O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Huquqiy islohotlar – davr talabi
Yoshlar bilan ishlash

Huquqiy islohotlar – davr talabi

Shayxontohur tumanidagi 192-umumta’lim maktabida “Huquqiy islohotlar – davr talabi” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedra mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matullo Muhamedov o‘zining ma’ruzasi bilan ishtirok etdi. Ushbu tadbir “Adolat” sotsial demokratik partiyasi Toshkent shahar Kengashi tashabbusi bilan partiyaning “Siyosiy-huquqiy bilimlarni mustahkamlash – demokratik jamiyat poydevori” loyihasi doirasida o‘tkazildi.Unda partiya a’zolari, Xalq deputatlari Toshkent shahar va tuman Kengashlari deputatlari, umumta’lim maktabi o‘qituvchilari, faol va tashabbuskor yoshlar qatnashdi. Darhaqiqat, bugungi kunda xalqimiz hayotida huquqiy islohotlarni amalga oshirish dolzarb ahamiyat kasb etib bormoqda. Xalqimizning xohish va istaklaridan kelib chiqqan holda “Inson qadri uchun” tamoyilini bosh dasturulamal qilib fuqarolarimiz uchun en

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi seminar-treningda ishtirok etdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya o‘qituvchisi seminar-treningda ishtirok etdi

Yurtimizda olib borilayotgan keng ko‘lamdagi islohotlar inson manfaatlari ustunligini ta’minlash barobarida jamiyatda xotin-qizlar mavqeini oshirish, ularning huquq hamda imkoniyatlarini ustuvor qadriyatlardan biri sifatida himoya qilishga qaratilgan. Bunda, ayniqsa, jamiyat hayotining turli sohalarida gender tenglikni ta’minlash mamlakat taraqqiyotining muhim jarayoni hisoblanadi. So‘nggi yillarda yurtimizda bu jihatga alohida e’tibor berilmoqda. Shu munosabat bilan Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumanida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati, Xotin-qizlar, oila va gender komissiyasi hamda Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘armaning O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan “Gender tenglik ta’minlangan adolatli jamiyat quramiz!” mavzusida seminar-trening o‘tkazildi.Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Raisi Tanzila Narbayeva, Konrad Adenauer nomidagi Jamg‘arm

Batafsil
Malakaviy amaliyot hisoboti tinglandi
Yoshlar bilan ishlash

Malakaviy amaliyot hisoboti tinglandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti “Psixologiya (Din sotsiopsixologiyasi)” bakalavriat yo‘nalishi 1-bosqich talabalarining joylarda o‘tkazgan malakaviy amaliyoti bo‘yicha hisoboti tinglandi.Malakaviy amaliyot hisobotini Amaliyot rahbarlari “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsentlari — Mirmuxsin Akramov hamda Aziza Turg‘unova qabul qildi.Unda talabalar amaliyot davomida Akademiyada olgan nazariy bilimlarini amaliyotda qo‘llash imkoniyatiga ega bo‘lgani, tashkilotlarning ish faoliyati bilan yaqindan tinishish imkoniyati tug‘ilgani, ish faoliyatda fuqarolar bilan muloqot jarayonlari bo‘yicha ma’lumot berishdi. Nazariy bilimlar amaliyotda qo‘llangani taqdimotlarda ham aks etdi.Ma’lumki, talabalar 2021-2022-o‘quv yilida 6-iyundan 2-iyulgacha, belgilangan muddatda malakaviy ama

Batafsil
Akademiya vakillari ko‘rgazmada ishtirok etdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya vakillari ko‘rgazmada ishtirok etdi

Innovatsion rivojlanish vazirligida ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlari doirasida bajarilgan loyihalarning raqamlashtirish va sun’iy intellekt texnologiyalarini joriy qilishga qaratilgan muhim ilmiy natijalari – yangi ilmiy ishlanmalar ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.Mazkur ko‘rgazma Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan “Ilm-fan va ilmiy faoliyat to‘g‘risida”gi qonuniga asosan ilmiy faoliyatga oid davlat dasturlarini ishlab chiqish maqsadida tasarrufida ilmiy tashkilotlar va oliy ta’lim muassasalari mavjud bo‘lgan vazirlik va idoralar o‘rtasida tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bir guruh vakillari ishtirok etdi. Tadbir davomida soha mutaxassislari tomonidan turli mavzulardagi ma’ruzalar va taqdimotlar o‘tkazildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati

Batafsil
Akademiya yosh iste’dodlari munosib taqdirlandi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya yosh iste’dodlari munosib taqdirlandi

Yangi O‘zbekistonni Uchinchi Renessans bosqichga olib chiqishda yoshlarning intellektual salohiyati muhim rol o‘ynaydi. Bugun yoshlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, keng dunyoqarashga ega bo‘lgan yetuk kadrlar bo‘lib shakllanishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan. Albatta, bu kabi imkoniyatlar Uchinchi Renessans poydevorini qo‘yishda muhim asos bo‘ladi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘tkazilgan “Аkademiya yosh iste’dodlari” nomli ilmiy-ijodiy ishlar tanlovi ayni shu jihatlarni amalga oshirishga qaratilganligi bilan ahamiyatlidir.Tanlov asosan 1-kurs talabalari o‘rtasida tashkil etilib, ularning bugungi o‘zgarish va yangilanishlarga munosabatini bilish, ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish maqsadida o‘tkazildi. Tanlovning saralash bosqichida 30 ga yaqin ilmiy-ijodiy ishlar kelib tushdi. Ulardan 18 tasi saralanib, “А

Batafsil
Akademiya “Zakovat” intellektual o‘yinlarining final bosqichi yakunlandi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya “Zakovat” intellektual o‘yinlarining final bosqichi yakunlandi

2021-yil oktabr oyida Akademiya rektori tomonidan “O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Oltin davrim” shiori ostida talabalar oyligi doirasida o‘tkaziladigan tadbirlar reja-dasturi” tasdiqlandi va “Zakovat” turniriga start berildi. 2021-yilning noyabr-dekabr hamda 2022-yilning yanvar-may oylari davomida haftaning har shanba kunlari muntazam ravishda “Zakovat” o‘yinlari tashkil etildi. Shuningdek, “14-yanvar Vatan himoyachilari kuni”, “8-mart Xalqaro xotin-qizlar kuni”, “Navro‘z bayrami”, Sohibqiron Amir Temur tavalludi va “9-may Xotira va qadrlash kuni” munosabati bilan “Zakovat” turnirining bayram sonlari o‘tkazildi.Bugungi kungacha o‘tkazilgan 18 ta tur o‘yinlarida jami 15 tadan 28 tagacha bo‘lgan jamoalar g‘oliblik uchun bellashdilar. 2022-yil 16-iyun kuni “Zakovat” intellektual o‘yinlarining final bosqichi o‘tkazildi. Unga ko‘ra, 1-o‘rin – “Masters” jamoasi 5 million so‘m, 2-o‘ri

Batafsil
Akademiya talabalari uchun Milliy kinologiya markaziga sayohat tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalari uchun Milliy kinologiya markaziga sayohat tashkil etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari uchun Davlat bojxona qo‘mitasining Milliy kinologiya markaziga sayohat tashkil etildi.Sayohat davomida Milliy kinologiya markazi vakillari Akademiya talabalariga Markaz haqida batafsil ma’lumot berishdi. Eslatib o‘tamiz, Milliy kinologiya markazi 1996-yil 24-oktabrda tashkil etilgan bo‘lib, kinologiya sohasi mutaxassislari va xizmat itlarini tayyorlovchi asosiy maskan hisoblanadi.Ekskursiya davomida talabalar Markazdagi veterinariya bo‘limi, o‘quv-uslubiyot va tahlil bo‘limidagi har bir yo‘nalish bo‘yicha ixtisoslashtirilgan o‘quv xonalarini ko‘zdan kechirishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Davlat tilida ish yuritish va imlo masalalari mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

Davlat tilida ish yuritish va imlo masalalari mavzusida o‘quv-seminari bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat oʻzbek tili va adabiyoti universiteti dotsenti, filologiya fanlari nomzodi Marxabo Umrzoqova ishtirokida “Davlat tilida ish yuritish va imlo masalalari” mavzusida o‘quv-seminari tashkil etildi.Unda professor-o‘qituvchilar, xodimlar hamda soha vakillari qatnashdi.Seminarda ma’ruzachi tomonidan o‘zbek-lotin alifbosining imlo qoidalari, asos va qo‘shimchalar imlosi, kirill alifbosidagi Е, Ё, Ю, Я, Ц harflarining o‘zbek-lotin alifbosida yozilishi, tutuq belgisining ishlatilishi, yonma-yon kelgan undoshlar imlosi kabi mavzularda ma’lumot berildi.Yakunda tinglovchilar tomonidan berilgan savollarga ma’ruzachi batafsil javob berdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Talabalar o‘rtasida “Psixologiya bilimdoni” mavzusida intellektual musobaqa o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar o‘rtasida “Psixologiya bilimdoni” mavzusida intellektual musobaqa o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Psixologiya bilimdoni” mavzusida intellektual musobaqa bo‘lib o‘tdi. “Din psixologiya va pedagogika” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda kafedra mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar hamda talabalar ishtirok etdi.Kafedra o‘qituvchisi M.Isayeva tomonidan olib borilgan bilimlar bellashuvida talabalardan iborat “Mentalist”, “Kreativ” hamda “Fokus jamoalari ishtirok etdi. Musobaqa davomida talabalar turli shartlar, qiziqarli o‘yinlar orqali olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi. Psixologik ko‘nikmalarini yanada rivojlantirishdi. Tadbir yakunida g‘olib va sovrindorlarga esdalik sovg‘alari, 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan “Kreativ” jamoasiga esa pul mukofoti topshirildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Akademiyada magistrantlarning dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiyada magistrantlarning dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 2-bosqich magistrantlarining dissertatsiya himoyasi o‘tkazildi. Tadbirda Raqamli texnologiyalar va sun’iy intellektni rivojlantirish ilmiy-tadqiqot instituti professorlari M.Ismoilov, B.Azimov, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti dotsenti Z.Xudoyqulov hamda kafedra professor-o‘qituvchilari qatnashdi.Dissertatsiya himoyasida magistrantlarning turli mavzulardagi ilmiy-tadqiqot ishlari tinglandi. Professor-o‘qituvchilar tomonidan tadqiqot ishiga doir savollar berildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Elektron hukumat mavzusida binar dars bo‘lib o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

Elektron hukumat mavzusida binar dars bo‘lib o‘tdi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Elektron hukumat loyihalarini boshqarish markazi xodimlari bilan hamkorlikda 1-bosqich magistratura “Axborot xavfsizligini boshqarish” mutaxassisligi talabalari uchun “Elektron hukumat tizimida axborot xavfsizligi” fani doirasida binar dars tashkil etildi.Dars jarayonida “Elektron hukumat” markazining Elektron davlat xizmatlaridan foydalanish bo‘yicha aholi ko‘nikmalarini oshirish bo‘limi xodimi Jahongir Topildiyev O‘zbekistonda elektron hukumat sohasida olib borilayotgan eng so‘nggi loyihalarga to‘xtalgan bo‘lsa, Axborot xavfsizligi va texnik qo‘llab-quvvatlash bo‘limi bosh mutaxassisi Abat Xojamuratov “Elektron hukumat” markazida axborot xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha qo‘llanilayotgan choralar bo‘yicha amaliy taqdimot o‘tkazdi.Binar dars bahs-munozalarga boy o‘tdi. Eng asosiysi, magistrantlar o‘z sohalari bo‘yicha kerakli bilim va ko‘nikmalarg

Batafsil
Akademiya talabasi respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabasi respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi

Yurtimizda yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi, iste’dod va salohiyatini keng namoyon etishi uchun zamonaviy sharoitlar yaratishga alohida e’tibor qaratilmoqda. So‘nggi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilyapti. Buning natijasi o‘laroq, sportchi yoshlar safi tobora kengayib bormoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik” fakulteti 3-bosqich talabasi Shukurillo Komiljonov sog‘lom turmush tarziga amal qilib, sportning kikboksing turi bilan muntazam shug‘ullanib keladi. Quvonarlisi, Akademiya talabasi kuni kecha Farg‘ona viloyatida o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi. Мusobaqada 73 kilogramm vazn toifasida qatnashgan Shukurillo Komiljonov murosasiz kechgan bellashuvlardan so‘ng 1-o‘rinni egalladi. Iqtidorli t

Batafsil
Ko'rinish