O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Konstitutsiya – farovon hayot garovi
Yoshlar bilan ishlash

Konstitutsiya – farovon hayot garovi

Mustaqil O‘zbekistonning Bosh qomusi yangi mustaqil jamiyatning ishonchli huquqiy kafolatlarini shakllantirib, mustahkam bo‘lishiga beqiyos hissa qo‘shdi. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining g‘oya va normalarida xalqimizning ko‘p asrlik tajriba va ma’naviy qadriyatlari, boy tarixiy-huquqiy merosi aks etdi. Ayni paytda yurtimizda farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligi keng nishonlanmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Akademik litseyida “Konstitutsiya baxtimiz qomusi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy bayram tadbiri o‘tkazildi.O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining 29 yilligi munosabati bilan Akademik litsey tomonidan tashkil etilgan bayram tadbirida o‘qituvchilar, xodimlar hamda o‘quvchi-yoshlar ishtirok etdi.Bayram tadbiri

Batafsil
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi
Yoshlar bilan ishlash

Konstitutsiya – baxtimiz qomusi

Farovon hayotimizning muhim kafolati hamda mustahkam huquqiy poydevori bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganligining yigirma to‘qqiz yilligi bayrami respublikamiz bo‘ylab ko‘tarinki kayfiyatda nishonlanmoqda.Ana shunday tadbirlardan biri Shayxontohur tumanidagi 180-umumta’lim maktabida tashkil etildi. “Konstitutsiya – baxtimiz qomusi” mavzusida o‘tkazilgan davra suhbatida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi kafedra mudiri, tarix fanlari doktori Ne’matullo Muxamedov, umumta’lim maktab o‘qituvchilari hamda o‘quvchilari ishtirok etdi.Davra suhbatida davomida Ne’matullo Muxamedov o‘quvchilarga o‘zlarining konstitutsiyaviy huquqlari va burchlari to‘g‘risida qiziqarli misollar bilan ma’ruza qildi. Turli davlatlar konstitutsiyalari haqida gapirib, ularda inson huquqlari va aynan bola huquqlari qay darajada ekanini misollar yordamida tushuntirib berdi.Tadbir yakunida

Batafsil
Akademiya talabalari Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘ldi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabalari Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘ldi

Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida turli ma’naviy-ma’rifiy tadbir va uchrashuvlarni muntazam tashkil etish an’anaga aylangan. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad esa yoshlarning o‘zaro fikr almashinuvi, egallagan bilimlarini yanada mustahkamlashlari nazarda tutilgan. Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Xalqaro munosabatlar va Filologiya ta’lim yo‘nalishi 2-kurs talabalari Chet tillari kafedrasi katta o‘qituvchisi K.Aripova hamda kafedra o‘qituvchilari hamrohligida Toshkent davlat yuridik universitetida bo‘lishdi.Dastlab universitet mutasaddilari tomonidan mehmonlar uchun ta’lim muassasasi bo‘ylab sayohat tashkil etildi. Talabalarning ta’lim olishi, mustaqil izlanishi, bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishi uchun yaratilgan sharoitlar, kutubxona, muzey faoliyati tanishtirildi.Shundan so‘ng O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent davlat yuridik universitet

Batafsil
Sport musobaqalari o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Sport musobaqalari o‘tkazildi

8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilingan kun munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litsey o‘qituvchilari o‘rtasida sportning voleybol, basketbol, stol tennisi, badminton, shaxmat-shashka turlari bo‘yicha musobaqa tashkil etildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan saxovat rastasi tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni munosabati bilan saxovat rastasi tashkil etildi

BMT tashkiloti tomonidan 3-dekabr – Xalqaro nogironlar kuni, deb e’lon qilingan. Ushbu sana butun dunyo bo‘ylab keng nishonlanadi va bundan asosiy maqsad aqlan va jismonan nuqsoni bor zamondoshlarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashdan iboratdir.Sana munosabati bilan joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Jumladan, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining Chet tillari kafedrasi tomonidan o‘tkazilgan tadbirda ham shu haqda so‘z bordi.Kafedra dotsenti N.Djumayeva va katta o‘qituvchi S.Djalalovalar Dinsotsiopsixologiyasi ta’lim yo‘nalishi 1-bosqich talabalari bilan birgalikda 3-Dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan saxovat rastasini tashkil etishdi.Talabalar tomonidan tayyorlagan pazandachilik mahsulotlari tadbirda namoyish etildi.

Batafsil
Akademiya doktoranti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ma’ruza o‘qidi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya doktoranti Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida ma’ruza o‘qidi

1-dekabr Xalqaro OITSga qarshi kurashish kuni. Sana munosabati bilan joylarda turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, uchrashuvlar o‘tkazilmoqda.Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universitetida talaba-yoshlar o‘rtasida “OITSsiz-kelajak sari” shiori ostida tashkil etilgan ma’rifiy tadbir ham aynan shu mavzuda bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Boburmirzo Botirov ishtirok etib, tinglovchilarga mavzu yuzasidan ma’ruza qildi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi
Yoshlar bilan ishlash

Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi

So‘nggi yillarda mamlakatimizda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida muhim islohotlar amalga oshirildi. Aholining huquqiy ongi va madaniyatini oshirish, jamiyatda korrupsiyaga murosasiz munosabatni shakllantirishga yo‘naltirilgan tizimli choralar ko‘rilmoqda.Bu borada O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ham “Korrupsiya – taraqqiyot kushandasi” mavzusida davra suhbatlari, ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar tashkil etilmoqda. “Islomshunoslik”, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar”, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetlari hamda magistratura yo‘nalishi talabalari ishtirokida ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilyapti.Davra suhbatlarida yurtimizda korrupsiyaga qarshi kurash borasida amalga oshirilayotgan ishlar, poraxoʻrlik, tamagirlik kabi huquqbuzarliklarni aniqlash va ularga chek qoʻyish, bunday jinoyatlarga qarshi jazo muqarrarligini har bir shaxs bilishi zarurligi haqida so‘

