O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Talaba-qizlar o‘rtasida “Eng faol kitobxon qizlar” nomli bellashuv o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talaba-qizlar o‘rtasida “Eng faol kitobxon qizlar” nomli bellashuv o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida Xotin-qizlar bo‘limi va Axborot-resurs markazi tomonidan talaba-qizlar o‘rtasida “Eng faol kitobxon qizlar” nomli bellashuv bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya professor o‘qituvchi va xodima ayollari, “Mumtoz sharq filologiyasi” hamda “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakultetlari, Akademik litsey talaba qizlari, Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Chiniyeva, Axborot-resurs markazi direktori M.Hasanova, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti talaba-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimasi D.Hasanova, “Islomshunoslik” fakulteti talaba-qizlar bilan ishlash bo‘yicha mas’ul xodimasi R.Urazova hamda talaba-qizlar ishtirok etdi.Tadbirni Xotin-qizlar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i S.Chiniyeva ochib berib, bellashuv oldidan barcha ishtirokchilarga muvaffaqiyat tiladi. Shundan so‘ng Axborot-resurs markazi direktori Mohinur Hasanova s

Batafsil
Salomatlik – bebaho boylik
Yoshlar bilan ishlash

Salomatlik – bebaho boylik

Salomatlik inson uchun bebaho boylik hisoblanib, jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishining muhim shartlaridan biri sanaladi. Yosh avlodni jismonan va ruhan sog‘lom fikrli qilib tarbiyalash mamlakat taraqqiyotining asosi ekanligi barchamizga ma’lum.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, salomatliklarini himoya qilish maqsadida uchrashuv tashkil etildi. “Islomshunoslik” fakulteti tomonidan o‘tkazilgan davra suhbatida fakultet dekani Zokir Ro‘ziyev, Akademiya shifokori Zulfiya Yunusova, 48-son oilaviy poliklinika shifokori Olimjon Husanboyev hamda “Islomshunoslik” fakulteti talabalari ishtirok etdi.Muloqotni fakultet dekani Zokir Ro‘ziyev kirish so‘zi bilan ochib berdi. Shundan so‘ng Akademiya shifokori Zulfiya Yunusova yurtimizda hukm surayotgan sovuq ob-havo tufayli talabalar orasida shamollash, tumov kasalligi kuchay

Batafsil
“InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Akademiya vakillari ishtirok etmoqda
Yoshlar bilan ishlash

“InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida Akademiya vakillari ishtirok etmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tashabbusi bilan poytaxtimizda “InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi o‘tkazilmoqda. E’tiborlisi, ushbu haftalik doirasida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining ilmiy ishlari natijasi taqdimoti ham bo‘lib o‘tmoqda. Unda Akademiya vakillari ilmiy-tadqiqot natijasida erishilgan yutuqlar, jumladan, sohaga taalluqli bo‘lgan 40dan ortiq nodir nashrlar bilan qatnashmoqda.Shuningdek, “InnoWeek.Uz-2021” Xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligida tashkil etilgan turli taqdimotlar bilan Akademiya talabalari ham yaqindan tanishmoqda.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
“INGLIZ TILI BILIMDONLARI” ANIQLANDI
Yoshlar bilan ishlash

“INGLIZ TILI BILIMDONLARI” ANIQLANDI

Mamlakatimizda so‘nggi yillarda chet tillari, xususan, ingliz tilini o‘qitishga ham alohida e’tibor qaratilmoqda.Ta’lim jarayonida zamonaviy pedagogik texnologiyalarning samarali qo‘llanilishi esa talabalar uchun bir necha xorijiy tillarni oson va puxta o‘zlashtirish imkonini bermoqda. Bu borada interaktiv musobaqalarning muntazam o‘tkazilib turilishi ham o‘ziga xos ahamiyatga ega.Bugun O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Chet tillari” kafedrasi tashabbusi bilan talaba-yoshlar o‘rtasida “Ingliz tili bilimdoni” tanlovi bo‘lib o‘tdi.Musobaqada barcha fakultetlardan jami 12 ta — “Paradox”, “F4”, “Pragmatics”, “SK”, “Winky”, “Leader’s Union”, “Power team”, “Wisdom”, “Masters”, “Webster” va “Winners” kabi talaba va magistrlardan iborat jamoalar o‘zaro bellashdi. Tanlovda jamoalar dastlab saralash bosqichida ekranda ko‘rsatilgan savollarga javob berish orqali bahsga kirishishdi. Ushbu bos

