“Kiberxavfsizlik markazi” xodimlari ishtirokida mashg‘ulot darsi o‘tkazildi
Bugungi kunda har bir soha raqamlanib, zamonaviy qurilmalar hayotimizni qamrab olmoqda. Ilm-fan yangiliklari hayotimizning ajralmas qismiga aylandi. Ammo shu bilan birga texnologiyalar taraqqiyoti bir qancha muammolarni keltirib chiqarishi turgan gap. Bu borada axborot texnologiyalari sohasida xavfsizlik muhim sanaladi. Bunday vaziyatda kiberxavfsizlik bo‘yicha mutaxassislar yoki axborot xavfsizligi bo‘yicha tahlilchilar juda zarur. Ular bizni internetdagi turli kiber jinoyatlarning salbiy oqibatlaridan ogoh etib, kommunikatsiya vositalaridan samarali foydalanishimizga xizmat qiladi.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kiberxavfsizlik markazi” DUK xodimlari Farhod Abdusalamov hamda Farrux Xusenov ishtirokida “Axborot xavfsizligini boshqarish” yo‘nalishi 1-bosqich talabalari uchun mashg‘ulot darsi bo‘lib o‘tdi. Mashg‘ulotda Markaz xodimlari tashkilot tomonidan axborot xav
Batafsil
Yoshlar uchun muhim trening darslari o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Yoshlar ishlari agentligi bilan hamkorligida seminar-treninglar tashkil etildi.“Toshkent yoshlari sevadi” shiori ostidagi Yoshlar oyligi doirasida Toshkent shahrida istiqomat qiluvchi uyushmagan yoshlar bilan O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tasarrufidagi Toshkent viloyatidagi “Shafran” tog‘ kurort kompleksida davra suhbatlari o‘tkazildi.Unda Akademiyaning “Din psixologiyasi va pedagodika” kafedrasi o‘qituvchilari Azamat Nazarov, Mirmuhsin Akramov, tayanch doktorant Sarvar Qahhorov, magistr Abdulhaq Abdulhayevlar tomonidan “Oʻz-oʻzini boshqarishning psixologik koʻnikmalari”, “Maqsad qoʻya olish sirlari va orzuga erishish bosqichlari”, “Stress va depressiyaning oldini olish sirlari”, “Irodaviy xususiyatlarni oʻrganishning psixologik koʻnikmalari” mavzularida suhbatlar tashkil etildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Gender tenglik mavzusida davra suhbati o‘tkazildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “O‘zbekistonda gender tenglik va gender masalalari” mavzusida ma’naviy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Islomshunoslik” fakulteti tomonidan tashkil etilgan tadbirda Xotin-qizlar bo‘limi xodimalari, Akademiya o‘qituvchilari, tyutor murabbiylar hamda talabalar ishtirok etdi. O‘zaro muloqot davomida gender so‘zining tushunilishi va qo‘llanish holatlaridagi noto‘g‘ri talqin va tasavvurlar borasida fikr almashildi. So‘zga chiqqanlar tomonidan gender tushunchasi faqat ayollar manfaatlarini ifodalamasligi, har ikki jins vakillarining o‘z orzu va maqsadlari sari dadil odimlashi, hayot sifatini oshirish uchun bir xil imkon berish kerakligini ilgari surishi ta’kidlandi.Zero, rivojlangan jamiyatning talablaridan biri bu erkak va ayol huquqlari tengligining ta’minlanishidadir. Bu esa o‘z navbatida har bir mamlakatda siyosiy va iqtisodiy o‘sishga erishishda katta yordam b
Batafsil
Ma’rifiy tadbir
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti tomonidan ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. “Onamga o‘xshaydi mening Vatanim!” mavzusida tashkil etilgan ijodiy uchrashuvni Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Sayyora Chiniyeva kirish so‘zi bilan ochib berdi. Tadbirda Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi boshlig‘i Muallam Zufarova, Xotin-qizlar bo‘limi uslubchisi Laylo Saidova, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar ishtirok etdi.Davra suhbati davomida Akademiya talaba-qizlarining ijodiy ishlari, taqdimotlari namoyish etildi. Talabalar tomonidan Vatan, ota-ona, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan she’rlar, fikr-mulohazalari yig‘ilganlar e’tiboriga havola qilindi.Tadbir yakunida talabalar mazmunli davra suhbati uchun tashkilotchilarga minnatdorlik bildirishdi.O‘zbekiston xalqar
Batafsil
Talabalarga Mahmudxo‘ja Behbudiy haqida hujjatli film namoyish etildi
Mahmudxo‘ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining yetakchisi, buyuk jamoat arbobi, ma’rifarparvar alloma, yozuvchi va o‘zbek dramaturgiyasi asoschisi hisoblanadi. So‘nggi yillarda mutafakkirning hayoti va ijodini o‘rganish hamda uni yoshlar orasida targ‘ib qilish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilib, ilmiy konferensiyalar, adabiy uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Ayni kunlarda O‘zbekiston Respublikasi Кinematografiya agentligi tashabbusi bilan “Milliy kinolar – Yangi O‘zbekiston timsoli” kino oyligi doirasida hujjatli filmlar namoyishi o‘tkazilmoqda. Mazkur tadbirlar doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Mahmudxo‘ja Behbudiy” hujjatli filmining namoyishi bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari hamda talabalari ishtirok etdi. Film Kinematografiya agentligi hamda “BRAND PRO MEDIA” studiyasi hamkorligida “Xalq yuragi” turkumi ostida tayyorlangan. Film
Batafsil
Talabalarga kredit-modul tizimi haqida ma’lumot berildi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Kredit-modul tizimida o‘quv faoliyatini olib borish va ta’lim sifatini ta’minlash” mavzusida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi. Mazkur tadbir O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Ibrohim Usmonov raisligida O‘quv-uslubiy bo‘lim, Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi, fakultet dekanlari ishtirokida tashkil etildi.Unda ta’limning kredit tizimi, talabalarning majburiyat va huquqlari, fanlar bo‘yicha kreditlar miqdori haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Yangi tizimning talabalar uchun ham professor-o‘qituvchilar uchun ham o‘ziga xos qulayliklar yaratishi, ularni o‘z ustida ishlashi, bilim olishi uchun ko‘plab imkoniyatlar yaratishi ta’kidlandi.Davra suhbati yakunida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan mutasaddilarga murojaat qilishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Arab tili zamonaviy ta’limida vosita til muammosi va innovatsion yondashuv
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet (arab) tili zamonaviy ta’limida vosita til muammosi va innovatsion yondashuv” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman bo‘lib o‘tdi. Ta’kidlash kerak, mazkur anjuman “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasining tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda chet tillarini o‘rgatish tizimini yanada rivojlantirish, yosh avlodni zamonaviy bilimlarga ega yetuk inson qilib tarbiyalash maqsadida tashkil etiladi.Joriy yilgi anjumanda “Chet (arab) tilini o‘qitishda zamonaviy uslublarni shakllantirishning nazariy muammolari, “Chet (arab) tilini o‘qitishda jahon tajribasi: muammo, yutuq, kamchiliklar”, “Chet (arab) tili zamonaviy ta’limida vosita til muammosi masalalarining tahlili”, “Masofaviy ta’lim tizimini rivojlantirish” kabi muhim mavzular konferensiyaning asosiy yo‘nalishlari etib belgilandi. Tadbirni O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Ilmiy ish
Batafsil
“Iqtisodiyot fanlari bilimdonlari” aniqlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Iqtisodiyot fanlari bilimdonlari” tanlovi bo‘lib o‘tdi.Musobaqada jami 6 ta talabalardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Tanlov uch shart asosida o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra muvaffaqiyatli ishtirok etgan 6 ta jamoa turli sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 6-o‘rinni Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Xmim” jamoasi, 5-o‘rinni Islom iqtisodiyoti va moliyasi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Union” jamoasi, 4-o‘rinni Turizm (Ziyorat turizmi) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Grant” jamoasi, 3-o‘rinni Turizm (Ziyorat turizmi) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Unicorn” jamoasi, 2-o‘rinni Islom iqtisodiyoti va m
