O'zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi
AQSh Iso Masihiyning oxirgi kun avliyolari cherkov vakili

Jak Jerard

O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasiga qilgan tashrifimdan mamnunman, zero, hozirgi kunda ikki davlat o‘rtasidagi aloqalar Prezidentlar – Shavkat Mirziyoyev va Donald Trampning do‘stona munosabatlari tufayli bu kabi hamkorlik aloqalari yangi bosqichga ko‘tarildi.
Tashrif davomida Akademiya hududidagi tarixiy obidalar, yodgorlik majmualari, “Manbalar xazinasi” faoliyati bilan tanishdim. Menda katta taassurot qoldirgan tarix va zamonaviylik uyg‘ushlashgani bo‘ldi. Bu esa yoshlarni o‘tmishga hurmat, kelajakka ishonch bilan tarbiyalanishiga turtki beradi. Qolaversa, “Islom ensiklopediyasi”ning uch jildi bilan tanishib, uni kelajakda ingliz tiliga tarjima qilish va tahrirlash jarayonini BYU universiteti bilan hamkorlik qilishni rejalashtirdik.

Shu bo‘limdagi boshqa sahifalar

Ko'rinish