O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun sayyor dars tashkil etildi

Yettinchi kun adventistlar cherkovida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi Laziza Alidjanova boshchiligida sayyor dars tashkil etildi.Dars mashg‘uloti “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalari uchun “O‘zbekistondagi noislomiy konfessiyalar” fani doirasida bo‘lib o‘tdi.Mashg‘ulot davomida konfessiya rahbari A.T.Ten tomonidan cherkov tarixi va faoliyati bo‘yicha taqdimot qilindi. Taqdimotdan so‘ng talabalarning savollariga batafsil javob berildi.

Batafsil
Talabalar uchun amaliy dars
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar uchun amaliy dars

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Yurisprudensiya (Islom huquqi)” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun Toshkent tumanlararo ma’muriy sudida sayyor dars tashkil etildi.Unda talabalar “Ma’muriy huquq” fanidan sud jarayonida qatnashishdi.Nodavlat tashkilotlari-ma’muriy huquq subyekti sifatida mavzusi asosida tashkil etilgan sayyor darsda talabalar o’zlarini qiziqtirgan savollariga javoblarini olishdi.

Batafsil
Magistrlar uchun sayyor dars tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Magistrlar uchun sayyor dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 2-bosqich “Matnshunoslik” guruhi magistrlari uchun sayyor dars tashkil etdi. Mazkur dars “Oʻzbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professori Aftondil Erkinov tomonidan “Koʻkaldosh” oʻrta maxsus islom bilim yurti kutubxonasida tashkil etildi. “G‘arb sharqshunosligi” fanidan o‘tkazilgan dars davomida magistlar qo‘lyozmalar bilan ishlash tartibi, manbalar bilan ishlashda nimalarga ahamiyat qaratish kerakligiga e’tibor qaratishdi.

Batafsil
Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Dinshunoslik” yo‘nalishi 3-kurs talabalari uchun “Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar to‘g‘risida”gi qonunning amaliy ahamiyati to‘g‘risida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur davra suhbati “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi, s.f.n., PhD Qolqanov N.T hamda o‘qituvchi Mohira Jumaniyazova tomonidan tashkil etildi.Davra suhbatida “vijdon erkinligi”, “diniy tashkilot”, “dunyoviylik”, “prozelitizm” kabi tushunchalarning mazmun-mohiyati haqida ham ma'lumotlar berildi. Suhbat talabalar tomonidan berilgan savollar bilan yanada qizg'in davom etdi.

Batafsil
Shaxsiy gigiyena – salomatlik garovi
Yoshlar bilan ishlash

Shaxsiy gigiyena – salomatlik garovi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalar turar joyida “Shaxsiy gigiyena – salomatlik garovi” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.“Chet tillari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, kafedra mudiri Barno Shamsematova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida kafedra katta o‘qituvchisi F.Xodjakulova hamda soha mutaxassisi, pedagog-psixolog N.Rahmonova mavzuga oid taqdimot va interaktiv mashqlar bilan qatnashishdi. Yakunda talabalar mavzu yuzasidan o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.

Batafsil
Akademiya talabalari fotosuratlar ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalari fotosuratlar ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari O‘zbekiston Badiiy akademiyasining Toshkent fotosuratlar uyida “Diniy bag‘rikenglik va millatlararo totuvlik” mavzusidagi fotosuratlar ko‘rgazmasiga tashrif buyurishdi. “Bag‘rikenglik haftaligi” doirasida tashkil etilgan ko‘rgazmada turli dinlar va millatlar hayotiga oid fotosuratlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi.Ekskursiya davomida Akademiya talabalari turli konfessiya hamda milliy madaniy markaz vakillari bilan muloqot olib borishdi.

