Turkiyaning Istanbul shahridagi qoʻlyozmalarni oʻrganishga ixtisoslashgan “Dorul Maxtutot” markazi bosh direktori
Mahmud Misriy
O‘zbekistonning go‘zal va qadimiy Toshkent va Xiva shaharlarida o‘tkazilgan “Islom – tinchlik va ezgulik dini” nomli xalqaro konferensiyasi doirasida O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasida muassasa vakillari bilan muloqot olib bordik. Bu yerda “Qo‘lyozmalarni tadqiq qilishning nazariy asoslari” nomli kitobimning oʻzbek tilidagi taqdimoti ham o‘tkazilganidan juda quvondim. Akademiya va “Dorul Maxtutot” markazi oʻrtasidagi hamkorlik aloqalarini muhokama qildik, tajriba almashdik. O‘zbek xalqi shu yurtda tug‘ilib voyaga yetgan, o‘zining nihoyatda serqirra ilmiy-ijodiy faoliyati bilan dunyo ahlini lol qoldirgan, dunyo tamadduni rivojiga beadoq hissa qo‘shgan ajdodlari bilan faxrlansa arziydi.