Talaba-qizlar voleybol bahslarida bellashdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar haftaligi” doirasida qizlar o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘tkazildi.Unda Akademiya fakultetlarining talaba-qizlaridan iborat jamoalar bellashdi. Qizg‘in kechgan bellashuvlar yakunida Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti talaba-qizlari g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.2-o‘rin Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetiga, 3-o‘rin esa Islomshunoslik fakultetiga nasib qildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Dolzarb mavzuda mahorat darsi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Ta’lim muassasasi – mahalla uchun ma’naviyat o‘chog‘i” shiori ostida mahorat darsi o‘tkazildi.Unda Akademiya rektori maslahatchisi O‘tkir Hasanboyev, Mudofaa vazirligi Toshkent shahar faxriylar kengashi raisi o‘rinbosari Yo‘ldoshali Rahmonov, Akademiya profilaktika inspektori Muhriddin Hikmatov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Munira Qahhorova, tyutorlar hamda Shayxontohur tumanidagi mahalla raislari ishtirok etdi.Davra suhbatida “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matullo Muhamedov ma’ruza qildi.O‘z navbatida mahalla raislari ham so‘z olib, talaba-yoshlar bilan ishlash jarayonida Akademiya jamoasi bilan faol hamkorlik qilishga tayyor ekanliklarini bildirib o‘tishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiya talabalari malakaviy amaliyotda
Ayni paytda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun malakaviy amaliyot davom etyapti. Akademiya talabalarining malakaviy amaliyoti poytaxtimizdagi turli vazirlik, tashkilot, korxona va muassasalarida bo‘lib o‘tmoqda. Jumladan, talabalar O‘zbekistondagi islom sivilizatsiyasi markazi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Davlat va huquq instituti, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi, “Alfraganus” universiteti, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti huzuridagi O‘zbekiston iqtisodiyotini rivojlantirishning ilmiy asoslari va muammolari ilmiy-tadqiqot markazi, Islom taraqqiyot bankining O‘zbekistondagi vakilligi, “Jahon adabiyoti” jurnali, “Ziyo” media markazi va boshqa tashkilotlarda malakaviy amaliyotni o‘tashmoqda.U yerda talabalar muassasalar faoliyati bilan yaqindan tanishib, tashkilot haqida o‘zlari qiziqqan savollarga javob olishyapti. Soha bo‘yicha kerakli ma’lumo
Batafsil
“Rektor kubogi”: g‘olib va sovrindorlar aniqlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar oyligi” munosabati bilan talaba-yoshlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” final bahslari o‘tkazildi.Talabalar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan musobaqaning dastlabki qismida Akademiya fakultetlari talabalaridan jamoalar shakllantirilib, har bir fakultet kesimida saralash o‘yinlari o‘tkazildi. Eng kuchli jamoalar keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.Musobaqaning hal qiluvchi final bellashuvi esa qiziqarli va murosasiz tarzda kechdi. Keskin kurashlarga boy o‘tgan finalda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti jamoasi 1-o‘rin va “Rektor kubogi”ni qo‘lga kiritdi. 2-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti jamoasi egalladi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Talaba-qizlar “Siz qonunni bilasizmi?” viktorina tanlovida bellashishdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Siz qonunni bilasizmi?” mavzusida viktorina tanlovi o‘tkazildi. Mazkur tadbir bugungi globallashuv jarayonida xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini kuchaytirish, ilm-fan va innovatsiyalar sohasiga jalb qilish, ularning oliy taʼlim olishiga bo‘lgan qiziqishlari hamda huquqiy savodxonligini yanada oshirish maqsadida tashkil etildi. Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi hamda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi tashabbusi bilan o‘tkazilgan tanlovni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov ochib berdi. Shundan so‘ng Akademiya talabalari hamda akademik litsey o‘quvchilari 4 jamoaga bo‘linib, bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Viktorina shartlari bajarilishiga qarab jamoalar turli nominatsiyalar bo‘yicha taqdirlandi. Yakunda ishtirokchilarga diplom va sovg‘alar topshirildi.
Batafsil
Buxoroda talabalarning malakaviy amaliyoti tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Turizm (ziyorat turizmi)” bakalavriat ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining yozgi malakaviy amaliyoti Buxoro viloyatida tashkil etildi.Mazkur amaliyot O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 26-apreldagi “Respublikaning turizm salohiyatini jadal rivojlantirish hamda mahalliy va xorijiy turistlar sonini yanada oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarorida keltirilgan vazifalar ijrosi yuzasidan amalga oshirilmoqda.Amaliyotning dastlabki kunida talabalarning musulmon sharqida mashhur bo‘lgan tariqat piri, xojagon-naqshbandiya silsilasining asoschisi Xoja Abdulxoliq G‘ijduvoniy maqbarasi, Xojagon silsilasining ikkinchi piri, “Mohitabon” laqabi bilan shuhrat qozongan Xoja Muhammad Orif Revgariy maqbarasi, Vobkent tumanida joylashgan Xoja Mahmud Anjir Fag‘naviy majmuasi, “Chor Bakr” tarixiy-me’moriy majmua markaziga eksk
Batafsil
Talaba-qizlar ishtirokida “Qizlar mushoirasi” o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Qizlar mushoirasi” nomli adabiy, ijodiy, ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Mazkur adabiy tanlov Akademiya talaba-qizlari oʻrtasida ijodiy qobiliyatlarini shakllantirish, ularning iqtidorlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida tashkil etildi. Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Adabiy tanlovda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzaaliyev (Mirzo), O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Sayyora To‘ychiyeva Hakamlar hay’ati a’zosi sifatida ishtirok etib, ijodkor talaba-qizlar tomonidan o‘qilgan she’rlarni baholab borishdi. Mushoira davomida Akademiyaning Mumtoz sharq filologiyasi, Islomshunoslik, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining shoira
Batafsil
Talabalar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazilmoqda
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Yoshlar haftaligi” doirasida Islomshunoslik fakulteti talabalari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.Kuni kecha futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘yinlarining fakultet bosqichi saralash o‘yinlari o‘z nihoyasiga yetdi. Fakultetning 1-4-kurs talabalari ishtirok etgan murosasiz bahslarda 3-o‘rinni “Muarrix” (Tarix 3-bosqich talabalari) va “Ittifoq” (Islomshunoslik 2-bosqich talabalari) jamoalari, 2-o‘rinni “Osmondagi bolalar” (Dinshunoslik 2-bosqich talabalari) va nihoyat 1-o‘rinni “Yaxshi amaki” (Terma) jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Batafsil
Talaba-qizlar voleybol bahslarida bellashmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Yoshlar haftaligi” doirasida Islomshunoslik fakulteti talabalari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.Sportning voleybol turi bo‘yicha qizlar o‘rtasida "Rektor kubogi" o‘yinlarining Islomshunoslik fakulteti bosqichiga start berildi. Musobaqada fakultetning 1-4-kurs talabalari ishtirok etmoqda.
Batafsil
Akademiyada “Munozara” intellektual musobaqasi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar ishtirokida “Munozara” intellektual musobaqasi bo‘lib o‘tdi. “Munozara” intellektual o‘yini mustaqil fikrlaydigan yoshlarni tarbiyalash, ularda tizimli tahlil qilish, mantiqiy fikrlash va mohirona munozara olib borish qobiliyatlarini rivojlantirish, faol fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish, o‘rtaga qo‘yilgan muammoga xolis yondasha olish, o‘z fikrlarini asoslash, aniq bayon etish hamda talabalarning bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlash, ular o‘rtasida sog‘lom raqobatni shakllantirishga xizmat qilib kelmoqda.Mazkur tadbir Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti hamkorligida o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Do‘stlik va hamjihatlik bellashuvi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida mini futbol bo‘yicha o‘rtoqlik uchrashuvi o‘tkazildi. Mazkur bellashuv O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universiteti hamkorligida ikki oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida tashkil etildi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan o‘zaro hurmat va do‘stona ruhda o‘tgan bahs tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.O‘yindan so‘ng mutasaddilar tomonidan bu kabi hamkorlik aloqalari kelgusida ham davom ettirilishi ta’kidlandi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Ijodkor talabalar ishtirokida mushoira kechasi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar oʻrtasida kitobxonlik madaniyatini shakllantirish, kitob mutolaasiga keng jalb qilish, ularning iqtidorlarini aniqlash va qo‘llab-quvvatlash maqsadida ma’naviy-ma’rifiy, ijodiy mushoira kechasi tashkil etildi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda “Mushoira” klubining ijodkor talabalari ishtirok etdi.She’riyat tadbirida talabalar tomonidan Vatan, do‘stlik, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan ijod namunalari yig‘ilganlarga havola etildi. Samimiy va yuqori kayfiyatda bo‘lib o‘tgan tadbir ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mushoira tadbiri qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘ldi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil