Akademiya talabalari arab tili fanidan o‘tkazilgan olimpiadada g‘oliblikni qo‘lga kiritdi
Poytaxtimizdagi Alfraganus universitetida “Xorijiy tillarni o‘rgatishning samarali usullari, tajriba: amaliyot va nazariya” mavzusi doirasida arab tili fanidan olimpiada o‘tkazildi.Ahamiyatlisi, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Mumtoz sharq filologiyasining 1-bosqich talabalari – Madina Jabborova hamda Gullola Rahmatullayeva muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Olimpiadada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti, Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti, Oriental universiteti hamda Alfraganus universiteti talabalari ham qatnashdi. Akademiyaing iqtidorli talabalari olimpiadada 1-o‘rinni qo‘lga kiritishdi. Yakunda sovrindorlar sertifikat va mukofot bilan taqdirlandi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi talabalarining mazkur yutu
Batafsil
Talabalar o‘rtasida sport bellashuvlari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilayotgan “Yoshlar haftaligi” doirasida Islomshunoslik fakulteti talabalari o‘rtasida sportning futbol, voleybol, stol tennisi, shaxmat va shashka turlari bo‘yicha musobaqalar tashkil etilmoqda.Kecha futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” o‘yinlarining fakultet bosqichiga start berildi. Musobaqada fakultetning 1-4-kurs talabalari ishtirok etmoqda.Bellashuvlar shiddatli va murosasiz ruhda o‘tyapti. Bugun esa musobaqaning yarim final va final bahsi o‘tkaziladi.
Batafsil
Dolzarb mavzuda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Islomshunoslik fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.Uchrashuvni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Ilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, hozirgi kunda yoshlarimizni yo‘ldan ozdirishga, o‘zlarini puch g‘oyalari bilan zaharlashga qilinayotgan xarakatlar barchamizni tashvishga solayotganini qayd etdi. Buning oldini olish uchun esa inson ilm-ma’rifatli bo‘lishi kerakligini ta’kidladi. Davra suhbati davomida Akademiya katta o‘qituvchisi A’zamxon Qambarov milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat bilan yondashadigan, qat’iy hayotiy e’tiqod va qarashlarga ega, milliy mentalitetimizga yot, zararli ta’sirlarga qarshi turishga qodir yoshlarni tarbiyalash, du
Batafsil
Talaba-qizlar o‘rtasida voleybol bellashuvi o‘tkazildi
Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Yoshlar hayotida 5 muhim tashabbus” shiori ostida talabalar festivali o‘tkazilmoqda.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilayotgan festival sport bellashuvi bilan davom etdi.O‘g‘il bolalar o‘rtasidagi mini futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” bahslaridan so‘ng fakultet talaba-qizlari o‘rtasida voleybol o‘yini bo‘lib o‘tdi. Bellashuvdan oldin fakultet dekani Habibullo Sadibaqosev mazkur tadbirlar yoshlarning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, talabalar o‘rtasida hamjihatlikni yanada oshirish maqsadida tashkil etilayotganini ta’kidladi. Ishtirokchilarga omad tiladi.Festival davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
“Baxtli oila sirlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Baxtli oila sirlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti hamda Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, O‘zbek milliy akademik drama teatri aktrisasi Saida Rametova ishtirok etdi. Samimiy muloqot davomida so‘zga chiqqanlar yurtimizda xotin-qizlarga qaratayotgan e’tibori, yaratilayotgan sharoit va berilayotgan imkoniyatlar va ulardan samarali foydalanish haqida so‘z yuritishdi. Elimiz ardog‘idagi san’atkor Saida Rametova inson hayoti oiladan boshlanishi, bu yerda u shaxs sifatida shakllanishi, oila – bu sevgi, mehr-muhabbat hurmat va ham jihatlik manbai asosida yetuk jamiyatni barpo etishini qayd etdi.Oilaning farovonligi mamlakat rivojining o‘lchovi sifatida baholanishi, oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlar rivojini ta’mi
Batafsil
Talabalar o‘rtasida “Huquq bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Huquq bilimdoni” ko‘rik-tanlovi o‘tkazildi.Mazkur tanlov “Huquqiy savodxonlik oyiligi” doirasida “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari, tyutorlar rahbarligida tashkil etildi. Tanlov doirasida talabalar o‘rtasida “Yangi O‘zbekiston va inson huquqlari” mavzusida huquqshunoslikning dolzarb muammolariga bag‘ishlangan ilmiy maqolalar tanlovi hamda yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va yoshlar huquqlariga bag‘ishlangan “Blits-so‘rov” tanlovi o‘tkazildi.Yakunda g‘olib va sovrindorlar aniqlanib, ularga faxriy yorliq va esdalik sovg‘alari topshirildi.
Batafsil
Magistrlar uchun sohaga oid mahorat darslari o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Ekologiya qo‘mitasi matbuot xizmati rahbari Bunyod Abdullayev bilan mahorat darsi o‘tkazildi.Amaliy mashg‘ulotda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Madina Nuriddinova hamda “Jurnalistika (Internet jurnalistika)” yo‘nalishi 1-bosqich magistrlari qatnashdi.Mahorat darsida yurtimizda ekologik vaziyat, ekologik muammolarning ommaviy axborot vositalarida yoritilishi, ekolog-jurnalist ixtisoslashuvi haqida so‘z yuritildi. Interaktiv metodlar orqali tashkil etilgan binar darsda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi.Yakunda magistrlar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.
Batafsil
“Jaholatga qarshi ma’rifat” ko‘rik-tanlovi g‘oliblari taqdirlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Jaholatga qarshi ma’rifat” shiori ostida talaba-yoshlar o‘rtasida esse va insholar ko‘rik-tanlovi o‘tkazilgan edi.Mazkur tanlov “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi va “Yosh faylasuflar” to‘garagi hamkorligida tashkil etildi. Bugungi globallashuv jarayonida yosh avlodni yot g‘oyalar ta’siriga tushib qolmasligi hamda mafkuraviy immunitetini shakllantirish maqsadida o‘tkazilgan esse va insholar belgilangan shart va talablar asosida baholandi. Yakunda “Xalqaro munosabatlar” (rus) yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Jasmina Yo‘ldoshmatova 3-o‘rinni, “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Kamola Esanova esa 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi. “Dinsotsiopsixologiyasi” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi Saodat Zulhaydarova esa 1-o‘ringa munosib ko‘rildi.Shuningdek, turli nominatsiyalar bo‘yicha sovrindorlar aniqlandi. Shu munosabat bilan tanlov s
Batafsil
Xorijiy tillarni bilish – davr talabi
Bugungi kunda har bir insonning xorijiy tillarni bilishi muhim hisoblanadi. Globallashuv davrida bu zamon talabi bo‘lib qolayotir. Shu bois, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbir va uchrashuvlarni muntazam tashkil etish an’anaga aylangan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa yoshlarning o‘zaro fikr almashinuvi, egallagan bilimlarini yanada mustahkamlashlari nazarda tutilgan.E’tirof etish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarni xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun mahorat darslari, o‘quv kurslari, turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ana shunday loyihalardan biri – “Debat” loyihasi doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Chet tillari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Sayyora Chiniy
Batafsil
Akademiyada dolzarb mavzuga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasida tomonidan o‘tkazilgan tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, tyutorlar, “Ayollarni reabilitatsiya qilish va moslashtirish Respublika markazi” psixologi Umida Turg‘unova hamda talabalar ishtirok etdi. “O‘zbekiston Respublikasi ta’lim muassasalarida tazyiq va zo‘ravonlikka qarshi kurashishga qaratilgan choralarni amalga oshirish bo‘yicha yo‘l xaritasi”ning 22-bandida belgilangan vazifalarni ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan davra suhbatida psixolog Umida Turg‘unova zo‘ravonlikning jamiyatda ko‘payib borish sabablari, uning oldini olish hamda bartaraf etish yo‘llari haqida ma’lumot berdi. Oilada er-xotin majburiyatlari, vazifalari, nizolarni yuzaga keltirish omillariga to‘xtalib o‘tdi. Tadbir y
Batafsil
Alisher Navoiy – buyuk siymo
Asrlar osha xalqimiz ezgu maqsadlarini o‘zida aks ettirgan boy ma’naviy ildizlarimizga tayanadi. Ma’naviyatimiz asoslarini esa buyuk shoir va mutafakkir bobokalonimiz Alisher Navoiyning bebaho merosidan ayro tasavvur etib bo‘lmaydi. Shu bois, Navoiy siymosi, uning ijodini o‘rganishga bag‘ishlangan tadbirlarni o‘tkazish hamisha davom etadi. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan “Alisher Navoiy – buyuk siymo!” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.“O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi professori Durdona Lutfullayeva hamda dotsent Nasiba Sayidiraximovalar tomonidan tashkil etilgan tadbirda amerikalik navoiyshunos olim, Afg‘oniston Fanlar akademiyasi faxriy a’zosi, mamlakat milliy medali sohibi Azizullah Aral, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiy
Batafsil
Talabalar uchun amaliyotchi sudya ishtirokida binar mashgʻulot o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yurisprudensiya yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Firuz Rashidov va sudya Xurshida Qurbonova ishtirokida Konstitutsiyaviy huquq fani doirasida “Sud hokimiyati” mavzusida binar mashg‘ulot tashkil etildi. Mashg‘ulotda sud hokimiyatining o‘rni va maqomidan tashqari sudyalar odob-axloq kodeksi, sudlarda ishlarni ko‘rishda sudlovlilik va taalluqlilik, sud instansiyalari haqida ma’lumotlar almashilganidan so‘ng bevosita sud protsessi tashkil etildi. Unda talabalar bugungi kun uchun eng katta muammo bo‘lib turgan ajrimlar yuzasidan nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ishni sud prosessida ko‘rib chiqishni taklif qildi. Nikohni bekor qilish to‘g‘risidagi ish apelyatsiya instansiyasi tartibida ko‘rib chiqildi. Fuqarolik ishida raislik qiluvchi va hay’at a’zolari, sudya yordamchisi, da’vo
Batafsil