Akademiya talabalari uchun “Usmon Nosir” spektakli namoyish etildi
O‘zining betakror iste’dodi, yuksak matonati va xalqparvarligi bilan adabiyotimizda o‘chmas iz qoldirgan, mustabid tuzum davrida siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir xalqimizning mashhur farzandlaridan biri hisoblanadi. Uning Vatanga muhabbat va sadoqat, kelajakka yuksak ishonch tuyg‘usi bilan yo‘g‘rilgan yetuk badiiy asarlarining xalqimiz ma’naviyatini yuksaltirish, yosh avlod tarbiyasidagi beqiyos o‘rni va ahamiyati e’tirof etilib, joriy yilda shoir tavalludining 110 yilligini keng miqyosda nishonlash va xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Otashin shoir, tarjimon va dramaturg Usmon Nosir tavalludining 110 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida” Prezident qarori qabul qilindi.Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab shoir ijodiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar, taqdimotlar o‘tkazilmoqda. Xususan, O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat ins
Batafsil
Talabalar o‘rtasida kibersport o‘yinlari o‘tkazildi
Ayni paytda butun dunyoda bo‘lgani kabi yurtimizda ham kibersport turi ommalashib bormoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari o‘rtasida ham kibersport bo‘yicha musobaqa bo‘lib o‘tdi. Unda 23 ta jamoa saralash bahslari qatnashdi. Musobaqa finaliga esa g‘olib bo‘lgan uchta jamoa yo‘l oldi. Yakunda 1-o‘rin “Islomshunoslik” yo‘nalishi 2-bosqich talabalarining jamoasiga nasib etdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Xalqaro psixologlar kuni mazmunli o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Xalqaro psixologlar kuni” munosabati bilan bayram tadbiri bo‘lib o‘tdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor Mirilyos Mirziyotov kirish so‘zi bilan ochib berdi.Marosimda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva, “Yosh psixologlar” klubi a’zolari hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.Tadbir davomida talabalar tomonidan turli psixologik treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Mazkur o‘yinlar orqali yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bir-birini tushunish kabi jihatlar yanada shakllantirildi. Yakunda “Yosh psixologlar” klubi a’zolariga sertifikatlar topshirildi.Ko‘tarinki kayfiyatda tashkil etilgan marosim yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi.O‘zb
Batafsil
Shaxmat-shashka musobaqalari qizgʻin pallada
Islomshunoslik fakulteti talabalari oʻrtasida tashkil etilgan shaxmat-shashka musobaqalariga start berildi. Ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, sport bellashuvlari O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida talabalar oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar rejasi bo‘yicha o‘tkazilmoqda.Islomshunoslik fakulteti tomonidan bo‘lib o‘tgan bellashuvlar ham ko‘tarinki ruhda tashkil etilib, ilk bosqichda yuzga yaqin talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Yoshlarni sportga bo‘lgan qiziqishlarini yanada oshirish, sog‘lom turmush-tarziga rioya qilish, besh tashabbus doirasida muntazam tashkil etilayotgan ma’rifiy tadbirlar davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Futbol bellashuvlari qizg‘in ruhda o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari orasida sog‘lom turmush tarzini shakllantirish, sport bilan muntazam shug‘ullanishi uchun shart-sharoit yaratish maqsadida mini futbol bo‘yicha “Dekan kubogi” bahslari o‘tkazildi. Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tomonidan “Oltin davrim” shiori ostida o‘tkazilgan bellashuvlar qizg‘in va murosasiz ruhda o‘tdi. G‘oliblik uchun 14 jamoa kurash olib bordi. Musobaqa yakunida “Xalqaro munosabatlar” yo‘nalishi 3-bosqich talabalari jamoasi “Dekan kubogi” sovrinini qo‘lga kiritdi. G‘olib va sovrindorlarga fakultet dekani Xabibullo Sadibaqosev tomonidan esdalik sovg‘alari va kubok topshirildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Deputat va Tyutorlar uchrashuvi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida faoliyat olib borayotgan tyutorlar ishtirokida tashkil etilayotgan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida Deputat va Tyutorlar uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.Muloqotda Akademiya kafedra mudiri, Shayxontohur tumani kengashi deputati, tarix fanlari doktori Ne’matilla Muhamedov tomonidan oliy ta’lim muassasalarida talabalar bilan ishlashning yangi mexanizmi yaratilgani, bunda faoliyati yo‘lga qo‘yilgan tyutorlar yoshlar bilan yaqindan suhbatlashishi, ularning jamiyatda o‘z o‘rnini topishida ko‘makchi bo‘lib kelayotgani borasida fikr yuritildi. Ayniqsa, talabalarning siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, davlat va jamiyat hayotida faol ishtirokini ta’minlash, Vatan taraqqiyoti va rivojiga munosib hissa qo‘shib, dahldorlik hissini oshirish zarurligi ta’kidlandi. Shuningdek, tyutorlar ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalarning o‘z yo‘nalishlari bo‘y
Batafsil
Trening yuqori kayfiyatda o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 1-bosqich talabalarining bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, oliy ta’lim muassasasi bilan yaqindan tanishtirish, ustoz va talabalar o‘rtasida samimiy munosabat o‘rnatish maqsadida trening mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Akademiya psixologi Gulruh Gʻaniyeva, tyutorlar hamda talabalar ishtirok etdi. Treningda “Yosh psixologlar klubi” tomonidan tomonidan turli psixologik o‘yinlar, zamonaviy metodlar orqali amaliy mashg‘ulotlar o‘tkazildi. Trening talabalar o‘zlarining psixologik xususiyatlarini bilishi, potensial imkoniyatlari, ichki qo‘rquv va hayajonni yengish kabi xususiyatlarini rivojlantirish uchun xizmat qildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati
Batafsil
Talabalar bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida adabiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo, yosh ijodkorlar hamda talabalar ishtirok etdi.O‘zbek she’riyatida o‘ziga xos uslubga ega, samimiy she’rlari bilan xalq qalbidan joy topa olgan ijodkor Iqbol Mirzo bilan bo‘lib o‘tgan adabiy uchrashuvda so‘z olganlar shoirning xalqimiz ma’naviyati, boy o‘tmishi, mehr-muhabbati aks etgan she’rlari xususida fikr yuritishdi.Samimiy muloqot davomida Iqbol Mirzo bugungi kunda yurtimizda davlatimiz rahbari tomonidan adabiyot ahliga keng imkoniyatlar berilayotgani, iste’dodli, ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida salmoqli ishlar bajarilayotganini ta’kidladi. Uchrashuvda yoshlarni kitob mutolaasiga qiziqtirish, buning uchun ko‘plab ko‘rik-tanlovlar, ijodiy uchrashuvlar o‘tkazilayotgani qayd etildi. O‘zbekiston xalq shoiri Iqbol Mirzo h
BatafsilDavra suhbati mazmunli o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita raisi o‘rinbosari, “O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni sohibasi Dilbar Gʻulomova bilan muloqot o‘tkazildi.Davra suhbati davomida yurtimizda xotin-qizlarning jamiyatdagi faolligini oshirish, ularga munosib turmush sharoitini yaratish, huquqlarini himoyalash va iste’dodlarini rivojlantirish masalalari haqida so‘z yuritildi.Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qilishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiyada “O‘rta Osiyo va Qozog‘iston musulmonlari diniy idorasining tashkil etilishi” mavzusida tadbir o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yangi o‘quv yili munosabati bilan 1-bosqich bakalavriat va magistratura talabalari ishtirokida “Birinchi kurs maktabi”, “Mustaqillik darslari” hamda ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda. Navbatdagi tadbirlardan biri islom ma’rifati va madaniyati rivojiga beqiyos hissa qo‘shgan Muftiy Boboxonovlar sulolasining merosini o‘rganish va yoshlar orasida keng targ‘ib etish mavzusiga bag‘ishlandi.Tadbirda O‘zbekistondagi Islom sivilizatsiyasi markazi yetakchi ilmiy xodimi Shayx Abdulaziz Mansur, Muftiy Boboxonovlar jamg‘armasi direktori maslahatchisi Amirsaidxon Usmonxo‘jayev, Toshkent islom instituti rektori Uyg‘un Gʻofurov, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi mudiri Ne’matulla Muxamedov, kafedra professori Saidakbar Agzamxodjayev,
Batafsil
Talabalar uchun madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi
Ayni paytda yurtimiz oliy ta’lim muassasalarida yangi o‘quv yili boshlandi. 1-bosqichga qabul qilingan talabalarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Mustaqillik darsi” o‘tkazilib, shahrimizning madaniy-ma’rifiy joylariga amaliy sayohatlar tashkil etilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining 1-bosqich talabalari uchun poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda talabalarga Adiblar xiyobonining tashkil etilishi, taniqli ma’rifatparvar Mahmudxo‘ja Behbudiyning jadidchiligimiz tarixidagi tutgan o‘rni, allomaning ilmiy merosi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, kun davomida talabalar Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyida ham bo‘lishib, qadimiy kulolchilik mahsulotlari, matolar, tangalar, sanʼat asarlari, tarixiy hujjatlar, fotosuratlar va boshqa turli-tuman eksponatlar bilan yaqindan tanishishdi. Muta
BatafsilYangi o‘quv yilining ilk kuni “Mustaqillik darsi” bilan davom etdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2022/2023-o‘quv yili munosabati bilan “Yangi O‘zbekistonda el aziz, inson aziz!” deb nomlangan “Mustaqillik darsi” o‘tkazildi. Unda Akademiyaning 1-bosqichiga qabul qilingan talabalar hamda Akademik litsey o‘quvchilari ishtirok etishdi.Darslar davomida Akademiya professor-o‘qituvchilari istiqlol, O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining 31 yilligi, uning fuqarolarimiz taqdiridagi ahamiyati, 2022-2026-yillarga mo‘ljallangan Yangi O‘zbekistonning taraqqiyot strategiyasining mazmun-mohiyati haqida ma’ruza qilishdi.Yoshlarga vatanni sevish haqiqiy baxt ekanligi, mamlakatimiz tinchligini asrab-avaylash, uning taraqqiyotiga hissa qo‘shish har bir farzandning burchiga aylanishi, eng asosiysi, bu niyat va maqsadlarga erishish yo‘lida talabalar kuchli bilimga ega bo‘lishi, odob-axloq, tarbiya bilan kamolga yetishi zarurligi alohida ta’kidlandi. Shuningdek,
Batafsil