Batafsil
“Iqtisodiyot fanlari bilimdonlari” aniqlandi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Islom iqtisodiyoti va moliyasi, ziyorat turizmi” kafedrasi tomonidan talaba-yoshlar o‘rtasida “Iqtisodiyot fanlari bilimdonlari” tanlovi bo‘lib o‘tdi.Musobaqada jami 6 ta talabalardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Tanlov uch shart asosida o‘tkazildi. Musobaqa natijalariga ko‘ra muvaffaqiyatli ishtirok etgan 6 ta jamoa turli sovrinli o‘rinlarni qo‘lga kiritdi.Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 6-o‘rinni Xorijiy mamlakatlar iqtisodiyoti va mamlakatshunoslik ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Xmim” jamoasi, 5-o‘rinni Islom iqtisodiyoti va moliyasi ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Union” jamoasi, 4-o‘rinni Turizm (Ziyorat turizmi) ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabalarining “Grant” jamoasi, 3-o‘rinni Turizm (Ziyorat turizmi) ta’lim yo‘nalishi 4-bosqich talabalarining “Unicorn” jamoasi, 2-o‘rinni Islom iqtisodiyoti va m
Batafsil
Konstitutsiya – tinchlik va barqarorlik kafolati
Farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligi bayrami respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda nishonlandi. Ana shunday tadbirlardan biri O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham tashkil etildi. “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti tomonidan “Konstitutsiya – tinchlik va barqarorlik kafolati” mavzusida o‘tkazilgan tadbirda Akademiya Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Z.Islomov, fakultet dekani I.Mirziyotov, “Chet tillar” kafedrasi professori V.Qo‘chqorov, O‘zFA “Davlat va huquq instituti” bo‘lim boshlig‘i yuridik fanlari doktori, professor M.Baratov, Imom Moturidiy xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi bo‘lim boshlig‘i A.Allaqulov, Akademiya o‘qituvchi-xodimlari hamda talabalari ishtirok etdi.Davra suhbatida so‘zga chiqqanlar “O‘zbekiston Respublikasi Ko
Batafsil
Akademiya talabalari sport musobaqalarida munosib taqdirlandi
Xabaringiz bor, poytaxtimizda “Toshkent yoshlarni sevadi!” shiori ostida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar, ko‘rik-tanlovlar bo‘lib o‘tdi.Yoshlar oyligi doirasida o‘tkazilgan ushbu tadbirlarda “Toshkent shahar hokimi kubogi” uchun yoshlar o‘rtasida sport bellashuvlari ham tashkil etildi. Sportning stol tennisi bahslarida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi talabalari ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.Musobaqa natijalariga ko‘ra, Xalqaro munosabatlar ta’lim yo‘nalishi 2-bosqich talabalari – Gulzoda O‘rifboyeva, Saidjon Hakimov, Dillola Xusanovalar tadbir tashkilotchilari tomonidan munosib taqdirlandi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jamoasi ushbu talabalarni erishgan muvaffaqiyati bilan tabriklaydi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati
Batafsil
Janubiy Koreyalik o‘qituvchi ishtirokida mashg‘ulot darsi bo‘lib o‘tdi
O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Koreyadagi intellektual transport tizimi xavfsizligi” mavzusida mashg‘ulot darsi o‘tkazildi.“Zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda Janubiy Koreyalik o‘qituvchi, dotsent Byung Voon Choi hamkorligida tashkil etilgan seminarda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi 1-kurs Axborot xavfsizligini boshqarish ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirok etdi.Byung Voon Choi intellektual transport tizimi xavfsizligi mutaxassisi sifatida katta ilmiy salohiyati, axborot xavfsizligini boshqarish yo‘nalishiga oid boy bilimlari, ko‘p yillik tajriba va yuksak malakasi bilan o‘rtoqlashdi. Axborot texnologiyalari, IT sohasini bugungi kundagi roli, intellektual tizimlarning transport sohasi va xavfsizligi bo‘yicha yangicha yondashuvlar kabi yirik loyihalarida faol ishtirok etgani haqida tinglovchilarga atroflicha ma’lumo
Batafsil