Batafsil
“Rektor kubogi”: g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi
Yoshlar bilan ishlash

“Rektor kubogi”: g‘olib va sovrindorlar nomi ma’lum bo‘ldi

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tgan edi. Musobaqaning dastlabki qismida Akademiya fakultetlari talabalaridan jamoalar shakllantirilib, har bir fakultet kesimida saralash o‘yinlari o‘tkazilib, eng kuchli 4 ta jamoa keyingi bosqich yo‘llanmasini qo‘lga kiritgandi.Shundan so‘ng musobaqaning yarim final o‘yinlari bo‘lib o‘tdi. Dastlabki bellashuvda “Mumtoz sharq filologiyasi” jamoasi “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti talabalarini ishonchli hisobda mag‘lub etgan bo‘lsa, ikkinchi bahsda “Islomshunoslik” jamoasi “Magistratura” jamoasiga hech qanday imkoniyat qoldirmadi.Musobaqaning hal qiluvchi final bellashuvi esa qiziqarli va murosasiz tarzda kechdi. Keskin kurashlarga boy o‘t

Batafsil
Ilmiy-amaliy seminar
Yoshlar bilan ishlash

Ilmiy-amaliy seminar

Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasida “Zamonaviy sharoitda yoshlar orasida bag‘rikenglik madaniyatini shakllantirish masalalari” (Вопросы формирования культуры толерантности среди молодежи в современных условиях) mavzusida O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi hamda Toshkent Pravoslav seminariyasi talabalari uchun ilmiy-amaliy seminar tashkil etildi. Mazkur anjumanda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Dinshunoslik va jahon dinlarini qiyosiy o‘rganish UNESCO kafedrasi professor-o‘qituvchilari rahbarligida Islomshunoslik fakulteti talabalari ishtirok etdi. Seminarda Rus pravoslav cherkovi Toshkent va O‘zbekiston yeparxiyasi mitropoliti Vikentiy, Toshkent Pravoslav seminariyasi prorektori protoiyerey Sergiy Statsenkolar talabalarga jamiyatda diniy bag’rikenglikni ta’minlashda O‘zbekistonning tarixiy tajribasi borasida ma’ruza qilishdi.Shundan so‘ng tadbir ishtirokc

Batafsil
22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni
Yoshlar bilan ishlash

22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni

Sana munosabati bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ma’naviy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Unda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, “Din psixologiyasi va pedagogika” kafedrasi mudiri Zebo Qosimova, kafedra professor-o‘qituvchilari, Akademiya psixologi Gulrux G‘aniyeva hamda talaba-yoshlar ishtirok etishdi.Tadbirda talabalar tomonidan turli psixologik treninglar, amaliy mashg‘ulotlar, qiziqarli o‘yinlar o‘tkazildi. Mazkur o‘yinlar orqali yoshlar o‘rtasida o‘zaro hamjihatlik, bir-birini tushunish kabi jihatlar yanada shakllantirildi. 22-noyabr – Xalqaro psixologlar kuni munosabati bilan tashkil etilgan tadbir yig‘ilganlarda katta taassurot qoldirdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Talabalar sayli ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Talabalar sayli ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi hamda Xalqaro talabalar kuni munosabati bilan “Oltin davrim” deb nomlangan talabalar sayli bo‘lib o‘tdi. Tadbirda Akademiya professor-o‘qituvchilari, xodimlari hamda talabalar ishtirok etdi.Bayram saylida so‘z olganlar O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i mustaqil davlatimizning g‘urur va iftixori ekanligini ta’kidlashdi. Shu bilan birga talaba-yoshlarni yoshlikning eng navqiron va unutilmas davri bo‘lgan talabalik baxtiga erishganliklari bilan muborakbod etishdi. Yurtimiz taraqqiyoti har tomonlama unib-o‘sib kelayotgan navqiron avlodning ta’lim-tarbiyasi, ma’naviyati va madaniyati bilan chambarchas bog‘liq ekani, yaratilayotgan imkoniyatlardan unumli foydalanish har bir yigit-qizning zimmasidagi oliy vazifasi ekanligini qayd etildi.Ta’kidlash joiz, mazkur bayram tadbiri

Batafsil
Ijodkor talabalarning she’riyat kechasi o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Ijodkor talabalarning she’riyat kechasi o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida ijodkor-talabalar ishtirokida she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi. O‘zbekiston Respublikasi Davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan tashkil etilgan tadbirda Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Chiniyeva, Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkiloti yetakchisi Abduvahob To‘xtanazarov, Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Alisher Madrahimov hamda ijodkor-yoshlar qatnashdi.She’riyat kechasida talabalar tomonidan Vatan, do‘stlik, insoniylik tuyg‘ulari tarannum etilgan ijod namunalari yig‘ilganlarga havola etildi.Davlat bayrog‘i madh etilgan she’rlar ishtirokchilarda katta taassurot qoldirdi. Mushoira tadbiri qizg‘in suhbat va savol-javoblarga boy bo‘ldi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
“Bayrog‘imiz – g‘ururimiz!” mavzusida ma’naviy tadbir o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

“Bayrog‘imiz – g‘ururimiz!” mavzusida ma’naviy tadbir o‘tkazildi

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida O‘zbekiston Respublikasi davlat bayrog‘i qabul qilinganligining 30 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilmoqda.“Islomshunoslik” fakulteti tomonidan o‘tkazilgan davra suhbati “Bayrog‘imiz – g‘ururimiz!” mavzusiga bag‘ishlandi. Unda Akademiyaning “Islom tarixi va manbashunosligi IRCICA” kafedrasi dotsenti Toxirjon Xatamov hamda “Islomshunoslik” fakulteti 2-bosqich tyutori Botirbek Majidov hamda fakultet talabalari ishtirok etdi.Uchrashuvda so‘zga chiqqanlar tomonidan davlat bayrogʻi – bu har bir mamlakatning suvereniteti va mustaqilligini ifoda etuvchi timsol ekanligi ta’kidlandi. Yoshlarga g‘ururimiz timsoli bo‘lgan bayroq qadim zamonlarda ham biz uchun qadrli bo‘lganligi tarixiy misollar bilan tushuntirildi.– Harbiy urushlar chogʻida askarlar jon fido qilib boʻlsa-da, Vatan bayrogʻini boshi uzra

Batafsil
Til bilgan – el biladi
Yoshlar bilan ishlash

Til bilgan – el biladi

Bugungi kunda har bir inson uchun xorijiy tillarni bilish juda muhim hisoblanadi. Globallashuv davrida bu zamon talabi bo‘lib qolmoqda. E’tirof etish joizki, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarni xorijiy tillarni puxta o‘zlashtirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Talabalar uchun mahorat darslari, o‘quv kurslari, turli uchrashuvlar o‘tkazilmoqda. Bugun ana shunday loyihalardan biri bo‘lgan “Ted talks” loyihasi doirasida talabalar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. “Chet tillari” kafedrasi tomonidan tashkil etilgan tadbirda Mumtoz sharq filologiyasi fakulteti dekani Ilyos Mirziyotov, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” fakulteti dekani Ashirali Abdirashidov, Xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i Sayyora Chiniyeva, “Chet tillari” kafedrasi mudiri Barno Shamsematova, kafedra professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi.Qizg‘in muloqot davomida talabalar ingliz tilida

Batafsil
Akademiya talabasining kitobi taqdimoti o‘tkazildi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabasining kitobi taqdimoti o‘tkazildi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Bir kunlik sulton” kitobining taqdimoti o‘tkazildi. Ahamiyatlisi, mazkur kitob “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi hamda “Filologiya va tillarni o‘qitish (arab tili)” yo‘nalishi 4-bosqich talabasi Soliha Muxamedova tomonidan arab tilidan o‘zbek tiliga tarjima qilingan. Tadbirda “Arab tili va adabiyoti al-Azhar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari hamda talabalar ishtirok etdi. Taqdimotni kafedra mudiri Akbar Kazakbayev va kitob tarjimasiga rahbarlik qilgan kafedra katta o‘qituvchisi Bahodir Pirmuhammedov kirish so‘zi bilan ochib berishdi. So‘zga chiqqanlar mazkur kitobning ahamiyati, arab tili o‘rganuvchilari uchun foydali tomonlari haqida so‘z yuritishdi. Qo‘llanma arab tilini o‘rganuvchi o‘quvchi, talabalar, shuningdek, bu tilni mustaqil o‘rganuvchilar uchun mo‘ljallangan. Ushbu kitob o‘quvchiga arab tilida ko‘p foydalanib, kundalik hayot

Batafsil
Ko'rinish