O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Akademiya jamoasi bugun yarim finalda o‘ynaydi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya jamoasi bugun yarim finalda o‘ynaydi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasi qizg‘in pallaga kirib bormoqda.Turnirning chorak finalida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent davlat sharqshunoslik universitetini mag‘lubiyatga uchratib, yarim finalga yo‘l oldi. Vakillarimiz ketma-ket uchinchi marotaba penaltilar seriyasida raqiblaridan ustun kelganini ta’kidlash joiz.Bugun Akademiya jamoasi O‘zbekiston Milliy universitetiga qarshi maydonga chiqadi. Mazkur bahsda ham vakillarimizga omad va zafar yor bo‘lishini tilab qolamiz.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Akademiya jamoasining zafarli yurishi davom etmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya jamoasining zafarli yurishi davom etmoqda

Xabar berib o‘tganimizdek, ayni paytda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Biz yangi O‘zbekiston yoshlarimiz” shiori ostida mini-futbol bo‘yicha “Student’s Cup” musobaqasi bo‘lib o‘tmoqda. Biroz oldin turnirning nimchorak finalida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Toshkent davlat iqtisodiyot universitetining “Iqtisodchi” jamoasini mag‘lubiyatga uchratdi.Keskin va murosasiz bahsning asosiy vaqtida g‘olib aniqlanmadi. Penaltilar seriyasida esa Akademiya jamoasining qo‘li baland keldi hamda chorak finalga yo‘l oldi. E’tiborlisi, avvalgi bosqichda ham talaba-yigitlarimiz penaltilar bellashuvida zafar quchishgandi. Shu munosabat bilan Akademiya jamoasiga muvaffaqiyat tilab, kelgusi bahslarida ham omad va zafar hamroh bo‘lishini tilab qolamiz.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Akademiya talabalar teatr studiyasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalar teatr studiyasi 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Madaniyat vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida “Yilning eng faol talabalar teatr studiyalari” tanlovining Toshkent shahar Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlaridagi oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.Mazkur tadbir talaba-yoshlarni san’atga muhabbat ruhida tarbiyalash va ma’naviy kamolotga yo‘naltirish, iqtidorli yoshlarga o‘z imkoniyatlarini yuzaga chiqarish uchun sharoit yaratish maqsadida tashkil etildi.Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining talabalar teatr studiyasi ham muvaffaqiyatli qatnashdi. Tanlovda Akademiya vakillari O‘zbekiston san’at arbobi Jo‘ra Mahmudovning “Sadoqat” asari asosida sahnalashtirilgan spektaklini yig‘ilganlarga taqdim etishdi.Yakuniy natijalarga ko‘ra, Akademiya talabalar teatr studiyasi faxrli 2-o‘rinni qo‘lga kiritdi.O‘zbekiston xalqaro islom

Batafsil
Akademiya vakillari “Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlarida faol qatnashmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya vakillari “Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlarida faol qatnashmoqda

Ayni paytda yurtimiz bo‘ylab “Jaholatga qarshi ma’rifat” targ‘ibot tadbirlari doirasida aholi bilan uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Mazkur tadbirlarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari ham faol ishtirok etishyapti. Joylardagi uchrashuvlar davomida mamlakatimizda olib borilayotgan diniy-ma’rifiy sohadagi islohotlar, aholi, xususan, yoshlarga yaratilayotgan sharoitlar, keng imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumot berilayotir.Jumladan, Toshkent viloyatining Chinoz tumanidagi “Alisher Navoiy”, Yangiobod, Istiqlol, Tinchlik, Yangiyo‘l tumanining Qo‘shyog‘och, Xonqo‘rg‘on, Registon, Sho‘ralisoy kabi mahallalarida “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy davra suhbatlari, seminar-treninglar tashkil etildi.Tadbirda so‘zga chiqqanlar bugun jamiyatda qonun ustuvorligini ta’minlash, aholi, ayniqsa, yoshlar o‘rtasida jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini o

Batafsil
Janubiy Koreyalik o‘qituvchi ishtirokida mashg‘ulot darsi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Janubiy Koreyalik o‘qituvchi ishtirokida mashg‘ulot darsi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Axborot xavfsizligini boshqarish yo‘nalishi 1-kurs magistrlari uchun TOPIS (Traffic OPerating Information System) mavzusida onlayn dars mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.Unda Janubiy Koreyalik o‘qituvchi, dotsent Byung Voon Choi talabalarga axborot oqimining ko‘payib borayotganligi, ulardan kerakli axborotni ajratish, hozirgi kunda Janubiy Koreyadagi IT va transport xavfsizligi yuzasidan ishlab chiqilgan TOPIS platformasi, uning istiqboli haqida batafsil ma‘lumot berdi. Mashg‘ulot davomida magistrlar tomonidan berilgan savollarga javob olindi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Hamkorlikdagi loyihalar muhokama etildi
Yoshlar bilan ishlash

Hamkorlikdagi loyihalar muhokama etildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Kasimova va katta o‘qituvchi Feruza Rasulova “Intilish” respublika axborot ta’lim markazida “O‘zbekistonda davlat va fuqarolik jamiyati bilan hamkorlikda ta’lim, o‘zaro muloqot va zaif guruhlarning radikallashishga qarshi barqarorligini oshirish orqali zo‘ravon ekstremizmning oldini olishga ko‘maklashish” mavzusidagi loyihasi doirasida o‘tkazilgan seminar-treningda ishtirok etdi.Germaniyaning “German cooperation”, “DVV international” jamg‘armasi bilan hamkorlikda tashkil etilganda tadbirda loyihaning birinchi bosqich yakunlari ko‘rib chiqildi. Loyiha rahbari hamda ijrochilar loyiha mazmuni va faoliyatini yanada takomillashtirishda din psixologiyasi sohasi mutaxassislariga ehtiyoj katta ekanligi ta’kidlandi. Probatsiya xizmatida tashkil etilgan psixologik treninglar haqida ijobiy fikrlar bildiris

Batafsil
Akademiya o‘qituvchisi dolzarb mavzuda ma’ruza qildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya o‘qituvchisi dolzarb mavzuda ma’ruza qildi

Bugun O‘zbekiston jahonning rivojlangan davlatlari qatori o‘z milliy qiyofasida, ya’ni ijtimoiy hayotning barcha sohalarida xalqimizning milliy mentalitetiga xos bo‘lgan ijobiy an’analar va qadriyatlarni saqlab qolgan holda maydonga chiqmoqda. Demokratik fuqarolik jamiyati qurish jarayonida jamiyatimizda yangicha siyosiy munosabatlar, yangicha siyosiy dunyoqarash, siyosiy madaniyat shakllanmoqda. Bu borada joylarda turli davra suhbatlari va tadbirlar o‘tkazilmoqda.Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi dotsenti, yuridik fanlari doktori Nigora Yusupova shu mavzudagi ma’ruzasi bilan qatnashdi.Yurtimizda 2022-2026-yillarda xotin-qizlarning mamlakat iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy hayotining barcha jabhalarida faolligini oshirish bo‘yicha Milliy dasturda belgilangan vazifalarning ijrosini yuqori saviyada ta’minlash maqsadida tash

Batafsil
Davra suhbati mazmunli bo‘ldi
Yoshlar bilan ishlash

Davra suhbati mazmunli bo‘ldi

Bugungi kunda aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish nafaqat mamlakatimiz, balki butun dunyo hamjamiyati oldida turgan dolzarb masaladir. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Go‘zallik va salomatlik sirlari” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Akademiya Xotin-qizlar sektori tomonidan tashkil etilgan tadbirda dietolog, sog‘lom ovqatlanish bo‘yicha mutaxassis Mavjuda Zohidova, stilist Oydinoy To‘xtayeva talaba-qizlarga o‘z bilimlari bilan o‘rtoqlashishdi. Tadbirda sog‘lom turmush tarziga rioya qilish orqali inson salomatligi ta’minlanishi haqida so‘z yuritildi. Uchrashuv yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi.Tadbirda “Yosh psixologlar klubi” a’zolari ham treninglar bilan qatnashdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
“Ramazon – muborak oy” festivali o‘zgacha shukuhda o‘tdi
Yoshlar bilan ishlash

“Ramazon – muborak oy” festivali o‘zgacha shukuhda o‘tdi

Ayni paytda barcha mo‘min-musulmonlar uchun oylarning eng ulug‘i va barokatlisi bo‘lgan Ramazon oyi yurtimizda ham o‘zgacha shukuhda davom etmoqda. Bu muborak oyda yuksak insoniy fazilatlar, mehr-muruvvat, hamjihatlik, birodarlik kabi ezgu qadriyatlar yana bir pog‘onaga ko‘tariladi. Insonning nafaqat tani, balki ruhiyati ham poklanadi, yasharadi. Masjidlarda Qur’on xatm qilinib, Alloh taolodan yurtga tinchlik, odamlar o‘rtasida olijanob fazilatlar yanada kuchayishi, xayrli amallar so‘raladi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida tashkil etilgan “Ramazon – muborak oy” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy festivalda ham ana shu jihatga alohida ahamiyat qaratildi. Tadbirda Akademiya mutasaddilari hamda talabalar ishtirok etdi. Marosimni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov kirish so‘zi bilan ochib berarkan, yaqinlashib kelayotgan Ramazon hayitini bilan barchani mubora

Batafsil
Adiblar xiyobonidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Adiblar xiyobonidagi ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar davom etmoqda

Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi, Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Toshkent arxitektura-qurilish instituti, Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti, Milliy tadqiqot universiteti hamda Toshkent tibbiyot akademiyasi professor o‘qituvchilari va talaba-yoshlari ishtirokida ma'naviy-ma'rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Tadbir tashkilotchilari o‘zbek adabiyotining zabardast vakillari zamondosh shoir, yozuvchilar: Alisher Navoiy, Furqat, Behbudiy, Abdulla Oripov hamda Zulfiyaxonimning haykallari poyida o‘zlarining chiqishlari, sahna ko‘rinishlari hamda mushoiralari bilan ishtirok etishdi.

Batafsil
Adiblar xiyobonida ma’naviy tadbirlar
Yoshlar bilan ishlash

Adiblar xiyobonida ma’naviy tadbirlar

Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining bir guruh ustoz va talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Dastlab Mahmudxo‘ja Behbudiy xaykali poyiga gul qo‘yilib, adib yod etildi. Shundan so‘ng buyuk ajdodimiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’naviy merosi, hayoti va ijodi, yosh avlodni asriy qadriyatlarga sodiq, zamon bilan hamnafas, zukko, bilimdon etib tarbiyalashga qaratilgan o‘gitlari tilga olindi.Uchrashuvda filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori Dilshodaxon Muminova hamda Akademiya talabasi, Mahmudxo‘ja Behbudiy nomidagi stipendiya sovrindori Anvar Mustafoyevlar adibning hayoti va ijodi haqida o‘z ma’ruzasi bilan qatnashdiTadbir yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga ma’ruzachilardan javob olishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Mediasavodxonlikka bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Mediasavodxonlikka bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi

Axborot resurslari har bir davlatning iqtisodiy, harbiy salohiyatini belgilovchi omillardan. Undan samarali foydalanish esa mamlakat xavfsizligi hamda jamiyat rivojining kafolati bo‘lib xizmat qiladi. Axborot maxsulotlarini qabul qilishda mas’uliyat bilan yondashish, mediasavodxonlik ko‘nikmasini shakllantirish davr talabidir.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida voyaga yetmaganlar va yoshlar o‘rtasida axborot maxsulotlarini mustaqil va mas’uliyat bilan qabul qilish ko‘nikmalarini shakllantirishga bag‘ishlangan davra suhbati o‘tkazildi.Tadbirda “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi katta o‘qituvchisi, “Maʻrifat” targʻibotchilar jamiyati aʻzosi Saidafzal Saidjalolov talabalarga bugungi axborot asrida media maxsulotlardan foydalanish madaniyatini oshirish, mas’uliyat bilan yondashish, globallashuv davrida turli mafkuraviy tahdidlarni oldini o

Batafsil
Ko'rinish