Ikki ta’lim maskani talabalari uchrashuvi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Psixologiya (Din sotsiopsixologiya)ta’lim yo‘nalishi talabalari bilan O‘zbekiston San’at va madaniyat instituti Dramatik teatri va kino san’ati fakulteti talabalari hamkorligida “Tengdosh-tengdoshga” tamoyili asosida do‘stona uchrashuv bo‘lib o‘tdi.Ushbu uchrashuv davomida O‘zbekiston San’at va madaniyat instituti talabalari tomonidan Revizor spektaklidan parcha qo‘yib berildi, so‘ng qiziqarli savol-javob va improvizatsiya chiqishlari bilan talabalar o‘rtasida qizg‘in suhbat va tajriba almashinuvi o‘tkazildi.Har bir kasbni yetuk mutaxassisi bo‘lish ortida mashaqqatli mehnat va bilim olish turgani, badiiy kitoblarni ko‘p mutolaa qilish foydali ekani haqida fikr almashildi. Tadbirda O‘zbekiston San’at va madaniyat instituti “Musiqali, daramatik va kino san’ati” kafedrasi dotsenti Zamira Ahmedova, O‘zXIA “Din psixologiyasi va pedagogikasi” kafedrasi m
Batafsil
Talabalar xalqaro sanoat ko‘rgazmasida
Shu kunlarda poytaxtimizda joylashgan “Uzekspomarkaz” milliy ko‘rgazma majmuasida “INNOPROM. Markaziy Osiyo” xalqaro sanoat ko‘rgazmasi o‘tkazilmoqda. Akademiya talabalari guruh murabbiylari hamda o‘qituvchilar hamrohligida ushbu tadbir faoliyati bilan yaqindan tanishishdi.Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti tyutori M.Palvanov, “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi mudiri Q.Rahmonov, katta o‘qituvchi U.Sodiqov va “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi talabalari bilan birgalikda xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etishdi.Bu yerda talabalar ko‘plab xalqaro kompaniyalarning faoliyati va mahsulotlari bilan tanishib, soha mutaxassislari bilan bo‘lib o‘tgan muloqotda o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Ma’naviyat bog‘ida ma’rifatparvar saboqlari
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakulteti talabalari va tyutorlari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Unda buyuk ajdodimiz Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy-ma’naviy merosi, hayoti va ijodi, yosh avlodni asriy qadriyatlarga sodiq, zamon bilan hamnafas, zukko, bilimdon etib tarbiyalashga qaratilgan o‘gitlari tilga olindi.Shuningdek, Yozuvchilar uyushmasi yetakchi mutaxassisi, yozuvchi Risolat Xaydarova tomonidan adib faoliyatiga oid qimmatli ma’lumotlar o‘rtoqlashildi. Talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga tadbir davomida ma’ruzachilardan javob olishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Akademiya o‘qituvchisiga tashakkurnoma topshirildi
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi tomonidan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islomshunoslik va islom sivilizatsiyasini o‘rganish ICESCO” kafedrasi dotsenti, yuridik fanlar doktori Nigora Yusupovaga minnatdorlik bildirildi.Akademiya o‘qituvichi ichki ishlar organlari xodimlari o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, faol kitobxonlar safini kengaytirish hamda ularning intellektual salohiyatini oshirish, kutubxonalarda madaniyat, dunyoviy va diniy ilm-fan taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan ulug‘ ajdodlarimizning noyob asarlarini asrab-avaylash va boyitish ishlarida samarali hamkorlik olib bordi.Shuningdek, “Kitobsevar millat” shiori ostida o‘tkazilayotgan II Respublika kitobxonlik haftaligi doirasidagi “Islomda gender tenglikning o‘ziga xos tamoyillari” nomli tadbirdagi faol ishtiroki hamda hamkorligi uchun tashakkurnoma topshirildi. O‘zbekiston xalqaro islom
Batafsil
Qozog‘iston milliy universiteti bilan hamkorlikda seminar tashkil etildi
Akademiya O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori, filologiya fanlari doktori Gulnar Nadirova bilan hamkorlikda “Некоторые критические подходы в исторических исследованиях” (Tarixiy tadqiqotlardagi ayrim tanqidiy yondashuvlar) mavzuida onlayn ilmiy seminar o‘tkazdi. Mashg‘ulotda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda 5A70230301-matnshunoslik va adabiy manbashunoslik mutaxassisligi va 5A120102-Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha) mutaxassisliklarida tahsil olayotgan magistrlar qatnashdi. Onlayn seminarda professor Nadirova Gulnar Yermuratovna bir qancha tarixiy voqealar jumladan tarixlar yozilishi jarayoni, ulardan shaxs va davlatlar o‘z manfaati yo‘lida noto‘g‘ri talqin etgan holda foydalanishi va ularning oqibati, davlat va jamiyatda din va firqalarning talqin etilishi va uning o‘rni hamda shu kabi dolzarb masalala
Batafsil
Seminar-trening o‘tkazildi
“Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi dotsenti Mirmuxsin Akromov taklifi bilan Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti Psixologiya (Din sotsiopsixologiya) yo‘nalishi 3 kurs talabalari uchun “Shaxsiy psixologik rivojlanish” mavzusida seminar-trening tashkillashtirildi. Treningni “Shuhrat” medali soxibi, Yosh olimlar uyushmasi a’zosi, “Kelajak liderlari” klubi a’zosi Nuriddin Ubaydullayev talabalarning shaxsiy rivojlanishi, o‘z-o‘zini anglash, liderlik qobiliyatlarini rivojlantirish mavzularida bir qator treninglar o‘tkazdi.
Batafsil
Hamkorlikda onlayn ilmiy seminar o‘tkazildi
O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti kafedrasi Al-Farobiy nomidagi Qozog‘iston milliy universiteti professori, tarix fanlari nomzodi Kambarbekova Galiya Amzeyevna bilan hamkorlikda “Фихи ма фихи Джалаладдина Руми: от философских вопросов до социальных проблем” (Jaloliddin Rumiyning Fihi ma fihi asari: falsafiy savollardan ijtimoiy muammolargacha) mavzuida onlayn ilmiy seminar o‘tkazdi. Mashg‘ulotda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda 5A70230301-matnshunoslik va adabiy manbashunolsik mutaxassisligi va 5A120102-Lingvistika (sharq tillari bo‘yicha) mutaxassisliklarida tahsil olayotgan magistrlar qatnashdi. Onlayn seminarda professor Kambarbekova Galiya Amzeyevna Mavlono Jaloliddin Rumiy hayoti va ijodiyoti haqida to‘xtalib o‘tdi. Uning ‘Fihi ma fihi’ asari haqida batafsil to‘xtalib, asardagi 170 ta hikoya tarjimasi ustida ishlayotganligi haqida ma’lumot berib o‘tdi. Mazkur hikoyalarni
BatafsilMehnat yarmarkasi: talabalar ish bilan ta’minlanyapti
Xabaringiz bor, Prezidentimiz rahbarligida 2022-yil 4-mart kuni o‘tkazilgan videoseleklor yig‘ilishining 19-sonli bayoni hamda Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash chora-tadbirlari bo‘yicha “yo‘l xaritasi”ning 18-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida joylarda talaba-yoshlar uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuv va muloqotlar, mehnat yarmarkalari tashkil etilmoqda.Shu maqsadda, yuqorida belgilangan ustuvor vazifalarga muvofiq, Akademiyada “Kovorking ofislari” faoliyatini tashkil etish, talabalar ishlashi mumkin bo‘lgan ish o‘rinlarini aniqlab, ish beruvchilar bilan hamkorlikda mehnat yarmarkalari, uchrashuvlar o‘tkazish rejalari ishlab chiqilgan.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash maqsadida ish beruvchilar bilan hamkorlikda vakansiya va amaliyot yarmarkasi bo‘lib o‘tdi.Yarmarkada
Batafsil
Tuman yoshlari uchun o‘quv kurslari boshlandi
Xabaringiz bor, davlat rahbari tomonidan joriy yil 4-mart kuni “Oliy ta’lim muassasalari talabalari bandligini ta’minlash orqali ularning turmush darajasini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi videoselektor yig‘ilishi o‘tkazilgandi. Mazkur yig‘ilishda belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida talabalarning darsdan bo‘sh vaqtlarida ish bilan bandligini ta’minlashga qaratilgan tizimli ishlar olib borilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham bu boradagi amaliy harakatlar o‘z natijasini ko‘rsatmoqda.Shu yilning 29-mart kuni Shayxontohur tuman hokimligi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati hamkorligida tumandagi yoshlar uchun uchrashuv tashkil etildi. Tadbirda tumanda istiqomat qiladigan, xorijiy tillarni o‘rganishga ehtiyoji yuqori bo‘lgan yoshlar uchun beg‘araz o‘quv kurslarini tashkil etish tashabbus bildirilgan edi. Shunga muvof
Batafsil
“Dekan kubogi” g‘oliblariga esdalik sovg‘alari topshirildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti talabalari o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha tashkillashtirilgan “Dekan kubogi” musobaqasi o‘z nihoyasiga yetdi. Ikki oy davomida murosasiz bahslar ostida o‘tgan o‘yinlar natijasiga ko‘ra “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs “Yuksalish” jamoasi 1-o‘rinni, “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-kurs “Chempion” jamoasi 2-o‘rinni, “Dinshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 2-kurs “Liderlar” jamoasi 3-o‘rinni egalladi. G‘olib jamoalarga tashkilotchilar tomonidan esdalik sovg‘alari topshirildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Matbuot xizmati
Batafsil
Adiblar xiyobonida ijodiy uchrashuv o‘tkazildi
Poytaxtimizdagi Adiblar xiyobonida “Mahmudxo‘ja Behbudiyning ilmiy merosi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Ijodiy uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Islomshunoslik fakulteti professor-o‘qituvchilari, tyutorlari hamda talabalari ishtirok etishdi.Tadbirda O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi bo‘lim boshlig‘i, yozuvchi Ma’mura Zohidova Mahmudho‘ja Behbudiyning hayoti va ijodi haqida ma’ruzasi bilan qatnashdi. Behbudiyning adabiyotimiz rivojiga qo‘shgan beqiyos hissasi, asarlari haqida so‘z yuritdi. Muloqot davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob olishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
“Tafakkur egalari” kitobxonlik tanloviga start berildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 30-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Har kuningiz bo‘lsin Navro‘z!” shiori ostidagi bayram sayli oldidan talabalar o‘rtasida “Tafakkur egalari” kitobxonlik tanlovi o‘tkazildi.Mazkur tanlov Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar fakultetining talabalari hamda guruh tyutorlari tomonidan tashkil etilgan loyiha bo‘lib, bugun bayram tantanalari oldidan tanlovning ilk bosqichiga start berildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil