Oʻzbekiston boy tarix va betakror madaniy merosga ega qadimiy mamlakat. Men Oʻzbekistonga koʻp marotaba kelganman. Ammo soʻnggi yillarda mamlakatingiz tashqi dunyo bilan aloqalari tobora kengaya boshladi. Yangi Oʻzbekiston rahbari barcha xorijiy hamkorlar qatori biz olimlar, xorijiy tadqiqotchilar uchun ham eshiklar ochiq ekanini aytmoqda. Jumladan, Oʻzbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi hamda Oksford islom tadqiqotlari markazi hamkorligini yanada rivojlantirish boʻyicha olib borilgan muzokaralar kutilgan natijalarni berishiga ishonaman.