Talabalar ICTWEEK haftaligida qatnashishdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 1-kurs talabalari ICTWEEK-2023 haftaligida qatnashishdi.Haftalikning asosiy maqsadi — tajriba almashish uchun platforma yaratish va zamonaviy texnologiyalar va innovatsiyalarning soʻnggi yutuqlarini namoyish etishdan iborat. Mazkur tadbirda “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Rahmonov hamda talabalar ICTWEEK-2023 haftaligi doirasidagi CAEx ko‘rgazmalar markazida bo‘lishdi.Tashrif davomida talabalar CAEx ko‘rgazmalar markazidagi barcha stendlar bilan tanishish bilan birga kelajakda o‘z sohalari doirasida faoliyat olib borishlari bo‘yicha kelishuvlarga ham erishishdi.Ko‘rgazmada talabalar o‘z sohalari bo‘yicha olib borilayotgan startup loyihalar bilan tanishish bilan birga ta’lim sohasida olib borilayotgan yangi o‘zg
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi dolzarb mavzuda ma’ruza qildi
Toshkent shahar Milliy gvardiya boshqarmasi shaxsiy tarkibi bilan davra suhbati boʻlib oʻtdi. Unda Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini oʻrganish ICESCO” kafedrasi oʻqituvchisi Lutfullo Abdulkadirov ishtirok etdi.Akademiya o‘qituvchisi “Dunyo dinlari va jaholatga qarshi maʼrifat bilan kurashish” mavzusida ma’ruza qildi.Dunyo miqyosida hukm surayotgan tahlikali vaziyat, ekstremizm, diniy qarama-qarshilik kuchayib borayotgani, yoshlarni turli diniy ekstremistik oqimlar ta’siridan asrash masalasi muhim ekanini ta’kidladi.Uchrashuv davomida yig‘ilganlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Batafsil
Talabalar uchun binar dars tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Qurbon Raxmanov tomonidan “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 2-bosqich talabalari uchun “Kompyuter kriminalistikasi” fani doirasida binar dars tashkil etildi. Binar darsda “CYBER-BRO” MCHJ xodimlari Sanjar Toshev va Malik Qurbonov ishtirok etdi. Dars davomida kiberxavfsizlik sohasida hozirgi vaqtda jarayonlar va kiberxavfsizlik xodimlariga bo‘lgan talab oshib borayotgani alohida aytib o‘tildi.“CYBER-BRO” MCHJ xodimlari darsda kiberjinoyatlarini ochishda foydalanuvchi dasturiy ta’minotlarni tanishtirib va ulardan qanday foydalanish bo‘yicha amaliy misollar ko‘rsatib berishdi. Qizg‘in savol-javoblar tarzida o‘tgan tadbirda talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi. Shuningdek, ushbu dars jarayoni sirtqi ta’lim shaklida tahsil oluvchi talabalar uchun video t
Batafsil
Akademiyaning dasturlash bo‘yicha jamoalari “ICPC 2023” musobaqasininig respublika chorak final musobaqalarida ishtirok etdi
Yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari talabalar jamoalari o‘rtasida IT Park boshchiligida dasturlash bo‘yicha “ICPC 2023” musobaqasininig respublika chorak final musobaqalari o‘tkazildi.Muhammad al-Xorazmiy nomidagi Toshkent axborot texnologiyalari universitetida tashkil etilgan musobaqada 70 ta OTM talabalar jamoasi ishtirok etdi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 4 ta jamoasi ishtirok etdi. Musobaqada Akademiyaning quyidagi jamoalari uchtadan masalani ishlashga muvaffaq bo‘lishdi:– International Islamic Academy of Uzbekistan: Team 7 (Ibrohimjon Juraboyev, Muhammadqodir Muhsinov, Azizbek Habibov) – International Islamic Academy of Uzbekistan: IIAU Youngers (Ubaydullo Hamidov, Otabek Otabayev, Azizbek Qozoqjonov) Musobaqa tashkilotchilari reglamentiga ko‘ra 4 va undan ortiq masalalarni ishlagan jamoalar Olma-ota shahrida bo‘lib o‘tadigan yarim final bosqichga o‘tishdi.Bu mus
Batafsil
Akademiya vakillari “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligida qatnashdi
Ayni paytda poytaxtimizdagi “Alpomish” muz saroyida “InnoWeek-2023” innovatsion gʻoyalar haftaligi bo‘lib o‘tmoqda.“Kreativ taʼlim va innovatsiya – Yangi Oʻzbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida davom etayotgan tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasining o‘qituvchilari – Dilafro‘z Karimova, Mohira Jumaniyozova hamda talabalar ishtirok etishdi.Sayyor dars tarzida tashkil etilgan ekskursiyada talabalar haftalik kórgazmalar bilan tanishishdi.