Batafsil
“Islom tarixi bilimdonlari” ma’lum bo‘ldi
Yoshlar bilan ishlash

“Islom tarixi bilimdonlari” ma’lum bo‘ldi

Ilm-ma’rifatli millat hamisha taraqqiyot sari intiladi. O‘zining tarixini, ajdodlari, ota-bobolari haqida batafsil ma’lumotga ega bo‘ladi. Yoshlarning ilmga tashnaligi esa mamlakat rivojining kafolati bo‘lib xizmat qiladi.Shu maqsadda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlarning nazariy olgan bilimlarini amaliy jarayonlarda mustahkamlash uchun turli ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, davra suhbatlari, uchrashuvlar, tanlovlar o‘tkazilib kelinmoqda.Akademiya “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi tomonidan talabalar o‘rtasida tashkil etilgan “Islom tarixi bilimdoni” tanlovi ham o‘ziga xos tarzda, ko‘tarinki ruhda bo‘lib o‘tdi.Musobaqada barcha fakultetlardan jami 21 ta jamoa — 110 nafar talabalardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Tanlov ikki shart asosida o‘tkazildi. Birinchi shartda, jamoa a’zolariga umumiy savollar berildi. “Sardorlar bellashuvi” deya nomlangan ikk

Batafsil
Arab tili bilimdonlari o‘zaro bellashdi
Yoshlar bilan ishlash

Arab tili bilimdonlari o‘zaro bellashdi

Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi tashabbusi bilan har yili an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinadigan “Arab tili bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi.Musobaqaning saralash bosqichida Akademiya fakultetlaridan 18 jamoa ishtirok etib, savol-javobdan so‘ng asosiy bosqichga 5 jamoa yo‘llanma oldi. Mazkur bosqichda “Tullabu-l-akademiya” (Akademiya talabalari), “Alif”, “Nujumu-l-islam” (Islom yulduzlari), “Safinatu-l-ulum” (Ilm kemasi), “Javhar” jamoalari o‘zaro bellashdi. Tanlovda jamoalar dastlab Tanishtiruv, “Kahoot!”, “Qisqa metrajli film” va “So‘z yasash” shartlari bo‘yicha bahsga kirishishdi.Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 3-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabalarining “Islom yulduzlari”, 2-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti 3-bosqich talabalarining “Ilm kemasi” jamoasi, 1-o‘rinni esa Sharq filologiyasi fakulteti 3-

Batafsil
“Dasturlash” bo‘yicha Akademiya chempionati o‘tkaziladi
Yoshlar bilan ishlash

“Dasturlash” bo‘yicha Akademiya chempionati o‘tkaziladi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi tomonidan talabalar o‘rtasida “Dasturlash” bo‘yicha Akademiya chempionati o‘tkaziladi.Chempionat http://acm.iiau.uz tizimida tashkil qilingan bo‘lib, yakunda Akademiya talabalari Muhammadamin Shoymardonov 3-o‘rin, Azizbek Habibov 2-o‘rin hamda Sarvarbek Vahobov 1-o‘rinni egalladi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
“Qizlar davrasi” mavzusida ma’naviy tadbir
Yoshlar bilan ishlash

“Qizlar davrasi” mavzusida ma’naviy tadbir

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Xotin-qizlar bo‘limi tomonidan “Qizlar davrasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Unda Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i S.Chiniyeva, bo‘lim uslubchisi L.Saidova, o‘qituvchilar R.O‘rozova, G.Gʻulomova, M.Xodjayeva hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.Shuningdek, ma’rifiy tadbir mehmonlari – Yoshlar ishlari agentligi qoshidagi “Qizlar ovozi” maktabi asoschisi N.Kiyamova, Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti sovrindorlari – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetining 4-kurs talabasi A.Xushnazarova, Yunus Rajabiy nomidagi O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti 3-bosqich talabasi M.Mamirova, Toshkent kimyo-texnologiya instituti 1-kurs magistranti D.Tursunova, Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti 4-kurs talabasi Sh.Samatova, Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti 2-kurs magistranti D.Azimova, Jahon iqt

Batafsil
“Bilimdon dinshunos”lar aniqlandi
Yoshlar bilan ishlash

“Bilimdon dinshunos”lar aniqlandi

Ajdodlarimizning boy diniy, ilmiy-nazariy merosini tiklash, chuqur o‘rganish, tahlil etish va rivojlantirish muhim hisoblanadi. Bo‘lajak dinshunos mutaxassislarni kasbiy faoliyat kompetensiyalarini shakllantirish, globallashuv jarayonlarida dinlarning o‘rni va ta’siri haqida mustaqil, sog‘lom xulosalar chiqara olish, fikrlar har xil bo‘lgan sharoitda to‘g‘ri qaror qabul qilishga o‘rgatish maqsadida “Bilimdon dinshunos” tanlovi bo‘lib o‘tdi.Akademiyaning “Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO” kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida o‘tkazilgan musobaqada jami 4 ta – “Super dinshunoslar”, “Muarrih”, “Islomshunos bilimdonlar” va “Din yulduzlari” talabalardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Tanlov 4 bosqichda tashkil etildi. Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 3-o‘rinni Islomshunoslik fakulteti “Islomshunoslik” ta’lim yo‘nalishi 3-bosqich talabala

Batafsil
Ko'rinish