Batafsil
Navbatdagi binar dars tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Navbatdagi binar dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmanov tomonidan 2-kurs “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi talabalari uchun “Kompyuter kriminalistikasi” fani doirasida navbatdagi binar dars tashkil etildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Ichki ichlar vazirligi akademiyasi “Axborot texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Madrasilla Kamalov va Baxtiyor Shixovlar ishtirok etdi. Binar dars fan doirasidagi “Ma’lumotlarni tiklash. Kriminalistik tadqiqotlarning asosiy prinsiplari” mavzusida tashkil etildi. Binar darsda ma’lumotlar HDD va SSD disklarda qanday saqlanishi tushuntirildi, bu ma’lumotlarni qayta tiklashda muhim ekanligini ta’kidlab o‘tib, buzilgan ma’lumotlarni qayta tiklash, “Yopiq” ma’lumotlarni qayta tiklash, ma’lumotlarni saqlash tizimidan qayta tiklash va ma’lumotlarni saqlashning turli tex

Batafsil
Axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha binar dars tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Axborot xavfsizligi sohasi bo‘yicha binar dars tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi talabalari uchun “Axborot xavfsizligini boshqarishga kirish” fani doirasida “Internet va Intranetda axborot xavfsizligini ta‘minlash” mavzusida Fido-Biznes kompaniyasining “Mijozlarga yo‘naltirilgan tizimlarni ishlab chiqish va rivojlantirish boshqarmasi” yetakchi mutaxassisi Muzaffar Alimov ishtirokida binar dars tashkil etildi.Ma‘lumki, bugungi kunning asosiy trendi raqamli xavfsizlik, shu jumladan shaxsiy ma’lumotlar himoyasini ta’minlash bo‘yicha chora-tadbirlarni kuchaytirish hisoblanadi. Chunki mijoz xizmatlarni taqdim etayotgan tashkilotga bormasdan olishni xohlaydi, ya’ni mijoz tobora ko‘proq onlayn xizmatlarni afzal ko‘rmoqda. Bu shuni anglatadiki, bank kabi raqamli xizmat ko‘rsatuvchi tashkilot o‘zining va mijozning barcha maxfiy ma’lumotlarini himoya qilishi kerak. Fido-Biznes kompaniyasi mana

Batafsil
Sobiq bitiruvchilar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Sobiq bitiruvchilar ishtirokida davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mazkur oliy ta’lim muassasasining sobiq bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi hamda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Akademiyaning sobiq bitiruvchilaridan bo‘lgan Davlat bojxona qo‘mitasining rahbar xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida sobiq bitiruvchilar talabalik davrlari, bugungi kunda Akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritishdi. Hayotiy tajribalar bilan o‘rtoqlashishdi. Talabalarning kelgusidagi rejalari tinglandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.

Batafsil
“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

“Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi

Sharq ayollarining qadr-qimmati hamisha eʼzoz-u, eʼtirof etilgan. Biroq soʻnggi paytlarda xotin-qizlarga tazyiq oʻtkazish, zoʻravonlik qilish holatlari ham kuzatilmoqda.Ayollarga nisbatan qilinayotgan zo‘ravonlikning oldini olish maqsadida bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz!” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida fakultet dekani Sayyora Chiniyeva, Shayxontohur tumani Ichki ishlar bo‘limi vakillari hamda talabalar ishtirok etdi. Tadbir davomida so‘zga chiqqanlar tomonidan xotin-qizlarga nisbatan sodir etilayotgan zoʻravonlik hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda xotin-qizlarimizni haq-huquqlarini himoya qilish borasida amalga oshirilgan ishlar, gender tenglik, ayollar va erkaklar oʻrtasida teng huquqlar va imkoniyatlar toʻgʻrisida maʼlumotlar berib oʻtildi.Davra suhbati mamlak

Batafsil
Talabalar turar joyida muhim mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar turar joyida muhim mavzuda davra suhbati o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar turar joyida “Oilada tibbiy madaniyatni shakllantirish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi.Talaba-qizlarda sog‘lom turmush tarzini rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan uchrashuvda “Nazima sog‘lomlashtirish markazi” direktori N.Mirzayeva, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi ustozlari Shoira Do‘smuhamedova, Nargiza Gayibova, Nilufar Rasulova hamda Akademiya psixologi Gulruh G‘aniyeva ishtirok etdi. Davra suhbatida talabalarga sog‘lom turmush tarzi, salomatlik va uni asrash borasida fikr-mulohazalar bildirildi. Tadbir davomida talaba-qizlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

Batafsil
Akademiyada “Rektor kubogi” o‘yinlari o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada “Rektor kubogi” o‘yinlari o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqasining yarim fınal va fınal o‘yinlari tashkil etildi.“Talabalar ligasi” doirasida o‘tkazilgan murosasiz bahslarda Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari g‘oliblikni qo'lga kiritdi.

Batafsil
Ko'rinish