomonidan tashkil etildi.So‘zga chiqqanlar tomonidan mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash tizimini yangi darajaga olib chiqish, ularni ijtimoiy va siyosiy faolligini oshirish, huquqiy ongini yuksaltirish, kasb-hunarga oʻrgatish va bandligini taʼminlash, innovatsion gʻoyalarini amaliyotga tatbiq etish hamda hayotda oʻz oʻrnini topishiga koʻmaklashish borasida keng koʻlamli ishlar amalga oshirilayotgani ta’kidlandi.Tadbirda soʻz olganlar yoshlarga yangi tahrirdagi Konstitutsiyaning ahamiyati, “Oʻzbekiston – 2030 strategiyasi” ijrosi doirasida mamlakatim

Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan uchrashuv tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 3-dekabr “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan “Biz barchamiz bir jamoamiz” shiori ostida uchrashuv tashkil etildi.Akademiyada tahsil oluvchi imkoniyati cheklangan talabalar bilan o‘tkazilgan tadbirda yurtimizda imkoniyati cheklanganlar uchun yaratilayotgan sharoitlar haqida so‘z yuritildi. Xususan, Akademiyada ham talabalar uchun barcha imkoniyatlar taqdim etilishi, ular doimo e’tiborda ekani ta’kidlandi.Uchrashuv doirasida talabalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.

Batafsil
OITS – insoniyat kelajagiga tahdid
Yoshlar bilan ishlash

OITS – insoniyat kelajagiga tahdid

Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti hamda BMT bosh Assambleyasining 1988-yildagi qaroriga asosan, 1-dekabr – Butunjahon OITSga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi.Bu kunni belgilash gʻoyasi birinchi marta 1987-yil avgust oyida Jeneva (Shveytsariya)dagi Jahon sogʻliqni saqlash tashkilotining OITS boʻyicha global dasturining ikki jamoatchi axborot xodimi Jeyms Bunn va Tomas Netter tomonidan oʻylab topilgan.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “OITS va OIV viruslaridan saqlaning!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Davra suhbatida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov, Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matillo Muhamedov, Akademiya shifokori Zulfiya Yunuso

Batafsil
Akademiya talabalari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida bo‘lishdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalari Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi muzeyida bo‘lishdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Matnshunoslik va adabiy manbashunoslik” yoʻnalishi 1-bosqich talabalari uchun Oʻzbekiston Yozuvchilari uyushmasi muzeyiga ekskursiya uyushtirildi.Mazkur tadbir “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi katta oʻqituvchisi Lola Azimova tomonidan tashkil etildi.“Ijod zavqi” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida muzey xodimi Hilola Ramazonova davriy tarzda suratlarda muhrlangan adiblar, shoir va maʼrifatparvar ijodkorlar faoliyati, adabiy merosi bilan tanishtirdi. Soʻngra Oʻzbekiston Yozuvchilar uyushmasi raisining tashkiliy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, shoir Gʻayrat Majid soʻz olib, ijod olami, unda lirik obraz, soʻz sehri borasida fikrlarini bayon etib, oʻz ijodidan sheʼrlar oʻqidi. Tashrif yakunida muzeyning faxriy mehmonlar daftariga ezgu tilaklar yozib qoldirildi.

Batafsil
“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida musobaqa o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida musobaqa tashkil etildi.“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Axborot xavfsizligini boshqarish” va “Kompyuter injiniring” yo‘nalishi talaba qizlari bellashishdi.Yakunda g‘olbi va sovrindorlar taqdirlandi.

Batafsil
Yosh xodim va o‘qituvchilar uchun psixologik-trening
Yoshlar bilan ishlash

Yosh xodim va o‘qituvchilar uchun psixologik-trening

Toshkent davlat yuridik universitetida yoshlar bilan ishlash yo‘nalishiga mas’ul bo‘lgan xodimlar uchun “Talabalarning individual psixologik hususiyatlarini o'rganish va ular bilan ishlash” mavzusida seminar-trening tashkil etildi.Treningni O‘zbekiston xalqaro “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi katta o‘qituvchisi Nilufar Rasulova hamda Akademiya psixologi, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori Gulrux G‘aniyeva olib bordi.Trening qiziqarli o‘yinlar va savol-javoblar bilan ko‘tarinki ruhda tashkil etildi.

Batafsil
Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan dolzarb mavzudagi spektakl namoyish etildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalar teatr studiyasi tomonidan dolzarb mavzudagi spektakl namoyish etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalar teatr studiyasi tomonidan dramaturg Nasrullo Qobilning “To‘da” asari asosida “Adashganlar” spektakli tomoshabinlarga taqdim etildi.Unda professor-o‘qituvchilari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Mazkur spektakl talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.Asar maktab va kollej oʻquvchilarining notinch va noqobil oila muhiti tufayli ayrim toʻdalarga qoʻshilib asr vabosi boʻlgan giyohvandlikka roʻju qoʻyishgani, giyohvandlik balosi esa oxir-oqibatda fojiali yakun topishi haqida hikoya qiladi.Spektakl yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. Ayniqsa, talabalar tomonidan mahorat bilan ijro etilgan har bir rol tengdoshlarining olqishlariga sazovor bo‘ldi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMa

Batafsil
Kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi

Ayni paytda butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham kibersport turi ommalashib bormoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham talabalar o‘rtasida kibersport bo‘yicha musobaqa o‘tkazildi.“Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan musobaqada 25 jamoa g‘oliblik uchun uchun bellashdi. Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Ko'rinish