Bu yurtda necha asrlardan beri Islom dini ravnaqiga hissa qoʻshgan buyuk allomalar Imom Buxoriy, Imom Termiziy, Imom Dorimiy, Abu Mansur Moturidiy kabi zotlar yetishib chiqqan. Ular Islom olamida yorqin iz qoldirgan siymolardir. Ular qoldirgan meros islom haqiqatini ifodalagan.
O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi esa ana shu boy ilmiy-ma’rifiy merosni keng jamoatchilikka asil mazmun-mohiyatini yetkazishda dunyodagi nodir ilm maskani sifatida e’tirof etish mumkin.