Batafsil
Sobiq bitiruvchilar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mazkur oliy ta’lim muassasasining sobiq bitiruvchilari bilan uchrashuv tashkil etildi.“Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi hamda “Marketing va talabalar amaliyoti bo‘limi” hamkorligida o‘tkazilgan tadbirda Akademiyaning sobiq bitiruvchilaridan bo‘lgan O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi, “Vaqf” xayriya jamoat fondining rahbar xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida sobiq bitiruvchilar talabalik davrlari, bugungi kunda Akademiyada yaratilgan shart-sharoitlar haqida so‘z yuritishdi. Hayotiy tajribalar bilan o‘rtoqlashishdi. Talabalarning kelgusidagi rejalari tinglandi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Batafsil
Akademiya talabalari uchun dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan Akademiya talabalari orasida korrupsiyaga qarshi murosasizlik hissini shakllantirishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi “Korrupsiyasiz oliygoh” loyihasi doirasida tashkil etilgan davra suhbatida Islomshunoslik fakultetida o‘qishni boshqa oliygohlardan Akademiyaga hamda ichki ta’lim yo‘nalishlarida ko‘chirgan talabalar ishtirok etishdi. Davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Shuhrat Eshmatov ma’ruza qildi.Suhbat davomida korrupsiyaga qarshi kurash yurtimizda dolzarb mavzuligicha qolayotgani ta’kidlandi. Xususan, “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonunning qabul qilinishi, shuningdek Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligining tashkil etilishi va
Batafsil
Ijarada yashayotgan talabar doimo e’tiborda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ijarada yashayotgan talabalarning ijtimoiy holatini o‘rganish, ular bilan muloqot olib borish muntazamlik kasb etgan.Jumladan, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti dekani Habibullo Sadibaqosev, dekan o‘rinbosari Otabek Rasulov, dekanning xotin-qizlar bo‘yicha maslahatchisi Mavluda Xodjayeva hamda tyutor Oybek Maxsudov fakultet talabalarining ijara uyidagi holat bilan tanishishdi.Mutasaddilar ijara uy holati, mavjud sharoitlarni o‘rganishdi.Shu bilan birga, talabalarga texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar, ijara shartnomasi tuzish borasida ma’lumotlar berildi.
Batafsil
Ijarada yashayotgan talabardan xabar olindi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ijarada yashayotgan talabalarning ijtimoiy holatini o‘rganish, ular bilan muloqot olib borish muntazamlik kasb etgan.Jumladan, Mumtoz sharq fakulteti dekani Sayyora Chiniyeva, dekan o‘rinbosari Aziz Yuldashev, Xotin-qizlar bo‘limi bilan ishlash bo‘limi uslubchisi Dildora Nishonova hamda tyutor Javohir Sobirov fakultet talabalarining ijara uyidagi holat bilan tanishishdi.Mutasaddilar ijara uy holati, mavjud sharoitlarni o‘rganishdi.Shu bilan birga, talabalarga texnika va yong‘in xavfsizligi bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar, ijara shartnomasi tuzish borasida ma’lumotlar berildi.
Batafsil
“Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Biz korrupsiyaga qarshimiz!” mavzusida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplaens-nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi tomonidan tashkil etilgan tadbirda talabalar guruhlarga bo‘lingan holda ishtirok etishdi. “Zakovat” o‘yinida talabalar korrupsiya, uning oldini olish choralari, jamiyat hayotiga oid qiziqarli savollarga javob topishdi.Yakunda g‘olib va sovrindorlar taqdirlandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiyada BMT modeli loyihasining navbatdagi konferensiyasi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida BMT modeli loyihasining navbatdagi konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.“Barqaror rivojlanish dasturi doirasida bolalar huquqlarini himoya qilish” mavzusiga bag‘ishlangan tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Uyg‘un G‘ofurov kirish so‘zi bilan ochib berdi va ishtirokchilarga omad tiladi. Tadbir davomida ishtirokchilar anjuman ishini sessiyalarga bo‘lingan holda davom ettirib, kun tartibidagi masalalar bo‘yicha muhokamalar olib borilshdi.
BatafsilKreativ ta’lim va texnologiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi
So‘nggi yillarda yurtimizda innovatsion g‘oyalar, texnologiyalar va loyihalar yaratish, ularni amaliyotga tatbiq etishga qaratilayotgan alohida e’tibor o‘z samarasini bermoqda.Bugun shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kreativ ta’lim va texnologiyalar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining asosi” shiori ostida ko‘rgazma tashkil etildi.Ko‘rgazmani tashkillashtirishdan asosiy maqsad – texnologik loyihalar, texnik ishlanmalar yaratgan talabalarni qo‘llab-quvvatlash, sohaga oid so‘nggi yangiliklardan boxabar qilishdan iborat.Ko‘rgazmada Akademiya talabalari tomonidan turli sohalarga oid texnik loyihalar, ishlanmalar taqdim etildi. Ko‘rgazma qatnashchilarida mazkur ishlanmalar katta qiziqish uyg‘otdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil