Talabalar uchun ingliz tili fanidan musobaqa tashkil etildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillar” kafedrasi tomonidan “Spelling bee” mavzusida ingliz tili fanidan musobaqa bo‘lib o‘tdi.Dastlab tanlovning saralash bosqichi tashkil etilib, yakuniy bosqichda ishtirok etuvchi talabalar savol-javoblar asosida tanlab olindi. Qiziqarli tarzda o‘tgan final musobaqasida talabalar faol ishtirok etib, ingliz tilidan olgan bilimlarini sinovdan o‘tkazishdi.Yakunda g‘olib va sovrindorlarga pul mukofoti topshirildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
BatafsilMahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya g‘oliblari aniqlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Mahmudxo‘ja Behbudiy hayoti va ijodini o‘rganish, faoliyatini yoritish, ilmiy tadqiq qilish hamda targ‘ib etish yo‘nalishida izlanish olib borayotgan, alohida faollik ko‘rsatgan talabalarni rag‘batlantirish maqsadida “Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” tanlovi o‘tkazilgan edi.Kuni kecha mazkur tanlovning g‘oliblari aniqlandi. Islomshunoslik fakulteti “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabasi Jahongir Saidqulov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish” yo‘nalishi 2-bosqich talabasi E’zoza Usmonxo‘jayeva, Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Turizm (ziyorat turizmi)” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Muhammadamin Mamanov hamda “Qiyosiy dinshunoslik” 1-bosqich magistranti Ibrohim Nig‘matullayev “Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi maxsus stipendiya” g‘oliblariga aylanishdi.Shu munosabat bilan
Batafsil
Mediasavodxonlikka bag‘ishlangan davra suhbatlari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida axborot maxsulotlarini mustaqil va mas’uliyat bilan qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga bag‘ishlangan navbatdagi davra suhbati o‘tkazildi.Unda Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Toxirov, “Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar” kafedrasi katta o‘qituvchisi Feruz Rashidov talabalarga bugungi axborot asrida media maxsulotlardan foydalanish madaniyatini oshirish, mas’uliyat bilan yondashish, globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini olish va ularga qarshi kurashish masalalari bo‘yicha so‘z yuritib, ushbu jarayonlarda jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashish muhimligini ta’kidladi.Ma’lumki, axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy, harbiy salohiyatini belgilovchi omillardan. Undan samarali foydalanish esa mamlakat xavfsizligi hamda jamiyat rivojining kafolati bo‘lib xizmat q
Batafsil
Shoira Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
Bugungi kunda joylarda davlatimiz rahbarining 5 ta muhim tashabbusi doirasida, yoshlarni adabiyot, rassomlik, san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirish, iste’dodini yuzaga chiqarish, bo‘sh vaqtini samarali o‘tkazishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilishi an’anaga aylangan.Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Talabalar turar joyida O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi, “Zulfiya” nomidagi davlat mukofoti sovrindori, Oila va xotin-qizlar davlat qo‘mitasi bosh mutaxassisi, shoira Guljamol Asqarova bilan ijodiy uchrashuv tashkil etildi.Tadbirda yurtimizda ijod axliga yaratilgan sharoitlar haqida ma’lumot berildi. Davra suhbatida so‘z olgan Guljamol Asqarova xalqimiz suygan shoira Zulfiyaxonim nomidagi mukofotni qo‘lga kiritgani uning uchun nihoyatda quvonchli voqea bo‘lgani, ijod yo‘lini bardavom bo‘lishiga turtki berganini qayd etdi.Uchrashuv davomi
Batafsil
Kitob – tafakkur gulshani
So‘nggi yillarda yurtimizda kitob mutolaasi va targ‘iboti, kitobxonlik madaniyatini oshirishga oid qator qarorlar va farmonlar qabul qilinib, mamlakatimizning barcha hududlarida kitobxonlikni keng targ‘ib qilishga asosiy e’tibor qaratilmoqda.Talaba-yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini oshirish maqsadida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tomonidan “Kitobxonlik – tafakkur gulshani” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, Islomshunoslik fakulteti dekani Jahongir Toxirov, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbatida filologiya fanlari doktori, dotsent Abdumurod Tilovov insoniyat tamaddunida kitobning tutgan o‘rni, adabiyot va zamon, kitobxonlik madaniya
Batafsil
“Ziyo-zukko” maktabi tomonidan ma’rifiy tadbir o‘tkazildi
Yurtimizdagi barcha umumta’lim maktablarida “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirlari o‘tkazilmoqda. Jumladan, “Ziyo-zukko” maktabida ham ana shunday bayram tantanalari bo‘lib o‘tdi.Maktab o‘quvchilari tomonidan “Yakka-yu yagona najotimiz – ilm!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.Tadbirda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, umumta’lim maktabi direktori Nargiza Ismatova, maktab o‘qituvchilari, o‘quvchilar hamda ularning ota-onalari ishtirok etdi.So‘zga chiqqanlar mazkur bayram bilan yig‘ilganlarni muborakbod etarkan, bitiruvchilar kelajakda Vatanimiz kelajagiga hissa qo‘shadigan insonlar bo‘lib yetishishlarini ta’kidlashdi. Tadbir davomida o‘quv yilida yuqori natijalarga erishgan o‘quvchilar hamda ustoz-murabbiylar esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.Tadbirda maktab o‘quvchilari tomonidan turli kuy-qo‘shiqlar ijro etildi. Turli tillarda Va
Batafsil
“Student’s Cup” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi yakuniga yetdi
Bir necha kun davomida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostidagi mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasining Toshkent shahar bosqichi yakuniga yetdi.Turnirning 3-o‘rin uchun kechgan bahsida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent shahridagi Yodju texnika instituti jamoasi bilan bellashdi.Musobaqa nizomiga ko‘ra, shahar bosqichida kuchli uchlikdan joy olgan jamoalar turnirning respublika bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritar edi. Afsuski, keskin va murosasiz kechgan bellashuvda Akademiya jamoasi raqiblariga 1:2 hisobida imkoniyatni boy berdi. Shunga qaramay, Akademiya jamoasining chiroyli va mazmunli o‘yinlari tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi. Akademiya sharafini munosib himoya qilgan talabalarimizga kelgusi musobaqalarda omad va zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz.O‘zbekiston xalqaro islom akademi
Batafsil
“Ilhom” mukofoti sovrindorlari taqdirlandi
Adiblar xiyobonida “Ilhom” mukofoti respublika tanlovining 2022-yilgi sovrindorlarini taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.Jamoat xavfsizligi universiteti 421-guruh kursanti Muhammadxonov Shuhratjon Muzaffarjon o‘g‘li 1-o‘rin Prezident sovg‘asi — "Spark" avtomobili, Jizzax davlat pedagogika instituti 3-bosqich talabasi Muxtorova Xafiza Ixtiyor qizi 2-o‘rin 30 mln so‘m, 3-o‘rin Qoraqalpoq davlat universiteti doktoranti Ayimbetova Zamira Maqsetbay qizi 15 mln so‘m pul mukofotlari bilan taqdirlandi. Tanlov g‘oliblariga Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining maxsus diplom va statuetkalari topshirildi.
Batafsil
Akademiyada kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillar” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova hamda kafedra katta o‘qituvchisi Kamola Aripova tomonidan “Book worms” kitobxonlik tadbiri o‘tkazildi.Uchrashuvni “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov ochib berdi. O‘qituvchilar va talabalar ishtirok etgan ushbu ko‘ngilochar kitobxonlik tadbiri ko‘tarinki ruhda olib borildi. Talabalarning ingliz tilida namoyish etgan kitob taqdimotlari, viktorinalar barchaga manzur bo‘ldi. Tadbir yakunida talabalarga kitoblar sovg‘a qilindi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Harbiy soha xodimlari uchun seminarlar mazmunli o‘tdi
Mudofaa vazirligi tasarrufidagi oliy harbiy ta’lim muassasalari hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorligida “Ilmiy faoliyat samaradorligini oshirish mexanizmlari” mavzusida amaliy seminar-treninglar o‘tkazildi.Yurtimizda ilk marotaba harbiy soha tizimi xodimlarining ilmiy salohiyatini oshirish chora-tadbirlari doirasida Qashqadaryo va Buxoro viloyatlarida tashkil etilgan tadbirlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining professor-o‘qituvchilari hamda xodimlari ishtirok etdi.Uchrashuvlarda so‘zga chiqqanlar tomonidan so‘nggi yillarda yurtimizda ilm-fanga bo‘lgan e’tibor yangi bosqichga ko‘tarilgani, yosh tadqiqotchilar, olimlar uchun qulay sharoitlar yaratilayotganini ta’kidlandi. Jumladan, mazkur sohada xizmat qilayotgan harbiylarning ilm-fan bilan shug‘ullanishi uchun davlatimiz rahbari tomonidan alohida e’tibor qaratilayotgani qayd etildi. Bu borada Akademiya vak
Batafsil
Akademiya talabasi respublika esselar tanlovida taqdirlandi
Yoshlarni vatanparvarlik, milliy va umuminsoniy qadriyatlarga hurmat, zararli oqimlarga qarshi tura oladigan, hayotga boʻlgan qatʼiy ishonch, Uchinchi Renessans poydevorini qurishda yoshlarning faol ishtiroki va daxldorlik fazilatlarini shakllantirish ustuvor maqsadlardan biri hisoblanadi.Shu maqsadda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Respublika Ma’naviy va ma’rifat markazi hamda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi ijroiya qo‘mitasi hamkorligida oliy ta’lim muassasalarining bakalavr ta’lim yo‘nalishi talabalari o‘rtasida “Yangi O‘zbekistonni o‘zimiz, o‘z qo‘limiz bilan bunyod etamiz” shiori ostida respublika esselar tanlovi o‘tkazildi. O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent shahar kengashi tomonidan tanlovning Toshkent shahar bosqichi g‘olib va sovrindorlarini taqdirlash marosimi o‘tkazildi.Ahamiyatlisi, mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiya
Batafsil
Trening ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Biz yangi O‘zbekistonni o‘z qo‘llarimiz bilan yaratamiz” shiori ostida “Yosh psixologlar klubi” tomonidan art-terapiya treningi o‘tkazildi.Akademiya psixologi Gulruh G‘aniyeva rahbarligida tashkil etilgan tadbir ishtirokchilari berilgan qisqa vaqt ichida barmoqlari orqali bo‘yoqlar yordamida rasm chizishdi. Treningni o‘tkazishdan maqsad yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘lib, talabalarning tadbir davomida ichki ruhiyatini ranglar bilan qanchalik bog‘lay olishi trenerlar tomonidan tahlil qilindi. Talabalar trening davomida jamoaviy ishlash, do‘stona muloqot, birgalikda kommunikativ aloqalarni o‘rnatish hamda maqsadlarni birlashtirish kabi ko‘nikmalarga ega bo‘lishdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil