Sport musobaqalari o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 30-mart kuni bo‘lib o‘tadigan “Har kuningiz bo‘lsin Navro‘z!” shiori ostidagi bayram sayli oldidan sport musobaqalari tashkil etildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
“Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida maʼnaviy-maʼrifiy tadbir oʻtkazildi
Din ishlari bo‘yicha qo‘mita, Shayxontohur tuman hokimligi hamda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi bilan hamkorlikda “Jaholatga qarshi ma’rifat” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.Tadbirda Din ishlari bo‘yicha qo‘mita rahbariyati, mas’ul xodimlari, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rahbariyati, Shayxontohur tuman hokimligi mutasaddilari, mahalla raislari, yoshlar ishtirok etdi. Uchrashuvda bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar, xalqimiz uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar haqida so‘z yuritildi. Muloqotda so‘zga chiqqan ma’ruzachilar tomonidan mamlakatimizda olib borilayotgan ijtimoiy-iqtisodiy, diniy sohadagi islohotlar, qolaversa, islom dinining insonparvarlik, tinchlik va do‘stlik kabi olijanob ta’limotlari hamda internet va ijtimoiy tarmoqlar orqali tarqalayotgan mafkuraviy xatarlar va ularni oldini olish masalalari kabi mavzularda
Batafsil
Navbatdagi Mehnat yarmarkasi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarning ijtimoiy sharoitini yaxshilash va bandligini ta’minlash maqsadida Shayxontohur tuman hokimligi hamda tuman Aholini bandligiga ko‘maklashish markazi bilan hamkorlikda navbatdagi mehnat yarmarkasi tashkil etildi.Yarmarkada Markaz mutasaddilari 32ga yaqin tashkilotlar o‘zlarining 534 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashayotganini ma’lum qilishdi. Bundan tashqari joriy yilning 25 mart kuni o‘tkazilgan mehnat yarmarkasida 30ga yaqin tashkilotlar o‘zlarining 1 ming 354 ta bo‘sh ish o‘rinlari bilan ishtirok etishgandi. Yoshlar va ish beruvchi tashkilotlar o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda tashkilotlardagi bo‘sh ish o‘rinlari haqida Akademiya talabalari hamda Shayxontohur tumanida yashovchi yigit-qizlarga batafsil ma’lumot berildi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Bilim va tafakkur bahslari davom etmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Zakovat” intellektual o‘yinining navbatdagi 10-tur bahslari o‘tkazildi. Unda bilimdon, izlanuvchan talaba-yoshlardan iborat 15 ta jamoa o‘zlarining bilim va tafakkurlarini sinovdan o‘tkazishdi.Ta’kidlash joizki, har bir tur-bahslarida Akademiya prorektorlari va professor-o‘qituvchilar o‘zlarining savollari bilan ishtirok etishyapti. “Zakovat” intellektual o‘yinlari davom etmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Bilimdonlar bellashuvi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Andijon qishloq xo‘jaligi va agrotexnologiyalar instituti akademik litseyi o‘quvchi yoshlari bilan Akademiya akademik litseyi o‘quvchilari o‘rtasida “Zakovat” intellektual o‘yini tashkil etildi. Unda ikki ta’lim muassasasi o‘quvchi yoshlari ishtirok etib, o‘z bilimlarini sinovdan o‘tkazdilar. Tadbir ikki ta’lim muassasasi o‘quvchilari uchun ham manfaatli bo‘lib, tomonlar o‘zlarining xorijiy tilni bilish va aqliy salohiyatlarini namoyish etish bo‘yicha bahs olib borishdi. Shuningdek, Akademiya akademik litseyi faol o‘quvchilari uchun Akademiyada Buyuk Britaniya Birmingem universiteti bitiruvchisi, ayni paytda Toshkent prezident maktabi o‘qituvchisi, xalqaro toifadagi ustoz Javid Akram bilan yangi formatdagi motivatsion suhbat bo‘lib o‘tdi.Ushbu suhbatda Toshkent prezident maktabi 11 sinf o‘quvchisi, 30 dan ortiq turli medal va mukofotlar, xalqaro ol
Batafsil
Birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumida Akademiya talabalari ham ishtirok etdi
Xabaringiz bor, kuni kecha poytaxtimizda birinchi Toshkent xalqaro investitsiya forumi bo‘lib o‘tdi.Mazkur yirik anjumanda xorijdan ko‘plab investorlar, ishbilarmonlar, xalqaro moliyaviy institut va tashkilotlar rahbarlari ishtirok etdi. Ahamiyatlisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining xorijiy tillarni puxta biladigan bir guruh talabalari forumda xorijlik mehmonlarga tarjimonlik qilish vazifasini bajarishdi. Jumladan, Akademiyadan 18 nafar talaba, bir nafar xodim volontyor tarjimon sifatida, 2 nafar professor-o‘qituvchi hamda 1 nafar talaba sinxron tarjimon sifatida ishtirok etdi.Forumdan avval Akademiyada Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Shavkat Mavlanov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Zafar Ro‘ziyev, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi mudiri Akbar Kazakbayev hamda fakultet dekan o‘rinbosarlari ishtirokida suhbat tashkil etildi. Suhbat
Batafsil
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot-resurs markazi xizmatidan eng faol foydalangan talabalar
№Yo‘nalishiKursF.I.O.1.Mumtoz sharq1-kursYoriyeva Malika Shovxiddin qizi2.Islomshunoslik1-kursAzimova Robiyaxon Axmadjonovna3. Xalqaro munosabatlar va ijtimoiy fanlar2-kursYusupova Kamola Otabek qizi4.Islomshunoslik2-kursAlimqulov No‘monjon Nuriddinjon o‘g‘li5.Islomshunoslik3-kursOlimjonova Dilbarxon Qobuljon qizi6.Islomshunoslik3-kursKomilbekov Umarbek Davronbek o‘g‘li7.Islomshunoslik4-kursXabibova Umrinisa Saydullo qizi8.Islomshunoslik4-kursMaxmudov Komoliddin Mamajon o‘g‘li
Batafsil
“Ziyo-zukko” umumta’lim maktabida “Assalom Navro‘zi olam” haftaligi o‘tkazilmoqda
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi huzuridagi “Ziyo-Zukko” umumta’lim maktabida “Assalom Navro‘zi olam” haftaligi o‘tkazilmoqda. Unda maktab o‘quvchilari tomonidan bahor faslini aks ettiruvchi turli ishlanmalar ko‘rgazmasi namoyish etilmoqda. Shuningdek, haftalik doirasida Guldastalar tanlovi ham tashkil etiladi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Adiblar xiyobonida Mahmudxo‘ja Behbudiy saboqlari
Elimizning atoqli shoir va yozuvchilari, ma’rifatparvarlari xotirasini yodga solib turuvchi Adiblar xiyobonini xalqimiz, qolaversa, yoshlar uchun ma’naviyat maskaniga aylantirish borasidagi Yurtboshimiz tashabbusi keng jamoatchilik tomonidan iliq kutib olindi. E’tiborlisi, buyuk adiblarimizning hayoti va ijodini chuqur o‘rganish, ularning ilmiy-ma’naviy merosini keng tadqiq etish bo‘yicha har bir adib xotirasiga barpo etilgan haykalning muayyan oliy o‘quv yurtiga biriktirib berilishida ham o‘ziga xos ma’no bor. Bu yerda oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan namunali ochiq darslar, ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilib, har bir adib ijodini chuqur o‘rganish, ularning ibratli umr yo‘llari haqida kitoblar va filmlar yaratish, yangi asarlar yozish borasidagi aniq chora-tadbirlar katta ahamiyatga egadir.Shu maqsadda barcha oliy ta’lim muassasalari qatori O‘zbekiston xalqaro islo
Batafsil
Sog‘lom turmush tarzi – salomatlik garovi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Islomshunoslik fakulteti tomonidan “Sog‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.Tadbirda fakultet professor-o‘qituvchilari, tyutorlari, talaba qizlari qatnashdi. Sog‘lom turmush tarziga qaratilgan ilmiy-ma’rifiy suhbatni Sog‘liqni saqlash vazirligining yetakchi mutaxassisi X.Inag‘omova o‘z ma’ruzasi bilan olib bordi.Davra suhbatida inson salomatligini asrash, uning barkamol va komil kishi bo‘lib shakllanishida amal qilinadigan muhim jihatlar, taklif, tavsiyalar berildi. Tadbir yakuni ishtirokchilarning mavzu bo‘yicha berilgan qiziqarli savol-javoblariga ulanib ketdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol
Ayol – millat kelajagi, hayot davomchisi. Xotin-qizlari e’zozlangan, qadrlangan yurtning buguni va ertasi farovon bo‘ladi. Ayol mehnati bilan jamiyat to‘laqonli rivojlanadi, taraqqiy etadi. Shuning uchun mamlakatimizda xotin-qizlarga alohida g‘amxo‘rlik ko‘rsatilib, ularning og‘irini yengil qilishga katta e’tibor qaratilmoqda.Ayni paytda respublikamiz bo‘ylab 8-mart – “Xalqaro xotin-qizlar kuni” munosabati bilan bayram tadbirlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar bo‘lib o‘tmoqda. Shu maqsadda Yoshlar ijod saroyida “Dunyoda eng aziz, muqaddas ayol” bayram tadbiri tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talaba-yoshlari ishtirok etdi. Tantanani O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Jamoat va diniy tashkilotlar bilan hamkorlik masalalari bo‘yicha maslahatchisi, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tabrik s
Batafsil
Ijodkor talabalarning she’riyat kechasi o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Biz Navoiy, Bobur, Nodirabegim, Uvaysiylar avlodimiz” mavzusida onlayn mushoira kechasi tashkil etildi. Adabiyot bayramida Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha prorektor Shavkat Mavlanov, O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi a’zosi, boshqaruv akademiyasi dotsenti, filologiya fanlari doktori Mansur Yunusov, Xotin-qizlar bilan ishlash sektori rahbari Laylo Saidova, Akademiya psixologi Gulruh Gʻaniyeva, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muallam Zufarova, “O‘zbek tili va mumtoz sharq adabiyoti” kafedrasi dotsenti Nargiza Shoaliyeva hamda ijodkor-talabalar ishtirok etishdi.ZOOM platformasi orqali bo‘lib o‘tgan she’riyat kechasida Akademiyaning ijodkor talabalari Muxtasar Karimova, Muslima Rasulova va boshqalar tomonidan Vatan, do‘stlik, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan ijod namunalari yig‘ilganlarga ha
Batafsil