AQShning “Sivilizatsiyalar almashinuvi va hamkorligi fondi” (CECF) prezidenti
Muhammad Bashar Arafat
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar, xususan, diniy-ma’rifiy sohani rivojlantirishga qaratilgan sa’y-harakatlarni yuqori baholayman. Shuningdek, O‘zbekiston xalqaro islomshunoslik akademiyasi musulmon olami uchun beqiyos ma’naviy merosni tadqiq etadigan, yosh va zamonaviy kadrlarni yetishtiradigan oliy dargoh hisoblanadi. Ayniqsa, “jaholatga qarshi ma’rifat” tamoyili borasidagi xizmatlari, qarashlari dunyo olimlari orasida yuksak e’tirof etilmoqda.
Fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev janobi oliylariga islom ma’rifatini tarqatishga ko‘rsatayotgan oliy xizmatlari uchun samimiy minnatdorlik izhor etaman.