O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
Bosh sahifaga qaytish

O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi

So‘nggi lavhalar

Akademiya doktoranti “Yangi O‘zbekiston ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘ldi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya doktoranti “Yangi O‘zbekiston ilm yulduzlari” ko‘rik-tanlovi g‘olibi bo‘ldi

Yurtimizda faoliyat olib boruvchi iqtidorli, ilmga chanqoq, fidoyi xotin-qizlarning ilmiy izlanishlarini qo‘llab-quvvatlash va rag‘batlantirish maqsadida intellektual bahslar, turli ko‘rik-tanlovlar tashkil etilmoqda. 2030-yilga qadar O‘zbekiston Respublikasida Gender tenglikka erishish strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha muhim tashabbuslar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan O‘zbekiston Respublikasi Gender tenglikni ta’minlash masalalari bo‘yicha komissiyasining Xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlash tizimini yanada rivojlantirishga qaratilgan harakatlar rejasi ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi, O‘zbekiston xotin-qizlar “Olima” uyushmasi tomonidan III respublika “Yangi O‘zbekiston ilm yulduzlari” intellektual ko‘rik-tanlovin

Batafsil
Magistratura talabalari “Rektor kubogi” saralash o‘yinlarida qatnashmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Magistratura talabalari “Rektor kubogi” saralash o‘yinlarida qatnashmoqda

Xabaringiz bor, O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida o‘g‘il bolalar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Ayni paytga qadar “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar”, “Islomshunoslik” hamda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetlari talabalaridan jamoalar shakllantirilib, har bir fakultet kesimida saralash o‘yinlari o‘tkazildi.Navbatdagi bahslar magistratura bosqichi talabalari o‘rtasidagi bellashuvlar bilan davom etib, unda 4 ta jamoa g‘oliblik uchun kurash olib bormoqda.Murosasiz kechgan o‘yinlar yakunida final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritgan jamoa nomi ma’lum bo‘ladi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi
Yoshlar bilan ishlash

Ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etildi

“Jaholatga qarshi ma’rifat” bosh g‘oyasi asosida respublikamizdagi oliy ta’lim muassasalarida Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tashabbusi bilan ma’rifiy tadbirlar o‘tkazilmoqda.Ma’rifiy uchrashuvlardan ko‘zlangan maqsad — mamlakatimizda diniy-ma’rifiy sohada amalga oshirilayotgan islohotlarning mazmun-mohiyatini talaba-yoshlarga yetkazish, ularning huquqiy madaniyati va savodxonligini oshirish hamda turli yot g‘oyalardan himoya qilishga qaratilgan. Ma’lumki, respublikamizda turli millat va diniy konfessiyalar vakillari hamjihatlikda hayot kechirmoqda. Taassufki, milliy boy ma’naviy merosimizga din niqobida zarar yetkazish, ijtimoiy tarmoqlar vositasida o‘zaro inoqlikda istiqomat qilayotgan turli e’tiqod vakillari o‘rtasiga nifoq solish, ixtilof chiqarishga bo‘lgan urinishlar kuzatilmoqda. Oliy ta’lim muassasalarida tashkil etilayotgan ma’rifiy tadbirlarda bu kab

Batafsil
Arab tili bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi
Yoshlar bilan ishlash

Arab tili bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida arab tili bo‘yicha o‘quv kurslari boshlandi. Dastlabki o‘quv kurslari Akademiyaning malakali pedagog-o‘qituvchilari tomonidan olib borilmoqda.Kurslar 3 oy mobaynida tashkil etilgan bo‘lib, darslar davomida tinglovchilarning arab tilida yozish, eshitish, o‘qish va gapirish ko‘nikmalari shakllantiriladi. Tinglovchilar O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi qoshidagi arab tili o‘quv kurslarida klassik arab tili, sarf va nahv qoidalari, zamonaviy arab tili bo‘yicha og‘zaki va yozma ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar. Bu orqali Mahmud Zamaxshariy, Abulfath Mutarriziy, Qosim Muhammad Xorazmiy kabi arab tili olimlarining klassik asarlarini erkin o‘qish va tushunish imkoniyatiga ega bo‘lish mumkin.Arab tili kursi dasturi ikki mustaqil yo‘nalishlik ta’limni o‘z ichiga oladi: klassik (mumtoz) til, zamonaviy til. Klassik til yo‘nalishi yurtimizga oid tarixiy manbala

Batafsil
Huquqiy mavzudagi uchrashuvlar davom etmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Huquqiy mavzudagi uchrashuvlar davom etmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish maqsadida soha mutaxassislari ishtirokida davra suhbatlari, uchrashuvlar tashkil etilmoqda. “Milliy qonunchilikda din omili” mavzusida o‘tkazilgan navbatdagi davra suhbatida ham muhim masalalar tilga olindi.Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi, “Islomshunoslik”, “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar” hamda “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetlari hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Shavkat Mavlonov, Akademiya o‘qituvchi-xodimlari, talabalari hamda viloyat, tumanlararo, tuman (shahar) sudlarining sudyalari ishtirok etdi. Samimiy muloqot davomida so‘zga chiqqanlar sud tizimidagi islohotlar, sohaga doir qonunchilikdagi yangiliklar, sudda jinoyat ishlarini ko‘rib chiqishga joriy etilgan yangi tartiblar haqida ma’lumot berdi. Shuningdek, so‘nggi yillarda ja

Batafsil
Yigitlar o‘rtasida “Rektor kubogi” saralash o‘yinlari o‘tkazilmoqda
Yoshlar bilan ishlash

Yigitlar o‘rtasida “Rektor kubogi” saralash o‘yinlari o‘tkazilmoqda

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida talaba-yoshlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish maqsadida yigitlar o‘rtasida sportning futbol turi bo‘yicha “Rektor kubogi” saralash o‘yinlari bo‘lib o‘tmoqda. Dastlab “Islom iqtisodiyoti va xalqaro munosabatlar”, “Islomshunoslik”, “Mumtoz sharq filologiyasi” fakultetlari hamda magistrlardan jamoalar shakllantirilib, har bir fakultet va magistratura yo‘nalishlari kesimida saralash o‘yinlari o‘tkazildi.Shiddatli va qizg‘in kurashlarga boy bo‘lgan bellashuvlar yakunida g‘olib jamoalar final bosqichi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmat

Batafsil
Akademik litsey o‘quvchilari “Webster” universitetida bo‘ldi
Yoshlar bilan ishlash

Akademik litsey o‘quvchilari “Webster” universitetida bo‘ldi

O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi Akademik litsey o‘quvchilari uchun oliy ta’lim sohasida ta’limni davom ettirish imkoniyatlarini o‘rganish maqsadida Toshkent shahridagi “Webster” universitetiga tanishuv sayohati uyushtirildi. Sayohat davomida o‘quvchilar universitetga kirish imtihonlari, bitiruvchi kasbiy malakasi, o‘qish uchun yaratilgan sharoitlar va boshqa o‘zlarini qiziqtirgan savollariga to‘laqonli javob olishdi.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasiMatbuot xizmati

Batafsil
Inson qadr-qimmati – oliy qadriyat
Yoshlar bilan ishlash

Inson qadr-qimmati – oliy qadriyat

11-noyabr – Kasaba uyushmalari kuni Joriy yilning 8-14-noyabr kunlari butun mamlakatimiz bo‘ylab “Xodimlarni ijtimoiy himoya qilish va mehnatni muhofaza qilish haftaligi” muvaffaqiyatli o‘tkazilmoqda. Mazkur haftalik 11 noyabr – Kasaba uyushmalari kuni bayrami bilan hamohang tarzda nishonlanayotgani ahamiyatga molikdir.Kuchli ijtimoiy yo‘naltirilgan siyosat olib borish, bunda odamlarning dardu tashvishlarini, ularni o‘ylantirayotgan muammolarning ildizlarini aniqlash, tezkor, to‘g‘ri va samarali yechim topish Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev tashabbusi asosida olib borilayotgan yangilanish jarayonlarida ustuvor ahamiyat kasb etmoqda.Mamlakat yetakchisining joriy yil 6-noyabrdagi Prezidentlik lavozimiga kirishish tantanali marosimiga bag‘ishlangan Oliy Majlis palatalari qo‘shma majlisidagi nutqida ijtimoiy soha rivojiga alohida e’tibor qaratgani bejiz emas, albatta. Bunda mehnatkashlarnin

Batafsil
Akademiya talabasi xalqaro tanlovda munosib ishtirok etdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya talabasi xalqaro tanlovda munosib ishtirok etdi

Yoshlarning o‘sib borayotgan siyosiy tafakkuri, ijtimoiy faolligi va ilmiy saviyasini namoyon etish, xalqaro darajada o‘z tengdoshlari orasida sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish, tashabbuslarini rag‘batlantirish maqsadida yurtimizda ko‘plab xalqaro ko‘rik-tanlovlar, ilmiy-amaliy anjumanlar o‘tkazilmoqda.Ana shunday nufuzli tadbirlardan biri Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi (MDH) talaba-yoshlari o‘rtasida ilk marotaba tashkil etilgan “Eng yaxshi ilmiy maqola-2021” xalqaro ilmiy-amaliy tanlovi bo‘ldi.Quvonarlisi, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasining “Islomshunoslik” fakulteti “Dinshunoslik” yo‘nalishi 3-bosqich talabasi Hamidulla Suyunov ham muvaffaqiyatli ishtirok etib, tanlovning esdalik nishoni hamda sertifikati bilan taqdirlandi. Shuningdek, Akademiya talabasining maqolasi ilmiy to‘plamda chop etildi.Shu munosabat bilan O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi jam

Batafsil
Huquqiy bilimlar mustahkamlandi
Yoshlar bilan ishlash

Huquqiy bilimlar mustahkamlandi

Jamiyatda huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirib borish qonun ustuvorligini ta’minlash va qonuniylikni mustahkamlashning eng muhim shartlaridan biri hisoblanadi. Zero, fuqarolarning huquqiy bilimga ega bo‘lishi jamiyatda barqarorlik va huquqiy tartib o‘rnatishda muhim ahamiyatga ega. Shu bois yurtimizda yoshlarning huquqiy madaniyatini yuksaltirish borasida tizimli ishlar amalga oshirilyapti.O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasida “Shariat va qonunchilik” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida ham yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish birlamchi maqsad qilib olindi.Akademiya Xotin-qizlar bo‘limi hamda “Islomshunoslik” fakulteti hamkorligida tashkil etilgan tadbirda Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Shavkat Mavlonov, Toshkent shahar fuqarolik ishlari bo‘yicha Shayxontohur tumanlararo sudining sudyasi Zulfiyaxon Berdimuratova, Toshkent shahar fuqarolik ish

Batafsil
Akademiya doktoranti nufuzli tanlovda munosib ishtirok etdi
Yoshlar bilan ishlash

Akademiya doktoranti nufuzli tanlovda munosib ishtirok etdi

Yurtimizning tashqi siyosiy faoliyatining asosiy vazifalaridan biri bo‘lgan tinchlik, barqarorlik va xavfsizlik muhitini shakllantirish, Markaziy Osiyo davlatlari bilan yaqin qo‘shnichilik va o‘zaro manfaatli aloqalarni rivojlantirish, keng qamrovli islohotlarni jamoatchilikka yetkazish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi hamda qator tashkilotlar tomonidan “Yangi O‘zbekiston – yangi qo‘shnichilik” mavzusida maqolalar tanlovi tashkil etildi.Tanlov hakamlar hay’ati tomonidan yurtimizning tashqi siyosatidagi pozitsiyasi hamda yaqin qo‘shnichilik munosabatlari keng yoritilgan, tahliliy va xalqchil tilda tayyorlanib, respublikaning nufuzli gazeta-jurnallarida chop etilgan maqolalar orasidan munosib deb topilganlari e’tirof etildi.Quvonarlisi, mazkur tanlovda O‘zbekiston xalqaro islom akademiyasi tayanch doktoranti Lola Azimova munosib ishtirok etib, rag‘batlantiruvchi o‘rin sohiba

Batafsil
Seminar samarali va foydali bo‘ldi
Yoshlar bilan ishlash

Seminar samarali va foydali bo‘ldi

Davlatimiz rahbarining 2017-yil 22-martdagi “Xalqaro rivojlantirish аssotsiatsiyasi ishtirokidagi “Oliy taʼlim muassasalarining moddiy texnik bazasini mustahkamlash” loyihasi chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosini taʼminlash yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi tomonidan Jahon banki kredit mablag‘lari hisobidan investitsiya loyihasi amalga oshirilmoqda. Loyiha doirasida 2019-yil 6-sentabrda OTMlarga texnik yordam berish maqsadida Oliy va o‘rta maxsus taʼlim vazirligi va “Al Mar Consulting” kompaniyasi o‘rtasida shartnoma imzolangan.Mazkur shartnomaga asosan texnik mutaxassisliklar bo‘yicha oliy taʼlimni qo‘llab-quvvatlash, sanoat korxonalari va oliy taʼlim muassasalari o‘rtasida sheriklik aloqalarini o‘rnatish hamda xotin-qizlarning taʼlim olish imkoniyatlarini kengaytirish uchun maqbul variantlarini aniqlashda ijtimoiy tadqiqotlar o‘tkazish b

Batafsil
Ko'rinish