Talabalar uchun tanlov o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Hadith contest” (Hadis musobaqasi) nomli tanlov bo‘lib o‘tdi.“Chet tillari” kafedrasining katta o‘qituvchisi Feruza Xodjakulova tomonidan ingliz tilida tashkil etilgan tadbirda talaba-qizlar 5 ta shart bo‘yicha bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Tanlov ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi. Musobaqa yakunida g‘olib jamoalarga esdalik sovg‘alari topshirildi.
Batafsil
Talaba-qizlar ishtirokida “Zakovat” intellektual o‘yini o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati “Zakovat” intellektual o‘yini bo‘lib o‘tdi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda fakultetning talaba-qizlaridan iborat 9 ta jamoa ishtirok etdi. Qizgʻin bahslardan iborat boʻlgan intellektual oʻyinda “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” yoʻnalishi 1-bosqich talaba-qizlari gʻolib deb topildi. Tanlov yakunida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovgʻalari topshirildi.
Batafsil
8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilovning BAYRAM TABRIGI
Hurmatli hamkasblar!Munis opa-singillar, aziz talaba-qizlarim!Avvalo, barchangizni, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati va jamoasi nomidan go‘zallik va nafosat ayyomi – 8-mart – Xalqaro xotin-qizlar kuni bilan chin qalbimdan muborakbod etaman. Sizga o‘zimning eng ezgu va samimiy tilaklarimni bildiraman. Oila a’zolaringiz, yaqinlaringiz, el-yurtimiz ardog‘ida bo‘lish saodatini tilayman.Ayol deganda ko‘z oldimizga eng avvalo, moʻtabar onamiz, qadrli buvijonlarimiz, munis opa-singillarimiz keladi. Ularga qancha mehr bersak, shuncha oz. Dunyoda shunday bir zot borki, uni har kuni e’zozlasak ham, dillarini xushnud qilishga urinsak ham uning haqqini ado eta olmaymiz. Bu moʻtabar zot onadir. Chindan ham ayolni, onani e’zozlash, unga ehtirom ko‘rsatish o‘zbek xalqiga xos olijanob xususiyatlardan biri. Shu ma’noda yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rni va mavqeini mustahkamla
Batafsil
Zulfiyaxonim izdoshlari
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘zbek she’riyatining otashnafas shoiralaridan biri, inson ruhiyati dunyosining betakror kuychisi, ardoqli shoira Zulfiyaxonim Isroilova tavalludining 108 yilligi munosabati bilan “Zulfiyaxonim izdoshlari” mavzusida tadbir tashkil qilindi. “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan tashkil etilgan tadbirda Akademiyaning faol talaba-qizlari tomonidan Zulfiyaxonim ijodidan she’riy parchalar o‘qib eshittirildi. Shoiraning bosib o‘tgan hayot yo‘llari va ijodi to‘g‘risida mehmonlarga ma’lumotlar berildi. Zulfiyaxonimning asarlari bo‘yicha Kahoot o‘yini tashkil etildi. Yakunda g‘olib va sovrindorlar mukofotlandi.
Batafsil
Mahorat darsi talabalar uchun foydali bo‘ldi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Matbuot xizmati rahbari Sevara Urinboyeva ishtirokida “Ziddiyatli vaziyatlarda PR va jurnalistika” mavzusida mahorat darsi o‘tkazildi.Amaliy mashg‘ulotda “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi o‘qituvchisi, PhD Madina Nuriddinova hamda “Jurnalistika (Internet jurnalistika)” yo‘nalishi 1-bosqich magistrlari qatnashdi.Mahorat darsida jurnalistlarning faoliyati, kasb odobi haqida so‘z yuritildi. Yuzaga kelgan ziddiyatli holatlarda mavjud vaziyatni qanday hal qilish kerakligi borasida tavsiyalar, amaliy ko‘nikmalar berildi. Interaktiv metodlar orqali tashkil etilgan binar darsda ishtirokchilar o‘zlari uchun foydali ma’lumotlarga ega bo‘lishdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Millat ayolining timsoli
Xalqimizning suyukli shoirasi Zulfiyaxonim ijodi, ibratli fazilatlari, hayotiy qarashlari bilan hali-hamon ko‘pchilik qizlar uchun namuna olishga arzirli ijodkor sifatida yodga olinadi. Har yili mamlakatimizda bahorning ilk kuni O‘zbekiston xalq shoiri Zulfiyaxonim tavalludi bilan uyg‘un nishonlanadi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham betakror shoira tavallud ayyomi munosabati bilan “Millat ayolining timsoli” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Ilyos Mirziyotov, kafedra mudiri Farhod Karimov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan madaniyat xodimi, Zulfiyaxonimning shogirdi Muhtarama Ulug‘ova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Sayyora To‘ychiyeva, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi. Uchrashuvda ma’ruzachilar talabalarga
Batafsil
Akademiyaning “Yosh faylasuflar” toʻgaragi a’zolari uchun uchrashuv tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasining “Yosh faylasuflar” toʻgaragi a’zolari uchun Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutiga sayohat tashkil etildi. Ekskursiya davomida talabalar institut muzeyi, kutubxonasi hamda oʻquv jarayoni bilan yaqindan tanishishdi. Ularga oliy ta’lim muassasasi faoliyati, muzeydagi nodir manbalar haqida batafsil ma’lumot berildi.Shundan so‘ng Toshkent islom instituti rektori, siyosiy fanlar doktori, professor Muhammadolim Muhammadsiddiqov bilan davra suhbati uyushtirildi.
Batafsil
Akademiyada Alisher Navoiy va Bobur Mirzoga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazildi
Ulug‘ mutafakkir, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiy hamda shoh va shoir Zahiriddin Muhammad Boburning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbi, ong-u shuuriga ezgulik, insonparvarlik, saxovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘zbek mumtoz she’riyati rivojiga munosib hissa qo‘shgan, xalqimiz tarixida o‘chmas iz qoldirgan buyuk mutafakkirlarning tavallud ayyomlari munosabati bilan ularning hayoti va ijod yo‘li aks etgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan Talabalar turar joyida tashkil etilgan “Navoiyxonlik kechasi” tadbirida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, shoira Zilola Xoʻjaniyozova, professor-oʻqituvchilar – M.Mirqosimova, Sh.Sodiqova hamda tyutorlar ishtirok etdi. Yig‘ilganlar hazrat Alisher Navoiyning yaratgan o‘chmas asarl
Batafsil
Talabalar uchun foydali va maroqli sayohat tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalarining bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish maqsadida “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Olim Astanakulov, Bobur Valiyev va O‘ktam Jiyanovlar hamrohligida “Turizm (ziyorat turizmi)” ta’lim yo‘nalishi 1-kurs talabalari uchun “Zangi ota” majmuasiga sayohat tashkil etildi.Sayohat davomida talabalar ziyoratchi va sayyohlarga ekskursiya xizmatlarini tashkil etish bo‘yicha amaliyot o‘tashdi. Talabalarga “Zangi ota” majmuasining barpo etilish tarixi, ziyoratgoh sifatidagi ahamiyati hamda sayyohlarni jalb qilish imkoniyatlari bo‘yicha ma’lumot berildi. Ekskursiya davomida talabalar kompleksda joylashgan “Ambar ona” maqbarasi bilan ham tanishishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiyada “Raqamli asr avlodlari” intellektual bellashuvi o‘tkazildi
Bugungi kunda raqamli bilimlar va zamonaviy axborot texnologiyalari taraqqiyotga erishishning muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Raqamli texnologiyalar nafaqat davlat va jamiyat boshqaruvini takomillashtiradi, balki ijtimoiy sohada odamlarga katta qulayliklar yaratadi. Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev tomonidan “Raqamli O‘zbekiston-2030” strategiyasini samarali amalga oshirish maqsadida mamlakatimizda raqamli iqtisodiyotni faol rivojlantirish, barcha tarmoqlar va sohalarda, eng avvalo, davlat boshqaruvi, ta’lim, sog‘liqni saqlash va qishloq xo‘jaligida zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini keng joriy etish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.Yoshlarimizni har tomonlama yetuk komil inson bo‘lib yetishishlari uchun o‘qitishning sifat va samaradorligini oshirish maqsadida “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan turli tadbi
Batafsil
Uchrashuv talabalar uchun foydali bo‘ldi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh talabalari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boshqaruvi akademiyasida bo‘ldi.Mazkur uchrashuvda “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi professor-o‘qituvchilari Olim Astanakulov va O‘ktam Jiyanov hamrohligida “Turizm (ziyorat turizmi)”, “Islom iqtisodiyoti va moliyasi” va “Jahon iqtisodiyoti va xalqaro iqtisodiy munosabatlar” ta’lim yo‘nalishlari 1-kurs talabalari ishtirok etdi.Davra suhbatida “Davlat tuzilishi va boshqaruvining huquqiy asoslari” kafedrasi mudiri, yuridik fanlari doktori, professor Xushvaqt Xayitov talabalarni Davlat boshqaruvi akademiyasi va uning faoliyati bilan tanishtirdi. Shuningdek, tashrif davomida “Konstitutsiyaga kiritilayotgan o‘zgarishlar – Yangi O‘zbekiston taraqqiyotining poydevori” va “O‘zbekistonda korrupsiyaga qarshi kurashishning huquqiy asoslari” mavzularida ma’r
Batafsil
Konstitutsiya – baxtimiz kafolati
Oʻzbekiston xalqaro islom akademiyasida “Baxtimiz – kafolati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Islom istisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda professor-o‘qituvchilar, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda kafedra dotsenti Mavluda Xodjayeva, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruz Rashidov ma’ruza qildi.Akademiya talabalar turar joyida tashkil etilgan davra suhbatida O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi xalqimiz siyosiy-huquqiy tafakkurining yuksak namunasi, erkin va ozod, tinch va osoyishta, farovon yashashning qonuniy kafolati ekanini ta’kidlandi. Bundan tashqari, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etish borasida mustahkam poydevor bo‘lib xizmat qilib kelayotgan mazkur hujjatni haqiqiy xalqchil hujjatga aylantirish ishla
Batafsil