Iqtidorli talabalar bilan onlayn formatda davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Davlat stipendiyasi sovrindori bo‘lish sirlari” mavzusida davra suhbati tashkil etildi. ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan uchrashuvda Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Dilafro‘z Turdiyeva, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Akademiya boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, tyutorlar hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi. Tadbirda Iqtidorli talabalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi boshlig‘i Dilafro‘z Turdiyeva Akademiya talabalari o‘zining iqtidori, qobiliyati, odob-axloqi bilan boshqalarga o‘rnak bo‘lishi zarurligini bildirdi. Shuningdek, davlat stipendiyalariga nomzodlarni saralab olish jarayoni boshlangani, buning uchun Akademiya talabalaridan nimalar talab etilishi haqida so‘z yuritdi. Davra suhbati davomida yurtimizning nufuzli davlat stipendiyalarini qo‘lga kir
Batafsil
Talaba-qizlar ishtirokidagi davra suhbati mazmunli o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Biz sizni eshitamiz” rukni ostida “Baxtli bo‘lish sirlari” mavzusida onlayn davra suhbati bo‘lib o‘tdi.ZOOM platformasi orqali o‘tkazilgan uchrashuvda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Xotin-qizlar bilan ishlash sektori rahbari Laylo Saidova, Akademiya psixologi Gulruh Gʻaniyeva, Yoshlar bilan ishlash ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muallam Zufarova, tyutorlar hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.Tadbirda Akademiya psixologi Gulruh Gʻaniyeva, Xotin-qizlar bilan ishlash sektori rahbari Laylo Saidova so‘zga chiqib, o‘z fikr-mulohazalari bilan o‘rtoqlashishdi. Talabalar bilan birgalikda “Baxtli bo‘lish formulasi” shakllantirildi.
Batafsil
2022-yil — “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili”
Xabaringiz bor, yurtimizda 2022-yil — “Inson qadrini ulug‘lash va faol mahalla yili” deb e’lon qilindi. Shu bois, o‘tgan yillar davomida mamlakatimizda e'lon qilingan yil nomlarini yodga olamiz.1991-yil — “Alisher Navoiy yili”1992-yil — “Hamshiralar yili”1993-yil — “Ahmad Yassaviy yili”1994-yil — “Mirzo Ulug‘bek yili”1995-yil — “Abu Ali ibn Sino yili”1996-yil — “Amir Temur yili”1997-yil — “Inson manfaatlari yili”1998-yil — “Oila yili”1999-yil — “Ayollar yili”2000-yil — “Sog‘lom avlod yili”2001-yil — “Ona va bola yili”2002-yil — “Qariyalarni qadrlash yili”2003-yil — “Obod mahalla yili”2004-yil — “Mehr-muruvvat yili”2005-yil — “Sihat-salomatlik yili”2006-yil — “Homiylar va shifokorlar yili”2007-yil — “Ijtimoiy himoya yili”2008-yil — “Yoshlar yili”2009-yil — “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili”2010-yil — “Barkamol avlod yili”2011-yil — “Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik yili”2012-y
Batafsil
17 yoshli o‘zbek shaxmatchisi jahon chempioni bo‘ldi
Polshaning Varshava shahrida shaxmatning rapid va blits yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempionati o‘tkazildi. Quvonarlisi, 17 yoshli hamyurtimiz Nodirbek Abdusattorov mazkur yo‘nalishda jahon chempioni bo‘lgan eng yosh shaxmatchi sifatida tarixdan o‘rin oldi.Musobaqa davomida Nodirbek Abdusattorov amaldagi jahon chempioni norvegiyalik Magnus Karlsen hamda hal qiluvchi bahsda rossiyalik vitse-chempion Yan Nepomnyashiyni mag‘lubiyatga uchratgani e’tiborga molik. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Nodirbek Abdusattorovni mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Unga tan-sihatlik, xalqaro maydonlarda O‘zbekiston bayrog‘ini baland ko‘tarib yurishdek sharafli vazifasiga omad tilaydi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
BatafsilO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining yoshlar bilan ishlash, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishida amalga oshirgan ishlari
#SARHISOB-2021E’tirof etish joiz, so‘nggi yillarda yurtimizda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlar va bunyodkorlik ishlari xalqimizning ong-u tafakkuri, dunyoqarashi o‘zgarishiga ijobiy ta’sir ko‘rsatyapti. Ezgulik va insonparvarlik tamoyiliga asoslangan “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari” g‘oyasini keng targ‘ib etish orqali jamiyatda sog‘lom dunyoqarash va bunyodkorlikni umummilliy harakatga aylantirish, oila, ta’lim tashkilotlari va mahallalarda ma’naviy tarbiyaning uzviyligini ta’minlash ishlari olib borilmoqda. Shu jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham yoshlarni vatanparvarlik ruhida tarbiyalash, ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirishda salmoqli yutuqlarga erishildi.Tashkiliy ishlarO‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tomonidan 2021-yil birinchi yarim yilligida Akademiyada ta’lim jarayoni masofaviy tashkil etilganligi sababli, hisobot d
Batafsil
Akademiya talabasining she’ri xalqaro to‘plamda chop etildi
Qadim madaniyat va sivilizatsiyaga ega O‘zbekiston hamda Misr o‘rtasidagi madaniy-ma’rifiy, ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar ildizi olis asrlarga borib taqaladi. Bugungi kunda ikki mamlakat o‘rtasida turli sohalarda hamkorlik aloqalari rivojlanib bormoqda. Shu munosabat bilan Misr Arab Respublikasida “O‘zbekiston – Uchinchi Renessans sari” kitobining arab va ingliz tillaridagi tarjimasi chop etildi. Mazkur kitob O‘zbekistonning Qohira shahridagi elchixonasi hamda Misr Yozuvchilari uyushmasi hamkorligida nashr etildi. Unda o‘zbekistonlik shoir-yozuvchilar, olimlar hamda yosh ijodkorlar tomonidan so‘nggi yillarda yurtimizdagi o‘zgarishlar, islohotlar qalamga olingan. Ijodiy asarlar tanlov asosida saralanib, eng munosib deb topilganlari Misr Yozuvchilari uyushmasi a’zosi, shoira va tarjimon Tag‘rid Fayod xonim tomonidan arab tiliga o‘girildi. Inglizcha tarjima esa “Inside Kashkadarya” jurnal
Batafsil
Davra suhbatida huquqiy bilimlar mustahkamlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talabalarning huquqiy savodxonligini oshirish maqsadida davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, o‘quv mashg‘ulotlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. Shu maqsadda bugun Akademiyada “O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi organlari faoliyati” mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Toshkent shahar Prokuraturasi bo‘lim boshlig‘i Ilhom Aydusov tinglovchilarni soha faoliyatiga oid ma’lumotlar bilan yaqindan tanishtirdi.Shuningdek, uchrashuvda “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Ashirali Abdirashidov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi xodimlari, “Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi o‘qituvchilari, guruh murabbiylari hamda talabalar qatnashdi.Davra suhbatida ma’ruzachi tomonidan sohaning maqsad-vazifalari, huquqiy asoslari, qabul qilingan qonun osti hujjatlar, Prokuratura
Batafsil
Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi
Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar bilan ishlash va ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan. Bu borada yoshlar bandligini ta’minlash va bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish muhim masala hisoblanadi. Chunki aynan yoshlar mamlakat salohiyatini tashkil qiladi. Mehnat bozorida yoshlarga munosib ish o‘rinlarini topib berish mamlakat istiqboli uchun muhim ahamiyatga ega. Ayniqsa, mazkur jarayonlar yakuniga yetib borayotgan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili”da yanada salmoqli tus oldi.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida 2021-2022-o‘quv yili bitiruvchilari hamda ish beruvchi vazirliklar, idoralar, turli tashkilot, korxona va muassasalar o‘rtasida bevosita muloqotini ta’minlash maqsadida “Yoshlar – O‘zbekistonning eng katta boyligi, bebaho xazinasi” shiori ostida 60 dan ziyod ish beruvchi tashkilot
Batafsil
Yangi kitoblar taqdimoti o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasini yangi kitob nashrlari bilan yanada boyitish borasida bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda. So‘nggi yillarda muassasaning ilmiy xazinasini yangi o‘quv darsliklari, o‘quv va uslubiy qo‘llanmalar bilan ta’minlash darajasi sezilarli darajada oshib bormoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Axborot resurs markazida “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi tomonidan “Kitob bilim bulog‘i – talabaning o‘rtog‘i” mavzusida tadbir o‘tkazildi. Unda “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari, magistrantlar hamda talabalar qatnashdi. Tadbirda kafedra professor-o‘qituvchilari muallifligidagi nashrlar taqdimotida yangi nashrdan chiqqan 15 dan ziyod o‘quv adabiyotlar talabalarga taqdim etildi. Shuni alohida ta’kidlash kerakki, kafedra tomonidan amalga oshirilgan nashrlar yildan-yil
Batafsil
Akademiyada xalqaro arab tili kuni yuqori kayfiyatda o‘tkazildi
Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhimdir. Dunyo tobora globallashib, xorijiy tillarni puxta egallagan kadrlarga talab yuqori sanaladi. Jahon tillari qatorida arab tilining ham o‘z o‘rniga egan. Arab tili Birlashgan Millatlar Tashkilotining rasmiy ishchi tillaridan biri sifatida tan olingan. Ahamiyatlisi, tashkilot tomonidan 18-dekabr – “Xalqaro arab tili kuni” sifatida e’tirof etilgan. Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi. Unda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Zohidjon Islomov, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ibrohim Usmonov, “Arab tili va adabiyoti Al-Azhar” kafedrasi mudiri Akbar Kazakbayev, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etishdi.Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi rektori Muzaffar Komilov tabrik so
Batafsil
Akademiya talabasi nufuzli tanlov g‘olibasiga aylandi
“Islom olami ta’lim, fan va madaniyat masalalari tashkiloti – ICESCO” tomonidan yoshlar o‘rtasida arab tilidagi kreativ loyihalar tayyorlash bo‘yicha Bayon xalqaro tanlovi tashkil etildi.Mazkur nufuzli tanlovda Malayziya, Singapur, Tailand, Nigeriya kabi davlatlarning ishtirokchilari qatorida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabasi “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Zebuniso Rasulova ham muvaffaqiyatli ishtirok etdi.Zebuniso Rasulova o‘zining arab tilida tayyorlangan videoroligi bilan qatnashdi. 18-dekabr – Xalqaro arab tili kunida e’lon qilingan tanlov natijalariga ko‘ra, Zebuniso Rasulova faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritib, ICESCО mukofoti bilan taqdirlandi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Zebuniso Rasulovani mazkur yutug‘i bilan muborakbod etadi. Uning kelgusidagi o‘qish va ishl
Batafsil
Yoshlar – kelajak poydevori
Ma’lumki, yurtimiz aholisining 60 foizdan ziyodini yoshlar tashkil etadi. Mamlakatimizning kelajagi boʻlgan yigit-qizlarni har tomonlama yetuk, bilimli, salohiyatli shaxs, komil inson sifatida tarbiyalash masalasi doimo eng ustuvor vazifa bo‘lib kelgan. Ayniqsa, poyoniga yetayotgan joriy yilga davlatimiz rahbari tomonidan “Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb nom berilgani fikrimiz isbotidir. Mazkur yilda ertamiz egalariga bo‘lgan e’tibor, g‘amxo‘rlik yanada ortdi. Butun respublika bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazilgan “Yoshlar oyligi” tadbirlarida Akademiya talabalari ham faol ishtirok etdi. Akademiyada shu munosabat bilan 10 ta ma’naviy va ma’rifiy tadbir, 26 ta sport musobaqasi, turli mavzulardagi 12 ta ko‘rik-tanlov, ilmiy-amaliy seminarlar, “Zakovat” intellektual o‘yini, o‘z sohasining mutaxassislari bilan uchrashuvlar, teatr va muzeylarga
Batafsil